Boysun Tumani Hokimligi

@boysunaxborotxizmati


Hurmatli do‘stlar ushbu kanal Boysun tuman hokimligining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Boysun Tumani Hokimligi

22 Oct, 11:28


Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli

◼️ Bugun Boysun tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

◼️ Fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, tibbiyot masalasi, uy joy olishda yordam, ichimlik suvi, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, yoshlar masalasi va boshqa masalalarda og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

22 Oct, 04:29


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 4 kun qoldi

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

22 Oct, 02:02


#ob_havo

Assalomu alaykum! Bugun 22-oktabr, seshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-sitej

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 14:35


Yig‘ilishda eng avvalo yurtimiz iqlimiga mos sifatli ko‘chatni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi.

Fanlar akademiyasi, ekologiya, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, karantin tizimidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliygohlar, kafedralar, in-vitro laboratoriyalaridan samarali foydalanib, urug‘ va ko‘chat yetishtirish hajmini oshirishi zarur.

Nukus, Arnasoy, Qorako‘l, Muborakda keyingi yilda suvsizlik va sho‘rga chidamli galofit o‘simliklaridan iborat 4 ta bog‘ barpo qilinadi.

Urug‘ olish uchun o‘rmon xo‘jaliklaridan sog‘lom onalik plantatsiyasini tanlash orqali yiliga 1,5 ming tonna urug‘ tayyorlanishi, Koreya tajribasi asosida suvsizlikka chidamli, iqlim sharoitiga mos yopiq ildizli konteyner va in-vitro usulida 2 million ko‘chat yetishtirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmdagi 250 ming gektar cho‘lda suv talab etmaydigan saksovul, qandim, cherkez urug‘lari dronlar yordamida ekiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Samarqand, Xorazm, Toshkent va vodiy viloyatlaridagi 327 gektar yerda noyob mevali ko‘chatlarni in-vitro usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Oktabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi.

“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambag‘al oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolg‘iz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Shuningdek, yettilik o‘ziga biriktirilgan ko‘chalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, ko‘chalar, uylar, ko‘p qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.

Ta’lim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bog‘cha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona ko‘chat ekishni tashkil qilish topshirildi. Yoshlar ishlari agentligi 155 ming yoshlarga bo‘lib berilgan 60 ming gektar yerda jami 1,5 millionta mevali daraxt ekishga ko‘maklashadi.

Barcha mahallalarda ko‘chat yarmarkasini tashkil qilib, 30 millionta ko‘chat yetkazib berish muhimligi ta’kidlandi.

Televidenie, radio, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda daraxt ekish nuroniylar, mahalla faollari, jamoat arboblari, san’atkor va sportchilar ishtirokida keng targ‘ib qilinsa, ishlarning samarasi bundan-da yuqori bo‘lishi ta’kidlandi.

Prezidentimiz aholini daraxt ekishga jalb qilish bo‘yicha yaxshi tajribalar ko‘payayotganini qayd etib, to‘lov tashkilotlari va elektron savdo platformalarining bunday loyihalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligiga e’tibor qaratdi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 14:00


Mamlakatimizda har yili 200 million daraxt va buta ekib, yashillikni 2030 yilgacha 30 foizga yetkazish bo‘yicha marra olingan. 2020 yilda yashillik darajasi 8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, hozir 12 foiz. Orolbo‘yida yashil qoplama 2 million gektardan oshdi.

Joriy yil bahorida 138 million dona ko‘chat ekilgani, yil boshidan 10 ming gektardan ziyod “yashil belbog‘”, 257 ta “vazirlik” va “hokimlik” bog‘lari barpo qilingani ta’kidlandi.

Shu yildan boshlab yo‘l, daryo va kanallarga tutash 2 ming gektar yer 10 ming aholi va tadbirkorlarga ekish uchun ijaraga berildi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida budjetdan 49 milliard so‘m berilib, mahallalarda 215 ta yangi bog‘ yaratilmoqda.

O‘zbekistonning bu boradagi ishlarini Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijroiya organi ham alohida e’tirof etdi.

Shu bilan birga yashillik darajasini oshirish bo‘yicha islohotlarni ko‘p hokimlar tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bahor mavsumida 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmagani tanqid qilindi. Iqlim sharoitini hisobga olmasdan, suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan.

Masalan, sug‘orish tizimi yo‘q joyga Toshkent shahrida 322 ming, Samarqandda 96 ming, Toshkent viloyatida 67 ming, Qoraqalpog‘istonda 61 ming, Buxoroda 24 ming, Navoiyda 15 ming ko‘chat ekilgan.

Hisobotga qo‘shib yozish eng ko‘p Buxoro, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Har bir hokim, vazir, tashkilotga qaerga, qancha ko‘chat ekish egasi, joyi, suvi va mablag‘i bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi bo‘yicha qat’iy so‘rov bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 13:39


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan avval davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni, butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lgan sana bilan samimiy tabrikladi.

Ona tilimiz – bizni asrlar davomida yagona xalq sifatida birlashtirib, tarixiy xotiramiz, milliy qadriyatlarimizni avloddan avlodga bezavol yetkazib kelayotgan bebaho boyligimiz ekani ta’kidlandi.

"Bundan keyin ham ona tilimizni qadrlash, rivojlantirish borasidagi ishlarimizni qat’iy davom ettiramiz",
- dedi Prezident.

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ona tilimiz rivojiga alohida urg‘u berilayotgan bejizmasligi, ona tabiatimiz, hovlimiz, mahallamiz, shahar va qishloqlarimizdagi gullar, daraxtlar, yashil maysalar singari ona tilimiz ham har kuni, har daqiqada g‘amxo‘rlikni talab etishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Bugun Prezident Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan tanishdi. Unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanadi.

Bu bilan ekologiya tizimiga ham zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan mustahkam zamin yaratildi.

Viloyat hokimlariga har bir viloyatda 1 tadan ushbu universitet texnikumini tashkil qilish topshirildi. Texnikum atrofida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun dendrologiya bog‘i ham tashkil qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan universitetda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qisqa kurslar tashkil qilib, har yili 1 ming nafar xodimning malakasini oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 10:17


🇺🇿 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿 Milliy o‘zligimiz timsoli

Bugun Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida 21-oktabr-o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site

Boysun Tumani Hokimligi

21 Oct, 09:31


🇺🇿 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿 Milliy o‘zligimiz timsoli

Til va nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelgan.

Bugun Ona tilimizning qadri, qimmati tiklangan, maqomiga yarasha darajaga ega bo‘lgan kun. Tilimizning bugunga qadar omon-eson kelishining asosiy boisi xalqimizning o‘z ona tilini jonidan sevishi, ardoqlashidadir.

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror mo‘jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi. Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.

Bugun Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida 21-oktabr-o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, faxriylar, faollar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman madaniyat bo’limi hamda iqtidorli o’quvchilar tomonidan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r, ruboiy va g‘azallar, kuy qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site