Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

@cntiuz


Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

22 Oct, 05:36




🔔Hurmatli obunachilar! Endilikda Ilmiy-texnik axborot markazi siz uchun ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi eng qiziqarli hamda foydali ma’lumotlarini doimiy ravishda taqdim etib borish maqsadida Inno page telegram sahifasi o'z faoliyati boshlaganini ma'lum qiladi!

💡Ushbu kanal orqali ilm-fan va innovatsiyalar, shuningdek ilg'or texnologiyalarga oid atamalar va ularning qo'llanishi haqida batafsil ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

21 Oct, 10:55


21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!🇸🇱

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

18 Oct, 07:22


📣Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot dasturi!

🔗Dastur ishtirokchilarning shaxsiy va kasbiy ko'nikmalarini kuchaytirish, xalqaro mehmat bozorini tanishtirish uchun mo'jallangan. Amaliyot dasturi 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

🟡Yosh chegarasi: 18 yosh va undan yuqori
🟡IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
🟡Ro'yxatdan o'tish muddati: 15-dekabr 2024-yil
🟡Manzil: Berlin, Germaniya🇩🇪

Batafsil: https://copernicusberlin.org/summer/

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

15 Oct, 06:43


📣Global Leadership Challenge 2024!

Yosh liderlar uchun yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dastur. Ishtirokchilar mentorlardan bilim olib, turli xil loyihalar ustida ishlashadi. Ushbu dastur 2024-yilning 12-16 dekabrda bo'lib o'tadi.

📎Yosh chegarasi: 21-30
📎IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
📎Ro'yxatdan o'tish muddati: 3-noyabr 2024-yil
📎Manzil: Shveytsariya🇨🇭

Batafsil: https://www.leadership-challenge.org/applynow

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

11 Oct, 11:13


🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" hamda "Innovator" jurnallariga 2025-yil uchun obuna mavsumi boshlanganini E'LON qiladi!🔈

📰"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.

📝 Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida nashr qilinadi.

🟢 Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

💎Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!

📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.

📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.

📞 (+99894) 688-99-11, (+99899) 373-90-35, (+99888) 007-55-92

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

10 Oct, 10:58


📣📣 Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar va talabalar uchun HPAIR Harvard Conference — 2025 konferensiyasi tashkil qilinmoqda!

Konferensiya 2025-yilning 7-9-fevral kunlari Garvard universitetida oʻtkaziladi. Dastur davomida turli tadbirlar tashkil qilinadi. Unda ishtirokchilar kichik jamoalarda dolzarb muammolar ustida ishlashadi, shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan maslahat berib boriladi.

🔗Mavzu: Generational Transitions: Passing the Torch, Paving the Way

📎Yosh chegarasi: 18 yosh va undan yuqori
📎IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
📎Ro'yxatdan o'tish muddati: 20 oktyabr 2024-yil
📎Manzil: AQSh

Batafsil: https://www.hpair.org/

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

10 Oct, 05:53


🌍Nobel mukofotining 2024-yilgi sovrindorlari e'lon qilinmoqda

🧬 Fiziologiya va tibbiyot bo'yicha mukofot "mikroRNK va uning transkripsiyadan keyingi genlarni tartibga solishdagi roli" ustida olib borilgan tadqiqot ishlari uchun AQShlik olimlar Viktor Embros hamda Geri Ravkanga taqdim etildi.

💡Fizika sohasidagi sovrindorlar amerikalik Jon Xopfild va britaniyalik Jeffri Xintonga “sunʼiy intellekt neyron tarmoqlarning mashinali oʻrganish imkoniyatini taʼminlagan kashfiyot va ixtirolari" uchun berildi.

🔬 Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti “oqsilni hisoblash dizayni uchun” amerikalik Devid Beker hamda “oqsil tuzilishi prognozi uchun” britaniyalik Demis Hassabis va Jon Jumperga topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

05 Oct, 14:51


Ayni kunlarda Armeniya tomonining rasmiy taklifiga binoan Ilmiy-texnik axborot markazi direktori oʻrinbosari X.Rayimjonov va boʻlim boshligʻi N.Azimova 4-7-oktyabr kunlari Yerevan shahrida boʻlib oʻtayotgan “Aql kuchi. Chegarasiz sunʼiy intellekt etika doirasida” mavzusidagi “Butunjaxon innovatsiyalar va texnologiyalar Kongressi 2024” (WCIT 2024) tadbirida ishtirok etishmoqda.
 
Mazkur tadbir butun dunyo boʻylab yetakchi innovatorlar va ekspertlarni oʻzida birlashtirib, hamkorlik, bilim almashish va tarmoq yaratish uchun noyob platformadir.
 
Markaz vakillari tadbir davomida innovatsiyalar va texnologiyalarning kelajagini shakllantiruvchi soʻnggi tendensiyalar va ishlanmalar, blokcheyn, kiberxavfsizlik haqida sessiyalar hamda davra suhbatlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, soha mutaxassislari bilan suhbatda boʻlishdi. Shu bilan birga, DigiTec24 koʻrgazmada ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

05 Oct, 14:14


Joriy yilning 4 oktyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari hamda Clarivate kompaniyasining rasmiy vakili tomonodan Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Xalqaro ilmiy bazalardan samarali foydalanish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda professor-o'qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi. Seminar davomida xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishdi va samarali foydalanishning yangi usullari haqida ma’ruza qilindi. Taqdimot davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.

Strategik sessiyalar yakunida ishtirokchilarga "1-oktaybr Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan diplomlar topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram