Surxondaryo viloyati hokimligi

@axborot_xizmati


Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 15:30


Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolarining “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar ittifoqi, harbiy prokuratura va boshqa tashkilotlar vakillari, Termiz shahridagi Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan harakat a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mamlakat mudofaasidagi mas’uliyatini anglashlarini ta’minlash va harbiy xizmatga qiziqish uyg‘otishdir.

Marosim davomida yoshlarga “Vatan tayanchi” otryadining maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu nishonlar yoshlarning harbiy tayyorgarlikdagi faol ishtiroklari, vatanparvarlik harakatlariga qo‘shilganligi va o‘zlarining Vatanga sodiq ekanliklarini ifodalaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 14:55


😄 | Termiz davlat universitetida “Yoshlar markazi” ish boshladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyat hokimligi, BMT Taraqqiyot dasturi mutasaddilari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Takashi Xatori, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fuji xonim, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov va boshqalar keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, turli sohalardagi mustahkam hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanayotganini ta’kidladi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/648494

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 14:15


Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi, Markaziy bank viloyat boshqarmasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Termiz shahridagi Matbuot uyida banklar faoliyati, tizimda mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan OAV vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Azamat Radjabov va tijorat banklarining viloyat filiallari boshqaruv raislari ishtirok etdi. Dastlab, Markaziy bank rahbari va tijorat banklari boshqaruv raislari tizimda joriy yilning o‘tgan davrida banklar faoliyati, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida axborot berdi.

Shundan so‘ng, jurnalist va blogerlarning savollariga javoblar berildi hamda takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar o‘rtaga tashlanib, yechimi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida axborotlar berildi.

Matbuot anjumanidan keyin tashkil etilgan press-turda ishtirokchilar Termiz xalqaro savdo markazi – “Airitom free zone”, u yerda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari faoliyati bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda vohamizda 13 ta tijorat banklari va ularning 16 ta filiallari hamda 98 ta minibank va bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 13:06


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mehmonlar uyida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Hatori Takashi hamda BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Akiko Fujji xonim rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Yaponiya texnologiya universitetini tashkil etish, tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, onkologik kasalliklarni davolash, oldini olishga qaratilgan tizimli tibbiy dasturni yo‘lga qo‘yish hamda boshqa loyihalar amalga oshirilayotganligi, shuningdek, 32 gektar maydonda Yaponiya texnologiyalari asosida biznes markazi, mehmonxona, texnopark, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar, akvapark hamda turar joylar kompleksini qurish rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

Tomonlar hamkorlikdagi loyihalarning borishi, istiqboldagi rejalar hamda yoshlar, mahalla, xususiy sektor, sog‘liqni saqlash hamda davlat xizmati sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X