ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

@aifu2022


Ta’lim sifatini oshirish - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir! Sh.Mirziyoyev

Sayt: aifu.uz
Tel.: 78 555 21 21
Telegram: @AIFU_admin
Hujjat topshirish: qabul.aifu.uz

Lokatsiya:
📍https://yandex.com/maps/-/CDwkJPLU

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

22 Oct, 13:00


Frilanserlik - bu kelajak kasbi

⌨️ 23-oktyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti ma'ruzalar zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi mutaxassislari AIFU talabalari uchun frilanserlik bo‘yicha masterklass o‘tkazib berishadi. Unda talabalar frilanserlikning sir-asrorlari, bozor talablari, imkoniyatlar va muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.

🎙Mehmon spikerlar:
- Sagatov Dilshod Mirjalilovich
- Tojiboyev Fazliddin Husniddin o‘g‘li
- Tajribali frilanser

📅 23-oktyabr
🕥 Soat 10:30
📍 101-xona


🌟 Masterklass davomida turli tanlovlar tashkil qilinadi, unda ishtirok etib, qiziqarli sovg‘alar yutib olish imkoniyati mavjud!

Frilanserlik — bu kelajagingiz! Ushbu masterklassni o‘tkazib yubormang!

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

22 Oct, 08:16


🇺🇿🇹🇷Turkiyalik professor-o'qituvchilar bilan ingliz tili sohasi bo'yicha ilmiy uchrashuv

👍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Turkiyaning ingliz tili va tilshunoslik sohasidagi taniqli mutaxassislar Yilmaz Şahin Sarıkaya va Sevtap Sarıkaya tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida ta’lim jarayonlarida ingliz tilining alohida o‘rni, tilni mukammal o‘rganishning ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya talabalari orasida o‘quv qo‘llanmalardan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil fikr almashildi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

21 Oct, 15:47


https://uza.uz/uz/posts/ona-tilim-zhonazhon-tilim_647911

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

21 Oct, 03:45


#tabrik

🇺🇿21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

👍Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti jamoasi barcha ilm ahli, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar hamda ta’lim fidoyilarini bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

20 Oct, 07:00


🔴Hazrat Navoiy va ustoz Konfutsiy: uyqash g‘oyalar va o‘xshash taqdirlar

O‘zbek tili bayrami – bu adabiy tilning tamal toshini qo‘ygan, tilimizni “tahqir va haqorat botqog‘idan – she’riyat osmoniga ko‘targan” Alisher Navoiyning ruhi shod bo‘ladigan kun. Muazzam bobomizning merosi butun jahon ahlini lol qoldirayotgan, o‘ziga jalb etayotgan bu paytda uning g‘oyalari Xitoy xalqining buyuk muallimi Konfutsiy falsafasiga hamohang ekanini anglab yetish – yanada quvonarli hol.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti dotsenti Artikov Muzaffar

🔍Ma'qolani o'qish

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

19 Oct, 15:26


🔴Diqqat olimpiada!

“Akademik Qori Niyoziy merosi”
ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida maktab va akademik litsey matematika fani o'qituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.

Birinchi saralash bosqichi 2024 yil 20-oktabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi.

Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2024 yil 27 oktabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar univeristetida offline tarzda o‘tkaziladi.

1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2-bosqich 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) topshiriqlaridan iborat bo‘lib, unda maksimal 50 ball to‘plash mumkin. Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

19 Oct, 15:02


👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida intellektual-ko'ngilochar o'yin boshlanmoqda!

"AIFU QUIZ" quyidagi roundlardan iborat bo'ladi:

🔠 Chorraha (test savollar)
🎶Hamohang (musiqiy savollar)
🖼Rasm-rusum (rasmli savollar)
📺Kinomaniya (kinoga oid savollar)
👍 Ha yoki yo'q
🪙 HAYOT-MAMOT

Jamoa a'zolari 5 kishidan iborat bo'lishi talab etiladi.

📖G'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar a'zolari kitoblar bilan taqdirlanadi.

Dastlabki o'yin: 23-oktabr, chorshanba kuni
15:00

👉 AIFU Quizda qanday savollar tushadi? 👈

❗️ Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/BAf7hwtozuGrQyxM9

O'yin bo'yicha batafsil ma'lumotlar: @AIFU_Quiz

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

19 Oct, 07:00


#rektor

🔴Siz universitetimiz rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin!

👍Xabaringiz bor, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirovning talabalar va ularning ota-onalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini amalga oshirish maqsadida telegramda muloqot boti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Sizlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun, universitetimizda o'quv jarayonlari, ta’lim sifati va samaradorligi ko‘rsatkichlarini yanada  oshirish hamda rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiyalar va savollaringizni ushbu bot orqali universitet rektoriga yo'llashingiz mumkin.

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida AIFU rektoriga 👉@aifu_rektorbot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

📝Savollar va takliflaringizga shaxsan rektor tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Oct, 15:47


👍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi shoir va yozuvchilar tashrif buyurdi!

Loyiha mehmonlari atoqli shoir va yozuvchilar: Xurshid Do'stmuhammad, Sirojiddin Rauf, Shodiqul Hamroyev.

Uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va talabalar qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

🔍Adiblar haqida

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook