Suvchilar maktabi

@suvchilar_maktabi


🌍 suvchimaktabi.uz
Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
Instagram.com/suvchilar_maktabi
t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319

Suvchilar maktabi

22 Oct, 10:14


💙Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun subsidiyalar ajratish tartibi haqida bilasizmi?

⚡️ “Agro-subsidiya” YaAT — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya ajratish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishning yagona axborot tizimi.

🇺🇿PQ - 5-sonli qarorda subsidiya uchun talabnomalarni rasmiylashtirish hamda iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash tartibi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

21 Oct, 11:38


👍👍👍👍👍

💙“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijasi

♻️Joriy yilning 19-21 oktabr kunlari ekin maydonlaridan suvning (namlikning) bugʻlanishi yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

🌱Ekin maydonidan namlik bug‘lanishining nisbatan eng katta qiymati Suvchilar maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus tumani - 118 m3/ga), Buxoro (Buxoro tumani – 94 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 93 m3/ga) va Navoiy (Karmana tumani – 53 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi boshqa viloyatlarga nisbatan kam bo‘lganligi ham qayd qilindi.

🟢Suvchilar maktabining Surxondaryo (Termiz tumani - 86 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani - 85 m3/ga, Xorazm (Urganch tumani - 83 m3/ga, Namangan (To’raqo’rg’on tumani -77 m3/ga) viloyatlardagi tajriba maydonlarida namlikning bug’lanishi o’rtacha ko’rsatkichga ega bo’ldi.

🌱Suvchilar maktabining Farg’ona (Quva tumani - 85 m3/ga), Andijon (Andijon tumani - 65 m3/ga), Toshkent (O’rta Chirchiq tumani - 65 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani - 64 m3/ga) va Sirdaryo (Guliston tumani - 57 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug’lanishi nisbatan kam bo’ldi.

♻️Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan tumanlardagi fermer va dehqonlar o‘zlarining oktabr oyida o‘tkaziladigan ekish ishlarini keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlashtirib amalga oshirishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Suvchilar maktabi | Tomchi

Suvchilar maktabi

21 Oct, 02:25


21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

🟢Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

💐 Sizlarni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlab, barchangizga tinchlik va omonlik tilaymiz.

🇺🇿 O‘zbek tilining maqomi mustahkam bo‘lsin!

💙Hurmat bilan “Suvchilar maktabi”!

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

18 Oct, 04:22


🟢Yerlarni lazerli tekislash - xarajatni kamaytirib, daromadni oshiradi

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

16 Oct, 10:51


💙16-oktabr - Butunjahon oziq-ovqat kuni

Ushbu sana 1979-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida ta’sis etilgan.

🥙Butunjahon oziq-ovqat kuni jahondagi oziq-ovqat muammolariga aholi e’tiborini qaratishga qaratilgan bo‘lib, ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik va qashshoqlikka qarshi kurashda birdamlikni kuchaytirishga yordam beradi. Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan shuni yodda tutishimiz kerakki: inqiroz davrida yashayapmizmi yoki yo‘qmi - bu ahamiyatli emas, o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun tajriba va bilimimiz yetarli. Sifatli oziq-ovqat hamma uchun birdek mavjud bo‘lgan barqaror dunyoni yaratishimiz darkor.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

15 Oct, 14:42


🔰 15 - oktabr “Xalqaro qishloq ayollari” kuni

🟢"Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi qadimiy dehqonchilik madaniyati, boy tajriba va an’analarga ega bo‘lib, Muhtarama xotin-qizlarimiz, unga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

💎Shu kunga qadar “Suvchilar maktabi” o‘quv kurslarida 4 500 dan ortiq xotin-qizlar tahsil olishdi. Yurt obodligi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan barcha qishloq ayollarini “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan chin dildan qutlayman. Sizdek, mehnatkash va aziz ona, opa-singillarimizga sihat-salomatlik, baxt-omad, zahmatli ishlaringizga rivoj tilab, minnatdorlik bildiraman".

💙Hurmat bilan “Suvchilar maktabi” jamoasi.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

14 Oct, 11:07


👍👍👍👍👍

💙“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijasi

♻️Joriy yilning 12-14 oktabr kunlari ekin maydonlaridan suvning (namlikning) bugʻlanishi yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Ekin maydonidan namlik bug‘lanishining nisbatan eng katta qiymati (95 m3/ga) Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi tajriba maydonida kuzatildi.

🌱Suvchilar maktabining aksariyat tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi qariyb bir xil (61 -69 m3/ga) ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Suvchilar maktabining Sirdaryo (Guliston tumani - 58 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 54 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 53 m3/ga) va Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 53 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi boshqa viloyatlarga nisbatan kam bo‘lganligi ham qayd qilindi.

♻️Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan tumanlardagi fermer va dehqonlar o‘zlarining oktyabr oyida o‘tkaziladigan ekish ishlarini keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlashtirib amalga oshirishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Suvchilar maktabi | Tomchi

Suvchilar maktabi

10 Oct, 06:21


💙 Bugun Andijon viloyati “Suvchilar maktabi” tajriba maydonida “ Mavsum davomida o‘tkazilgan mahorat darslari natijalari” bo‘yicha yakuniy yillik seminar bo‘lib o‘tmoqda.

🍃 Seminarda suv tejamkor texnologiyalarning bugungi kundagi ahamiyati va tajribadagi natijalari haqida mahorat darslari o‘tilmoqda.

Seminar ishtirokchilari:

🟢Tojikiston Respublikasi suv resurslarini boshqarish loyihasi mutaxassislari va hamkorlari;
🟢Respublikamizning har bir viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasidan suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari va fermerlar;
🟢Suvchilar maktabi va uning viloyatlardagi bo‘lim xodimlari hamda faol fermerlar.

🔘Seminar muloqot, muhokama va takliflarga boy tarzda o‘tkazilmoqda.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

09 Oct, 17:33


💙Qashqadaryo viloyati “Suvchilar maktabi” tajriba maydonida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i G'ulomjon Uzoqov “Turon" navini yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi asosida tajribadan o'tkazmoqda.

💬Yuqorida keltirilgan videoda tadqiqot ishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

09 Oct, 04:25


💙Qishloq xo’jaligida yangicha yechim va o’zgacha qulayliklari bilan rivojlanayotgan — Agroponika

🔗Agroponika — bu an'anaviy tuproqqa asoslangan dehqonchilik o‘rniga o‘simliklarni suvda yoki inert substratda (masalan, toshloq, perlit, vermikulit) o‘stirish texnologiyasidir. Ushbu usul gidroponika, aeroponika va boshqa soilless (tuproqsiz) texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.

Agroponikaning asosiy turlari

🔵Gidroponika: O‘simliklar ildizlari oziqa moddalariga boy suv eritmasida o‘stiriladi.
🔵Aeroponika: O‘simliklar ildizlari havo muhitida saqlanadi va ozuqa eritmasi aerozol (tuman) shaklida purkaladi.
🔵Aquaponika: Bu tizimda gidroponika va akvakultura (baliq yetishtirish) birlashtiriladi. Baliqlar chiqindisi o‘simliklar uchun ozuqa moddalari sifatida ishlatiladi.

Agroponikaning afzalliklari

🎚Agroponika tizimlari suv va o‘g‘itlarni an’anaviy dehqonchilik usullariga nisbatan ancha samarali ishlatadi. Gidroponik tizimlar, masalan, 90% gacha kamroq suv talab qiladi.

Tuproqqa nisbatan agroponika tizimlarida o‘simliklar tezroq o‘sadi va yuqori hosil beradi, chunki o‘simliklar oziqa moddalarini bevosita o‘zlashtiradi va ildizlar kislorod bilan yaxshi ta'minlanadi.

🔘Bu usul o‘simliklarning o‘sishini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi. Harorat, yorug‘lik, namlik va oziqa moddalari darajasi aniq nazorat qilinadi, bu esa hosildorlikni oshiradi va kasalliklarni kamaytiradi.

💬Ushbu yondashuv har qanday joyda, hatto yaroqsiz yoki sho‘rlangan tuproqda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu tizim shahar sharoitlarida, issiqxonalarda va vertikal dehqonchilikda juda qulay.

🍃Agroponik tizimlar minimal pestitsid va herbitsidlar talab qiladi, chunki ular qattiq nazorat qilinadigan muhitda o‘simlik kasalliklari va zararkunandalari bilan kurashishni osonlashtiradi.

🌐Tuproq talab qilinmagani uchun, agroponik tizimlarda o‘simliklar zichroq joylashtirilishi mumkin, bu esa ko‘proq hosil olish imkonini beradi. Bunday tanlovni yopiq tizimlarda amalga oshirilishi mumkinligi sababli, hosilni yil davomida uzluksiz yetishtirish imkoni mavjud.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

07 Oct, 05:48


🔰Suv tejamkor texnologiyalar orqali yuqori hosildorlikka erishing!

♻️”Suvchilar maktabi”
tajriba maydonlarida tomchilatib sug‘orish orqali paxta yetishtirilmoqda. Yuqoridagi videoda Xorazm viloyati tajriba maydonida an’anaviy sug‘orish hamda tomchilatib sug‘orish orqali yetishtirilgan paxtaning farqi hamda hosildorligi haqida mutaxassisning batafsil ma’lumotlariga ega bo‘lishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

04 Oct, 09:32


💙Bugungi kunda suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir. Shu jumladan uning zaxirasi va iste’moli ham davlat darajasida nazorat qilinadi. Doimiy suv sarfi bo’yicha infografikalar tayyorlanib, tahlil qilib boriladi.

🔗Yuqorida keltirilgan infografikada bir qancha davlatlardagi umumiy suv zaxirasining yillik iste’moli borasida statistik ma’lumotlar keltirilgan.

🔘Bizni kuzatishni davom eting.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

03 Oct, 07:40


👍👍👍👍👍

💙“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillar natijasi

♻️Joriy yilning 30 sentabrdan 3 oktabrgacha ekin maydonlaridan suvning (namlikning) bugʻlanishi yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Natijalarga qaraganda Qoraqalpog’iston (Nukus - 138 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri - 128 m3/ga) va Toshkent (O'rta Chirchiq tumani) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida nisbatan yuqori bo‘ldi.

💧Shu muddatda maktabning Xorazm (Urganch tumani – 88 m3/ga), Namangan (To'raqo'rg'on - 87 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani - 86 m3/ga), Farg’ona ( Quva - 84 m3/ga), Andijon (Andijon tumani - 81 m3/ga) va Samarqand (Oqdaryo tumani - 84 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha qiymatga yaqin bo‘ldi.

🚛Suvchilar maktabining Jizzax ( Paxtakor tumani - 79 m3/ga), Surxondaryo (Termiz - 79 m3/ga), Navoiy (Karmana - 76 m3/ga), Sirdaryo (Guliston - 76 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi ko‘rsatkichlari boshqa viloyatlardagiga nisbatan kamroq bo‘lgan.

🌱Tajriba maydonlari yaqinida joylashgan (20-25 km radiusdagi) ekin maydonlarini sug‘orish grafigini aniqlashtirib olishingiz mumkin.

Suvchilar maktabi | Tomchi

Suvchilar maktabi

01 Oct, 03:19


1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar" kuni

💐Barcha ustozlarni Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz! Bayram munosabati bilan mashaqqatli mehnatingiz, berayotgan ta’lim-tarbiyangiz uchun chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.

⚜️Sizga sog'lik-salomatlik, sermashaqqat va sharafli mehnat faoliyatingizga  zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka, baxt va omadlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Hurmat bilan Suvchilar maktabi jamoasi!

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

30 Sep, 06:09


Sho‘rlangan yerlarni qanday usullar yordamida qayta tiklash mumkin?

ℹ️Sho‘rlangan yerlarni qayta tiklash – qishloq xo‘jaligida muhim masalalardan biridir. Tuproqning sho‘rlanishi, ayniqsa, qurg‘oqchil hududlarda, suv rejimining buzilishi, noto‘g‘ri sug‘orish texnikalari va boshqa omillar tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Bunday yerlarni qayta tiklash va unumdorligini oshirish uchun turli usullar qo‘llaniladi:

✔️Melioratsiya usullari:
Sho‘rlangan tuproqni sho‘rini chiqarishning eng samarali usuli uni toza suv bilan yuvishdir. Bu jarayonda tuproq sho‘ridan tozalanib, eritilgan tuzlar pastki qatlamlarga yuviladi.
Sho‘rlanishning oldini olish va tuproqni tiklash uchun samarali drenaj tizimini yaratish muhim. Bu tizim ortiqcha suvni chiqarib yuboradi va tuproqning sho‘rlanishini kamaytiradi.

✔️Tuproq tarkibini yaxshilash:
Tuproq tarkibiga gips qo‘shish natijasida undagi natriy ionlari kaltsiy ionlari bilan almashtiriladi, bu esa tuproqning tuzilishini yaxshilaydi va sho‘rlanishni kamaytiradi.
Kompost, torf, go‘ng kabi organik o‘g‘itlar tuproqning strukturasi va unumdorligini oshiradi, shuningdek, tuproqning suv ushlab turish qobiliyatini yaxshilaydi.

✔️O‘simliklarni tanlash:
Tuproqni tiklash jarayonida sho‘rga chidamli o‘simliklar (masalan, g‘alla, sholi, qamish) ekish foydali bo‘lishi mumkin. Bu o‘simliklar tuzlarni o‘zlashtiradi va tuproq tarkibini yaxshilaydi.
Sho‘rlanishni kamaytirishda yashil o‘g‘it sifatida ishlatiladigan o‘simliklar (masalan, no‘xat, beda, soya) ekish mumkin. Bu o‘simliklar tuproqning tuzilishini yaxshilaydi va azot bilan boyitadi.

✔️Sug‘orish texnikasini yaxshilash:
Tomchilatib sug‘orish suvni tejamkorlik bilan ishlatish va sho‘rlanishning oldini olishga yordam beradi. Bunday sug‘orishda suv bevosita o‘simlik ildizlariga yetkaziladi va tuproq yuzasida ortiqcha suv yig‘ilmaydi.
Sug‘orish oralig‘ini kamaytirish va tuproqni ortiqcha namlantirmaslik orqali sho‘rlanishni kamaytirish mumkin.

Agrotexnik choralar:
Sho‘rlangan yerlarni qayta tiklashda tuproqni chuqur haydash orqali sho‘r qatlamlarini pastki qatlamlarga olib tushirish mumkin.
Tuproq yuzasiga organik materiallar bilan qoplash orqali tuproq namligini ushlab turish va sho‘rlanishni kamaytirish mumkin.

Sho‘rlangan yerlarni qayta tiklash uzoq muddatli jarayon bo‘lib, kompleks yondashuv talab qiladi. Ushbu usullarni birgalikda qo‘llash orqali yerning unumdorligini tiklash va qishloq xo‘jaligida barqaror natijalarga erishish mumkin.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Suvchilar maktabi

26 Sep, 16:03


💙 "Suvchilar maktabi" loyihasi e'tirof etildi

⚜️Bugun Toshkent shahridagi "Trilliant" tadbirlar majmuasida "Toshkentforum: O’zbekistonlik - 2024" forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda dunyoning turli burchaklaridan kelgan taniqli o‘zbekistonliklar, diplomatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ishbilarmon doiralar hamda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

♻️Mazkur forumning asosiy voqeasi tarixda ilk bor korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasida “Oltin Chinor” Milliy mukofotining topshirilishi bo‘ldi. Bu mukofot “Uzbekistan’s Club” jurnali va Progressiv islohotlar markazi tomonidan biznes hamjamiyatini barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga undash va maxsus ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalangan holda ular orasidan eng yaxshilarini aniqlash maqsadida ta’sis etilgan.

🟢Tadbirda “Agrobank” ATB vakillari ham ishtirok etdi va bankning “Suvchilar maktabi” loyihasi e’tirof etilib, nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz