Digital.uz

@mitcuz


O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий

Digital.uz

22 Oct, 17:24


🌐 ITU sobiq bosh kotibi bilan O‘zbekistonning mavjud IT salohiyatidan foydalanib, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Suhbat chog‘ida sobiq bosh kotib Hamadoun Ture O‘zbekistonning so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar sohasida erishgan yutuqlarini alohida ta’kidladi va mamlakatning global miqyosda ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

📌Shuningdek, u O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarda, xususan, ITU doirasida faoliyatini kengaytirish yo‘lida erishgan yutuqlari, shu jumladan, ITUning so‘nggi yig‘ilishlarida 11 o‘zbekistonlik vakilning yuqori lavozimlarga tayinlanganini e'tirof etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/25098/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X