Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

@revmatolog_raxmonov


🔷 Врач-ревматолог
🔷 Тошкент Тиббиёт Академияси
Куп Тармокли клиникаси
🔷 Консультация учун:
+998 94 485 63 62
👉 @DrRaxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

21 Oct, 06:39


Bir bemor orqali sizga tavsiyam

‼️Ogʻriq qolishi bu kasallik tuzaldi degani emas

‼️Dorilarni oʻzingiz xohlagan vaqtda va xohlagan dorini tuxtatib quymang chunki davolash rejasidan chiqib ketasiz

‼️Hech qachon GARMON asosiy dori emas va koʻp vaqtga tavsiya qilinmaydi.

Endi bu bemorga garmonal davoni tuxtata olmayman chunki asosiy dorilar tasir qilib holat yaxshilangandan kiyin dorilar tuxtatilib quygan.

Bu holatda davolanish yana qayat boshdan boshlanadi.

Har doim shifokoringiz bilan maslahat qilib davolang

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

21 Oct, 06:32


салом доктор. сиз тавсия этган дорилорни едим.огриклар азайды. и куп вакттан бери преднизалондан бошкасини тухтаттим. сабаб огрик унча олдингидек кучли эмас. энди преднизалонни канака килиб тухтатамиз. гармон дори семиртиб юборди.

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

18 Oct, 08:33


Boʻgʻimlar uchun malham

Xo'sh, birinchi navbatda, bezovta qiluvchi alomatdan yani  - og'riqdan xalos bo'lish uchun shu  retseptni sinab ko'rishni maslahat beraman!

Tarkibi:

100 gramm yangi karam barglari.
50 gramm tug'ralgan horseradish(xren)
50 gramm tug'ralgan dafna yaprog'i.(Lavir bargi)
2 osh qoshiq asal.
50 gramm o'simlik yog'i (zaytun yoki kungaboqar).

Tayyorlanishi:

Karam bargini  maydalang.
Horseradish(xren) va dafna yaprog'i qo'shing, yaxshilab aralashtiring.  Asal va o'simlik yog'ini qo'shing, aralashma surtma yani maz kurinishiga kelguncha aralashtirishda davom eting.


Malhamni og'riyotgan bo'g'imlarga qo'llang.  Malham qo'llaniladigan joyni iliq material yoki sharf bilan o'rab oling.  Bir kechada qoldiring.  O'zingizni yaxshi his qilguningizcha buni davom eting.

https://t.me/revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

18 Oct, 08:29


Assalomu alaykum

Havo sovushi bilan koʻpchilik boʻgʻim kasalligi bor bemorlarda dorilarini qabul qilishsa ham ogʻriqlar kuchayib qoladi.
Lekin bu har doim ham kasallikni kuchayib ketganini anglatmaydi.

Sovuq havoda boʻgʻimlarda qon aylanishi buziladi shuning hisobiga ogʻriq kuchayishi mumkin.

Agar siz dorilarni oʻz vaqtida qabul qilayotgan bulsangiz va sovuq havoda ogʻriq kuchaysa sizga uy sharoitida tayyorlanadigan malhamni tavsiya qilaman 👇

https://t.me/revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

13 Oct, 14:04


Assalomu alaykum


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Revmatologi oʻz kanalida boʻgʻim kasalliklari boʻyicha maslahatlarini berib bormoqda
Sizda ham pastdagi muammolar qiynasa bizga murojaat qiling

Kanal: @revmatolog_raxmonov

Guruh: https://t.me/Dr_Raxmonov2


Kanaldagi foydali postlar

Oʻzingizga qiziq bulgan mavzuni ustiga bosing

➡️Revmatolog bu kim

➡️Osteoparoz haqida

➡️Boʻgʻimlardagi qarsilashlar

➡️Nega bel ogʻriydi

➡️Osteoartrit va osteoartroz

➡️Boʻgʻimlardagi shish

➡️Boʻgʻim bushligʻiga ukol

➡️Artrozning davosi

➡️Bogʻimlar uchun eng yaxshi kompress

➡️Koksartroz kasalligi haqida

➡️Kamqonlik

➡️Poliartrit haqida

➡️Boʻgʻimda tuz yigʻilishi

➡️Padagra

➡️Vitamin D

➡️Qon quyuqligi

➡️Vitamin D haqida tòliq ma'lumot

➡️Revmatik isitma haqida

➡️Bitsillin nima

➡️Doktorning oʻz bemorlariga  xati

➡️Remissiya haqida ovozli chat

➡️Bexterov kasalligi haqida

➡️Boylar kasalligi

➡️Jigar haqida

➡️ ANIQ TASHXIS UCHUN NIMA KERAK BULADI

➡️ ASLO analizi nima

➡️ Revmatoid kasalliklarda farzandli bulish. Ovozli chat

➡️Shpora haqida

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

12 Oct, 17:58


Bu rejalar har xil kasalliklarda sal farq qilishi mumkin
Lekin umumiy olganda bemorlarni davolash REJA si shulardan iborat

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

12 Oct, 17:57


Reja quydagicha buladi


1.Kasallikga olib kelgan sabablar aniqlanadi

2. Kerakli analizlar qilinadi

3.Tashxis quyiladi

4. Birinchi davo rejasi tuziladi odatda 1 oylik

Davo rejasi dorilar va ovqatlanishni toʻgʻrilash va mashqlar orqali buladi

2) Qayta koʻrik

1. Qayta analizlar tahlili
2. Davo rejasi koʻrib chiqiladi va dorilar kamaytiriladi qoʻshimcha mashqlar tavsiya qilinadi

3) Qayta koʻrik
Analizlar qilinadi
Dorilarni qayta tartiblash
Mashqlar


Analizlar yaxshi chiqqanda Bemor ahvoli yaxshilanib borishi bilan dorilar kamayib borib Yakunda faqat mashqlar qoladi va bu mashqalar butun umrga tavsiya qilinadi .

https://t.me/revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

12 Oct, 17:48


Reja:

Boʻgʻim ogʻrishi bemorni qiynadimi demak kasallik eng kamida 4 yoki 5 yil oldin boshlangan va faqatgina ogʻriq kuchayib yurishga qoʻllarni bukushga qiynalgan vaqtdagina doktorga murojaat qilingan buladi.

Boʻgʻim bu suyak togʻay kabi qattiq va yillar davomida shakllangan organ hisoblanadi. Boʻgʻimdagi ogʻriqlar va shishlar esa eng kamida togʻay moddasining zararlanganidan keyin kelib chiqadi.

Demak tugʻilganimizdan buyon shakllangan organizimimiz zararlansa biz uni 10 kun ichida qayta tiklay olmaymiz.

Men odatda bemorlar bilan ishlagan vaqtimda boʻgʻimlarni tiklash va oldingi holatiga qaytishi uchun biz bergan tavsiyalarga 1 yil amal qilish kerakligini aytaman va reja tuzib beraman.

Lekin bu YOLGʻON.

Hech qanday 1 yillik reja yuq.

Men aslida bemorlarimga BUTUN umrlik reja tuzaman.
Chunki boʻgʻimlar bizga BUTUN umrga kerak.

40 yoki 50 yoshda aslida boʻgʻimlar ogʻrishi kerak emas.
MAQSADIM bemorimda davolanishdan keyin 1 yil yoki 2 yildan keyin yana doktorga muhtoj bulmasliklaridir.

Demak butun umrlik reja qanday buladi ?

https://t.me/revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

12 Oct, 14:58


Boʻgʻim kasalliklarini davolashda har doim kamida 1 yillik reja bulishi kerakligi, boʻgʻimlar kasalliklari yillar davomida kelib chiqqani uchun faqat 10 kunlik davo yordam berishi qiyin ekanligini koʻp takrorlayman

Bu reja qanday ekanligini bilish qiziqmi ?

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

10 Oct, 09:43


Son bo'g'imi uchun eng yaxshi mashq ❇️

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

05 Oct, 14:16


💬Doktorning oʻz bemorlariga xati💬

Surunkali kasalliklarga chalingan barcha odamlarga bag'ishlangan.

Ayniqsa Revmatologik bemorlarga


"Qadrli do'stim!
Sizga tashxis qo'yildi.
Umringizning oxirigacha siz bilan birga bo'ladigan jiddiy surunkali tashxis.

Tashxis sizga kecha qo'yilgandir ehtimol, bir necha yil oldin bu ahamiyatsiz .

O'zingizni qanday his qilyapsiz

🔵 Qo'rquv bulayaptimi?

🔵 O'ziga achinish hissi bormi?

🔵 Sizga tashxis quygan shifokordan jahlingiz chiqayaptimi?

🔵Oʻzingizdan g'azablanayapsizmi?

🔵Nega men?
Nega menda bu kasallik deb oʻylayapsizmi?

🔵 Umidsizlikdan qiynalayapsizmi?


Men bemorlarimning hammasida bu his-tuyg'ularni koʻrganman

Va bu nima ekanligini bilasizmi

❗️BU TABIIY HOLAT

Tuyg'ularni his qilish odatiy holdir.
Va salbiy his-tuyg'ular bòlishi ham


❗️Bu holatda oldinga YURISHNING yagona yo'li.
Tashxisni va davolashni qabul qilish.

💎G'olibning yo'li aynan shunday boʻladi


👨‍⚕️Men kasallik bilan yashaydigan har bir odamga murojaat qilmoqchiman.

Siz kuchli bo'lishingiz shart emas

Kimgadir yoki òzingizga hammasi joyida ekanligini isbotlashingiz shart emas.

Ha, siz yaxshi emasdirsiz

Lekin siz bunga bardosh bera olasiz

Ha, qiyin bo'lar

Ba'zida bu juda qiyin.

🔵Lekin har doim yordam beradigan odam bo'ladi.

So'z bilan
Ish bilan
Dorilar bilan
Yoki sizning yoningizda boʻlish bilan
Siz uchun qaygʻuradiganlar bor

Unutmang

🗣Tabletkalarni olishni istamaslik odatiy hol.
Ularning samaradorligiga shubha qilishingiz ham mumkin.

🗣Shifokorga savol berishingiz -juda yaxshi

🗣Shifokorni tanlash va o'zgartirish sizning huquqingiz
Ikkinchi fikrni tinglash shart.

🗣Jiddiy tashxisga e'tiroz bildirish odatiy hol

🗣Uni inkor etish, qabul qilmaslik - ko'pchilik boshidan kechiradigan bosqich

🗣 Tashxis va retseptlarni ikki marta tekshiring - bu mumkin va zarurdir
🔤

👶🏼 Farzandni rejalashtirish va farzandli bo'lish - bu sizning ajralmas huquqingiz.

👶🏼 LEKIN KATTA TALAB, buni shifokor nazorati ostida bajaring, ILTIMOS!

👶🏼 Kasallikning yuqori darajadagi faollik davri afsuski, homiladorlikning muvaffaqiyatsiz yakunlanish xavfini oshiradi.

Unutmang

🔎 Surunkali kasallik o'lim hukmi emas.
O'zingizni sevishning bir usuli.

🔎Oʻzingizni qabul qiling.

🔎O'zingiz bo'lishingizga ruxsat bering.

🔎Hech narsaga siz aybdor emassiz.

🔎Kasal bulganingizga siz ayibdor emassiz

🔎 Kasallik uzoqroq vaqt davom etayotganida siz ayibdor emassiz

👨‍⚕️Meni sizga tilagim

🔵 To'g'ri tashxis

🔵 Samarali davolash

🔵 Kuchli yordam

🔵 O'z doktoringizni topishingiz.

🔵 Va albatta, Tuzalish va REMISIYALAR

https://t.me/revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

02 Oct, 14:34


🤔Uy sharoitda artrozni qanday aniqlash mumkin?

Bemorlarimizdan keladigan eng koʻp  so'rov bu bo'g'imlar va mushaklarning kasalliklaridir.

➡️Shuning uchun artrozdan boshlaylik. 

✔️Kasallik boʻgʻimlardagi yalligʻlanish ya'ni shamollashlar tufayli togʻay tóqimasini zararlanishi va osteofetlarning paydo boʻlishi, boʻgʻim kistalarning hosil bulishi bilan boshlanadi.

Har qanday bo'g'imning artroz kasalligi bulishi mumkin.


📌Artroz deyarli har doim yallig'lanish bilan birga keladi, shuning uchun boʻgʻim qizarib, biroz shishib ketishi mumkin.

🔶Ammo artrozning asosiy alomati o'ziga xos "boshlovchi" og'riqdir: ya'ni siz uyg'onasiz, yotoqdan turasiz va birinchi harakatlarda noqulaylik his qilasiz va ozroq harakatdan soʻng  og'riq susayadi.

🟡Artrozning dastlabki bosqichlarida harakatlanayotganda og'riq paydo bo'lsa va keyingi bosqichlarida bo'g'im hatto dam olishda ham og'riydi.

✔️Demak oʻtirgan holatdan turgan vaqtda, zinadan koʻtarilganda, kun oxiriga  borib boʻgʻimlarda ogʻriq , shish kuzatilsa bu artroz kasalligining belgilaridir.

Yana sizni qaysi kasalliklar qiziqtiradi ?

👨‍⚕️Sizda shunday belgilar kuzatilsa online konsultatsiyaga yoziling

😎https://t.me/revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

23 Sep, 15:18


Assalomu alaykum

Bugun tugʻruqdan keyin eng koʻp uchraydigan suyaklar qaqshab ogʻrishi haqida ma'lumot bermoqchiman.

Tugʻruqdan sòng boʻgʻimlarda va suyaklarda ogʻriqlar ,koʻchib yuruvchi qaqshashlar bulishi haqida koʻplab savollar olaman.

Buning bir necha sabablari bor. Shulardan eng keng tarqalgan sabablardan biri bu suyaklar murtlashishi ya'ni ona organzmi bolaga kerak buladigan minerallarni ovqatlardan olaolmasa oʻz suyaklaridan beradi natijada ona suyaklari murtlashib qoladi.
Bu esa suyaklarda kuchib yuruvchi ogʻriqlarga sabab buladi.
Bu ogʻriqlar asosan qul barmoqlarda boldir suyaklarda kechqurun sodir buladi.

❗️❗️❗️❗️Davolash asosan kalsiy va vit D dorilari orqali olib boriladi

Bu holatlarda eng tògʻri yòl avval analizlar topshirish va kasallikga aniq tashxis quyish sòng davolash hisoblanadi .

Sizni ham boʻgʻim ogʻriqlari bezovda qilsa online va Toshkent Tibbiyot akadimiyasi klinikasidagi kasultatsiyamizga yozilishingiz mumkin


https://t.me/revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

23 Sep, 15:16


⚡️Osteoartrit yoki osteoartroz bo’g’imlarning barcha tarkibiy qismlariga ya'ni
kapsula, sinovial membrana, tog’ay,paylarlarga ta'sir qiladigan kasallikdir.
🙅Bemorlar artroz haqida bo’g’imlarda tuz yig’ilishini tushunishadi. Lekin tuzning bunga hech qanday aloqasi yo'q. Kasallikning rivojlanishida bo’g’imlarning yallig'lanish tog’ay tóqimasinig parchalanishi sabab buladi.
📌Kasalikning belgilari
-Bo’g’imlardagi og’riq va shishlar
-Harakatdan keyingi bo’g’imlardagi karaxtlik va og’riq . Og’riqning tich xolatda yóqolishi
-Harakat vaqtida bo’g’imlarda qirsillashlar
-Bo’g’imlar formasinig vaqt o’tishi bilan o’zgarishi
📌Artrozning sabablari
- Keksa yosh
- Genetik moyillik
- Menopauza
- Bo’g’imlarning tug’ma nuqsonlari
- Jismoniy zóriqishlar
- Travmalar
- Sovqotish
- Notóg’ri ovqatlanish
- Ortiqcha tana vazni
- Revmatologik kasalliklar
- Endokrinologik kasalliklar
- Surunkali infeksion kasalliklar


👨‍⚕Davo
- Davolash kasallikning darajasi va sababiga kóra shifokor tomonidan har bir kasalga alohida yondoshilgan holatda tayinlanadi.
-Asosiy davo gimnastik mashqlar va bo’g’imlar xolatini yaxshilovchi dorilar hisoblanadi
-Dorilardan nosteroid yallig’lanishga qarshi vositalar va xondroprotektorlar tanlov preparatlari xisoblanadi
-Bo’g’im bóshliğiga inyeksiya(ukol)

Sizni ham boʻgʻim ogʻriqlari bezovda qilsa online va Toshkent Tibbiyot akadimiyasi klinikasidagi kasultatsiyamizga yozilishingiz mumkin


👉@DrRaxmonov
👉@revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

22 Sep, 03:48


Nega bo'g'imlar ob-havo oʻzgarishi tufayli og'riydi ?

Menga bu savol juda tez-tez beriladi.

Gap shundaki, bo'g'imda sinovial suyuqlik mavjud bo'lib, u boshqa suyuqliklar kabi bir xil xususiyatlarga ega.

Atmosfera bosimi o'zgarganda u kimyoviy, fizik va biologik xususiyatlarini o'zgartiradi, ya'ni u bo'g'im ichida kengayadi yoki qisqaradi.

Bu jarayonda ma'lum darajada yaqin atrofdan o'tadigan nervlar va tomirlar qisilishi sodir buladi.

Va shuning uchun odam bo'g'imlarda noqulaylik, og'riq hissini boshdan kechiradi.

Ikkinchi sabab esa sovuq havoda qon tomirlar qisqargani uchun boʻgʻimda yalligʻlanish jarayoni kuchayib ketadi ya'ni oddiy tilda boʻgʻimlar shamollashi boshlanishi mumkin .


Bu ikkala holatni aniqlash uchun umumiy qon revmaproba alt ast machevina analizlarni topshirib shifokor qabuliga boring.

@revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

20 Sep, 17:20


Maslahat:
Bo'g'imlaringiz og'riyaptimi?  Harakat qiling

Butun dunyoda  harakat qilish qobiliyatisiz qolib ketish nafaqat yoshi kattalar  uchun, balki oʻrta yoshdagi odamlar  uchun ham  eng dahshatli tushdir.
Shuning uchun boʻgʻimlar og'rigʻi  bilan kurashishning ko'plab usullari ishlab chiqilmoqda, lekin birinchi navbatda,asosiy narsani tushunishingiz kerak!

Demak boʻgʻimlar ogʻrisa katta ehtimol bilan ularda zararlanish ketayapti. Bu zararlanish esa suyaklarni bir biriga ishqalanishi va boʻgʻimda qon aylanishini yomonligidan kelib chiqadi

Xush bu zarardan qanday qutilib qolish mumkin yoki davolash mumkin

Zararlanishni yuqotish uchun boʻgʻim orasida sinavial suyuqlikni oshirish kerak buning uchun mashqalar kerak

Qon aylanishini yaxshilash uchun mashqlar kerak

Hamma boʻgʻim kasalliklari uchun mashqalar tugʻri keladimi ?
Yuq !

Avval shifokor bilan maslahat qilish va tugʻri mashlarni oʻrganish kerak

@revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

17 Sep, 03:30


Online konsultatsiya

Uzoq joyda yashaydigan bemorlar  kelishga imkon bulmasa analizlarni koʻrib tashxis va davoni reja qilib berish uchun online konsultatsiya qilishim mumkin .
Ammo albatta kurikka kelish yaxshiroq

Konsultatsiyani maqsadi oldin kurikka kelgan bemorlarni davolanishini nazorat qilish yoki davo tógʻri yónalishda olib borilishini maslahatlashish hisoblanadi .

Qanday buladi :
Hamma analizlarni menga tashlaysiz. Men koʻrib chiqib siz bilan alohida aloqaga chiqaman va shikoyatlarni toʻplayman va xulosa qilamiz .

Davo yozib beriladimi ?
Agar taxminiy tashxis buyicha uyda davolanish imkoni bulsa yozib beriladi. Yotib davolanish kerak bólgan kasallarga faqat maslahat beriladi

Tulov :100 ming sóm


@revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

11 Sep, 16:03


Sog'lom bo'g'inlarni saqlash bo'yicha maslahatlar

🔹 1. Optimal vaznni saqlash

🔹 2. O'rtacha va mos sport mashg'ulotlari

🔹 3. Ovqatlanish qoidalariga rioya qilish:

• Ovqat pishirish - yumshoq pishirish

• Kollagen, kaltsiy, K2 vitamini yuqori bo'lgan mahsulotlar

• Suv balansini saqlash

• Cheklangan tuz iste'moli

🔹 4. Bo'g'imlar va suyaklar uchun mikro va makroelementlar muvozanatini saqlash

🔹 5. Tartibli uyqu

@revmatolog_raxmonov

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

11 Sep, 15:50


Assalomu alaykum
Toshkentda ish boshladik lekin ilmiy ishlar tufayli har kuni bemor kurishga imkoniyat yuq.

Kurikka kelmoqchi bulgan bemorlar oldindan 1 yoki 2 kun oldin tel qilib kelishingiz mumkin

Ревматолог Рахмонов Достон Норбекович

06 Sep, 07:11


Biz suyaklar uchun kaltsiy kerakligini yuqorida bilib oldik.

Uni qayerdan olasiz?

Oshqozondan qonga oson o'tadigan eng oson hazm bo'ladigan kaltsiy fermentlangan sut mahsulotlarida mavjud.

Bular tvorog, kefir, fermentlangan sut mahsulotlari, tabiiy yogurt va pishloq.  Kichik bir bo'lak pishloqda katta ko'za sutga qaraganda ko'proq kaltsiy bo'ladi. 

Shuningdek, kaltsiyga boy yong'oqlar, urug'lar, sarimsoq, dukkaklilar (loviya, loviya, no'xat) va yormalar: grechka, jo'xori uni, arpa.

1,289

subscribers

81

photos

10

videos