Daryo — LIVE

@daryo_live


“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul

Daryo — LIVE (Uzbek)

Daryo — LIVE Telegram kanali Uzbekistonda eng tezkor yangiliklarni taqdim etadi. Kanal orqali siz dunyo bo'ylab sodir bo'layotgan eng oxirgi voqealardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Agar siz ham yangilanishlardan so'ngroq kelib chiqishni xohlaysiz, shunday bo'lsin, Daryo — LIVE siz uchun eng maqbul manba bo'ladi. nnDaryo — LIVE kanali sizga savollar yoki fikrlaringizni yuborish uchun ham imkoniyat beradi. Agar siz bu Telegram kanaliga a'zo bo'lsangiz, siz sport, pul, lifestyle va boshqa ko'plab sohalarda so'nggi voqealardan xabardor bo'lmoqda bo'ladingiz. nnDaryo — LIVE kanalining rasmiy sahifalari ham mavjud. Agar siz tezkor yangiliklarga chet elda yoki o'zbek tilida ega bo'lishni xohlaysiz, rasmiy kanal va kirill sahifalari siz uchun juda qulay bo'ladi. nnAgar siz ham dunyo bo'ylab sodir bo'layotgan voqealardan tez va aniq xabardor bo'lishni istaysiz, shunday qilib, Daryo — LIVE kanaliga azo bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Daryo — LIVE

22 Oct, 14:48


Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24-oktyabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 13:58


Aleksey Navalniyning “Patriot” (Vatanparvar) kitobi chop etildi

Mazkur kitob dunyoning 36 ta davlatidagi kitob do‘konlarida sotuvga chiqdi. Kitob 26 tilda, shu jumladan rus tilida nashr etilgan, ammo uni Rossiyada sotib olish mumkin emas.

Navalniy o‘z tarjimai holini 2020-yilda Germaniyada yozishni boshlagan va Rossiyada qamoqxonada davom ettirgan.

Xotiralar avtobiografik qism va Navalniy koloniyada saqlagan kundalik yozuvlaridan iborat.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 13:20


Xitoy kompaniyasi Fargʻonada qiymati 30 mln dollarlik qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi

Loyihaning birinchi bosqichda 200 kishi, toʻliq ishga tushirilgach 2 000 kishi ishlashi kutilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 12:13


Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻlgani aytilmoqda

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 12:08


Rossiyalik 47 yoshli jurnalist Inessa Papernaya va yana ikki nafar shaxsning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Jabrlanuvchilar oʻlimining sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 12:05


Farg‘onada sudya blogerni ochiq suddan haydab chiqargani aytilmoqda

Unda aytilishicha, bloger fuqarolik nizosiga doir sud majlisi jarayonini videotasvirga olishni so‘rab iltimosnoma kiritgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 11:58


Samarqandda Oʻzbekiston-Qozogʻiston VI hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozogʻiston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida oʻtgan forumda ikki mamlakatning barcha hududlari vakillari hamda uning doirasidagi davra suhbatida 200 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 11:05


O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 817,85 soʻm (+12,76)
🇪🇺 yevro 13 865,07 soʻm (-24,61)
🇷🇺 rubl 132,95 soʻm (-0,15)

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 10:05


Toshkentda Lacetti haydovchisi ikki piyodani urib yuborib, o‘zi ham daraxtga borib urilib, halok bo‘ldi. Piyodalardan biri vafot etdi, ikkinchisi kasalxonada

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 09:09


Kolumbiyada Italiya mafiyasining “cho‘qintirgan otasi“ qo‘lga olindi

Germes har uch oyda kvartirasini almashtirgan, ammo har bir yangi uyiga bilyard stoli buyurtma qilgan. Politsiya shu orqali dunyodagi eng koʻp qidiruvda boʻlgan narkobaronlardan birini qo‘lga olgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 08:59


Toshkent viloyatidagi uchta zapravkada sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 08:47


Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolingan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 08:15


O‘zbekistonda aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 195 mln so‘mdan ortiq puli undirib berildi

Raqobat qo‘mitasiga foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, reyslar kechiktirilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida yetkazmayotgani, shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab berilmasligi va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining talab darajasida emasligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 07:13


Jizzaxda 800 ming so‘m qarz tufayli bir guruh erkaklar mushtlashdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 06:25


O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 06:16


O‘zbekistonda 2024-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi

@daryo_live