Ijtimoiy himoya milliy agentligi

@ijtimoiyhimoya_agentligi


Ijtimoiy himoya milliy agentligi

22 Oct, 12:04


Bugun soat 20:00 da Sevimli telekanalida "Bolalar o‘rtasidagi o'zaro zo'ravonlik. Bulling" mavzusidagi ko‘rsatuv efirga uzatiladi.

Ota-onalar va bolalar munosabatlari, zo‘ravonlikning turli xil ko‘rinishlari, bullingni qanday aniqlash, uning oqibatlari va bolalarni bu holatdan himoya qilish uchun ota-onalar va jamiyat nimalar qilishlari mumkinligi haqida suhbatlashiladi.

O'tkazib yubormang, bu har bir ota-ona uchun muhim mavzu!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21 Oct, 15:19


#Saylov_2024
#Mening_ovozim_obod_Vatanim

🖋 Prezident tomonidan imzolangan 955-sonli Qonunga muvofiq, nogironligi bo'lgan shaxslarga saylash va saylanish, o'zi istagan nomzodga ovoz berish imkoniyati berilgani bilan bir qatorda, saylov uchastkalarida inklyuziv sharoit yaratish lozimligi ham qat'iy belgilandi.

🧮 Bu borada respublikamiz bo'ylab, xususan, Buxoro tumanidagi saylov uchastkalarida nogironligi bo'lgan shaxslarning ovoz berish jarayonida to'siqsiz inklyuziv sharoit yaratish, ularning ham ovozi muhim ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan targ’ibot ishlari tashkil etib kelinmoqda.

↗️ Buxoro tumani 33-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori, II guruh nogironligi bo'lgan Gulnora Atoyevaning ham joriy yilgi saylovlarda tuman xalq deputatlari Kengashi tomonidan nomzodi ilgari surilgan bo'lib, bu ham o'z o'rni va o'z vaqtida Qonun ijrosining ta'minlanayotganligidan darakdir.

😮 Saylov uchastkalarida ham maxsus yo’lakchalar, brayn alifbosidagi blyutenlar va nomzodlarning targ’ibot dasturlari, shuningdek, ko’chma qutilar shay holatga keltirilgan.

🎬 Batafsil videoda...

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21 Oct, 12:15


Inklyuziv va farovon jamiyat yaratish, kambag'allikni qisqartirish hamda “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida faol tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Xususan, ushbu haftalik doirasida o‘z biznesini boshlash va butun mamlakat bo‘ylab xaridorlarni topish maqsadida bo'lgan ayol tadbirkorlar uchun:

🏢 21-22 oktyabr kunlari Nukus shahridagi Monomarkazda;

🏢23-24 oktyabr kunlari Urganch shahridagi Monomarkazda;

🏢 25-26 oktyabr kunlari Buxoro shahridagi Monomarkazda.

🇺🇳 BMTTD, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va Uzum Academy tomonidan AYOLLAR uchun tashkil etiladigan moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat bo‘yicha bepul o‘quv seminarlariga taklif etamiz!

🤝O‘quv seminarida ishtirok etishni istasangiz Monomarkazlarga tashrif buyurishingiz mumkin.

____

В рамках создания инклюзивного и процветающего общества, сокращения бедности и программы "От бедности к процветанию" проводятся активные мероприятия.

В частности, в течение недели для женщин-предпринимателей, которые хотят открыть собственное дело и расширить рынок сбыта на всю страну, проходят различные активности:

🏢 21-22 октября в Моноцентре в Нукусе;

🏢 23-24 октября в Моноцентре в Ургенче;

🏢 25-26 октября в Моноцентре в Бухаре.

🇺🇳 Приглашаем вас на бесплатные образовательные семинары по финансовой грамотности и электронной коммерции для ЖЕНЩИН, организованные ПРООН, Министерством сокращения бедности и занятости, Национальным агентством по социальной защите и Академией Узум!

🤝 Если вы хотите принять участие в обучающем семинаре, вы можете посетить Моноцентры.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21 Oct, 10:00


Bolalarimiz Xalqaro I-Chexiya futzal chempionatida II – o‘rin sohibi

Xabar berganimizdek, 22-sonli Mehribonlik uyi 8 nafar tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan futbol jamoasi Chexiya Respublikasining taklif bilan 2024-yil 18-20-oktyabr kunlarida Nimburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida butun dunyodan 16 ta futbol jamoasi ishtirok etuvchi Xalqaro I-Chexiya futzal chempionatida ishtirok etdilar.

19-oktyabr kuni bo‘lib o‘tyotgan Xalqaro I-Chexiya futzal chempionatida davlatimiz sharafini himoya qilayotgan yosh futbolchilarimiz ilk daqiqalardan boshlab yutuqlarni qo‘lga kirita boshladilar. “V” guruh bosqichida har 7 o‘yinda ham mutlaq g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekiston-Polsha uchrashuvida durrang natijani qo‘lga kiritdilar, o‘yin so‘ngida penaltilar seriyasi belgilandi va yosh jamoamiz 1 ballni boy berib qo‘ydilar.

Natijada yosh futbolchilar 8 o‘yinda raqib darvozasiga 50 ta gol urdilar, faqatgina 3 golni o‘tkazdilar.

Jamoada Maksim - darvozabon, Daniel – chap qanot hujumchisi, Nodir- o‘ng qanot hujumchisi, Arslan - himoyachi, Namoz - himoyachi, Sanjar - markaziy yarim himoyachi, Igor - markaziy yarim himoyachi, kichkina Arslan – hujumchi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va bugungi kunda Agentlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanib borayotgan bolalarimizga g‘alabali o‘yinlari va O‘zbekistonimizning sharafini shijoat bilan himoya qilganlari uchun tashakkur izhor etamiz!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21 Oct, 06:04


Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21 Oct, 04:23


“Qadring baland boʻlsin, Ona tilim!”

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir.


Prezidentimiz tomonidan 21-oktabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

19 Oct, 16:39


Rasmiy munosabat

"Ishonch" gazetasida "Shifokorlar maqtovli, sharoit esa..." nomli e'lon qilingan maqola yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Toshkent shahri, Yashnobod va Mirzo-Ulug'bek tumanlarida joylashgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni Reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi” Vazirlar Mahkamasining 89-sonli qarori asosida tashkil etilgan bo'lib, 2006-yildan buyon faoliyat olib boradi. Markaz 200 kishiga mo'ljallangan, yiliga 5500 nafardan ortiq nogironligi bo'lgan shaxslarga reabilitatsiya xizmatlari ko'rsatiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi  tizimidagi "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, reabilitatsiyaga muhtoj urush va mehnat faxriylari uchun mo'ljallangan markazni rekonstruksiya qilish, qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mablag‘lar ajratilgan.

Shuningdek, Markazda rekonstruksiya ishlarini olib borish maqsadida quruvchilarni tanlash shaffof elektron tender asosida o'tkazilmoqda.

Ayni damda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh markaz faoliyatini batafsil o‘rganayotganini ma'lum qilamiz. Vaziyat haqida qo‘shimcha ma'lumotlar beriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

19 Oct, 15:08


Yosh futbolchilarimiz Xalqaro I-Chexiya chempionatida ishtirok etmoqda!

Kuni kecha 22-sonli Mehribonlik uyi futbol jamoasi Chexiya Respublikasining taklif bilan 2024-yil 18-20-oktyabr kunlarida Nimburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida butun dunyodan 16 ta futbol jamoasi ishtirok etuvchi Xalqaro I-Chexiya chempionatida ishtirok etishlari uchun uchib ketishgandi.

Yosh futbolchilarmiz joriy yilning 7-12-avgust kunlari Polsha davlatining Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha IIX-jahon chempionati musoboqasida ishtirok etib, 28 ta futbol komandalari o‘rtasida 7-o‘rinni egallagan edi.

Ushbu chempionatda futbol jamoamiz yaxshi natijalar qayd etganligi munosabati bilan kuchli jamoa sifatida galdagi chempionatda ishtirok etish uchun taklif olishdi.

Turli sabablar tufayli ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida va maqsadlariga erishishda qilayotgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Quvvatga, shijoatga va optimizmga ega bo‘lgan bolalarimizga omad va g‘alabalar tilab qolamiz!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

19 Oct, 09:50


"Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Muhtoj shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari kengaytiriladi

Ushbu Qonun bilan:

😲 Agentlik tomonidan dafn etish uchun nafaqa berish;

😲 xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;

😲 og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilinganda davlat bojini to‘lashdan ozod etishga doir o'zgarishlar kuchga kirdi;

🎅 Bundan tashqari, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilandi.

👨‍🦯Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

🖋 Shu bilan birga, umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to‘g‘risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma’lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz