O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

@uzdavkarantinuz


Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

22 Oct, 14:49


🇫🇷 Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Fransiyada bo'lib turibdi.

🍀 Fransiyaga tashrif doirasida Yevropa va Oʻrta Yer dengizi oʻsimliklar karantini va himoyasi tashkiloti (EPPO) bosh direktori Niko Xorn bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda:


🚻 oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, xususan pestitsidlarni qo'llash yo'nalishida EPPO Ishchi guruxining navbatdagi yigʻilishini 2025-yilda Toshkent shahrida oʻtkazishga kelishildi;

🔬 Markaziy Osiyoda ilk bor ilmiy yoʻnalishda Euphresco III loyihasini jadallashtirish, jumladan, loyiha doirasida ajratilgan grant mablagʻlari ko'magida Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutini rivojlanirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

🌏 Ma’lumot uchun, EPPO Yevropa-Oʻrta yer dengizi mintaqasida oʻsimliklar salomatligi sohasida hamkorlik qilish uchun masʼul boʻlgan hukumatlararo tashkilotdir. Tashkilot 1951-yilda Yevropadagi 15 ta davlat tomonidan tashkil etilgan. Hozirda xalqaro tuzilmaga 52 davlat aʼzo boʻlgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

22 Oct, 13:16


#karatin_etirof

🥈Buxoro viloyati Jondor tumani karantin inspektori Shamsiddinov Shaxob "Besh tashabbus olimpiadasi"da 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ma'lumki, yurtimiz bo'ylab "Besh tashabbus" olimpiadasi o'tkazib kelimmoqda. Musobaqaning viloyat bosqichida karantin inspektori Shaxob Shamsiddinov ham ishtirok etdi va kurash sport turi bo'yicha viloyat bosqichida faxrli II o'rinni egalladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

22 Oct, 09:11


🍀 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda karam mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #karam

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

22 Oct, 04:19


Kuzgi “raskopka” nima uchun kerak?

Har yili zararli organizmlar (zararkunanda, kasallik va begona oʻt) tufayli hosilning qariyb 35-40 foizi yoʻqotilishi mutaxassislar tomonidan isbotlangan.

🌲 Qishloq xoʻjaligida zararli organizmlarning rivojlanish, tarqalishini toʻgʻri bashorat qilinsa, oʻz vaqtida kimyoviy vositalarsiz qarshi kurash ishlarini olib borishga, organik mahsulotlar yetishtirishga, fitosanitar toza eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga zamin yaratiladi.

🍁 Kuzgi yer kovlash ishlarini olib borishdan maqsad:

- qishlovga ketgan zararkunandalarning soni;
- tur tarkibini;
- qishlovdan chiqishi;
- xavf darajasini baholash.

❄️Qishga tayyorgarlik darajasini baholash: Zararkunandalar qishlash uchun qaysi chuqurlikda va qanday holatda joylashganini bilib olish, bu esa ularning omon qolish imkoniyatini baholashga yordam beradi;

📉Kelgusi mavsum uchun zararkunandalar sonini prognoz qilish: qishlashga kirgan zararkunandalar sonini aniqlash orqali kelgusi vegetatsiya davrida ular qanchalik xavf tugʻdirishi mumkinligini aniqlashda muhim.

✔️ Samarali profilaktika choralarini ishlab chiqish: yer kovlash natijalariga asoslanib, kelgusi mavsumda zararkunandalarga qarshi qanday profilaktik va kurash choralarini koʻrishni rejalashtirish mumkin boʻladi.

🐞 Tuproq qazishda tuproqda qishlovchi zararkunandalar va kasalliklar, tuproqda qishlovchi zararli organizmlar tur tarkibi, tarqalishi, populyatsiya zichligi va hayotiyligini aniqlash imkonini beradi.

🐛 Tuproq sirtida va oʻsimlik qoldiqlarida uchrovchi zararkunanda va kasallik qoʻzgʻatuvchilarini hisobga olish uchun har bir maydonda namunalar olinadi.

🖋 Namunalar 25x25 sm, 50x50 sm, 100x100 sm xajmli kvadrat yoki choʻziq 40x100 sm shaklida boʻladi.
Namunalar diagonal yoki shaxmat (random) usulida olinadi.

✔️ Namuna soni 10 gektarda 8 ta, 11-50 gektarda 12 ta, 51-100 gektarda kamida 16 ta boʻlishi kerak.

Tuproq kovlash ishlari aholi punktlari yaqinida, uy parrandalari kirishi mumkin boʻlgan joylarda amalga oshirilmaydi, chunki bunday holatlarda natijalar ishonchli boʻlmaydi. Zararkunandalarning birinchi paydo boʻlishini aniqlash uchun tipik joylarni tanlash juda muhim.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

21 Oct, 15:44


🇫🇷“SIAL Paris-2024” koʻrgazmasida o'zbek mahsulotlari pavil'oni

🛍 Fransiya poytaxtida shu kunlarda “SIAL Paris-2024” koʻrgazmasi o'tkazilmoqda.
Oziq-ovqat tarmogʻida eng katta maydonlardan biri hisoblangan an'anaviy tadbirning joriy yilda 60 yilligi nishonlanmoqda.

🔰 Koʻrgazma doirasida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi hamkorligida Oʻzbekiston stendi tashkil etildi.

🍋 Milliy pavilyonda mahalliy tadbirkorlar tomonidan quritilgan, konservalangan mahsulotlar, ziravorlar, sublimatsiya qilingan meva-sabzavotlar, dukkakli mahsulotlar, ichimliklar taqdim etilgan.

🖊 Ko'rgazma doirasida Karantin agentligi direktori Ibrohim Ergashev Yevropa kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, milliy mahsulotlar eksporti uchun amal qiladigan tartib-tamoyillar haqida qiziqdi, O'zbekistonning eksport salohiyati haqida to'liq ma'lumot berdi.

👨‍👩‍👦 Ko'rgazmada 130 ta mamlakatdan 7 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Tashrif buyurivuchilar esa 285 000 nafardan ortadi.

💵 Koʻrgazmaning asosiy yoʻnalishlari:
- organik va ixtisoslashgan mahsulotlar;
- qayta ishlangan mahsulotlar;
- ichimliklar va boshqalar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

21 Oct, 15:04


Prezident keyingi yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard soʻm ajratilishini eʼlon qildi.

Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sugʻorish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi.

Davlatimiz rahbari aholi koʻpayib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga eʼtibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan-yilga koʻpayib borayotgani taʼkidlandi.

Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qoʻmitasiga oʻtkazilishi belgilandi.

Qoʻmitaga yil yakunigacha choʻllarni degradatsiyadan chiqarish boʻyicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablagʻlari jalb etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

21 Oct, 13:57


Yigʻilishda eng avvalo yurtimiz iqlimiga mos sifatli koʻchatni koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Fanlar akademiyasi, ekologiya, qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, karantin tizimidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliygohlar, kafedralar, in-vitro laboratoriyalaridan samarali foydalanib, urugʻ va koʻchat yetishtirish hajmini oshirishi zarur.

Nukus, Arnasoy, Qorakoʻl, Muborakda keyingi yilda suvsizlik va shoʻrga chidamli galofit oʻsimliklaridan iborat 4 ta bogʻ barpo qilinadi.

Urugʻ olish uchun oʻrmon xoʻjaliklaridan sogʻlom onalik plantatsiyasini tanlash orqali yiliga 1,5 ming tonna urugʻ tayyorlanishi, Koreya tajribasi asosida suvsizlikka chidamli, iqlim sharoitiga mos yopiq ildizli konteyner va in-vitro usulida 2 million koʻchat yetishtirish tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter