TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

@ttyesimatbuot


TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

05 Oct, 19:50


#maʼrifatulashib
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida 9-oktyabr kuni soat 14-00 da 222-xonada "Maʼrifat ulashib doirasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Loyiha mehmonlari: Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Abdunabi Boyqoʻziyev, Fozil Farhod

Barcha professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlarimizni loyihada faol ishtirok etishlarini so’rab qolamiz.

@TTYeSI_matbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

30 Sep, 10:40


Institutda “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi” va Dizayn va texnologiyalar fakulteti dekani boshchiligida 1-bosqich talabalariga “Yoshlar akademiyasi” maqsadi va vazifalari, oʻquv yili davomida tashkil etilgan ilmiy-innovatsion, startap loyihalar bilan tanishtirildi. Talablarni birinchi bosqichdanoq davlat stipendiyalariga maqsadli tayyorlab borish maqsadida ma’lumot berib nizom qoidalari bilan tanishtirib oʻtildi

“Yoshlar akademiyasi”

@TTYeSI_matbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

30 Sep, 04:05


UEnter’da O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli startaplardan biri Azizbek Qurbonov bilan meetup bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatdagi InsurTech sohasidagi yetakchi startap – Sug‘urta Bozor asoschilaridan biri Azizbek Qurbonov $250 ming investitsiya jalb etishga muvaffaq bo’lgan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi startaplar o‘rtasida o‘tkazilgan bir qancha musobaqalar g‘olibi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida Azizbek startapni muvaffaqiyatli boshlash va yuritishning asosiy jihatlari, venchur investitsiyalar va grantlarni jalb qilish xususiyatlari, muvaffaqiyatga erishish yo‘lida ko‘plab startaplar duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish strategiyalari haqida gapirib beradi.

Ishtirok etish istagida bo'lganlardan havola orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi (kirish bepul).

🗓 Sana: 2024-yil 4-oktabr
Vaqt: 17:00
🌐 Til: o‘zbek (rus)
📍 Manzil: UEnter

“Yoshlar akademiyasi” ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari
Telegram 🌐 Instagram

@TTYeSI_matbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

24 Sep, 01:25


🟢⛔️⛔️⛔️⛔️📢📢📢📢

Toshkent toʻqimachilika va yengil sanoat institutida 2024/2025 - oʻquv yili uchun institut akademiklari nomiga ta’sis etilgan ichki stipendiyalar tanlovi boshlandi.

Tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish muddati 23-sentyabrdan 10-oktyabrgacha. 

Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan talabalar “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” boʻlimida hujjatlar qabul qilinmoqda (tanlov institut va institut qoshidagi akademik litsey talabalari uchun).

✔️📚TTYSI Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi

Qoʻshimcha ma’lumotlar: 2-bino 213-xona
☎️+998(90)904-88-55
☎️+998(93)186-24-00

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

@TTYeSI_matbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

20 Jul, 14:53


#OAV_biz_haqimizda

Yangi davr | Yurtimizning qator oliy oʻquv yurtlarida diplom topshirish marosimlari oʻtkazildi

@TTYeSImatbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

20 Jul, 12:16


#eʼlon
#huquqiy_bilimlar_oyligi

📻 🗣 Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida "Yozgi ta'tilda huquqiy savodimni oshiraman" shiori ostida 20-iyuldan 20-avgustga qadar "Huquqiy bilimlar oyligi" deb e'lon qilindi. Mazkur oylik doirasida institutimizning faol va bilimga chanqoq talabalari o'rtasida "Siz huquqingizni bilasizmi" mavzusida (40 soniyadan kam bo'lmagan) videoroliklar tanlovi elon qilindi.

💥 Tanlovda faol ishtirok etgan va yuqori o'rinlarni egallagan talabalar 2024-2025 o'quv yili boshlanishiga bag'ishlangan tantanali tadbirda diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

📽 videoroliklarni 10-avgustdan 15-avgustga qadar +99 893 511 22 68 raqamiga telegram orqali yuborishingiz so'raladi.

@TTYeSImatbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

20 Jul, 02:13


#Taʼlim
#magistrarura

Assalomu alaykum hayrli tong.
Taʼlimning bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab magistratura bosqichida davom ettirish istagida boʻlgan yoshlar uchun turdosh yoʻnalishlar roʻyxati tasdiqlandi.

@TTYeSImatbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

19 Jul, 17:31


#Sport
#Shoxjahon_mahalla

Joriy yilning 18-iyun sanasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tashabbusi bilan Yoshlar o'rtasida do'stlik, hamjihatlik hamda vatanparvarlik tuyg'ularini targ'ib qilish, sportni rivojlantirish, shuningdek sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish maqsadida Yakkasaroy tumani hokimyati, Soliq inspeksiyasi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Mahallalar o'rtasida sportning "Stol tennisi" turi bo'yicha "Yoshlar  kubogi"  o'tkazildi. Kubogi baxslari Shoxjahon mahalla yoshlari faol ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada institut talaba yoshlari ham faol ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Hozirgi kunda Yoshlar va sportga berilayotgan etibor hamda islohotlar natijalarini soʻnggi yillarda yoshlarimiz erishayotgan yutuqlarda ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.

@TTYeSImatbuot

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

16 Jul, 07:15


#diqqat_tanlov

🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!


📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.

✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni rivojlantiring!

Murojaat uchun:

✔️📚TTYSI Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://t.me/ttysi_yoshlar_akademiyasi

TTYESI e'lon va yangiliklari 💼🖌

15 Jul, 15:08


#sport
#mahalla

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 15-iyul sanasida Yakkasaroy tuman Shohjahon MFY yoshlarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bolalar sportini rivojlantirishga doir yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlar davomi sifatida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Barcha ishtirokchi yoshlar Institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan  taqdirlandi.


@TTYeSImatbuot