UzTextile-News | Rasmiy kanal

@uztsuz


"Ўзтўқимачиликсаноат" уюшмасининг расмий канали

Официальный канал Ассоциации "Узтекстильпром"

Web: uzts.uz
Facebook: facebook.com/uzts.uz
Instagram: instagram.com/uzts.uz
Youtube: youtube.com/c/UzbekistanTextile/

UzTextile-News | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:25


📢Mahalliy korxona vakillari!

✉️USAID tomonidan shartnoma asosida moliyalashtirilgan USAIDning Markaziy Osiyoda savdo (TCA) dasturini ishlab chiqaruvchi DAI tashkiloti O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari uchun bozorlarga kirish yuzasidan treninglar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni qabul qilishni boshlanganini e`lon qiladi.

🚩Elektron arizalar ingliz yoki rus tillarida [email protected] elektron manziliga yuborilishingizni so`raymiz. Elektron pochta mavzusi yoki taklif ilovasini “RFP-TCA-UZB-24-0004” - soʻrovining toʻliq raqami va “Marketplaces training” mavzusini ko`rsatib kiritgan holda yuboring. Ilova hajmi 10,00 MB dan oshmasligi kerak, aks holda sizning arizangiz tizim tomonidan qabul qilinmaydi.

📎Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 30-oktabr chorshanba, mahalliy Toshkent vaqti bilan soat 17:00 gacha.

Kechiktirilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi.

⬇️Loyiha tavsifi va ishtirokchilar uchun umumiy koʻrsatmalarga bu yerda

Savollarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2024-yil 23-oktabr, Toshkent vaqti bilan 17:00 gacha.
📧Aloqa uchun: [email protected]

на русском
in English

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook

UzTextile-News | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:25


USAIDning Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi Namanganda

Shu kunlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi to‘qimachilik korxonalari rahbar va xodimlari uchun 10 kunlik treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Treninglar davomida ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini chet elga, xususan Yevropa davlatlariga eksport qilish uchun talab etiladigan xalqaro standart va sertifikatlar, ularni olish tartiblari hamda mahsulotlarni marketpleyslar orqali sotish bo‘yicha foydali maʼlumotlarga ega bo‘lmoqdalar.

Shu bilan birga, mahalliy korxonalarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan ajratilayotgan moliyaviy yordam, subsidiya va kompensatsiyalar tug‘risida xam maʼlumotlar berish bilan bir qatorda textilefinds.com platformasi va Uzum market marketpleysida ro‘yxatdan o‘tib savdo qilish yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook

UzTextile-News | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:24


#SAG_Tashkent

🔔Kuni kecha SAGning rebrendingdan so`ng yangicha formatdagi ilk do`koni Toshkent shahrida ochildi.

Shu kungacha Toshkentda SAG gilamlari sotilayotgan do`konlar juda ko`p, lekin ular barchasi dilerlar edi, yangi ochilga do`kon SAGning birinchi rasmiy do`koni hisoblanib, Respublika bo`yicha barcha rasmiy do`konlari XP, XL va Xs formatlariga bo`linadi. Rasmiy do`konda barcha gilamlar ishlab chiqaruvchi narxida sotiladi.

➡️Do`kon manzili

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook

UzTextile-News | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:24


Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришини ўрганиш университети (Green University) фаолияти ҳамда циркуляр иқтисодиёт соҳасида амалга оширилиши режалаштирилган инвестиция лойиҳалари тақдимоти билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с деятельностью Центральноазиатского университета изучения окружающей среды и изменения климата (Green University) и презентацией инвестиционных проектов в сфере циркулярной экономики.

Facebook|Instagram|X

UzTextile-News | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:19


#VurtusTricot #UzTextileExpo2024

🗣"UzTextileExpo Autumn 2024" bu to'qimachilik sanoati imkonlari haqida ko'proq gapirish fursati. Ko'rgazma platformasida siz mamlakat tekstil sanoatidagi eng so'ngi yangiliklardan boxabar bo'lishingiz mumkin.

15-17-oktabr kunlari Ip-kalavadan tortib tayyor mahsulotgacha, tarmoqning bugungi imkoniyatlari yangi mahsulotlar misolida xaridorlar va hamkorlar e’tiboriga havola etildi.

"Vurtus Tricot" korxonasi bu gal 10 mingga yaqin tekstil aksessuarlar assortimenti bilan qatnashyapti.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook

UzTextile-News | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:19


#Navbahor_tekstil

“Navbahor Tekstil” to‘qimachilikda ishlab chiqarish jarayonida kanabis tola aralashmali matolarni joriy qilmoqchi.

Bu haqda korxona vakili “UztextileExpo 2024 Autumn - Xalqaro to‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasi”dagi ishtirok jarayonida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda ko ‘rgazmada 70 dan ortiq mahalliy kompaniyalar ishtirok etib, kalava-ip, mato, trikotaj, barcha yoshdagilar uchun kiyim-kechak, paypoq buyumlari, ichki kiyim trikotaji va uy to ‘qimachilik mahsulotlarini namoyish etishmoqda.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook