Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

@izrmed


Professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markazi

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

20 Oct, 18:57


Inson qalbi bilan hazillashmang

Dildora AMIRJONOVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi doktoranti, “Asab va ruhiyat” klinikasi tibbiy psixologi:

— Ko‘pgina odamlar psixologlarga murojaat qilib yordam topmaganini aytishadi. Ayrimlar ma’lum vaqt o‘zgardim deb yurib, oradan bir yil o‘tib-o‘tmay yana battar tushkunlikka tushib qoladi. Bu odamlar psixologlar yoki psixoterapevtlarga emas, balki soxta ezoteriklarga duch kelgan. Psixologiya inson ruhiy jarohatlari va xafagarchilikdan xalos bo‘lishida yordam bersa, ezoterizm har qanday muammoga yechim topishni va’da qiladi.

Maqolaning to‘liq variatini o‘qish uchun ushbu havoga o‘ting 👉🏻 “Ma’naviy hayot” jurnali, yanvar, 2024- yil

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

14 Oct, 16:24


‼️ Epilepsiyada birgalikda ichib bo‘lmaydigan ikki dori

💊 Karbamazepin va konvuleks bir-biri bilan chiqishmaydigan dori hisoblanadi. Ko‘p kuzatyapman, bu ikki dorini birgalikda bemorlarga yozib berishmoqda. Bu mumkin emas, ilmiy adabiyotlarda ham yozilgan.

🌎 Xalqaro epileptologlar assotsiatsiyasi mana shu ikki dorini birgalikda berish mumkin emasligi haqida ko‘rsatma bergan.

🖌 O‘zimning “Epilepsiya” kitobimda ham bunga to‘xtalib, jadval asosida ko‘rsatib o‘tganman.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

12 Oct, 17:30


Kasallik qaytalanishiga kim aybdor

Shifokor Sizni bugungi kungacha bo‘lgan kasallikdan forig‘ qiladi. Undan keyingi holatga javob bermaydi. Davolanib bo‘lganingizdan keyin sog‘lig‘ingizni asrash o‘z qo‘lingizda.

Albatta bu quyidagi holatlar uchun:

shifokor to‘g‘ri tashxis qo‘ysa;

to‘g‘ri davolasa;

Bemor tuzalib ketsa, undan u yog‘iga javob bermaydi. Yuridik jihatdan ham bunga javobgar emas.

☝🏻 Agar davolanib bo‘lganingizdan keyin, shifokor aytgan tavsiyalarga amal qilmasangiz, Sizda kasallik yana qaytalanishi mumkin.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

09 Oct, 15:52


Buni ish joyingizda albatta qilib qo‘ying

Hozirgi kunda ko‘pchilikda kamharakatlik uchramoqda. Ayniqsa, uzoq vaqt bir joyda o‘tirib ishlovchilarda bu muammo ancha seziladi. Bunday vaqtlarda nafaqat yurish balki, kursida ozgina bo‘shashgan holda, 10 daqiqa dam olish juda ham foydali:

asabni tinchlantiradi;

fikrni bir joyga jamlaydi;

umurtqa uchun ham foydali. Ya’ni disk churrasini oldini olishga xizmat qiladi.

❗️Ishxona va ofislarda ozgina dam olish uchun sharoit qilib qo‘yish kerak.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

04 Oct, 14:41


Aminokislotalar nega kamayib ketmoqda

❗️So‘nggi paytlarda negadir glutamin aminokislotasi yo‘qolib ketdi. Bu aminokislota nafaqat bosh miya, balki jigar faoliyati uchun ham juda foydali.

🩺 Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarga 30 yildan buyon glutamin aminokislotasini yozaman. Bunda o‘rganib qolish kuzatilmaydi.

‼️ Men mas’ul idoralardan ushbu masalaga jiddiy masala sifatida e’tibor berishlarini so‘rab qolaman. Bu bemorlarimiz, ayniqsa, bolalarimiz uchun juda muhim.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

02 Oct, 14:09


⚡️ “Asab va ruhiyat” tibbiyot markazimizda seksopatolog ish boshladi.

🩺 Klinik psixolog, seksopatolog Sardor Dursunov ko‘p yillik ish tajribasiga ega, Turkiya va Fransiyada malaka oshirib kelgan.

Bizga nevroz va depressiyada jinsiy zaiflik bilan murojaat qilayotganlar soni ko‘payayotgani bois klinikamizda kuchli mutaxassisni ishga qabul qildik.

Endilikda bu yo‘nalishda kimdadir muammolar bo‘lsa, klinikamizga murojaat qilishlari mumkin.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

02 Oct, 05:38


👍🏻 Bel og‘rig‘idan oson qutulish

Belimiz og‘risa darrov MRTR chopamiz, disk churrasini izlaymiz va nevropatologga boramiz. Agar MRTda 3-4 millimetr disk churrasi (grija) chiqsa, uni beldagi og‘riq bilan bog‘lash kerak emas. Chunki u belga og‘riq bermaydi.

Amaliyotimdan kelib chiqib shuni aytamanki, o‘tirib ishlovchilarda bel og‘rig‘i ko‘p kuzatiladi. Chunki mushak ikkita narsani yaxshi ko‘radi: qisqarib va bo‘shashib turish. Manashu funksiya amalga oshirilmasa, doimo bel og‘riydi.

Barcha uchun tavsiya etiladigan 16 ta gimnastik mashqlar to‘plami bor. Shular bajarib turilsa, bel og‘riqlari, shuningdek, osteoxondrozni oldi olinadi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

30 Sep, 06:27


☝🏻Migren kasalligida kuchli bosh og‘rig‘idan qutulishning eng zamonaviy ikki usuli:

Monoklonal antitelalar — bemorning teri ostiga bir oyda bir marta monoklonal antitelalar yuboriladi.

Botilinoterapiya — botulin toksini bemor boshining bir necha qismlariga inyeksiya orqali yuboriladi. Bu esa o‘z navbatida og‘riq mediatorlarini chiqishini kamaytiradi.

Bu ikki davolash usuli hozirgi kunda Amerika, Yevropa va boshqa chet davlatlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan hisoblanadi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

25 Sep, 05:08


Qovoq uchishlari kasallik(mi?)

Bizga bemorlar qovoq uchishi bilan ko‘p murojaat qilishadi. Ba’zilar buni irimga, ba’zilar esa kasallikka yo‘yadi.

Charchagan va asabiylashganda uchraydigan qovoq uchishi ozroq dam olgandan so‘ng o‘tib ketadi.

☝🏻Agar qovoq uchishlari tez-tez, jiddiyroq, ko‘proq namoyon bo‘lsa qaysidir kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Asosan bolalarda uchraydi. Tomoq infeksiyalarida, tonzillit, gaymorit kabi infeksiyalari bor bolalarda qovoq uchishlari kuzatiladi. Bunday holatlar blefarospazm uchun ham xos. Davolashda bemordan umumiy qon tahlili olinib. nevrologik tekshirishlar o‘tkaziladi va sababi aniqlanadi.

🩺 Ko‘p hollarda qovoq uchishi alohida kasallik emas, balki boshqa kasalliklar belgisidir.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

21 Sep, 14:19


🔬 O‘g‘rilar bilan qotillarning miyasi o‘rganilmoqda

Miyaning ichki qismidagi maxsus hujayralarda hissiyotni tashkil qilishda ishtirok etuvchi markazlar mavjud. O‘sha joyda kichkina patologiya, biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y bersa, o‘g‘rilikka yoki qotillikka moyillik yuzaga kelishi mumkin. Bu soha hozirda olimlar tomonidan chuqur tadqiq etilmoqda.

Bejizga o‘g‘il uylayotganda, qiz uzatayotganda yetti pushti o‘rganilmagan. Agar otasi yoki onasi o‘g‘ri bo‘lsa, quda-anda bo‘lishni jiddiy o‘ylab ko‘rishgan. Qaysidir ma’noda buning tagida haqiqat bor.
_____________________________________

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

19 Sep, 11:00


Giyen-Barre sindromida bemorni davolash qiyinmi?

Qabulimga 37 yoshlik, chirchiqlik bemor Giyen-Barre sindromidan shikoyat qilib keldi. Bu kasallikda ikki qo‘l va oyoq ishlamay qoladi, ayniqsa, COVID pandemiyasidan keyin ko‘payib qoldi.

Aslida, bu kasallik Yevropada nogironlik hisoblanmaydi. Afsuski, ba’zan davolash kurslarini ko‘rib uyalib ketasan kishi. Bosh miyada qon aylanishini yaxshilovchi dorilarni yozishaveradi.

Mazkur kasallikni davolash uchun zudlik bilan plazmaferez va garmon qilinsa bemor turib, yurib ketadi.
_____________________________________

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

15 Sep, 15:09


Kerishib o‘lib qolish mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqda bir yigit kerishib o‘lib qolgani aks etgan videoga ko‘zim tushib qoldi.

Birinchidan, bu juda ham kam uchraydigan holat. Yuz ming holatda bitta uchrab turishi mumkin.

Bruns sindiromida — miyadagi to‘rtinchi qorinchaning eng pastki qismida hosil bo‘lgan o‘smalarda shunday holat bo‘lishi mumkin.

Bazilyar arteriyada anomaliya bo‘lsa ham shunday holat kuzatilish ehtimoli bor. Bunda bemor boshni keskin bursa, aylanib gandiraklab ketadi yoki birdan yiqilib tushadi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

14 Sep, 13:25


❗️ Bolani o‘z vaqtida o‘g‘rilikdan qaytaring

Bolada 2-3 yoshida “meniki”, “seniki” degan tushunchalar shakllanadi. Bu davrda bola uyida hamma narsani o‘ynayveradi. Lekin mehmonga borganda yoki ko‘cha-ko‘yda nimanidir o‘ynamoqchi bo‘lsa, uni olishga tortinib turadi.

Bolangiz do‘konda o‘ziga yoqqan narsani so‘ramasdan olganini sezishingiz bilan “bu seniki emas, begonaniki”, deb ayting. Boisi bolada fotografik, mexanik xotira juda kuchli bo‘ladi va buni eslab qoladi, qayta qilmaydi. Agar indamasangiz shunga o‘rganib boradi.

Biror meva yoki yegulikni qo‘liga olganida sotuvchiga bolani o‘z qo‘li bilan pulni berib o‘rgatilsa, unda “ha, buning haqqini berish kerak ekan”, degan fikr shakllanadi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

13 Sep, 14:43


☝🏻Bolangizning darslariga va qiziqishlariga ahamiyatli bo‘ling

Ota-onalardan shuni iltimos qilib qolar edim, bolangizni yoningizga o‘tkazib suhbatlashing. Bola boshlang‘ich sinfdan yuqori sinfga o‘tayotganida darsga yangi fanlar qo‘shiladi. Kimgadir fizika, kimgadir geografiya, biologiya yangi fan sifatida o‘tila boshlaydi.

Birinchi navbatda qaysi fanga qiziqishini so‘rang, albatta, bunga e’tibor berish kerak.

❗️ Ayniqsa, 6-7 sinfda bolalarda aniq bir fanga moyillik namoyon bo‘la boshlaydi.


Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

12 Sep, 12:55


Bog‘chada bolani kitob bilan urib duduq qilib qo‘yishgan

Qabulimga 14 yoshli bolani duduqlanishidan shikoyat qilib olib kelishdi. Otasini aytishicha, bola 3 yoshgacha yaxshi gapirgan. Ammo bog‘cha opalarning qattiq qo‘lligi, bola bilan ishlash tajribasi yo‘qligi natijasida bola bora-bora gapirishda qiylanib, duduq bo‘lib qolgan.

O‘zini aytishicha, bog‘cha opa uni kitob bilan ko‘p marotaba urgan. Natijada bola duduq bo‘lib qolgan.

‼️ Hurmatli ota-onalar, bolangizni qanday bog‘cha opalar tarbiyalayotganiga doimo ko‘z quloq bo‘ling!

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

10 Sep, 11:33


‼️ Rahbarlar eshitsin

Hurmatli rahbarlar, neyropsixolog sifatida men sizlarga shuni alohida ta’kidlamoqchiman hech qaysi xodimingizni ish soati davomiyligi 8 soatdan, iloji bo‘lsa, 6 soatdan oshmasin❗️

Xodim shanba va yakshanba kunlari dam olishi kerak. Ba’zilar “Shanba yarim kun ya’ni soat 12:00 gacha ishlasa bo‘ladimi”, deb so‘raydi. Yo‘q, xodim o‘z oilasi bag‘rida bo‘lishi lozim.

❗️Xodimlarning dam olishlarsiz va tartibsiz ish rejimi ularda “surunkali charchash sindromi”ni keltirib chiqarishi mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

09 Sep, 17:24


⚡️ Saratonni parhez bilan davolash mumkinmi?

Saraton ya’ni onkologik kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar o‘z uchun parhez tuzib, shunga amal qilsa yoki diyetolog, nutritsiolog ularga parhez tuzib bersa:

❗️ har qanday hajmdagi o‘smalar 50-70 foizgacha kichrayishi;

❗️o‘smaning o‘sish intensivligi pasayishi mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

07 Sep, 15:26


😰 Ish soatining yuqoriligidan ruhiy aziyat chekkan xodim

Yonimga katta bir idora rahbarining yordamchisi bo‘lib ishlagan yosh yigit keldi. U yarim tungacha ishda qolib ketishi, ruhiy zo‘riqishlar va stresslar yuqori bo‘lganiligi aytib o‘tdi. Buning oqibatida unda obsessiv-kompulsiv nevroz rivojlangan.

❗️Men avval ham aytgan edim, ishni sifatli va samarali bo‘lishi uchun ish soati 6-8 soatdan oshmasligi kerak. Bu yevropalik olimlar tomonidan o‘z isbotini topgan.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

06 Sep, 10:02


“Asab va ruhiyat” kitobini elektron variantini bepulga o`qishingiz mumkin

Taniqli olim Zarifboy Ibodullayevning ushbu asari 10 yil ichida 5 marotaba nashr yuzini ko`rdi. Ushbu asar har bir yurtdoshimizning qalb to`ridan o`rin olgan, desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz. Bu kitob o`tgan yili Turkiyada “Sinir ve ruhiyat” nomi bilan chop qilindi va o`zbek olimini turk dunyosiga tanitib boshladi. Olimning 35 yillik shaxsiy kuzatuvlari va kechinmalari asosida tayyorlangan va yangi mavzular bilan boyitilgan kitobining 5-nashri ham elimizga manzur bo`ladi, degan umiddamiz.

Kitobni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

👉🏻 “ASAB VA RUHIYAT”

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

04 Sep, 13:07


Insonlarda ikkita "Men" bo‘ladi. Xo‘sh u nima o‘zi?

Sog‘lom odamlarda ham ikkita "Men" bo‘ladi:

asl men — ya’ni siz qanday bo‘lsangiz shundayligicha holingiz. U haqiqiy men deb ataladi.

ideal men — odamning orzusidagi, xayolidagi, kelajakdagi, o‘ylardagi men.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube