Ytittalaba @ytittalaba Channel on Telegram

Ytittalaba

@ytittalaba


🏛 Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (sobiq Yeoju) talabasi tomonidan yuritiladigan norasmiy Telegram kanal!

O‘zaro muloqot uchun: @ytittalabachat

Kanalda reklama berish bo‘yicha: @ytittalaba_reklama_bot

Ytittalaba (Uzbek)

Ytittalaba Telegram kanali Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (sobiq Yeoju) talabasi tomonidan yuritiladigan norasmiy kanaldir. Bu kanalda universitet talabasi o'zining so'nggi yangiliklari, tajribalari, va o'qishga oid savollarga javoblar paydo qiladi. Ytittalaba kanalida o‘zaro muloqot uchun @ytittalabachat ga murojaat qiling. Agar sizning kompaniyangiz yoki mahsulotingizni reklamalashni istasangiz, @ytittalaba_reklama_bot ga murojaat qiling. Siz ham Ytittalaba Telegram kanaliga a'zo bo‘ling va universitet hayotiga oid so'nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Ytittalaba

07 Feb, 12:35


⚡️Qayta topshirish imtihonlarida tushadigan savollarni qayerdan olsam bo‘ladi?

Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

Ko‘pincha, yakuniy nazorat imtihonlarida tushgan savollarning aksariyati qayta topshirish imtihonlarida ham takroran tushish ehtimoli bor.

Sababi, odatda har bir fan bo‘yicha jami 400-450 ta namunaviy savollar to‘plami imtihonlar bazasiga joylashtiriladi va mazkur savollar to‘plamidan yakuniy va qayta topshirish imtihonlari vaqtida foydalaniladi.

Talabalar fanlar kesimida joylashtirilgan namunaviy savollar to‘plamini Moodle platformasi orqali yuklab olishlari mumkin.

Moodle platformasiga kirish uchun havola: kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun – intranet.kiut.uz

Sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun – pt.kiut.uz

Yozma va loyiha ishi shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha namunaviy savollarni bevosita fan o‘qituvchisiga murojaat qilgan holda tanishib chiqishingiz va umumiy tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Feb, 11:40


⚡️Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsam, yozda o‘z o‘qishini davlat universitetlariga ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar bu uchun bemalol harakat qilib ko‘rishsa bo‘ladi.

Chunki, bu orqali ular deyarli hech narsa yo‘qotishmaydi. Faqatgina, 187,500 so‘m mablag‘ni yo‘qotishlari mumkin.

Chunki, perevod uchun tashkil etiladigan o‘tish imtihonlarida ishtirok etish uchun talaba avvalo, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiz qismini to‘lashi shart. Ayni kundagi hisob bo‘yicha bu miqdor 187,500 so‘mni tashkil etadi.

Perevod uchun belgilangan o‘tish ballarini ko‘rgandirsiz. Juda ham baland emas. Ya’ni, fanlar bo‘yicha hech bo‘lmaganda fundamental bilimi bor bo‘lgan talaba bu ballni bemalol to‘play oladi.

Agarda, talaba yetarli ball to‘play olmasa va imtihondan o‘ta olmasa – hech narsa yo‘qotilmaydi. Chunki, talaba avval tahsil olgan universitetida o‘qishni qolgan joyidan davom ettirishi mumkin. Bu uchun universitet yoki dekanat qarshilik qila olmaydi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Feb, 11:20


⚡️Davlat universitetiga perevod qilish uchun nimalar qilish kerak? O‘zi perevod qachondan boshlanadi?”

Odatda har yil 15-iyuldan 5-avgust sanasiga qadar o‘qishni tashqi ko‘chirish (perevod) uchun arizalar qabuliga start beriladi.

O‘z o‘qishini xususiy va xalqaro universitetlardan davlat universitetlariga ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar mazkur muddat davomida ma’lum bir hujjatlarini topshirishlari talab etiladi.

Kerak bo‘ladigan asosiy hujjatlar:

– Ariza (onlayn tarzda);
– Transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki PDF shakli);
– Akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Hujjatlar faqat onlayn tartibda my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga topshiriladi.

O‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirgan talabgorlarga dastavval Bilim va Malakalarni Baholash agentligi tomonidan o‘tish imtihonlari tashkil etiladi.

Ya’ni, ta’lim yo‘nalishidan kelib chiqqan holda 2 ta asosiy va 3 ta majburiy fandan – jami 90 ta savol bo‘yicha imtihon topshiriladi. O‘tish imtihonlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ga teng.

Shuningdek, har bir ta’lim yo‘nalishi uchun minimal o‘tish ballari ham belgilangan. O‘tish imtihonlarida ishtirok etadigan talabalar ana shu minimal ballni to‘plab berishsa kifoya.

Mana bu havola ostida 2024/2025-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida belgilangan o‘tish ballari ro‘yxati keltirilgan.

Imtihonda yetarli o‘tish balini to‘play olgan talabalarning o‘qishi muvaffaqiyatli ko‘chiriladi va perevod amalga oshiriladi.

Yetarli o‘tish balini to‘play olmagan talabalar tabaqalashtirilgan miqdorda (ya’ni, super kontrakt) to‘lab perevodni amalga oshirishlari mumkin.

Mana bu havola ostida 2024/2025-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida belgilangan super kontrakt miqdori ro‘yxati keltirilgan.

Imtihonda yetarli o‘tish balini to‘play olmagan va super kontrakt to‘lamaydigan talabalar avval tahsil olgan universitetiga qaytib, o‘qishni qolgan joyidan davom ettirishlari mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Feb, 10:00


⚡️Qayta topshirish imtihonidan o‘ta olmasam nima bo‘ladi?

Talaba qayta topshirish imtihonlaridan o‘ta olmasa, har bir fan uchun belgilangan jarima summasini to‘lab, yana qaytadan imtihon topshirishi mumkin.

Bu jarayon talaba o‘sha o‘ta olmagan fan(lar)ini yopmaguncha davom etaveradi.

Qayta topshirish imtihonlarida har bir fan uchun belgilangan jarima summasi – 100 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ayrim talabalarda “Men qayta topshirish imtihoni uchun 100 ming so‘m to‘layabman, demak meni imtihondan o‘tkazib yuborishadi!”, degan tushuncha bor.

Hurmatli talabalar! Bunday tushunchani hayolingizdan chiqarib tashlang!

Sababi, mazkur summa imtihon jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish uchun sarflanadi. Ya’ni, talaba jarima sifatida to‘layotgan summasi – uning imtihondagi natijasiga mutlaqo ta’siri yo‘q.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Feb, 06:15


⚡️Talabalar o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ikki xil shaklda yuklab olishlari mumkin:

1) student.kiut.uz saytidagi “Reference” bo‘limi orqali;

2) HEMIS tizimidagi talaba.kiut.uz sayti orqali.

Agarda siz ishlaydigan korxona, tashkilot yoki vakolatli organ “O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomangni olib kel!” deb so‘rasa, ularga bemalol shaxsiy kabinetingiz yoki HEMIS tizimi orqali yuklab olingan ma’lumotnomani taqdim etishingiz mumkin.

P. S. yuqoridagi rasmda o‘zimga tegishli bo‘lgan o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani shartli misol tariqasida keltirib o‘tyapman. Ushbu ma’lumotnomani HEMIS tizimi orqali yuklab olganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Feb, 05:00


⚡️Kanalda reklama berish masalasi bo‘yicha @ytittalaba_reklama_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama joylashtirish shartlari va reklama joylash narxlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Feb, 15:00


⚡️Men hozirgacha 50 foiz kontrakt to‘laganman, qolgan qismini qachongacha to‘lashim kerak?

Kontrakt to‘lash muddati talabalarga taqdim etiladigan kontrakt shartnomasida yozilgan bo‘ladi.

Kontrakt shartnomasini contract.kiut.uz sayti orqali yuklab olishingiz va unda belgilab o‘tilgan kontrakt to‘lash muddatlari bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Kontrakt to‘lovini istalgan tijorat banklari yordamida amalga oshirish imkoniyati mavjud. Odatda universitet rahbariyati talabalarga “Ipak Yo‘li” banki orqali to‘lov amalga oshirishni tavsiya qiladi.

Sababi, mazkur bank orqali to‘lanadigan summalar uchun foiz olib qolinmaydi. Mabodo, yaqin orada kontrakt to‘lash maqsadida yurgan talabalar bo‘lsa, bevosita “Ipak Yo‘li” banki yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida: kontrakt to‘lovini belgilangan muddatgacha to‘lamagan talabalar yakuniy va qayta topshirish imtihonlariga kiritilmasligi mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Feb, 11:10


⚡️Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga tegishli bo‘lgan va talabalar obuna bo‘lishi tavsiya etiladigan Telegram’dagi ayrim kanallar ro‘yxati!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining rasmiy kanali – @kiut_official

Universitetning Namangan filialiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @kiut_nm

Universitetning Samarqand filialiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @kiut_sam

Universitetning o‘quv bo‘limiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @edkiut

Universitetning sirtqi ta’lim shakliga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @zaochkakiut

Universitetning kechki ta’lim shakliga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @kiutevening

Universitetning magistratura bosqichiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @mskiut

Universitetning xalqaro aloqalar bo‘limiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @internationalkiut

Universitetning tashqi o‘qishni ko‘chirish (perevod) bo‘limiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @transferkiut

Universitetdagi eng so‘nggi axborotlarni tezkorlik bilan yetkazadigan kanal – @ytittalaba

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:
Instagram | Facebook | YouTube | Linkedln

Veb-sayt: www.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Feb, 06:06


📣 “CredoMobile” endi Chilonzorda!

🔑 Orzularingizdagi texnologiya – o‘zingizga qulay shartlarda!
📍 Endi sizga yaqin joyda: Chilonzor 7-mavze, 45-uy

🎯 Bizda nimani topasiz?
Yangi va ishlatilgan iPhone – sifat va qulaylikda yetakchi!
Trenddagi Samsung, Xiaomi telefonlari – naqd yoki muddatli to‘lov asosida!
Apple Watch, AirPods, MacBook va boshqa zamonaviy gadjetlar – hayotingizni yengillashtiradi!

💳 Muddatli to‘lovning eng mos variantlari:
✔️ 3 oydan 12 oygacha bo‘lib to‘lash
✔️ Minimal boshlang‘ich to‘lov, maksimal qulaylik
✔️ Toshkent va viloyatlar uchun mos shartlar

Ish vaqti: Har kuni 10:00 dan 19:00 gacha
📞 Online Hujjat topshirsh: 99-841-04-40
👨🏻‍💻 @credomobile2
📞 Aloqa markazi: 71-200-30-07

Telegram: @credomobileuz
Instagram: @credomobileuz

🔥 CredoMobile – texnologiya dunyosiga qadam tashlang!
Bugunoq tashrif buyuring, hayotingizni yangi bosqichga olib chiqing!

Ytittalaba

05 Feb, 14:00


⚡️Onlayn tashkil qilinayotgan qayta topshirish imtihonlarida yozma shaklda topshiriladigan fanlar bo‘yicha ham imtihon topshirsak bo‘ladimi?

Yo‘q, bo‘lmaydi. Mazkur imtihon faqat test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha tashkil etilyapti.

Imtihon o‘tkaziladigan sanalar e’lon qilinsa va shaxsiy kabinetdagi “Exam Schedule” bo‘limiga qaysi fanlardan imtihon qo‘yib berilsa, talaba faqat o‘sha fanlar bo‘yicha onlayn imtihonlarda ishtirok etishi mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 13:00


⚡️Shaxsiy kabinetida “No Entry” deb yozilgan talabalar diqqatiga!

Ushbu masalangizni onlayn qayta topshirish imtihonlari o‘tkaziladigan kungacha (ya’ni, fevral oyi oxirigacha) hal qilib oling. Bo‘lmasa, siz onlayn imtihonlarda qatnasha olmaysiz!

Odatda, mazkur yozuv kontraktdan qarzdorligi bor talabalarning shaxsiy kabinetida paydo bo‘ladi. Bu masalani hal qilish uchun tegishli dekanatingizga murojaat qilishingiz so‘raladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 12:00


⚡️99-100-TOPIK imtihonlariga tayyorlov kurslarimizga taklif etamiz!

TOPIK I
TOPIK II

🗓️Kunlari: Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari yoki
Seshanba, Payshanba va Shanba kunlari
🕙Vaqti: 🇰🇷22:00 – 18:00 🇺🇿

Kurs kimlar uchun mo‘ljallangan?

Aprel, may va undan keyingi oylarda TOPIK imtihonlariga kiruvchi barcha uchun!

Dars kim tomonidan olib boriladi?

TOPIK 5 va TOPIK 6 daraja sohibi, hozirgi kunda Janubiy Koreyada GKS granti magistranti hamda ko‘plab boshqa yutuqlarga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchi tomonidan olib boriladi!

👨‍💻Darslar online Zoom platformasi orqali olib boriladi.

🏃Shoshiling! Arzon va hamyonbob narxlardagi sifatli kurslarimiz aynan siz uchun! Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📞Murojaat uchun telefon: +821081820605
👨🏻‍💻Admin: @Bek_mir_zo

Ytittalaba

05 Feb, 10:40


⚡️Onlayn qayta topshirish imtihonlarining o‘tkazilish tartibi!

Onlayn qayta topshirish imtihonlarida ishtirok etish mutlaqo ixtiyoriy. Imtihonda ishtirok etish uchun ariza yozish, pul to‘lash yoki dekanatga murojaat qilish shart emas.

Imtihon kunlari e’lon qilinsa, imtihonga tegishli ma’lumotlar avtomatik tarzda “Exam Schedule” bo‘limiga joylashtiriladi.

Onlayn qayta topshirish imtihonlari https://newtest.kiut.uz/ sayti orqali bo‘lib o‘tadi. Mazkur sayt ertalab soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ochiq bo‘ladi va talabalar mana shu vaqt oralig‘ida imtihon topshirishlari mumkin.

Imtihon uchun ajratilgan vaqtda turli sabablar bilan (mobil internet yo‘qligi, aloqa sifatining pastligi, elektr tarmoqlarining uzilishi va hokazo) ishtirok eta olmagan talabalar uchun boshqa imtihon qo‘yib berilmaydi.

Shuningdek, imtihon jarayonida turli xil qoidabuzarliklar qilishga urinadigan talabalar aniqlansa, ularning natijasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.

Onlayn qayta topshirish imtihonlari uchun belgilangan baholash sistemasi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni mana bu va mana bu postlar orqali tushuntirib o‘tganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 08:05


⚡️Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 07:05


⚡️Onlayn qayta topshirish imtihonlari bilan bog‘liq yana ayrim eslatmalar!

Imtihonda 0 dan 59 ball’gacha to‘plansa – o‘tmadi

Imtihonda 60 va undan yuqori ball to‘plansa – o‘tdi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 06:25


⚡️Onlayn qayta topshirish imtihonlari bilan bog‘liq eng muhim eslatmalar!

Agarda onlayn imtihon jarayonlari tashkil etilsa, unda ishtirok etish bepul bo‘ladi.

Shu kungacha pulli (jarima) qayta topshirish imtihonlariga qolib ketgan talabalar ham mazkur bepul imkoniyatdan foydalanib qolishlari mumkin.

Imtihon jarayonida har bir bosilgan javoblar avtomatik tarzda serverga joylanadi va yuklanadi. Ya’ni, bitta fandan faqat bir marta imtihon topshirish imkoniyati mavjud.

Imtihonda to‘planishi mumkin bo‘lgan minimal (o‘tish) ball – 60.

Imtihonda to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball ham – 60.

Ya’ni, agarda siz imtihonda 60 ball’dan kam natija ko‘rsatsangiz, imtihondan o‘ta olmagan hisoblanasiz va Fail bo‘lgan faningiz joyida qoladi.

Yoxud, agarda barcha savollarga to‘g‘ri javob berib, imtihonda 100 foiz natija ko‘rsatsangiz ham, yakunda eng oxirgi natijangiz 60 ball, deb yoziladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 06:00


⚡️Mazkur onlayn formatdagi qayta topshirish imtihonlari akademikqarzdor talabalar uchun tashkil etilyapti.

Ya’ni, universitetdagi ta’lim shakli va bosqichi qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha akademikqarzdor talabalar uchun bo‘lib o‘tadi.

Talabalar ushbu onlayn formatdagi qayta topshirish imtihonlarida uydan chiqmagan holatda, masofadan turib va eng muhimi o‘zlariga qulay bo‘lgan lokatsiya orqali ishtirok etishlari mumkin.

Ya’ni, qayta topshirish imtihonida ishtirok etish uchun universitetga borish shart emas!

Siz ayrim fan(lar)dan o‘ta olmaganmisiz? Shaxsiy kabinetingizda Fail(lar) bormi? Qayta topshirish imtihoningiz test formatidami?

Marhamat, unday bo‘lsa onlayn qayta topshirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rib turing! Imtihon sanalari yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 05:30


⚡️Akademikqarzdor talabalar uchun yaxshi yangilik!

Joriy yilning fevral oyi oxiri va mart oyi boshlarida akademikqarzdor talabalarga qo‘shimcha imkoniyat sifatida qayta topshirish imtihonlari onlayn tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilyapti ekan.

Mazkur onlayn qayta topshirish imtihonlari faqat test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha tashkil etiladi.

Ya’ni, agarda siz Fail bo‘lgan faningiz test formatida topshiriladigan bo‘lsa, ushbu onlayn qayta topshirish imtihonida ishtirok etishingiz mumkin.

Aniq imtihon sanasi va vaqti haqida keyinroq xabar berilishi eslatib o‘tildi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Feb, 05:00


⚡️Istalgan mavzu bo‘yicha prezentatsiya tayyorlash uchun eng yaxshi ilovalardan biri – bu shubhasiz Canva!

Sababi, undan foydalanish juda ham qulay, deyarli barcha mavzu bo‘yicha shablonlari bor va eng muhimi – tekin!

Ilova vebsayti: canva.com

Shuningdek, ilovani Play Market yoki AppStore orqali ham yuklab olishingiz mumkin.

Hali Canva ilovasidan foydalanmagan yoki foydalanishni bilmayotgan talabalar uchun mana bu havola ostida kichik videoqo‘llanma joylashtirilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

04 Feb, 06:30


⚡️Qayta topshirish imtihonlari uchun onlayn shaklda ariza qoldirgan talabalar uchun ham imtihon jarayonlari tashkil etiladi.

Ya’ni, mazkur talabaning arizasi ortidan, u uchun xona ajratiladi, joy band qilinadi va nazoratchi jalb qilinadi.

Shunday ekan, qayta topshirish imtihoni uchun haqiqatda potensialingiz bor bo‘lsa, ana undan keyin onlayn arizani to‘ldiring.

Shunchaki nomiga yoki saytni sinab ko‘rish maqsadida ariza to‘ldirmang – bunaqa va’jlarni keltirib hammani ortiqcha ovoragarchilikka qo‘ymang!

Qayta topshirish imtihonlari uchun onlayn ariza yozgan ammo, imtihon jarayoniga kelmagan talabalar avtomatik tarzda pulli (jarima) qayta topshirish imtihonlariga qoldiriladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Jan, 13:50


⚡️Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Mazkur tartib yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat (xususiy) OTM’lar uchun bir xil amal qiladi.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Jan, 09:45


⚡️Qayta topshirish imtihonlariga onlayn tarzda ariza qoldirgan talabalar uchun joriy yilning 30 – 31-yanvar kunlari imtihon jarayonlari tashkil etilar ekan.

Mazkur imtihon jarayonlari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar student.kiut.uz saytidagi “Exam Schedule” bo‘limiga joylashtirilgan.

Qayta topshirish imtihonlari odatdagidek an’anaviy (oflayn) shaklda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, ayni paytda universitetda qayta topshirish imtihonlariga ariza yozish jarayonlari davom etmoqda. Talabalar ikki xil shaklda – onlayn va oflayn tarzda ariza qoldirishlari mumkin.

Onlayn tarzda ariza qoldirish istagida bo‘lgan talabalar mana bu havola orqali kerakli ma’lumotlarni to‘ldirishlari lozim.

Oflayn tarzda ariza qoldirish istagida bo‘lgan talabalar esa universitetning A 305-xonasiga murojaat qilishlari mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

28 Jan, 14:25


⚡️Qayta topshirish imtihonlari uchun belgilangan eng oxirgi muddat qachon?

Avvalo, qayta topshirish imtihonlari uchun belgilangan eng oxirgi muddat, degan tushuncha yo‘q. Sababi, universitetda deyarli butun yil davomida qayta topshirish imtihonlari tashkil etiladi.

Ya’ni, talabalar umumiy o‘quv yili yoki qishki va yozgi ta’til davomida ham qayta topshirish imtihonlariga ariza yozib, imtihon jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.

Faqatgina, ayrim holatlarda qayta topshirish imtihonlari ma’lum muddatga to‘xtalishi mumkin. Aynan qanday holatlarda?

– Yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan haftada
– Bayram va dam olish kunlarida
– Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladigan paytda
– Ayrim fors-major holatlar kuzatilganda

Agarda qayta topshirish imtihonlari o‘tkazilmasligi aniq bo‘lsa, bu haqda universitet o‘quv bo‘limiga tegishli @EdKIUT Telegram kanalida oldindan xabar beriladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Jan, 15:05


⚡️Talabalar universitetdagi davomatlarini attendance.kiut.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatib borishlari mumkin.

Talabalar universitet binosi va o‘quv xonalariga kirish hamda chiqish vaqtida talabalik ID kartasini nazorat qurilmasidan o‘tkazgan payt, mazkur ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attendance.kiut.uz saytida aks etadi.

Masalan, yuqoridagi rasmda o‘zimga tegishli bo‘lgan ma’lumotni shartli misol tariqasida joylashtiryapman. Unda, dekabr oyidagi umumiy davomatim jadval ko‘rinishida ko‘rsatib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Jan, 14:15


⚡️Kanalda reklama berish masalasi bo‘yicha @ytittalaba_reklama_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama joylashtirish shartlari va reklama joylash narxlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Jan, 13:35


⚡️4 soat “окнo”siz ketma-ket qo‘yilgan darslardan so‘ng, talabalar auditoriya eshigidan oshxona tomon shoshilib chiqishmoqda:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Jan, 10:20


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Jan, 09:00


⚡️Talabalar uchun quyidagi xizmatlarni taklif etamiz:

📗Kitob chiqarish;
📄Nusxalash (oq-qora/rangli/A4 formatda);
📃Chop etish;
📒Pereplyot;
📎Turli xil kanstovar mahsulotlari

📍Manzil: Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining A va B binolar o‘rtasi
👨🏻‍💻Murojaat uchun: @lider_tim

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Jan, 05:55


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Ma’lumot o‘rnida: ta’lim krediti olayotgan talabalar ham 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Jan, 07:45


⚡️Ertadan kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun yana darslar boshlanadi:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Jan, 07:35


⚡️Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida masofaviy ta’lim shakli mavjud emas.

Demak, homilador yoki qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi bor bo‘lgan talaba ayollar onlayn tarzda tahsil olisholmaydi.

Mazkur sabablar bilan dars mashg‘ulotlari yoki yakuniy nazorat imtihonlarida ishtirok eta olmagan talabalar qayta topshirish imtihonlari orqali fanlarni yopishlari mumkin.

Yoki, eng alternativ yechim – akademikta’til olish uchun ariza yozish kifoya.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Jan, 07:30


⚡️Yosh bolali xotin-qizlar universitetda onlayn tarzda tahsil olishi mumkinmi?”

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarorining 11-bandiga ko‘ra, talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasida ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra, belgilangan muddatga onlayn ta’lim shakliga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bo‘yicha talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, o‘zi, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan OTM rektori nomiga akademik ta’til olish uchun ariza bilan murojaat etishi lozim.

Ushbu qarorga ko‘ra quyidagi hollarda talaba akademik ta’til olishi mumkin:

– salomatligini tiklash uchun;
– homiladorlik va tug‘ish uchun;
– va boshqa holatlarda.


Demak, yuqoridagi asoslar bo‘lganda va OTMda masofaviy ta’lim shakli bo‘lganda o‘qishni onlayn shaklga o‘zgartirish mumkin.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Jan, 07:25


⚡️Homilador va qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi bor bo‘lgan talaba ayollar uchun onlayn Retake o‘tkazilmaydimi?

Esingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning iyun oyida mazkur turdagi talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida qayta topshirish imtihonlari onlayn tarzda tashkil etib berilgan edi.

Oxirgi payt ayrim talabalar tomonidan mana shunday onlayn qayta topshirish imtihonlari yana bir marotaba bo‘lishi mumkinmi, degan savollar juda ko‘p berilmoqda.

Bu masala bo‘yicha universitet o‘quv bo‘limi bilan bog‘langan vaqtim “Hozircha onlayn Retake o‘tkazish rejada yo‘q!”, deb javob berishdi.

Shunday ekan, talabalarga holis tavsiyam, onlayn Retake imtihonlari bo‘lishini umid qilib vaqtingizni o‘tkazmasdan, iloji boricha o‘ta olmagan fanlaringizni vaqtida yopib oling.

Ertaga, 27-yanvar sanasidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan qayta topshirish imtihonlariga ariza yozish boshlanadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Jan, 17:15


⚡️Istalgan mavzu bo‘yicha prezentatsiya tayyorlashda qo‘l keladigan ayrim bepul sayt va ilovalar ro‘yxati:

– canva.com
– prezi.com
– workspace.google.com
– slidesgo.com

– gamma.app
– gemini.google.com
– freepik.com
– pixlr.com

Mazkur sayt va ilovalardan prezentatsiya tayyorlash va yana bir qancha maqsadlarda foydalanishingiz mumkin. Buning uchun sizdan birozgina mehnat va izlanish talab etiladi xolos.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Jan, 15:20


⚡️Kelayotgan haftadan boshlab akademikqarzdor talabalar qayta topshirish imtihonlariga ariza yozishlari mumkin.

Ammo, bu xabar barcha talabalarga taalluqli emas!

Masalan, bugun eng so‘nggi yakuniy nazorat imtihonlarida ishtirok etgan ayrim sirtqi ta’lim shakli talabalari imtihon natijalari e’lon qilingandan keyin qayta topshirish imtihonlariga ariza yozishlari mumkin.

Ya’ni, imtihon natijalariga ko‘ra, avval nechta fandan o‘ta olmaganlik aniqlanadi, Faillar soni hisoblanadi va ana undan keyin qayta topshirish imtihonlariga ariza yoziladi.

Yakuniy nazorat imtihon natijalari esa umumiy imtihon jarayonlari yakunlangan kundan boshlab 10 ish kunida e’lon qilinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Jan, 15:10


⚡️Joriy yilning 27-yanvar sanasidan boshlanishi kerak bo‘lgan ayrim insaydlar!

27.01.2025 – kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun 2-semestrga mo‘ljallangan dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

27.01.2025 – bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliyot mashg‘ulotlari boshlanadi.

27.01.2025 – qayta topshirish imtihonlariga (Retake) ariza yozish boshlanadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Jan, 12:50


⚡️Universitetdagi dekanatlar bilan bog‘lanish uchun ichki telefon raqamlar!

– “Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maxsus Pedagogika” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 110)
🚪Kabinet: A 419

– “Axborot tizimlar muhandisligi”, “Elektrotexnika”, “Mexatronika” va “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 144)
🚪 Kabinet: B 611

– “Arxitektura va shaharsozlik” hamda “Qurilish” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 131)
🚪 Kabinet: B 311

– “Biznesni boshqarish” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 132)
🚪 Kabinet: A 306

– “Moliya”, “Bank ishi” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 122)
🚪 Kabinet: A 520

– “Turizm”, “Xalqaro marketing” va “Tarix” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 130)
🚪 Kabinet: C 504

– “English Education” va “Tarjimashunoslik” (xitoy va ingliz tillari) yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 160)
🚪 Kabinet: B 806

– “Koreys tili filologiyasi” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 125)
🚪 Kabinet: A 316

“Tibbiyot” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 169)
🚪 Kabinet: M 201

– “Kechki ta’lim”
shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 215)
🚪 Kabinet: A 521

– “Sirtqi ta’lim” shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 128, 163, 164)
🚪 Kabinet: A 103

– “Magistratura mutaxassisliklari” dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 137)
🚪 Kabinet: C 106

Agarda universitet yoki yo‘nalish dekanatlariga biror murojaatingiz bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxat orqali o‘zingizga kerakli dekanat ichki raqamlarini terib, ularga belgilangan ish kunlari va ish soatlarida qo‘ng‘iroq qiling!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Jan, 09:40


⚡️1 oy davom etgan qishki ta’tildan so‘ng bir-birini sog‘ingan kursdoshlar yana universitetda ko‘rishganida:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Jan, 08:55


⚡️Dars jadvali e’lon qilindi!

27-yanvar, dushanba kunidan boshlab universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar uchun 2-semestr darslariga start beriladi.

Mazkur talabalar uchun kelasi haftaga mo‘ljallangan dars jadvali ro‘yxati e’lon qilindi.

Quyidagi havola orqali yangilangan dars jadvali bilan tanishib chiqishingiz va o‘z guruhingizga tegishli bo‘lgan jadvalni yuklab olishingiz mumkin:

📥 Dars jadvali

Boshlanayotgan yangi semestrda barcha talabalarga omad va kuch-quvvat tilayman!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

23 Jan, 17:15


⚡️Qayta topshirish imtihonigacha onlayn tartibda bajarish mumkin bo‘lgan ayrim jarayonlar!

Qayta topshirish imtihonlariga onlayn tarzda ariza qoldirish va imtihonlarga yozilish mumkin — Havola

Qayta topshirish imtihonlariga to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin — Havola

Qayta topshirish imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish mumkin — Havola

Yo‘q, faqat shu qayta topshirish imtihonini onlayn topshirib bo‘lmaydi :)

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Jan, 11:00


⚡️Odatda, qizil diplom mavzusi ochilganda juda ko‘pchilik talabalar “Faqat 4-kursdagi GPA ko‘rsatkichi 3.0 bo‘lishi kerakmi yoki undan avvalgi kurslarda olingan natijalar ham inobatga olinadimi?”, deb savol berishadi.

Hurmatli talabalar: siz 1-kursdan to 4-kursgacha bo‘lgan vaqt ichida har bir semestr davomida qatnashadigan yakuniy nazorat imtihonlaringiz va qayta topshirish imtihonlaringizda to‘playdigan natijangiz bevosita GPA ko‘rsatkichiga ta’sir qiladi.

Ya’ni, GPA ko‘rsatkichingiz qanchalik baland yoki past bo‘lishi – siz ishtirok etadigan imtihonlardagi natijalaringizga bog‘liq.

Siz butun 3 yil davomida imtihonlarni past ballga topshirib, 4-kursni o‘zida birdan yuqori ball ololmaysiz. Shunday ekan, agarda universitetni qizil diplom bilan bitirish maqsadingiz bo‘lsa, natijalaringizni 1-kursdanoq yaxshilab boring!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Jan, 10:50


⚡️Universitetni qizil diplom bilan bitirish uchun nima qilish kerak?”

Agarda siz universitetni qizil diplomga bitirmoqchi bo‘lsangiz, avvalo, GPA ko‘rsatkichingizni 3.0 va undan yuqori qilishingiz kerak.

Ya’ni, bitiruv yilingiz paytida shu kungacha bo‘lgan barcha semestr imtihonlarida qatnashib, amaliyot hisobotlari va yakuniy nazorat imtihonlarini topshirib, eng yakunda to‘plangan GPA ko‘rsatkichingiz 3.0 va undan yuqori bo‘lsa — sizga qizil diplom beriladi.

Universitet tomonidan qo‘yilgan yagona talab shu!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Jan, 10:40


⚡️Men bu yil bitiruvchi bosqich talabasiman. Biz uchun diplom topshirish marosimi qachon bo‘ladi?

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun Graduation Ceremony aynan qaysi sanada bo‘lib o‘tishi hozircha aniq emas. Odatda, bu haqda umumiy o‘quv yili yakunlangandan keyin xabar beriladi.

Masalan, o‘tgan va undan avvalgi o‘quv yillarida universitet bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi 12-iyul sanasida o‘tkazilgan.

Taxminimcha, bu yil ham katta ehtimol bilan yana mazkur sanada yoki iyul oyining o‘rtalarida tashkillashtirilsa kerak. Aniq sanalar univesitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, albatta, e’lon qilinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Jan, 10:30


⚡️Universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun 2024/2025-o‘quv yili 25-may sanasida to‘liq yakunlanadi.

Mazkur talabalar 26-may sanasidan boshlab yozgi ta’tilga chiqishadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Jan, 09:40


⚡️Kanalda reklama berish masalasi bo‘yicha @ytittalaba_reklama_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama joylashtirish shartlari va reklama joylash narxlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Jan, 16:45


⚡️Yakuniy nazorat imtihon natijalari umumiy imtihon jarayonlari yakunlangan kundan boshlab 10 ish kunida e’lon qilinadi.

Natijalar student.kiut.uz saytining “Results” bo‘limiga joylashtiriladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Jan, 15:55


⚡️Kursdoshlarim universitetda onlayn qayta topshirish imtihonlari bo‘lishi mumkinligi haqida aytishyapti, shu gap qanchalik rost?

Bu gaplar qanchalik rost yoki yolg‘on — ochig‘i bilmayman. Men bilgan aniq ma’lumot shuki, universitet o‘quv bo‘limi “Joriy o‘quv yilida onlayn qayta topshirish imtihonini o‘tkazish rejada yo‘qligi”ni aytgan.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar onlayn imtihonlar bo‘lmaydi!

Talabalarga holis tavsiyam, aniq javobi bo‘lmagan va shunchaki, taxminlar evaziga aytiladigan quruq gaplarga ishonib qolmang.

Agarda bu bo‘yicha qandaydir yangilik bo‘lsa, o‘quv bo‘limiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanalda, albatta, xabar beriladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Jan, 14:35


⚡️Yozda o‘z o‘qishimni davlat universitetiga o‘tkazmoqchiman. Iltimos, menga perevod bo‘yicha ma’lumot bering!

Odatda har yil 15-iyuldan 5-avgust sanasiga qadar o‘qishni tashqi ko‘chirish (perevod) uchun arizalar qabuliga start beriladi.

O‘z o‘qishini xususiy va xalqaro universitetlardan davlat universitetlariga ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar mazkur muddat davomida ma’lum bir hujjatlarini topshirishlari mumkin.

Kerak bo‘ladigan asosiy hujjatlar:

– Ariza (onlayn tarzda);
– Transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki PDF shakli);
– Akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Hujjatlar faqat onlayn tartibda my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga topshiriladi.

O‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun xuddi abituriyentlarda bo‘lgani kabi o‘tish imtihonlari tashkil etiladi.

Ya’ni, ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 2 ta asosiy va 3 ta majburiy fandan – jami 90 ta savol bo‘yicha imtihon topshiriladi. O‘tish imtihonlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ga teng.

Shuningdek, har bir ta’lim yo‘nalishi uchun minimal o‘tish ballari ham belgilangan. O‘tish imtihonlarida ishtirok etadigan talabalar ana shu minimal ballni to‘plab berishsa kifoya.

Mana bu havola ostida 2024/2025-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida belgilangan o‘tish ballari ro‘yxati keltirilgan.

Imtihonda yetarli o‘tish balini to‘play olgan talabalarning o‘qishi muvaffaqiyatli ko‘chiriladi va perevod amalga oshiriladi.

Yetarli o‘tish balini to‘play olmagan talabalar tabaqalashtirilgan miqdorda (ya’ni, super kontrakt) to‘lab perevodni amalga oshirishlari mumkin.

Mana bu havola ostida 2024/2025-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida belgilangan super kontrakt miqdori ro‘yxati keltirilgan.

Imtihonda yetarli o‘tish balini to‘play olmagan va super kontrakt to‘lamaydigan talabalar avval tahsil olgan universitetiga qaytib, o‘qishni qolgan joyidan davom ettirishlari mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Jan, 09:00


⚡️Men kontraktimning 50 foiz qismini to‘laganman, qolgan qismini qachongacha to‘lashim kerak?

Kontrakt to‘lash muddati talabalarga taqdim etiladigan kontrakt shartnomasida yozilgan bo‘ladi.

Kontrakt shartnomasini contract.kiut.uz sayti orqali yuklab olishingiz va unda belgilab o‘tilgan kontrakt to‘lash muddatlari bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Kontrakt to‘lovini istalgan tijorat banklari yordamida amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ammo, odatda talabalarga “Ipak Yo‘li” banki orqali to‘lovni amalga oshirish tavsiya etiladi.

Sababi, mazkur bank orqali to‘lanadigan summalar uchun foiz olib qolinmaydi. Mabodo, yaqin orada kontrakt to‘lash maqsadida yurgan talabalar bo‘lsa, bevosita “Ipak Yo‘li” banki yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Jan, 07:30


⚡️Qayta topshirish imtihonlaridan ham o‘ta olmasam nima bo‘ladi?

Talaba o‘ta olmagan fan(lar)ni yopmaguncha qayta topshirish imtihonlarida ishtirok etaveradi. Ya’ni, qayta topshirish imtihonlari uchun ma’lum bir cheklov o‘rnatilmagan.

Masalan, siz yakuniy nazorat imtihonlari natijasiga ko‘ra, qaysidir fandan Fail bo‘lgansiz va ikki marotaba qayta topshirish imtihonida qatnashib ham undan o‘ta olmadingiz.

Hechqisi yo‘q, imtihon uchun yana qaytadan pul to‘lab, o‘sha fanni to‘liq yopmaguningizcha qayta imtihon topshiraverasiz.

Bizni qayta topshirish imtihonlaridan shundoqligicha o‘tkazib yuborishsa kerak!”, degan hom-hayollarni biroz chetga suring. Bu umuman bo‘lmagan gap!

Masalan, sizlarga o‘zimda bo‘lgan real voqeani misol tariqasida keltiraman. Men 1-kurslik paytimda bitta fandan Fail bo‘lgandim va o‘sha Failni o‘tgan yil, ya’ni, 4-kursligimda bazo‘r yopib oldim.

Ungacha 3 marotaba qayta topshirish imtihonlarida qatnashganman va har doim yiqilganman. 4-marotaba topshirganimda esa arang o‘tib oldim.

Shunday ekan, bu holatga jiddiy yondashinglar. Qayta topshirish imtihonlariga pul to‘lashingiz yoki shunchaki tavakkal ishtirok etishingiz – bu imtihondan o‘tishingizni anglatmaydi!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Jan, 07:15


⚡️Qayta topshirish imtihonlari qaysi holatlarda tekin, qaysi holatlarda esa pulli bo‘ladi?

Universitetda qayta topshirish imtihonlari ikki xil — tekin va pulli shaklda bo‘lib o‘tadi.

Yakuniy nazorat imtihonlarida uzrli sabablar bilan qatnasha olmagan va asosli hujjati (справкa) bo‘lgan yoki imtihonda yetarli o‘tish balini to‘play olmagan talabalar uchun dastlabki qayta topshirish imtihonlari bepul bo‘ladi

Batafsil

Yakuniy nazorat imtihonlariga sababsiz kelmagan, imtihon jarayonida ichki tartib-qoidalarni buzgan va imtihondan chetlashtirilgan yoki birinchi marta taqdim etilgan tekin imkoniyatdan foydalana olmagan talabalar uchun qayta topshirish imtihonlari pulli bo‘ladi

Batafsil

Pulli shakldagi har bir qayta topshiriladigan fan uchun belgilangan to‘lov summasi – 100 ming so‘mni tashkil qiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 15:05


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 14:00


⚡️Faqat qizlar uchun ijaraga turar joy (kvartira)

Biz sizga o‘zida barcha qulayliklari mavjud bo‘lgan shinam turar joyni taklif qilamiz. Yotoqxonada:

🏠Umumiy yotoqxonalar soni: 7 ta
🛏Har bir yotoqxonada 4 tadan yotoqlar mavjud. Shuningdek:

👨‍🍳Oshxona
🚿Hammom
📺Televizor
🛜Wi-fi

Manzil: Sergeli tumani, O‘zgarish mahallasi (Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga yaqin).

📞Murojaat uchun telefon: +998930048978

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 13:05


⚡️Men bu yil bitiruvchi bosqich talabasiman. Magistratura bosqichi bo‘yicha o‘qishimni ham KIUT’da davom ettirmoqchiman. Qabul jarayonlari qachondan boshlanadi?

Odatda, universitetning bakalavr va magistratura bosqichi bo‘yicha qabul jarayonlari bir xil vaqtda boshlanadi.

Masalan, 2024/2025-o‘quv yili uchun universitetning magistratura bosqichi bo‘yicha qabul jarayonlari 1-aprel sanasidan boshlangan ekan.

Demak, yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari ham katta ehtimol bilan yana mazkur sanada boshlanishi mumkin.

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining magistratura bosqichida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari va kontrakt narxlari bilan mana bu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Universitetning magistratura bosqichida o‘qish istagini bildirgan talabalar eng kamida 2.5 GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lishlari kerak.

Shuningdek, magistratura bosqichi bo‘yicha ayrim ta’lim yo‘nalishlari uchun til sertifikatlari majburiyati ham belgilab qo‘yilgan. Mazkur ma’lumotlar bilan mana bu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 12:45


⚡️Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari qachon boshlanadi?

Hozircha, yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari aynan qaysi sanadan boshlanishi rasman e‘lon qilinmagan.

Agarda avvalgi o‘quv yillardagi qabul jarayonlari boshlanish sanasiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, odatda mart oyi oxiri va aprel oyining dastlabki kunlarida boshlanganiga guvoh bo‘lamiz.

Masalan, universitetda eng oxirgi 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari 27-mart sanasidan boshlangan ekan.

Demak, yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yana taxminan ushbu sanalarda boshlanishi mumkin.

Bu bo‘yicha aniq ma‘lumot va axborotlar universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, albatta, e’lon qilinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 10:40


⚡️Imtihon topshirish uchun talabaga taqdim etiladigan maxsus login-parolni boshqa kompyuter yoki qurilmalardan kirib ishlashga harakat qilmang.

Bu holat avtomatik tarzda universitet bazasida ko‘rinadi va vaziyatga oydinlik kiritiladi.

Masalan, yuqoridagi holat avvalgi o‘quv yilida kuzatilgan. Unda, universitetning 2-bosqich talabasi unga taqdim etilgan login-parolni imtihon topshiriladigan auditoriyadan olib chiqib, boshqa kompyuter qurilmasidan imtihon topshirmoqchi bo‘lgan.

Vaholanki, universitet bu holatni to‘liq o‘rganib chiqqan, talabaning shaxsiga aniqlik kiritilgan va mazkur talabaning natijasi bekor qilingan!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 08:50


⚡️Talabalar fanni necha ballga yopganliklarini yakuniy nazorat imtihonlari natijasi e’lon qilinmasidan avval bilib olishlari ham mumkin.

Ya’ni qanday?

Birinchidan, yakuniy nazorat imtihonlariga kirishdan avval fan o‘qituvchisi tomonidan qo‘yilgan ball talabaga aytiladi. Ya’ni, talaba imtihonga necha ball bilan kirayotganini oldindan biladi.

Ikkinchidan, test shaklida topshiriladigan imtihonlarda talaba nechta savolga to‘g‘ri javob bergani haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda ekranda paydo bo‘ladi.

Talabalar fan o‘qituvchisidan olgan bali va yakuniy nazorat imtihonlarida topgan to‘g‘ri javoblarining soniga qarab taxminiy natijasini bilib olishlari mumkin

Masalan, siz o‘qituvchidan 25 ball olgansiz. Yakuniy nazorat imtihonida esa 35 ta savoldan 30 tasiga to‘g‘ri javob topdingiz.

35 ta savolning har biriga 2 balldan beriladi (35 x 2 = 70).

Agarda siz testda 30 ta to‘g‘ri javob topgan bo‘lsangiz, imtihonda umumiy 60 ball to‘plagan bo‘lasiz (30 x 2 = 60).

Endi, mana shu 60 ballni o‘qituvchingiz qo‘ygan 25 ballga qo‘shasiz: 60 + 25 = 85.

Demak, siz qaysidir faningizdan to‘plagan umumiy natijangiz – 85 ballga teng!

Baholash tizimi bo‘yicha hisoblaganda, 85 ball (B+) natijaga to‘g‘ri kelar ekan.

Xullas, mana shu ko‘rinishda boshqa fanlaringizni ham o‘zingiz uchun taxminiy hisob-kitob qilishingiz mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 08:30


⚡️Men hozir imtihonda qatnashdim va 35 ta savoldan 12 ta ishlab chiqdim. Menimcha, Fail bo‘ldim shekilli. Qayta topshirish imtihonini qachon topshirsam bo‘ladi?

Agarda mazkur imtihon natijasini hisoblaydigan bo‘lsak, 12 ta topilgan to‘g‘ri javob uchun umumiy 24 ball beriladi. Ya’ni, yuqorida savol bergan talaba imtihonda to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal 70 ball’dan bor yo‘g‘i 24 ball to‘plagan.

Talaba fan o‘qituvchisidan maksimal 30 ball olgan taqdirda ham, uning umumiy bali minimal (o‘tish) 60 ball’ga yetmaydi va talaba katta ehtimol bilan qayta topshirish imtihonlariga qoldiriladi.

Qayta topshirish imtihonlariga arizalarni yakuniy nazorat imtihonlari natijasi e’lon qilingandan keyin yozish mumkin. Ya’ni, avval natijalaringizni bilasiz, qaysi fan(lar)dan Fail bo‘lganingizni aniqlashtirasiz va ana undan keyin qayta topshirish imtihonlariga yozilasiz.

Yakuniy nazorat imtihon natijalari umumiy imtihon jarayonlari yakunlangan kundan boshlab 10 ish kuni ichida e’lon qilinadi.

O‘quv rejasiga ko‘ra, eng oxirgi imtihon kuni 25-yanvar deb belgilangan. Demak, natijalar e’lon qilinish kunini ana shu sanadan boshlab hisoblashingiz mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Jan, 08:05


⚡️Kim nima desa desin, lekin men A blok oshxonasi, u yerdagi uzundan-uzun navbatlar va bir-biridan shirin ovqatlarini juda ham sog‘indim.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 15:30


⚡️Kelayotgan hafta, aniqrog‘i, 20-yanvar sanasidan 26-yanvar kuniga qadar universitetda qayta topshirish imtihonlari o‘tkazilmaydi.

Qayta topshirish imtihonlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar mana bu havola orqali onlayn tarzda ariza to‘ldirib qo‘yishlari mumkin.

Universitetda qayta topshirish imtihonlari boshlangan paytda onlayn ariza to‘ldirgan talabalar uchun ham imtihon qo‘yib beriladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 09:25


⚡️Kursdan-kursga o‘tish uchun universitet tomonidan belgilangan yagona shart – fanlarni o‘z vaqtida yopish va yetarlicha kreditlarni to‘plash, tamom!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 09:15


⚡️Universitet rostdan ham kursdan-kursga o‘tkazmaydimi yoki bu shunchaki vahimami?

Oramizda kursdan-kursga o‘ta olmagan talabalar topiladi. Shaxsan o‘zim ayrim ana shunday talabalarni taniyman.

Odatda, kursdan-kursga o‘ta olmagan talabalarning shaxsiy kabinetida yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgandek yozuv paydo bo‘ladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 09:10


⚡️Kreditlarni hisoblash bo‘yicha soddaroq tilda tushuntirishga harakat qildim.

Umumiy o‘quv yili yakunlanadigan payt kreditlaringizni xuddi mana shu tartibda hisoblashingiz va kursdan-kursga o‘tgan yoki o‘ta olmaganligingizni o‘zingiz uchun taxminiy hisob-kitob qilsangiz bo‘ladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 09:00


⚡️Kredit nima u va uni qanday hisoblayman?

Kredit – ta’lim olish natijalariga ko‘ra, talaba tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi hisoblanadi.

Yuqoridagi rasmda kreditlarni qay tartibda hisoblash bo‘yicha batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 08:50


⚡️Menda 1-semestr yakuni bo‘yicha 4 ta Fail bor, 2-semestr yakunida ham 4 ta Fail bo‘lsam, kursdan-kursga o‘tmaymanmi?

“Talaba kursdan-kursga o‘tishi uchun o‘quv yili davomida o‘qitilgan kreditlarning kamida 50 foizini to‘plashi kerak” – universitet ichki tartib-qoidalari.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 08:40


⚡️Talabalar uchun ayrim muhim sanalarni eslatib o‘taman!

20.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi.

27.01.2025 – kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun 2-semestrga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi.

27.01.2025 – bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliyot jarayonlari boshlanadi.

03.02.2025 – sirtqi ta’lim shaklining yozgi guruh 1-bosqich va qishki guruh 3-bosqich PRIP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Jan, 07:45


⚡️Kanalda reklama berish masalasi bo‘yicha @ytittalaba_reklama_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama joylashtirish shartlari va reklama joylash narxlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Jan, 14:25


⚡️Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga tegishli bo‘lgan va talabalar obuna bo‘lishi tavsiya etiladigan Telegram’dagi ayrim kanallar ro‘yxati!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining rasmiy kanali – @kiut_official

Universitetning Namangan filialiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @kiut_nm

Universitetning Samarqand filialiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @kiut_sam

Universitetning o‘quv bo‘limiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @edkiut

Universitetning sirtqi ta’lim shakliga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @zaochkakiut

Universitetning kechki ta’lim shakliga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @kiutevening

Universitetning magistratura bosqichiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @mskiut

Universitetning xalqaro aloqalar bo‘limiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @internationalkiut

Universitetning tashqi o‘qishni ko‘chirish (perevod) bo‘limiga tegishli bo‘lgan rasmiy kanali – @transferkiut

Universitetdagi eng so‘nggi axborotlarni tezkorlik bilan yetkazadigan kanal – @ytittalaba

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:
Instagram | Facebook | YouTube | Linkedln

Veb-sayt: www.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Jan, 14:10


⚡️Kunduzgi va kechki ta’lim talabalari uchun 2-semestr bo‘yicha darslar boshlanishiga 8 kun vaqt qoldi.

Bu xabarni o‘qish va universitetni juda ham sog‘ingan kursdoshing eshitganida:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Jan, 14:00


⚡️Kelayotgan hafta yakuniy nazorat imtihonlarida ishtirok etadigan barcha talabalarga omad tilayman!

Shuningdek, quyida imtihonlarga kirish oldidan o‘qiladigan ayrim duolarni keltirib o‘taman:

🤲Robbi yassir va laa tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri

🤲Robbi zidni ilman va fahman

Imtihonlarga astoydil tayyorlaning, biroz bo‘lsa ham boshingizdagi miya degan tana a’zosini ishlating va uni qiynang – natijasini ana undan keyin o‘zingiz ko‘rasiz!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Jan, 13:55


⚡️Oflayn dars mashg‘ulotlari yakunlandi!

Bugun sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun universitetda 1-semestrga mo‘ljallangan eng oxirgi oflayn dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

20-yanvar, dushanba kunidan boshlab mazkur talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlariga start beriladi.

Yakuniy nazorat imtihonlari ta‘lim yo‘nalishi va ta’lim fanlaridan kelib chiqqan holda test, yozma va loyiha ishi shaklida tashkil etiladi.

Yakuniy nazorat imtihon ma‘lumotlari student.kiut.uz saytidagi “Exam Schedule” bo‘limiga joylashtirilgan.

Talabalar o‘zlariga belgilangan imtihon kunida belgilangan vaqt va auditoriyaga borishlari hamda imtihon jarayonlarida ishtirok etishlari lozim.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

16 Jan, 19:00


⚡️Men kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyman. Biz uchun 2-semestr qachondan boshlanadi?

Kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar uchun qishki ta’til kunlari 26-yanvar sanasida to‘liq yakunlanadi.

2-semestrga mo‘ljallangan dars mashg‘ulotlari esa 27-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

16 Jan, 17:15


⚡️Kunduzgi va kechki ta’lim shaklining bitiruvchi bosqich talabalari uchun 2-semestrda mo‘ljallangan umumiy jadvali:

05.01.2025 Bitiruvoldi malakaviy amaliyot joylari aniqlashtiriladi

27.01.2025 – 23.03.2025 – Bitiruvoldi malakaviy amaliyot o‘tash davri

24.03.2025 – 30.03.2025 – Bitiruvoldi malakaviy amaliyot hisoboti himoyasi

24.03.2025 – 11.05.2025 – Fanlararo bitiruv imtihoni (Test) yoki Diplom ishi (BMI) shaklidagi imtihon turini tanlagan talabalar uchun maxsus ma’ruza darslari o‘tkaziladi va umumiy imtihon jarayonlariga tayyorgarlik ko‘riladi

12.05.2025 – 25.05.2025 – Fanlararo bitiruv imtihoni (Test) tanlagan talabalar uchun test, Diplom ishi shaklidagi imtihon turini tanlagan talabalar uchun maxsus komissiya a’zolari oldida BMI himoyasi topshiriladi.

Universitetdagi boshqa yo‘nalish va ta’lim shaklidagi bitiruvchi bosqich talabalarining 2-semestrga mo‘ljallangan umumiy jadvali mana bu havola ostida batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

16 Jan, 17:10


⚡️Bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliyot o‘tash muddati joriy yilning 27-yanvar sanasidan 23-mart sanasiga qadar belgilangan.

Mazkur muddat davomida amaliyot jarayonlarida ishtirok etadigan talabalar uchun amaliyot yo‘llanmalari shaxsiy kabinetga joylashtirilibdi.

Amaliyot hisoboti himoyasi joriy yilning 24-mart sanasidan 30-mart sanasiga qadar umumiy 1 hafta ichida bo‘lib o‘tadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

16 Jan, 16:45


⚡️Ogoh bo‘ling!

Aytishlaricha, oxirgi payt Telegram messenjeri va sms-xabarlar orqali ayrim xususiy universitet talabalariga “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga pul o‘tkazing, semestrni yopishingiz kerak!”, degan mazmundagi xabarlar yuborilyapti ekan.

Afsuski, bunday xabarlarga ishonib, yuborilgan karta raqamga pul o‘tkazgan va firibgarlar tuzog‘iga tushib qolgan talabalar ham bor.

Agarda sizga ham shu va shunga o‘xshash xabarlar kelib qolsa, ularga aslo pul o‘tkazib yubormang!

Kontrakt to‘lovlari bevosita universitet hisob raqamiga o‘tkaziladi, plastik karta raqamlarga emas!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

16 Jan, 14:30


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Ma’lumot o‘rnida: ta’lim krediti olayotgan talabalar ham 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

16 Jan, 13:25


⚡️Agarda yaxshilab e’tibor beradigan bo‘lsak, qayta topshirish imtihonlarigacha bo‘lgan deyarli barcha jarayonlar tizimli ravishda onlayn formatga o‘tkazildi. Ya’ni:

📥Qayta topshirish imtihonlariga arizani onlayn tarzda to‘ldirish mumkin – Batafsil

📥Pulli qayta topshirish imtihonlari uchun to‘lovni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin – Batafsil

📥Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish mumkin – Batafsil

Umuman olganda, oxirgi vaqt talabalar uchun birmuncha qulayliklar yaratilyapti va buni aytishga arzigulik ishlar, deb bemalol ayta olaman.

Faqat bu yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalana olish yoki olmaslik – bu talabalarning o‘ziga bog‘liq!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

16 Jan, 13:05


⚡️Onlayn Retake imtihonlari boshqa o‘tkazilmaydi!

Esingizda bo‘lsa, 2024-yilning 1 – 4-oktyabr kunlari universitetda akademikqarzdor talabalarga qo‘shimcha imkoniyat sifatida shuningdek, sinov tariqasida ommaviy onlayn qayta topshirish imtihonlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur qayta topshirish imtihonlarida juda ko‘pchilik talabalar ishtirok etib, qaysidir ma’noda akademikqarzlaridan (yoki, soddaroq qilib aytganda, Faillaridan) osongina qutulib olishgan edi.

Shundan so‘ng, aksariyat talabalar orasida “Shunaqa onlayn imtihon yana qachondir bo‘larmikan?”, degan savollar ko‘paydi.

Vaholanki, bu savolga universitet o‘quv bo‘limi allaqachon javob berib o‘tgan. Ya’ni, 2024/2025-o‘quv yili davomida onlayn qayta topshirish imtihonlari boshqa o‘tkazilmaydi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

14 Jan, 17:50


⚡️Mazkur @ytittalaba kanali faoliyatini universitet o‘qituvchilari ham kuzatishi va uni talabalarga tavsiya qilishi, albatta, odamni xursand qiladi.

Men bu o‘qituvchini shaxsan tanimayman, lekin, talabalarga berayotgan bu tavsiyalari ortidan, yaxshi o‘qituvchi ekanliklari kundek ravshan, rahmat ustoz!

Videoni obunachilarimizdan biri yubordi, sizga ham alohida rahmat )

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 17:35


⚡️Imtihon javoblarini qayerdan olamiz?

Yakuniy nazorat imtihonlari uchun tuziladigan har bir savol bevosita siz onlayn va oflayn dars mashg‘ulotlarida o‘tgan darsliklaringizdan olinadi.

Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsam, darslar davomida o‘qituvchi tomonidan taqdim etiladigan har bir prezentatsiyada siz izlayotgan savollarga javob, albatta, bo‘ladi.

O‘qituvchi tomonidan taqdim etiladigan prezentatsiyalar esa Moodle platformasiga joylashtirilgan. Agarda namunaviy savollar bilan tanishib chiqqan bo‘lsangiz, unda prezentatsiyalarni birma-bir ochib, savollarga javob izlashni boshlasangiz bo‘ladi.

Mabodo savollarga javob izlash bir o‘zingizga qiyin tuyulayotgan bo‘lsa, u holda kursdoshlar bilan savollarni o‘zaro taqsimlab bo‘lishib oling va birgalikda harakat qiling — mana shu eng alternativ yechim!

Kimdir tayyor javoblarni tashlab berarmikan?”, “Balki, omadim kelib imtihondan o‘tib ketarman!”, degan turli xom-hayollarni bir chetga suring. Imtihonga tayyorgarlik ko‘rish uchun hali vaqt bor — bu vaqtdan foydalaning!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 17:20


⚡️Yuqorida 20-yanvar sanasidan boshlab ayrim sirtqi ta’lim talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlariga start berilishi haqida aytib o‘tildi.

Odatda yakuniy nazorat imtihonlarida tushishi mumkin bo‘lgan namunaviy savollar to‘plami Moodle platformasiga joylashtirilgan bo‘ladi.

Sirtqi ta’lim shakli talabalari pt.kiut.uz sayti orqali Moodle platformasiga kirishlari va u yerdagi savollar to‘plami bilan batafsil tanishib chiqishlari mumkin.

Agarda Moodle platfromasida hech qanday namunaviy savollar to‘plami mavjud bo‘lmasa, talabalar bevosita fan o‘qituvchisiga murojaat qilgan holda savollar bilan tanishib chiqishlari mumkin.

Shuningdek, test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 14:10


⚡️Universitetda yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan kelasi hafta qayta topshirish imtihonlari o‘tkazilmas ekan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 13:30


⚡️20-yanvar sanasidan yakuniy nazorat imtihonlariga start beriladi.

Sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun belgilangan yakuniy nazorat imtihon ma’lumotlari student.kiut.uz saytidagi “Exam Schedule” bo‘limiga joylashtirildi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 12:10


⚡️Men hozir KIUT’da 1-kurs talabasiman. Yozda o‘qishimni boshqa davlat universitetiga ko‘chirmoqchiman. Iltimos, menga perevod haqida umumiy ma’lumot bering!

Odatda har yil 15-iyuldan 5-avgust sanasiga qadar o‘qishni tashqi ko‘chirish (perevod) uchun arizalar qabuliga start beriladi.

O‘z o‘qishini xususiy va xalqaro universitetlardan davlat universitetlariga ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar mazkur muddat davomida ma’lum bir hujjatlarini topshirishlari mumkin.

Kerak bo‘ladigan asosiy hujjatlar:

– Ariza (onlayn tarzda);
– Transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki PDF shakli);
– Akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Hujjatlar faqat onlayn tartibda my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga topshiriladi.

O‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun xuddi abituriyentlarda bo‘lgani kabi o‘tish imtihonlari tashkil etiladi.

Ya’ni, ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 2 ta asosiy va 3 ta majburiy fandan – jami 90 ta savol bo‘yicha imtihon topshiriladi. O‘tish imtihonlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ga teng.

Shuningdek, har bir ta’lim yo‘nalishi uchun minimal o‘tish ballari ham belgilangan. O‘tish imtihonlarida ishtirok etadigan talabalar ana shu minimal ballni to‘plab berishsa kifoya.

Mana bu havola ostida 2024/2025-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida belgilangan o‘tish ballari ro‘yxati keltirilgan.

Imtihonda yetarli o‘tish balini to‘play olgan talabalarning o‘qishi muvaffaqiyatli ko‘chirildi, deb topiladi va perevod amalga oshiriladi.

Yetarli o‘tish balini to‘play olmagan talabalar uchun oshirilgan miqdordagi kontrakt (ya’ni, super kontrakt) taklifi beriladi. Agarda, talaba super kontrakt to‘lashga rozi bo‘lmasa, perevod amalga oshirilmadi, deb topiladi.

Mana bu havola ostida 2024/2025-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida belgilangan super kontrakt miqdori ro‘yxati keltirilgan.

Imtihonda yetarli o‘tish balini to‘play olmagan talabalar avval tahsil olgan universitetiga qaytib o‘qishni qolgan joyidan davom ettirishi mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 11:40


⚡️Talabalar uchun ayrim muhim sanalarni yana bir bor eslatib o‘taman.

20.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi.

27.01.2025 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-bosqich talabalari uchun 2-semestrga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 09:00


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Ma’lumot o‘rnida: ta’lim krediti olayotgan talabalar ham 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Jan, 08:00


⚡️Kanalda reklama berish masalasi bo‘yicha @ytittalaba_reklama_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama joylashtirish shartlari va reklama joylash narxlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

12 Jan, 10:55


⚡️Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari va qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

12 Jan, 09:45


⚡️Dars jadvali yangilandi!

Ayni paytda oflayn dars mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan sirtqi ta’lim talabalari uchun kelasi haftaga mo‘ljallangan dars jadvali ro‘yxati e’lon qilindi.

Mazkur yangilangan dars jadvali bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥Dars jadvali

Diqqat: yangilangan ro‘yxatdan keyin ayrim yo‘nalish va guruhlarning dars jadvalida hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Bu normal holat.

Universitetda “Dars jadvali yangilangan paytda barcha guruhlarning jadvalida o‘zgarish bo‘ladi!”, degan qonun-qoida yo‘q.

Shuning uchun, bundan hech xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.

Boshqa guruhlarda jadval o‘zgaribdi, nega bizda o‘zgarmagan, yoki qandaydir kamchilik bo‘lganmi?”, degan gap-so‘zlar esa ortiqcha. Jadvalingizda nima yozilgan bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha harakatlaning, tamom!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

11 Jan, 08:10


⚡️Menga o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kerak edi, shuni qayerdan olsam bo‘ladi?

Talabalar o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani student.kiut.uz saytidagi “Reference” bo‘limi orqali yoki HEMIS tizimidagi talaba.kiut.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Jan, 11:40


⚡️Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti talabalari HEMIS tizimiga talaba.kiut.uz sayti orqali kirishlari mumkin.

Mazkur talaba.kiut.uz saytiga OneID tizimi orqali kirish imkoniyati mavjud.

OneID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki bu tizim haqida hali hech qanday tushunchasi yo‘q bo‘lgan talabalar mana bu videoqo‘llanmani ko‘rishlari tavsiya etiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Jan, 09:15


⚡️Ayrim talabalar universitetga faqat yaxshi ko‘rgan qizi bilan ko‘rishish uchun boradi. Lekin, sen va eng yaqin do‘sting unaqa emassizlar, chunki siz faqat o‘qish uchun borasiz:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Jan, 07:25


⚡️Ayni paytda akademikqarzdor talabalar uchun universitetda qayta topshirish imtihonlariga ariza yozish davom etmoqda.

Qayta topshirish imtihonlariga arizalar haftaning istalgan ish kunida, universitetning A 305-xonasida qabul qilinadi.

Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Yozma va loyiha ishi shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihoni materiallarini Moodle platformasi orqali yoki bevosita fan o‘qituvchisiga murojaat qilgan holda tanishib chiqish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot o‘rnida: yakuniy nazorat imtihonlari natijasiga ko‘ra, ayrim fan(lar)dan o‘ta olmagan va Fail bo‘lgan talaba – akademikqarzdor talaba deb ataladi.

Fail(lar) bo‘yicha umumiy ma’lumotlar (ya’ni, talaba aynan qaysi fanlardan o‘ta olmagani bo‘yicha) student.kiut.uz saytidagi “Fails” bo‘limiga joylashtirilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

09 Jan, 16:10


⚡️Universitetdagi dekanatlar bilan bog‘lanish uchun ichki telefon raqamlar!

– “Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maxsus Pedagogika” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 110)
🚪Kabinet: A 419

– “Axborot tizimlar muhandisligi”, “Elektrotexnika”, “Mexatronika” va “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 144)
🚪 Kabinet: B 611

– “Arxitektura va shaharsozlik” hamda “Qurilish” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 131)
🚪 Kabinet: B 311

– “Biznesni boshqarish” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 132)
🚪 Kabinet: A 306

– “Moliya”, “Bank ishi” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 122)
🚪 Kabinet: A 520

– “Turizm”, “Xalqaro marketing” va “Tarix” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 130)
🚪 Kabinet: C 504

– “English Education” va “Tarjimashunoslik” (xitoy va ingliz tillari) yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 160)
🚪 Kabinet: B 806

– “Koreys tili filologiyasi” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 125)
🚪 Kabinet: A 316

“Tibbiyot” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 169)
🚪 Kabinet: M 201

– “Kechki ta’lim”
shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 215)
🚪 Kabinet: A 521

– “Sirtqi ta’lim” shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 128, 163, 164)
🚪 Kabinet: A 103

– “Magistratura mutaxassisliklari” dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 137)
🚪 Kabinet: C 106

Agarda universitet yoki yo‘nalish dekanatlariga biror murojaatingiz bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxat orqali o‘zingizga kerakli dekanat ichki raqamlarini terib, ularga belgilangan ish kunlari va ish soatlarida qo‘ng‘iroq qiling!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

09 Jan, 13:35


⚡️Sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilyapti.

O‘yinda ishtirok etish uchun 6 kishidan iborat jamoa shakllantirish kerak va bu jamoa a’zolari guruh sardorlari bo‘lishi lozim ekan.

Intellektual o‘yin joriy yilning 11-yanvar, shanba kuni, soat 14:00 da C bino 9-qavatida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin “Zakovat” klubining faxriy a’zolaridan biri va zakovat teleo‘yinining muntazam ishtirokchisi bo‘lmish Jobir Ahmedov boshchiligida olib boriladi.

Faol va bilimdon talabalar universitet tomonidan maxsus estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishar ekan!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

09 Jan, 12:30


⚡️Kanalda reklama berish masalasi bo‘yicha @ytittalaba_reklama_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama joylashtirish shartlari va reklama joylash narxlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

08 Jan, 16:30


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

08 Jan, 15:50


⚡️Hurmatli guruh sardorlari: tanishtiruv kunida ishtirok eting!

Ertaga, 9-yanvar, payshanba kuni sirtqi ta’lim shaklining 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv kuni bo‘lib o‘tar ekan.

Mazkur tanishtiruv kunida har bir guruhdan faqatgina 1 nafar talaba, ya’ni, guruh sardori yoki u kelolmasa, guruhdan bir nafar ko‘ngilli talaba ishtirok etishi shart!

Tadbir ertaga, soat 08:30 da, universitetning A 606-xonasida o‘tkazilar ekan.

1-bosqich talabalariga holis tavsiyam – tanishtiruv kunida ishtirok eting. Chunki, unda dekanat va yo‘nalish rahbarlari tomonidan eng kerakli ma’lumotlar taqdim etiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 17:05


⚡️Viloyatlik talabalar uchun poytaxtda ijaraga turar joy (kvartira) endi muammo emas!

Biz sizga o‘zida barcha qulayliklari mavjud bo‘lgan shinam turar joyni taklif qilamiz. Yotoqxonada:

🏠Umumiy yotoqxonalar soni: 7 ta
🛏Har bir yotoqxonada 4 tadan yotoqlar mavjud. Shuningdek:

👨‍🍳Oshxona
🚿Hammom
📺Televizor
🛜Wi-fi

Manzil: Sergeli tumani, O‘zgarish mahallasi (Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga yaqin).

📞Murojaat uchun telefon: +998930048978

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 16:10


⚡️Siz bilishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar!

Fail“ bu – yakuniy imtihon natijalari bo‘yicha fan(lar)dan yetarlicha ball to‘play olmagan va fanni o‘zlashtira olmagan talaba

Retake” bu – fanni o‘zlashtira olmagan talabalar uchun qayta imtihon (imkoniyat).

GPA” bu – ta’lim oluvchining dastur (yoki tegishli semestr) bo‘yicha o‘zlashtirgan ball’arining o‘rtacha ko‘rsatkichi.

Kredit” bu – ta’lim olish natijalariga ko‘ra, talaba tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi.

Transkript” bu – ta’lim olishning tegishli davrida o‘zlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi ko‘rsatilgan hujjat.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 16:00


⚡️Ayrim fanlardan o‘ta olmagan talabalar – hecham xafa bo‘lmang, hali qayta topshirish imtihonlari orqali o‘sha fanlaringizdan, albatta, o‘tib ketasiz.

Ikkinchi imkoniyat har doim bor va bo‘ladi, buni unutmang!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 15:50


⚡️Men hamma fanlardan o‘tibman. Shunda men hech qanday qayta topshirish imtihonlarida ishtirok etmaymanmi?

Yo‘q, imtihon natijalariga ko‘ra, hamma fanlardan o‘tgan bo‘lsangiz, qayta topshirish imtihonlarining sizga mutlaqo aloqasi yo‘q.

Chunki, hozircha siz chill guy’siz va ortiqcha imtihonlar va o‘qish haqida boshingizni qotirib yurmang!

Xohlasangiz, 2-semestr darslariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlang, yoki gifdagi amakiga o‘xshab raqsga tushsangiz ham bo‘ladi. Axir, siz hamma imtihonlardan o‘tgansiz, buni, albatta, nishonlash kerak )

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 15:40


⚡️Yakuniy nazorat imtihon natijalariga ko‘ra, men 2 ta fandan o‘ta olmabman. O‘sha fanlarimni qachon yopsam bo‘ladi?

Universitetda deyarli har hafta davomida qayta topshirish imtihonlari o‘tkaziladi. Qayta topshirish imtihonlariga ariza yozish haftaning istalgan ish kunida, universitetning A 305-xonasida qabul qilinadi.

Odatda, hafta boshida ariza yozgan talabalar uchun qayta topshirish imtihonlari haftaning ikkinchi qismida (payshanba yoki juma kuni) qo‘yib beriladi.

Sizga universitet rahbariyati, dekanat yoki o‘qituvchilar “Sen falon fanlardan o‘ta olmabsan, shu fanlaringni mana bu sanada yopib ber!” deb aytmaydi.

O‘ta olmagan fanlaringizni qachon va qay vaqtda yopish – bu sizning tanlovingiz, ya’ni, to‘liq mas’uliyat sizning bo‘yningizda.

Dekanat sizga ogohlantirish berishi mumkin, qachonki, o‘ta olmagan fanlaringiz 50 foizga yetmasa. Masalan, siz umumiy 2 semestr davomida jami 12 ta fan o‘qigan bo‘lsangizu, shundan 7 yoki 8 tasidan yiqilgan bo‘lsangiz, “Hey, falonchi, seni natijalaring 50 foizga ham yetmapti, ularni tezroq yop!” deb eslatib qo‘yishi mumkin.

Zero, universitet ichki tartib-qoidalari bo‘yicha, talaba umumiy semestr davomida o‘zi o‘qigan fanlarining 50 foizdan ko‘p qismidan o‘ta olmasa yoxud 50 foizga yetmasa, avtomatik tarzda kursdan-kursga qoldirilishi belgilab o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 13:00


⚡️Shaxsiy kabinetida “No Entry” yozuvi chiqqan talabalar bu masala bo‘yicha tegishli dekanatlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Odatda kontraktdan qarzdorligi bor bo‘lgan yoki avvalgi semestrlarda yetarlicha kredit to‘play olmagan talabalarning kabinetida ushbu yozuv paydo bo‘ladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 12:00


⚡️Iltimos, menga GPA haqida ma’lumot bering, shunga umuman tushunmayapman!

GPA (Grade Point Average) so‘zi – “O‘rtacha ball ko‘rsatkichi” deb tarjima qilinadi va u 1.0 – 4.5 shkalada diplom yoki attestatdagi baholarning o‘rtachasiga qarab talabaning darslarni qay darajada o‘zlashtirganini aks ettiradi.

Soddaroq qilib aytganda, GPA bu – o‘quvchi yoki talabaning o‘rtacha baholar yig‘indisi ko‘rsatilgan hisobot, desak bo‘ladi.

Odatda ko‘plab oliygohlarda eng yuqori GPA ko‘rsatkichi 4.0 ball’ga, yana ayrimlarida esa 4.5 ball’ga teng. Masalan, universitetimizdagi eng yuqori GPA ko‘rsatkichi 4.5 ball.

Xo‘sh, GPA o‘zi nimaga kerak?”

Agarda siz universitetni qizil diplom bilan bitirish uchun harakat qilayotgan bo‘lsangiz yoki kelajakdagi o‘qishingizni chet eldagi nufuzli universitetlarda davom ettirmoqchi bo‘lsangiz, unda GPA ko‘rsatkichingiz eng muhim omillardan biri sanaladi.

Sababi, aksariyat chet el oliygohlariga hujjat topshirish jarayonida ular sizdan minimal 3.0 va undan yuqori GPA ko‘rsatkichni talab qilishadi.

Shuningdek, universitetda qizil diplom olish uchun eng asosiy shartlardan biri ham aynan GPA ko‘rsatkichi 3.0 dan baland bo‘lishi kerak.

GPA ko‘rsatkichi qaysi holatlarda ko‘tariladi yoki tushadi?

GPA ko‘rsatkichi – siz yakuniy nazorat imtihonlarida to‘plagan natijangizga qarab yoki ko‘tariladi, yoki tushadi.

Ya’ni, natijalaringiz qanchalik baland bo‘lsa (A yoki A+) GPA ko‘rsatkichingiz ham shunga parallel tarzda baland bo‘ladi.

Agarda natijalaringiz qanchalik past bo‘lsa (D yoki D+) tabiiyki, GPA ko‘rsatkichingiz ham tushadi.

Talabalar ayni paytdagi GPA ko‘rsatkichlarini student.kiut.uz saytidagi “GPA” bo‘limi orqali bilib olishlari mumkin.

Agarda siz “Menga hech qanaqa qizil diplom kerak emas, chet elda ham o‘qimayman, universitetni amallab bitirib ketsam bo‘ldi!” deydigan bo‘lsangiz, unda GPA ko‘rsatkichingiz minimal 1.0 dan past bo‘lmasa kifoya.

Negaki, universitet ichki tartib-qoidalarida shunday qoida bor: “Talaba universitetni bitirishi yoxud universitetdan diplom olishi uchun eng kamida 1.0 GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak”.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 11:55


Mazkur jadvalda universitetdagi baholash tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Talabalar o‘quv yili davomida fan o‘qituvchisi tomonidan va yakuniy nazorat imtihonlaridagi ishtiroki orqali to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball – 100 ga teng.

Talaba bitta fandan to‘plashi kerak bo‘lgan minimal (o‘tish) ball – 60 ga teng.

Ushbu baholash tizimi universitetdagi barcha ta’lim shakli (kunduzgi, kechki va sirtqi) uchun bir xil tarzda amal qiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Jan, 11:05


⚡️Yakuniy nazorat imtihon natijalari e’lon qilindi!

Kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun o‘tkazilgan yakuniy nazorat imtihon natijalari student.kiut.uz saytidagi “Results” bo‘limiga joylashtirildi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Jan, 13:45


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Ma’lumot o‘rnida: ta’lim krediti olayotgan talabalar ham 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Jan, 13:30


⚡️“Imtihon natijalari qachon e’lon qilinadi o‘zi?”, “Natijalar 10 kunda chiqadi deyishgandi-ku, nega hali ham e’lon qilinmayapti?”, deb o‘zingga-o‘zing savol berayotgan paytda universitet:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Jan, 09:35


⚡️Dars vaqtida talaba va o‘qituvchi o‘zaro tortishib qoldi va o‘qituvchi talabaga qarab “Hoziroq xonadan chiqib ket!” deb aytdi.

Mana shunaqa vaziyatda talaba qiz va talaba yigitlar qanday harakatlanishadi:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Jan, 07:20


Do‘stim: Qishki ta’til kunlaring qanday o‘tyapti?

Men: Yakuniy nazorat imtihon natijalarini kutish bilan!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

06 Jan, 07:15


⚡️Rasman: bugun, 6-yanvar, dushanba kunidan sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlandi.

Shuningdek, bugundan e’tiboran universitetda akademikqarzdor talabalar qayta topshirish imtihonlariga (Retake) ariza yozishlari mumkin.

Qayta topshirish imtihonlariga arizalar universitetning A 305-xonasida qabul qilinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Jan, 17:20


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Jan, 16:00


⚡️Prezentatsiya tayyorlashga qiynalayotgan yoki tushunmayotgan bo‘lsangiz, endi u muammo emas!

Sababi, istalgan mavzuda prezentatsiya tayyorlash imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi Telegram kanalga obuna bo‘ling va o‘z mavzungizni taqdim eting:

📥 Telegram: @kiutppt
👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @shohruh6464

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Jan, 15:35


⚡️Ertaga ayrim sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun universitetda oflayn darslar boshlanadi.

Ularning orasida universitet manzilini hali unchalik yaxshi bilmaydigan 1-bosqich talabalari ham bor. Shuning uchun, quyida universitet tomon olib boradigan ayrim muhim ma’lumotlarni berib o‘taman.

Agarda universitetga jamoat transporti xususan, avtobus orqali bormoqchi bo‘lsangiz, quyida universitet atrofida harakatlanadigan bir nechta avtobus yo‘nalishlari ro‘yxatini tashlayman:

8, 131, 38, 84, 57, 99, 80, 126, 40, 75, 58, 48, 32, 62

Mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar bevosita universitet yonidan harakatlanib o‘tadi.

Universitet atrofidan metro liniyasi o‘tmagan. Nisbatan yaqinroq metro bekatlari bu — Chilonzor va Olmazor bekatlari hisoblanadi.

Shaxsiy avtomobil
yoki taksi (Yandex) xizmatidan foydalanib universitetga boradiganlar uchun esa, universitet joylashgan manzilni yuboraman:

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi 156.


Geolokatsiya

Mo‘ljal: Toshkent Janubiy Vokzal

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Jan, 15:25


⚡️Universitetdagi onlayn va oflayn darslar davomida o‘tiladigan mavzular va o‘qituvchilar tomonidan taqdim etiladigan prezentatsiyalar Moodle platformasiga joylashtiriladi.

Universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar intranet.kiut.uz sayti orqali Moodle platformasiga kirishlari hamda umumiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari mumkin.

Universitetning sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar esa pt.kiut.uz sayti orqali Moodle platformasiga kirishlari va umumiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga egalar.

Mana bu havola ostida Moodle platformasiga qay tartibda kirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Jan, 12:20


⚡️We are 13K!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

05 Jan, 07:50


⚡️Oflayn dars mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan dars jadvali bilan tanishib chiqish bo‘yicha kichik videoqo‘llanma.

Avvalo, student.kiut.uz sayti orqali guruhingizni aniqlashtirib oling. Keyin, mana bu havola orqali dars jadvali ro‘yxatiga kiring va ro‘yxatda o‘z guruhingizni topib, o‘zingizga tegishli dars jadvalini yuklab oling.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

28 Dec, 07:45


⚡️@ytittalaba Telegram kanalining 2024-yil yakuni bo‘yicha hisoboti.

Ko‘z tegmasin, bu yil kanalimiz uchun ancha barakali bo‘ldi va yil davomida deyarli 5 mingga yaqin yangi obunachilarni qamrab olishga erishibmiz.

Yil davomida turli xil mavzu va mazmundagi 4 yarim mingga yaqin post joylashtirilibdi va postlarimizdagi ko‘rishlar soni deyarli 14 mln’ga yaqinlashibdi.

Postlarga umumiy 137 mingta reaksiya bildirilgan bo‘lsa, ularning ostida 58 mingta izohlar qoldirilgan. Postlarimiz 114 mingdan ortiq turli xil kanal va guruhlarda ulashilibdi.

Umuman olganda, hech qanday moddiy yoki ma’naviy manfaat ko‘zlanmagan va faqat shu yerda to‘plangan obunachilar uchun eng kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etishni maqsad qilgan kanal uchun bunday statistika – albatta, juda ajoyib!

Barcha obunachilarga katta rahmat aytaman! Kanalni kuzatishda davom eting! Hurmat bilan, kanal admini, Meliyev Hayotjon.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

28 Dec, 06:40


⚡️Kuni kecha scholarship yutganim haqida joylashtirgan postimdan keyin ko‘pchilik talabalar “Scholarship o‘zi nima, uni qanday qilib yutib olsak bo‘ladi?” deb savol berishdi.

Mazkur post orqali ushbu savollarga batafsil javob berib o‘tishga harakat qilaman. Demak:

Scholarship – bu talabaning o‘qish davomidagi ko‘rsatkichlari, yutuqlari hamda universitet ijtimoiy hayotidagi faolligiga qarab kontrakt to‘lovidan ma’lum bir miqdorda chegirmalar qilib berish hisoblanadi.

Ya’ni, soddaroq qilib aytganda, scholarship – bu chegirma!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida talabalar uchun 4 xil turda – 25%, 50%, 75% va 100% ko‘rinishdagi scholarship ajratiladi.

Scholarship yutib olish uchun universitet tomonidan ma’lum bir talablar belgilangan. Mazkur talablarga javob bera olgan va saralash jarayonidan o‘ta olgan talabalargagina maxsus scholarship taqdim etiladi.

Mana bu havola ostida universitetdagi scholarship yutib olish uchun belgilangan asosiy talablar va topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar nomi ko‘rsatib o‘tilgan.

Agarda siz o‘zingizni ushbu talablarga javob bera oladigan talaba, sifatida ko‘rsangiz, tanlov jarayonlarida o‘z nomzodingizni ilgari surishingiz mumkin.

Odatda, scholarship uchun arizalar har o‘quv yili boshlangan paytda, aniqrog‘i, sentyabr oyi oxiri yoki oktyabr oyi o‘rtalarida qabul qilinadi.

Kerakli hujjat va ilovalar talabalar o‘zlari tahsil oladigan yo‘nalishining tegishli dekanatiga taqdim etiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

28 Dec, 06:20


⚡️6-yanvar sanasidan oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadigan sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun dars jadvali joylashtirilibdi.

Mazkur talabalar quyidagi havola orqali o‘zlariga tegishli dars jadvali bilan batafsil tanishib chiqishlari mumkin:

https://drive.google.com/drive/folders/1Ud2rCjM099mjmKI6Hi1Okw08ZzD5_9U_?usp=share_link

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

28 Dec, 04:35


⚡️Universitetda 2025-yil hisobi bo‘yicha dastlabki o‘quv mashg‘ulotlarini sirtqi ta’lim shakli talabalari boshlab berishadi.

Aniqrog‘i, 2025-yilning 6-yanvar sanasidan boshlab sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladigan talabalar uchun oflayn dars mashg‘ulotlariga start beriladi.

Kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun esa biroz kechroq, aniqrog‘i, 27-yanvar sanasidan 2-semestrga mo‘ljallangan darslar boshlanadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

28 Dec, 04:20


⚡️Universitetda 2024-yil hisobi bo‘yicha barcha o‘quv mashg‘ulotlari va imtihon jarayonlari yakuniga yetdi.

Ko‘z o‘ngimizda yana bir yilni o‘tkazdik va voqealar rivojida birgalikda ishtirok etdik.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Dec, 18:30


⚡️Oxirgi 1 haftadan buyon viloyatda bo‘lganim uchun bugungi yangi yil party’ga boraymikan yoki yo‘q, deb rosa ikkilandim, lekin borishni niyat qilib turgandim.

Nega?

Birinchidan, bu yil 4-kurs bo‘lganim uchun keyinchalik bunaqa party’larda ishtirok etish imkoniyati menda bo‘lmaydi, qaysidir ma’noda, bugungi party oxirgi imkoniyat bo‘lgani uchun atayin viloyatdan kelib party’da ishtirok etdim.

Ikkinchidan, bugungi party davomida universitetda ichki grant yutgan talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tishini aytishgan edi, bilasiz, bu yil men ham scholarship yutganim uchun bunday tadbirni shunchaki o‘tkazib yuborgim kelmadi.

Afsuski, taqdirlash marosimiga biroz kech yetib keldim va meni ism-familyam e’lon qilingan paytda sahnaga chiqib sertifikatni ololmadim, mayli, nasib qilmagan ekan.

Lekin, muhimi keyinroq universitetga kelishim bilan sertifikatni qo‘limga topshirishdi va bundan juda ham xursandman.

Umumiy yangi yil party haqida qisqacha aytadigan bo‘lsam, ochig‘i, o‘zim kutgandan-da ajoyib atmosferada bo‘ldi. Kelganimga achinmadim.

Mazkur tadbirni tashkillashtirishda ishtirok etgan barcha xodim va xodimalarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Mehnatingizga rozi bo‘ling!

Tadbirda ishtirok eta olmagan yoki ishtirok etaman, deb ayrim sabablar bilan kela olmagan talabalar – hecham xafa bo‘lmang, nasib qilsa, hali bundan-da zo‘r tadbir va marosimlar sizni kutib turibdi.

Hurmat bilan, kanal admini, Meliyev Hayotjon.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Dec, 15:17


Video sifati past-ku, deyayotganlar – nastroykada o‘zingizga mos kachestvada videolarni skachat qilishingiz mumkin

Ytittalaba

27 Dec, 15:11


⚡️Party’dan lavhalar!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Dec, 14:43


Party’ga kela olmaganlar uchun iloji boricha jonli rasm va videolar tashlab turishga harakat qildim.

Ketkazgan vaqtingiz va megabaytingizga rozi bo‘ling!

Universitetda bundan keyin bo‘ladigan tadbir yoki party’larni qoldirmaysiz, deb umid qilaman.

Chunki, bunday tadbirlar eng esda qolarli voqealarga doim boy bo‘ladi.

Ytittalaba

27 Dec, 14:31


Univerda internet toshbaqa tezligida ishlaydi, bilasiz. Videolarni keyinroq yana tashlayman

Ytittalaba

27 Dec, 14:27


Istoriyaga chopsela bo’ladi

Ytittalaba

27 Dec, 14:08


Bunisi eng zo’ri 😎

Ytittalaba

27 Dec, 13:58


Part 2

Ytittalaba

27 Dec, 13:53


🙂‍↔️🙂‍↔️🙂‍↔️

Ytittalaba

04 Dec, 16:20


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

04 Dec, 12:50


⚡️Universitetda ishlash niyatida bo‘lgan talabalar uchun sirtqi ta’lim shakli dekanati tomonidan e’lon berilibdi.

Xabarda aytilishicha, universitetda ishlash ishtiyoqi bo‘lgan, kreativ fikrlovchi, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashadigan va yangi g‘oyalarni amalga oshirishda faol bo‘lgan yordamchi xodimlar qidirilyapti ekan.

Agarda sizga bu xabar qiziq tuyulgan bo‘lsa va o‘z nomzodingizni ilgari surmoqchi bo‘lsangiz, CV yoki rezyumeingizni quyidagi botga yuboring:

📩@zaochkaadminbot

Nomzodlarning hujjatlari va ularning umumiy ma’lumotlari dekanat tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda munosib deb topilgan talabalarga aloqaga chiqishadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

04 Dec, 10:30


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va talabalarga foydali bo‘lgan reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

04 Dec, 09:50


⚡️Yakuniy nazorat imtihonlari sanasigacha shartnomada belgilangan kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan talabalar imtihon jarayonlariga kiritilmasligi mumkin.

Bunday turdagi talabalarning (ya’ni, kontraktni vaqtida to‘lamagan) imtihon jarayonlari avtomatik tarzda pulli qayta topshirish imtihonlariga qoldiriladi va talabalar har bir qoldirilgan fan uchun yana qaytadan 100 ming so‘m pul to‘lab imtihonga kirishlariga to‘g‘ri keladi.

Shuning uchun, imkon qadar kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshiring.

Kontrakt shartnomasini esa contract.kiut.uz sayti orqali yuklab olishingiz mumkin. To‘lovni istalgan tijorat banklari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. “Ipak yo‘li” banki orqali to‘lanadigan kontrakt uchun foiz olib qolinmaydi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

04 Dec, 09:30


⚡️“Imtihon javoblarini tashlab beraman!” degan kursdoshingni maktabda 15 ta bolani bir o‘zi urushib yutgani haqidagi mif gaplarini majburan eshitib o‘tirganingda:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

04 Dec, 06:50


⚡️Kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlarining boshlanish va tugash sanalari:

16.12.2024 – 29.12.2024

Kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalari uchun qishki ta’til kunlarining boshlanish va tugash sanalari:

30.12.2024 – 26.01.2025

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

03 Dec, 18:00


⚡️Onlayn darslarda qatnashmasak nima bo‘ladi?

Onlayn darslarda ishtirok etish majburiy emas. Ya’ni, talabaning onlayn darslarda ishtirok etgan yoki etmaganligi universitet tomonidan qattiq nazoratga olinmaydi.

Ammo, rahbariyat talabalarga imkon qadar onlayn darslarda ishtirok etish va unda faol bo‘lishni tavsiya qiladi.

Negaki, onlayn dars jarayonlari davomida bevosita ta’lim yo‘nalishlariga oid muhim ma’lumotlar va talabalar uchun biriktirilgan maxsus o‘qituvchi tomonidan prezentatsiyalar namoyish etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, talaba onlayn darslarda ishtirok etishi orqali yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan birlamchi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, onlayn darslar qaysidir ma’noda talaba o‘z kursdoshlari va fan o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishib olishi uchun poydevor vazifasini ham bajarib beradi.

Xullas, falon million so‘m kontrakt to‘layotgan odam o‘zingizsiz, shunday ekan – to‘lovingizga yarasha taqdim etiladigan har qanday turdagi (xoh onlayn bo‘lsin, xoh oflayn) darslarda qatnashing!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

03 Dec, 16:35


⚡️Universitetdagi scholarship va u bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlarni mana bu havola ostida yozib o‘tganman.

Mana bu havola ostida esa scholarship yutib olish uchun qo‘yilgan talab va shartlar keltirilgan.

Scholarship jarayonlarida ishtirok etish hamda unga ro‘yxatdan o‘tish odatda har o‘quv yilining sentyabr oyi oxiri va oktyabr oyi o‘rtalarida qabul qilinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

03 Dec, 15:30


⚡️Bu safargi tanlov jarayonlarida men uchun ham scholarship taqdim etilibdi, ochig‘i, bundan juda ham xursand bo‘ldim!

Mening nomzodimni loyiq ko‘rishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha insonlar, avvalo, Turizm yo‘nalishi dekani, universitet o‘quv bo‘limi rahbari, menga hech ikkilanmasdan tavsiyanoma yozib bergan fan o‘qituvchilarim, universitet PR bo‘limi rahbariyati va men bilgan-bilmagan hammaga samimiy minnatdorchilik bildiraman!

Shuningdek, ushbu scholarshipga loyiq deb topilishimda siz obunachilarning ham o‘z hissangiz bor deb o‘ylayman va sizlarga ham katta rahmat aytaman!

Shu kungacha mazkur kanal faoliyati orqali universitet va o‘qishga aloqador eng so‘nggi axborotlarni qo‘limdan kelgancha yetkazib, shu universitet uchun qaysidir ma’noda harakat qilib kelyapman.

Ba’zan, universitetdagi ayrim mavzularga nisbatan tanqidiy yoki keskin ohangdagi postlarni yozib yuborgan bo‘lishim mumkin, lekin uning zamirida faqat mana shu universitet rivoji va qaysidir muammolarga yechim topilib qolar, degan g‘oya yotgan bo‘ladi.

Afsuski, mana shunaqa tanqidiy yoki ayrimlarning nazdida “noo‘rin” deb qaralgan postlarim orqali universitetdagi ba’zi mas’ul xodimlarning ko‘ziga yomon ko‘rinib qolganman. Ammo, ulardan menga nisbatan bunday tushunchaga bormasliklarini iltimos qilgan bo‘lardim.

Negaki, hammamiz mana shu universitet vakilimiz, faqat vakillik pozitsiyasimiz turlicha xolos – sizlar xodim ko‘rinishidagi, men (biz) esa talaba ko‘rinishidagi vakillarmiz.

Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchiman-ki, men KIUT’da o‘qiyotganimdan va umumiy universitet atmosferasidan doim mazza qilaman va bu yerda o‘qiyotganimga mingdan-ming roziman!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

03 Dec, 15:25


⚡️Vanihoyat!

Juda ko‘pchilik talabalar kutayotgan scholarship natijalari rasman e’lon qilindi.

Yuqoridagi jadvalda umumiy saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va joriy o‘quv yili uchun scholarship olishga loyiq deb topilgan talabalar ism-familyasi keltirilgan.

Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni avvalo, o‘zim nomimdan, xususan, mazkur kanal nomidan ham samimiy tabriklayman!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

03 Dec, 14:30


⚡️Ayni paytda cabinet.kiut.uz saytiga ayrim fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlarida tushadigan namunaviy savollar to‘plami joylashtirilgan.

Agarda saytdagi fanlar nomi oldida 2024-2025 deb yozilgan bo‘lsa, demak yakuniy nazorat imtihonlarida xuddi shu savollar tushadi.

Odatda cabinet.kiut.uz saytida mavjud bo‘lmagan namunaviy savollar to‘plami fan o‘qituvchilari tomonidan Moodle platformasiga joylashtiriladi.

Agarda savollar to‘plami Moodle platformasida ham mavjud bo‘lmasa, unda fan o‘qituvchisidan savollar taxminan qaysi sanada yuklanishi mumkinligi haqida so‘rab ko‘ring.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

03 Dec, 13:35


⚡️Kursdoshlaring yangi yilga biror restoranda o‘tirish tashkil qilish haqida gaplashishyapti. Shu payt sen ularga “Imtihonlarga ham tayyorlanaylik!” deb aytganingda:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

03 Dec, 11:35


⚡️Universitetdagi nomdor stipendiyalar uchun hujjat topshirgan va saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar ro‘yxati e’lon qilinibdi.

Demak, mazkur ro‘yxatdagi talabalarga 2024/2025-o‘quv yili uchun 100% kontrakt pullari universitet hisobidan to‘lab beriladi.

G‘oliblarni samimiy tabriklayman!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

02 Dec, 13:10


⚡️Kursdoshlaringa “Sessiya yaqinlashyapti, yakuniy nazorat imtihonlaridan qanday qilib o‘tib olamiz?” deb savol berganingda ularning javobi:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

02 Dec, 11:35


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va talabalarga foydali bo‘lgan reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

02 Dec, 09:30


⚡️Moodle platformasiga qay tartibda kirish mumkinligi haqida videoqo‘llanma!

Talabalar Moodle platformasi orqali onlayn va oflayn dars jarayonlarida o‘tiladigan o‘quv qo‘llanma hamda prezentatsiyalar bilan yaqindan tanishib chiqishlari mumkin.

Moodle platformasiga kirish uchun sayt va platformaga kirish tartibi:

Kunduzgi va kechki ta’lim – intranet.kiut.uz
Sirtqi ta’lim – pt.kiut.uz

Login: talabalik ID kartasidagi raqam
Parol: Pasport seriya va raqami

Platformadagi “Qidiruv – Search – Поиск” bo‘limi yordamida dars jadvalingizdagi fanlar nomini topib, ularga avtomatik tarzda yozilsangiz bo‘ladi.

Video manbasi

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

01 Dec, 14:35


⚡️“Universitetdagi imtihonlardan qanday qilib o‘tib olding?” deb so‘rashganda men:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

01 Dec, 12:20


⚡️Joriy yilning 16-dekabr sanasidan 2025-yilning 6-yanvar sanasigacha bo‘lgan muddat davomida akademikqarzdor talabalar uchun qayta topshirish imtihonlari (Retake) o‘tkazilmas ekan.

Demak, Retake topshirish istagida bo‘lgan talabalar ixtiyorida yana 2 hafta vaqt bor xolos.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

01 Dec, 11:10


⚡️Dunyoning TOP universitetlariga kirish va u yerda o‘qish, albatta, har bir talabaning orzusi (#)

Bilaman, siz ham Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga qabul qilinganingiz haqidagi sms-xabarni xuddi mana shunday xursandchilik bilan qabul qilgansiz. Yoki, unday emasmi?)

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

01 Dec, 10:20


⚡️Ertaga, 2-dekabr, dushanba – odatdagidek o‘qish kuni.

Kelasi hafta, 9-dekabr, dushanba – dam olish kuni!

Iltimos, adashtirib yubormanglar! Ertangi kundan boshlanadigan yangi hafta uchun dars jadvali mana bu havola ostida e’lon qilingan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

01 Dec, 09:45


⚡️3 kun dam olinadi!

Qonunchilikka ko‘ra, joriy yil 8-dekabr “Konstitutsiya kuni” yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan mazkur dam olish kuni 9-dekabr – dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shunday qilib, o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun – shanba (7-dekabr), yakshanba (8-dekabr) va dushanba (9-dekabr) kunlari dam olishadi.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

01 Dec, 08:05


⚡️Istalgan mavzu bo‘yicha prezentatsiya tayyorlash uchun eng yaxshi ilovalardan biri – bu shubhasiz Canva!

Sababi, undan foydalanish juda ham qulay, deyarli barcha mavzu bo‘yicha shablonlari bor va eng muhimi – tekin!

Ilova vebsayti: canva.com

Shuningdek, ilovani Play Market yoki AppStore orqali ham yuklab olishingiz mumkin.

Hali Canva ilovasidan foydalanmagan yoki foydalanishni bilmayotgan talabalar uchun mana bu havola ostida kichik videoqo‘llanma joylashtirilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Nov, 15:30


⚡️Universitetdagi barcha bosqich talabalari uchun eng muhim sanalar!

🗓14.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining barcha 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓23.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓29.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-4-bosqich hamda sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq nihoyasiga yetadi

🗓06.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓20.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓26.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq nihoyasiga yetadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Nov, 14:00


Qisqa muddat ichida rus tilida ''Sayrashni'' istaysizmi?

Sizni rus tilini noldan boshlab o‘rganish uchun eng foydali «Русский язык с нуля» kanaliga taklif qilamiz.

🌟 Tez va oson!
🌍 Hayotiy iboralar, oddiy qoidalar va foydali maslahatlar!
👉 Amaliy mashqlar
🤩 Bepul darslar

🎯 Hoziroq qo‘shiling va yangi imkoniyatlar eshigini oching!

Kanalga qo‘shilish uchun: Havola

Ytittalaba

30 Nov, 11:25


⚡️Universitetda talabalar foydalanishi mumkin bo‘lgan eng muhim saytlarga qay tartibda kirish kerakligini bilib oling!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun havola:
student.kiut.uz

📥 Saytga kirish tartibi

Moodle platformasiga kirish uchun havola:
Kunduzgi va kechki ta’lim – intranet.kiut.uz
Sirtqi ta’lim – pt.kiut.uz

📥 Platformaga kirish tartibi

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun havola:
contract.kiut.uz

📥 Saytga kirish tartibi

Test shaklidagi yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga tayyorlanish uchun havola:
cabinet.kiut.uz

📥 Platformaga kirish tartibi

HEMIS tizimiga kirish uchun havola:
talaba.kiut.uz

📥 Tizimga kirish tartibi

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun havola:
attendance.kiut.uz

📥 Saytga kirish tartibi

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Nov, 10:40


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va talabalarga foydali bo‘lgan reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Nov, 06:20


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Ma’lumot o‘rnida: ta’lim krediti olayotgan talabalar ham 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Nov, 16:00


⚡️Yuqoridagi jadvalda fanlardan topshiriladigan imtihon shakllari (test, yozma va loyiha ishi) ro‘yxati keltirilgan.

Ya’ni, ushbu ro‘yxat orqali qaysi fandan qay shaklda imtihon topshirilishi mumkinligini o‘zingiz uchun bilib olishingiz mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Nov, 15:45


⚡️Fail o‘zi nima?” deb savol berayotgan talabalar uchun umumiy tushuntirish:

Har semestr oxirida talabalar semestr davomida o‘tilgan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlarini topshirishadi. Imtihon shakli fanlar kesimidan kelib chiqqan holda test, yozma yoki loyiha ishi ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.

Talabalar umumiy semestr davomida fanlardagi ishtiroki, davomati va fan o‘qituvchisi bergan vazifalarni topshirishi orqali o‘qituvchidan maksimal 30 ball, yakuniy nazorat imtihonlaridagi ishtiroki orqali esa maksimal 70 ball – jami 100 ball to‘plash uchun harakat qilishadi.

Har bir topshiriladigan imtihonda talaba to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball 70 ga teng bo‘ladi.

Imtihonda to‘planishi mumkin bo‘lgan minimal (o‘tish bali) ball esa 60 ga teng.

Agarda talaba semestr davomida fan o‘qituvchisidan yetarlicha (yoki umuman) ball ololmasa va yakuniy nazorat imtihonlarida ham yetarlicha ball (ya’ni 60 dan kam) to‘play ololmasa – unda “Fanni o‘zlashtira olmagan” deb hisoblanadi va o‘sha fandan Fail bo‘ladi.

Mazkur Failni esa qayta topshirish imtihonlarida (Retake) ishtirok etib yopish imkoniyati mavjud. Birinchi marta qayta topshirish bepul, agarda talaba bu imkoniyatdan ham foydalana olmasa, keyingi qayta topshirish imtihoni pulli (har bir fan 100 ming so‘m) bo‘ladi.

Bu 100 ming so‘m imtihon jarayonlarini tashkil etish uchun to‘lanadi. Ya’ni, talaba qayta topshirish imtihoni uchun 100 ming so‘m to‘lashi – uning imtihondan o‘tish yoki o‘ta olmasligiga mutlaqo aloqasi yo‘q.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Nov, 15:15


⚡️4-kurs bo‘lib hech qanaqa Failsiz yurish esa hammaga ham emas!🙂‍↔️

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Nov, 15:10


⚡️Ayni vaqtdagi 1-kurs talabalarda hali hech qanaqa Fail yo‘q, menimcha, ayrim talabalar Fail o‘zi nimaligini ham bilishmaydi.

Ammo, tez orada yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish orqali, ularda ham Fail ta’mini totib ko‘rish imkoniyati bo‘ladi )

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Nov, 15:05


⚡️Akademikqarzdor talabalar kelayotgan 2 hafta ichida imkon qadar qayta topshirish imtihonlariga ariza yozib, Faillardan qutulib olishingizni tavsiya qilgan bo‘lardim.

Negaki, joriy yilning 16-dekabr sanasidan universitetda yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi. Odatda, yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan paytda Retake imtihonlarini topshirishga ruxsat berilmaydi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Nov, 12:35


⚡️Mabodo, oramizda ChatGPT’dan qanday va qaysi sayt orqali foydalanishni bilmaydigan talabalar bo‘lsa, quyida uning havolasini qoldiraman:

https://openai.com/index/chatgpt/

Mazkur sayt orqali istalgan mavzu va yoki holat bo‘yicha ChatGPT’dan ma’lumot so‘rashingiz hamda undan maslahat va tavsiyalar olishingiz mumkin.

Saytdan foydalanish vaqtida o‘z so‘rovlaringizni o‘zbek tilida ham kiritsangiz bo‘ladi, o‘ylashimcha, ChatGPT o‘zbek tilini ayrim o‘zbeklardan-da yaxshi biladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Nov, 12:30


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Nov, 10:35


⚡️Universitetda mavjud bo‘lgan dekanatlar bilan bog‘lanish uchun ichki telefon raqamlar!

– “Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maxsus Pedagogika” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 110)
🚪Kabinet: A 419

– “Axborot tizimlar muhandisligi”, “Elektrotexnika”, “Mexatronika” va “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 144)
🚪 Kabinet: B 611

– “Arxitektura va shaharsozlik” hamda “Qurilish” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 131)
🚪 Kabinet: B 311

– “Biznesni boshqarish” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 132)
🚪 Kabinet: A 306

– “Moliya”, “Bank ishi” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 122)
🚪 Kabinet: A 520

– “Turizm”, “Xalqaro marketing” va “Tarix” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 130)
🚪 Kabinet: C 504

– “English Education” va “Tarjimashunoslik” (xitoy va ingliz tillari) yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 160)
🚪 Kabinet: B 806

– “Koreys tili filologiyasi” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 125)
🚪 Kabinet: A 316

“Tibbiyot” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 169)
🚪 Kabinet: M 201

– “Kechki ta’lim”
shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 215)
🚪 Kabinet: A 521

– “Sirtqi ta’lim” shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 128, 163, 164)
🚪 Kabinet: A 103

– “Magistratura mutaxassisliklari” dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 137)
🚪 Kabinet: C 106

Agarda universitet yoki yo‘nalish dekanatlariga biror murojaatingiz bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxat orqali o‘zingizga tegishli dekanat raqamini terib, belgilangan ish kunlari va ish soatlarida ularga qo‘ng‘iroq qiling!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Nov, 07:25


⚡️Ko‘pchilik talabalar shu scholarship natijasini kutishyapti ekan, scholarship o‘zi nima?” deb savol berayotgan talabalar uchun scholarship haqida qisqacha ma’lumot berib o‘taman:

Scholarship – bu talabaning o‘qish davomidagi ko‘rsatkichlari, yutuqlari hamda universitet ijtimoiy hayotidagi faolligiga qarab kontrakt to‘lovidan ma’lum bir miqdorda chegirmalar qilib berish hisoblanadi.

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida talabalar uchun 4 xil turda – 25%, 50%, 75% va 100% ko‘rinishdagi scholarship ajratiladi.

Scholarship yutib olish uchun universitet tomonidan ma’lum bir talablar belgilangan. Mazkur talablarga javob bera olgan va saralash jarayonidan o‘ta olgan talabalargagina maxsus scholarship taqdim etiladi.

Mana bu havola ostida universitetdagi scholarship yutib olish uchun belgilangan asosiy talablar va topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar nomi ko‘rsatib o‘tilgan.

Agarda siz o‘zingizni ushbu talablarga javob bera oladigan talaba, sifatida ko‘rsangiz, tanlov jarayonlarida o‘z nomzodingizni ilgari surishingiz mumkin.

Kerakli hujjat va ilovalar talabalar o‘zlari tahsil oladigan yo‘nalishining tegishli dekanatiga taqdim etiladi.

Diqqat: ayni vaqtda scholarship uchun tanlov jarayonlarida ishtirok etish allaqachon yopilgan. Odatda tanlov jarayonlariga saralash har yil sentyabr oyining oxiri va oktyabr oyining boshlarida e’lon qilinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Nov, 07:10


⚡️Scholarship natijalari bugun ham chiqmaydiganga o‘xshaydi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Nov, 17:45


⚡️Siz ham kursdoshlaringiz bilan kelishib, semestr oldidan o‘qituvchingizni shunaqa xursand qilishingiz mumkin (#)

Ball qo‘yib berishi yoki qanaqadir manfaatlar uchun emas, albatta.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Nov, 16:30


⚡️Qishki ta’til qancha vaqt davom etadi?”

Universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 16-dekabr sanasidan boshlanadi va 29-dekabr sanasida to‘liq yakunlanadi.

30-dekabr sanasidan boshlab mazkur talabalar rasman qishki ta’tilga chiqishadi. Ayni vaqtdagi o‘quv rejasi bo‘yicha, qishki ta’til 2025-yilning 26-yanvar sanasiga qadar davom etishi va universitetning 1-2-3-bosqich talabalari 2-semestrga mo‘ljallangan dars mashg‘ulotlarini 27-yanvar, dushanba kunidan boshlashi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Universitetning 4-bosqich talabalari esa o‘zlari tahsil oladigan tegishli ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 2-semestrni amaliyot jarayonlarida o‘tkazishadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Nov, 15:45


⚡️Universitetning bitiruvchi bosqich talabalaridan biri o‘zining diplom himoyasida ahamiyatli bo‘lgan mavzuda so‘rovnoma tashkil qilgan ekan.

Ushbu so‘rovnomadagi savollar bevosita universitetdagi talabalarga ham aloqador bo‘lgani uchun uni kanalda ulashyapman.

Iloji bo‘lsa, 3 daqiqa vaqtingizni ajratib mazkur so‘rovnomada ishtirok eting va bitiruvchimizning diplom himoyasiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Quyida havola qoldiraman:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeih8CiQDcd2cP-crM21B51AlQVaS56qTKKuzaR3cOdAXS5fw/viewform?usp=sf_link

Ytittalaba

26 Nov, 06:35


⚡️Hurmatli bitiruvchi bosqich talabalari!

Universitetda 1-semestrga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanishiga ham oz fursat qoldi. Aksariyat 4-bosqich talabalarining 2-semestrlari esa amaliyotda o‘tadi.

Bitiruvchilarga shuni eslatib o‘tmoqchiman-ki, ayni paytda pasportingiz va student.kiut.uz sayti orqali shaxsiy kabinetingizdagi shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zingiz uchun yana bir bor qaytadan tekshirib chiqing.

Hamma ma’lumotlar to‘g‘rimi? Pasportdagi ma’lumotlaringiz shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar bilan bir xil chiqyaptimi? Bularni diqqat bilan tekshiring.

Agarda qandaydir farq bo‘lsa yoki yaqin kelajakda pasportdagi ma’lumotlarning o‘zgarish ehtimoli bo‘lsa (masalan, qizlar turmushga chiqayotganda) buni darhol tegishli dekanatingizga yetkazing.

Negaki, universitet diplomiga sizning shaxsiy kabinetingizdagi ma’lumotlar yoziladi. Mabodo, shaxsiy kabinet va pasportdagi ma’lumotlar o‘rtasida qandaydir tafovut aniqlanadigan bo‘lsa, ertaga diplomingizda muammo bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, qizil pasporti (загран паспорт) bo‘lmagan bitiruvchi bosqich talabalarga qizil pasport olish ham tavsiya qilinadi.

Sababi, diplom ilovasida talabaning shaxsiy ma’lumotlari 2 xil tilda – o‘zbek va ingliz tilida yoziladi. To‘g‘ri, oddiy (yashil) pasportda ham ma’lumotlar ingliz tilida yozilgan versiyasi bo‘ladi.

Ammo, ertaga talaba qizil pasport olish uchun ariza qoldirsa va pasport tayyor bo‘lsa, uning shaxsiy ma’lumotlari yashil pasportdagi ma’lumotlardan farq qilishi mumkin (bu amaliyotda juda ko‘p marta sodir bo‘lgan).

Shuning uchun, ertaga diplom bilan bog‘liq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy muammolarning oldini olish uchun qizil pasport to‘g‘irlab qo‘yavering.

Pasport o‘rniga ID kartadan foydalanadigan talabalar esa diplom olish vaqtida qizil pasport topshirishlari talab etiladi. Sababi, ID kartadagi ma’lumotlar faqat bitta tilda yozilgan bo‘ladi.

Yo‘q, men qizil pasport olmayman, baribir chet elga ham chiqmayman, menga bor ma’lumotni qanday bo‘lsa shundayligicha yozib beraveringlar!” desangiz, unda bu bo‘yicha tegishli dekanatingizni ogohlantirib qo‘ying.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Nov, 05:00


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Nov, 03:20


⚡️Oxirgi vaqtda mazkur kanalimiz murojaat boti va undagi izohlar qismiga asosan sirtqi ta’lim shakli talabalari tomonidan savollar ko‘payib qolgan.

Mendagi ma’lumotlar cheklanganligi va ayrim savollarga aniq javobni bilmaganim uchun ba’zi murojaatlar shunchaki ignore bo‘lib qolib ketyapti.

Men talabalardan shuni so‘ragan bo‘lardim-ki, avvalo har qanday murojaatlaringizni sirtqi ta’lim shakliga aloqador bo‘lgan rasmiy Telegram bot yoki telefon raqamlarga yo‘llang!

Mabodo, murojaatlarni aynan qayerga yo‘llashni bilmayotgan bo‘lsangiz, quyida ularning manzillarini qoldiraman:

Universitetning sirtqi ta’lim shakliga tegishli bo‘lgan Telegram’dagi rasmiy kanali – @zaochkakiut

Sirtqi ta’lim shakli dekanatiga savol va murojaatlar yo‘llash uchun ochilgan maxsus bot – @zaochkaadminbot

Sirtqi ta’lim shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun ichki telefon raqamlar – 781294040 (ichki 128, 163, 164).

Ushbu telefon raqamlar yoki murojaat botga imkon qadar belgilangan ish kunlari va ish soatlarida murojaat qiling, albatta, javob keladi. Agarda hech qanday javob berilmasa, unda bilmadim, men faqat shu yergacha yordam bera olaman xolos.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Nov, 18:40


⚡️Sirtqi ta’lim shakli dekanatiga oddiy talaba va kanal admini sifatida murojaatim!

Bilishimcha, joriy o‘quv yili bo‘yicha universitetning sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan va o‘tgan haftadan onlayn dars mashg‘ulotlari boshlangan ayrim 1-bosqich talabalar hali ham o‘z guruhini bilmaydi.

Ayrim talabalarning aytishicha, ularga student.kiut.uz sayti orqali shaxsiy kabinet hali ham ochib berilmagan emish.

Shuningdek, oxirgi paytda ayrim sirtqi ta’lim 1-bosqich talabalari tomonidan “Bizga umumiy talabalar ism-familyasi tushirilgan ro‘yxat tashlab berishdi, lekin u ro‘yxatdan men o‘zimni topa olmayapman, shunda menga hali buyruq chiqmaganmi?” degan mazmundagi savollar ham kelib tushmoqda.

Afsuski, men yuqoridagi savollarning birortasiga aniq javobni bilmayman. Agarda qandaydir ma’lumot bilganimda, uni allaqachon kanalda e’lon qilgan bo‘lardim.

Sirtqi ta’lim shakli (ayniqsa, viloyatliklar) talabalari esa o‘z savollari javobsiz qolib ketayotganidan biroz havotirda yurishibdi. Negaki, telefon qilishsa bog‘lana olishmayapti, botga yozishsa javob berilmayapti.

Hurmatli universitet mas’ul xodimlari va sirtqi ta’lim dekanati xodimlari:

Bilaman, ishingiz ko‘p, talabalar tomonidan beriladigan savol va murojaatlar ham yetarlicha.

Ammo, qandaydir chorasini ko‘rib, barcha savollarga javob berish yo‘lini topsangiz, menimcha o‘zingiz uchun ham, talabalar uchun ham yaxshi bo‘lardi.

Mana shunaqa savollar oqimi ko‘paygan vaqtda hech bo‘lmasa qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanib, telefondagi operatorlar yoki murojaat botga javob beradigan xodimlar sonini ko‘paytirib masalaga yechim topish kerakdir.

Talabalar bozorda shuncha raqobatbardosh xususiy universitet turganda umid va ishonch bilan aynan shu universitetga hujjat topshirishgan, ularning ishonchini yo‘qotmaylik!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Nov, 17:10


⚡️Jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshadi!

2025-yil, 1-yanvar sanasidan boshlab Toshkent shahridagi jamoat transportlarida yo‘lkira narxlari oshar ekan.

Xususan, avtobus va metroda 1 martalik yo‘l haqi naqd pul ko‘rinishida to‘langanda 3,000 so‘m etib belgilanadi. Agarda yo‘l haqi elektron to‘lov tizimlari (elektron kartalar) orqali amalga oshirilsa, u holda chegirma asosida 1,700 so‘m pul yechib olinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Nov, 16:50


⚡️Ayni paytda Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetning Namangan filialida talabalar kuni bayramiga atab shou-konsert bo‘lyapti ekan.

Shuningdek, bugun universitetdagi bir guruh iqtidorli talabalarga universitet ichki granti (scholarship) ham topshirilibdi.

Toshkent shahrida nima gaplar? Negadir bu yil bizda hech qanday bayram tadbiri o‘tkazilmadimi?

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Nov, 14:05


⚡️Pulli qayta topshirish imtihonlari uchun belgilangan to‘lovni onlayn pul o‘tkazmalar orqali ham amalga oshirish mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Nov, 13:00


🔎 Qizlar uchun ajoyib imkoniyat!
(sirtqi va kechki ta’limda o’qiydigan talaba qizlarni ham qabul qilamiz)

“TOP-MENTORS"
jamoasiga o'z ustida ishlaydigan, doim rivojlanishga intiladigan sotuv menejerlari kerak.

Ish haqida:
— Ish beruvchi: "TOP-MENTORS"
— Manzil: Yunusobod 11, Edu center (Yunusobod metroga piyoda 5 daqiqalik yo'l)
— Ish vaqti: 09:00-18:00, 10:00-19:00
— Maosh: 3-10 mln so'm (Fix+KPI)

Biz sizga nimalar bera olamiz?
— Eng yaxshi sotuvchilarga bonuslar
— Sinov davrida treninglar va tajriba olish imkoniyati.
— Sohaga oid kitoblar va kurslar uchun dostup
— Do'stona va qo'llab quvvatlovchi jamoa
— Tajribangiz bo'lmasa o'zimiz o'rgatamiz

Ish nimalardan iborat?
— Kunlik issiq lidlarga qo'ng'iroq qilish va extiyojlarini aniqlab ularga o'zimizni productni taklif qilish.
— Kun oxirida kunlik va hafta oxirida 1 haftalik hisobot topshirish.

Talablarimiz:
— Kunning to'liq qismida ishlay olish ( 09:00-18:00, 10:00 -19:00)
— O'z ustida ishlaydigan va yangi bilimlarga ochiq bo'lishi
— Ma'suliyatli va stressga chidamli bo'lishi
— Ish 1-2 kunlik emas, doimiy ishlay olishi kerak
— Ma’suliyatsiz va dangasa bo’lsangiz bizni ham o’zingizni ham vaqtingizni olmang.

Murojaat uchun: 👇🏻
@Olimxojayev_Jahongir

Ytittalaba

25 Nov, 12:00


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Nov, 11:20


⚡️Bu kanalni men o‘zimga o‘xshagan talabalar va universitetga hujjat topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlarga yordam berish, ularning o‘qishga aloqador savollariga qo‘limdan kelgancha javob berish hamda universitetda bo‘ladigan eng so‘nggi yangiliklardan boxabar qilib turish maqsadida yuritaman.

Vaholanki, bu uchun, ya’ni kanalni yuritayotganim va qaysidir ma’noda, universitet xodimlari qilishi kerak bo‘lgan ayrim vazifalarni amalda men bajarayotganim uchun menga hech kim, na universitet va na rahbariyat 1 so‘m bermaydi.

Kanal to‘laqonli mustaqil va holisona tarzda yuritiladi. Lekin bu – men kanal doirasida beriladigan har bir murojaatga javob berishim kerak, degani emas. Ya’ni, men bunday majburiyatni zimmamga olmaganman!

Kanalga kuniga 50 dan ortiq savol va murojaatlar keladi. Agarda kun davomida izoh yozish qismini ochib qo‘ysam, bu raqamlar 1000 dan oshishi aniq.

Sizlar ko‘psiz, lekin men bittaman va har bir savolga tabiiyki, javob bera olmayman (avvalo, bunga majbur ham emasman).

Shunday ekan, kanaldagi bor va mavjud axborotlarga qanoat qilib, o‘zingiz uchun kerakli ma’lumotni olib ketavering. Agarda kanal faoliyati sizga ma’qul kelmasa, unda bizni bemalol tark etishingiz mumkin.

Mana bu havola ostida esa kanaldan qay tartibda chiqib ketish mumkinligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Nov, 15:10


⚡️Men yo‘nalishimni o‘zgartirmoqchi edim. Hozir ichki perevod qilsam bo‘ladimi?

Universitetda ichki perevod uchun arizalar har yil 10-iyuldan 10-avgust sanasiga qadar qabul qilinadi.

Mazkur muddat davomida talabalar ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish uchun tegishli dekanatlariga ariza qoldirishlari mumkin.

Ichki perevod uchun universitetda hech qanday ichki imtihon tashkil etilmaydi. Talabalar tomonidan faqat ariza yoziladi, arizalar dekanat tomonidan ko‘rib chiqiladi va arizaning umumiy holatidan kelib chiqib perevod amalga oshiriladi yoki oshirilmaydi.

Qishki perevod yo‘qmi?

Yo‘q, universitetda qishki perevod mavjud emas!

Odatda qishki perevod davlat universitetlarida amalga oshiriladi va unda ham faqat ma’lum toifadagi talabalargagina qishki perevod jarayonlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.

Men 1-kursdan keyin boshqa yo‘nalishga ichki perevod qilsam, o‘qishimni 2-kursdan davom ettiramanmi yoki yana qaytadan 1-kursda o‘qiymanmi?

Agarda perevod uchun yozgan arizangiz dekanat tomonidan qanoatlantirilsa, 2-kursdan o‘qishni davom ettirasiz.

Ma’lumot uchun: universitetning Tibbiyot yo‘nalishlariga ichki perevod amalga oshirib bo‘lmaydi!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Nov, 13:59


⚡️Prezentatsiya tayyorlashga qiynalayotgan yoki tushunmayotgan bo‘lsangiz, endi u muammo emas!

Sababi, istalgan mavzuda prezentatsiya tayyorlash imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi Telegram kanalga obuna bo‘ling va o‘z mavzungizni taqdim eting:

📥 Telegram: @kiutppt
👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @shohruh6464

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Nov, 11:05


⚡️Talabalar o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ikki xil shaklda yuklab olishlari mumkin:

1) student.kiut.uz saytidagi “Reference” bo‘limi orqali;

2) HEMIS tizimidagi talaba.kiut.uz sayti orqali.

Agarda siz ishlaydigan korxona, tashkilot yoki vakolatli organ “O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomangni olib kel!” deb so‘rasa, ularga bemalol shaxsiy kabinetingiz yoki HEMIS tizimi orqali yuklab olingan ma’lumotnomani taqdim etishingiz mumkin.

P. S. yuqoridagi rasmda o‘zimga tegishli bo‘lgan o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani shartli misol tariqasida keltirib o‘tyapman. Ushbu ma’lumotnomani HEMIS tizimi orqali yuklab olganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Nov, 08:00


⚡️Talaba qiz va ayollarimiz uchun eng orginal kosmetika mahsulotlari faqat “Zudi Cosmetics” do‘konida!

Instagram: @zudi_cosmetics
Telegram: zudi_kosmetika_gruppa

Manzil: Massiv Sergeli-V 31

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

24 Nov, 07:00


⚡️Kelayotgan 2 hafta o‘qituvchilar asosan talabalarga bergan topshiriq va vazifalari evaziga ularni baholash bilan o‘tadi.

Talabalarga beriladigan asosiy topshiriqlar esa ko‘pincha prezentatsiya tayyorlash va uni dars vaqtida taqdim etishdan iborat bo‘ladi.

Mazkur post orqali men istalgan mavzu bo‘yicha prezentatsiya tayyorlashda qo‘l keladigan va bevosita sun’iy intellekt bilan ishlaydigan ayrim bepul saytlar ro‘yxatini taqdim etaman:

– canva.com
– prezi.com
– workspace.google.com
– slidesgo.com

– gamma.app
– gemini.google.com
– freepik.com
– pixlr.com

Mazkur sayt va ilovalar yordamida siz o‘zingiz kutgandan-da bejirim prezentatsiyalar tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun sizdan birozgina mehnat va izlanish talab etiladi xolos.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

23 Nov, 17:45


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

23 Nov, 14:05


⚡️Ma’lumki, universitetdagi onlayn va oflayn darslar davomida o‘tiladigan mavzular va o‘qituvchilar tomonidan taqdim etiladigan prezentatsiyalar Moodle platformasiga joylashtiriladi.

Universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar intranet.kiut.uz sayti orqali Moodle platformasiga kirishlari hamda umumiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari mumkin.

Universitetning sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar esa pt.kiut.uz sayti orqali Moodle platformasiga kirishlari va umumiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga egalar.

Mana bu havola ostida Moodle platformasiga qay tartibda kirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

23 Nov, 13:00


🇰🇷 안녕하세요 🇰🇷

Koreys tilini hech qanday zerikishlarsiz samalari usulda o‘rganishni istaydigan barchaga Assalomu alaykum!

🇰🇷 Mazkur kanalda koreys tilini 0 dan boshlab o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun “Korean Grammar In Use” va “서울대 한국어” kitoblari bo‘yicha onlayn darslar olib boriladi.

Kanalda har kun joylashtirib boriladi:

– Koreya haqida qiziqarli faktlar;
– Koreys tilida rasmli lug‘atlar;
– Koreyscha qo‘shiqlar va ularning matni;
– Koreys tili grammatikasi;
– Koreys tilida eshitish (Listening) qobiliyatini oshiradigan videolar;
– Quiz savol-javoblar.

😎 Keling, safimizga qo‘shiling va biz bilan koreys tilini oson o‘rganing!

Telegram: https://t.me/K0REYS_TILI_ONLINE_DARSLAR

Ytittalaba

23 Nov, 12:30


⚡️attendance.kiut.uz sayti orqali davomatingizni onlayn tarzda tekshirib borishingiz mumkin.

Universitetga kirish va chiqish vaqtida ID kartangizni nazorat qurilmasidan o‘tkazgan paytingizdagi ma’lumotlar mazkur saytga avtomatik joylanib boriladi.

Mana bu havola ostida attendance.kiut.uz saytiga qay tartibda kirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

23 Nov, 06:20


⚡️Zoom darslariga qanday qilib qo‘shilishni bilmayotgan talabalar mana bu videoqo‘llanmani yana bir bor diqqat bilan ko‘rib chiqishingizni so‘rayman.

Dars jadvalida ko‘rsatilgan maxsus login raqamlar kiritilgandan so‘ng Zoom ilovasi parol (passcode) yozishni so‘rasa, u holatda “1” raqamini tering!

Guruhlar kesimidagi umumiy dars jadvali esa mana bu havola ostida qoldirilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

23 Nov, 06:05


⚡️student.kiut.uz sayti orqali qaysi guruhda ekanligini hali ham aniqlay olmagan talabalar ham onlayn dars jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.

Mana bu havola ostida umumiy guruhlar kesimida dars jadvali qoldirilgan. Ushbu dars jadvali orqali talabalar o‘zlari hujjat topshirgan va qabul qilingan ta’lim yo‘nalishlariga tegishli istalgan guruh darslarida ishtirok etishlari mumkin.

Masalan, Turizm yo‘nalishiga hujjat topshirgan ammo, shaxsiy kabinetida qaysi guruh talabasi ekanligini bilmayotgan talaba “TOUP” guruhlaridagi darslarda ishtirok etadi.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlarining qisqartmalari mana bu havola ostida qoldirilgan.

Hurmatli talabalar, iltimos, “Men qanday qilib darslarga qo‘shilaman, kimdir tushuntiradimi o‘zi?” deb o‘tiravermang! Shuncha yordam va tushuntirishlar berilyapti. Biroz o‘zingiz uchun ham harakat qiling!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Nov, 17:00


⚡️Universitetimizga ham shunaqa ovoz yordamida (Alisa) boshqariladigan lift o‘rnatilsa, o‘ylaymanki ana shundan keyin liftdan foydalanuvchilar soni bir zumda kamayadi.

Chunki, bunaqa liftdan foydalanish uchun insonga juda kuchli nerv tomirlari kerak bo‘ladi. Ishonmasangiz, videoni tomosha qiling )

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Nov, 11:50


⚡️Onlayn darslarda qatnashmasak nima bo‘ladi?

Onlayn darslarda ishtirok etish majburiy emas. Ya’ni, talabaning onlayn darslarda ishtirok etgan yoki etmaganligi universitet tomonidan qattiq nazoratga olinmaydi.

Ammo, rahbariyat talabalarga imkon qadar onlayn darslarda ishtirok etish va unda faol bo‘lishni tavsiya qiladi.

Negaki, onlayn dars jarayonlari davomida bevosita ta’lim yo‘nalishlariga oid muhim ma’lumotlar va talabalar uchun biriktirilgan maxsus o‘qituvchi tomonidan prezentatsiyalar namoyish etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, talaba onlayn darslarda ishtirok etishi orqali yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan birlamchi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, onlayn darslar qaysidir ma’noda talaba o‘z kursdoshlari va fan o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishib olishi uchun poydevor vazifasini ham bajarib beradi.

Xullas, falon million so‘m kontrakt to‘layotgan odam o‘zingizsiz, shunday ekan – to‘lovingizga yarasha taqdim etiladigan har qanday turdagi (xoh onlayn bo‘lsin, xoh oflayn) darslarda qatnashing!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Nov, 15:50


⚡️Joriy yilning 15-noyabr sanasida “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan universitetning Turizm yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan “Osh bellashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Turizm yo‘nalishining 3 ta ta’lim shakli — kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil oladigan talabalar eng mazali oshni tayyorlash, bo‘yicha kichik bellashuvga kirishishdi.

Ushbu tadbir davomida nafaqat osh tayyorlash jarayoni balki, bir qator ko‘ngilochar o‘yinlar va maxsus taklif efilgan DJ tomonidan ommaviy hamda raqsbop qo‘shiqlar ham qo‘yildi.

Mazkur tadbir Turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Atxamovna boshchiligida Hospitality Event Management fani doirasida tashkil etildi.

Umumiy bellashuv natijalariga ko‘ra esa, Turizm yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil oladigan “TOU 52” guruh talabalari tomonidan tayyorlangan osh eng mazali osh, deb topildi!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Nov, 11:20


⚡️Onlayn dars mashg‘ulotlari Zoom platformasi orqali tashkil etiladi.

Mazkur videoqo‘llanmada esa Zoom platformasidan qay tartibda foydalanish mumkinligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

Mobil qurilmasiga hali ham Zoom platformasini yuklab olmagan talabalar bo‘lsa, ulardan tezroq ilovani Play Market yoki AppStore orqali yuklab olishlarini so‘raymiz.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Nov, 11:15


⚡️23.11.2024 sanasidan boshlab sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn dars mashg‘ulotlariga start beriladi.

Onlayn dars mashg‘ulotlari Zoom platformasi orqali, haftaning har shanba va yakshanba kunlari tashkil etiladi.

Bugun kechki payt mazkur talabalar uchun guruhlar kesimida dars jadvali e’lon qilinadi.

Yuqoridagi rasmda esa dars jadvali bilan qay tartibda tanishish va onlayn darslarga qay tartibda qo‘shilish mumkinligi haqida qisqacha tushuntirish berib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Nov, 10:50


⚡️No comment (#)

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Nov, 10:45


⚡️Universitetning sirtqi ta’lim shakliga tegishli bo‘lgan Telegram’dagi rasmiy kanali – @zaochkakiut

Sirtqi ta’lim shakli dekanatiga savol va murojaatlar yo‘llash uchun tashkil qilingan maxsus bot – @zaochkaadminbot

Sirtqi ta’lim shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun maxsus telefon raqamlar – 781294040 (ichki 128, 163, 164).

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Nov, 08:20


⚡️Ta’lim krediti ajratayotgan banklar ro‘yxati

Ayni paytda quyidagi banklar tomonidan talabalar uchun imtiyozli ta’lim krediti ajratilmoqda:

– Agrobank
– Markaziy Bank
– Milliy Bank
– Hamkorbank
– Xalq Banki
– Sanoat Qurilish Banki
– Biznesni Rivojlantirish Banki

Joriy 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar imtiyozli ta’lim krediti olish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

Taʼlim kreditini olish uchun talim-krediti.mf.uz yoki my.gov.uz portaliga OneID orqali kiriladi va ariza yuboriladi. Mana bu havola ostida OneID tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun maxsus videoqo‘llanma joylashtirilgan.

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti talabalari imtiyozli ta’lim krediti olish uchun avvalo shartnoma.edu.uz sayti orqali ariza to‘ldirishlari va mazkur arizani universitet buxgalteriyasiga uchrashib tasdiqlatishlari talab etiladi.

Mana bu havola ostida shartnoma.edu.uz sayti orqali qay tartibda ariza qoldirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

Ta’lim krediti va u bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlar esa mana bu havola ostida qoldirilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Nov, 15:05


⚡️Yosh bolali xotin-qizlar universitetda onlayn tarzda tahsil olishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarorining 11-bandiga ko‘ra, talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Bunda Oliy ta’lim muassasasida ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga onlayn ta’lim shakliga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bo‘yicha talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, o‘zi, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan OTM rektori nomiga akademik ta’til olish uchun ariza bilan murojaat etishi lozim.

Ushbu qarorga ko‘ra quyidagi hollarda talaba akademik ta’til olishi mumkin:

– salomatligini tiklash uchun;
– homiladorlik va tug‘ish uchun;
– va boshqa holatlarda.


Demak, yuqoridagi asoslar bo‘lganda va OTMda masofaviy ta’lim shakli bo‘lganda o‘qishni onlayn shaklga o‘zgartirish mumkin.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Nov, 14:10


“Imtihonlardan qanday qilib yuqori ball bilan o‘tib olyapsan?” deb savol berishganda men:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Nov, 12:50


⚡️Universitetdagi yakuniy nazorat imtihonlarining boshlanish sanalari:

16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining barcha 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi.

23.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi.

20.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Nov, 12:15


⚡️Ma’lumot o‘rnida!

Mazkur @ytittalaba Telegram kanali oddiy universitet talabasi tomonidan yuritiladi.

Men universitet xodimi yoki qaysidir bo‘limda faoliyat olib boradigan mas’ul vakil emasman.

Kanal doirasida menga yo‘llanadigan har bir savol va murojaatlarga javob berish majburiyatini zimmamga olmaganman. Zero, universitetda bevosita murojaatlar bilan ishlaydigan va falon million so‘m oylik-maosh oladigan alohida mas’ul shaxslar bor.

Men ayni vaqtda universitetning Turizm yo‘nalishi, 4-bosqich, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olaman.

Kanal faoliyati davomida talabalar va universitet hayotida bo‘layotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, yangiliklar shuningdek, talabalarni qiynayotgan mavzularga nisbatan tanqidiy fikrlarimni yozib turaman.

Kanalda universitet va ta’limga oid joylanadigan postlarda doim rasmiy kanal hamda manbalarga tayaniladi. “Bu norasmiy kanal bo‘lsa, undagi ma’lumotlar ham feyk bo‘lsa kerak?” degan xavotirga bormang, hammasi nazoratim ostida.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Nov, 12:00


⚡️2 kundan keyin onlayn darslar boshlanadi!

Joriy yilning 23-noyabr sanasidan boshlab sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladigan talabalar uchun onlayn dars mashg‘ulotlariga start beriladi.

Onlayn dars mashg‘ulotlari Zoom platformasi orqali, haftaning har shanba va yakshanba kunlari tashkil etiladi.

Tez orada mazkur talabalar uchun guruhlar kesimida dars jadvali e’lon qilinadi va talabalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan guruh jadvali bilan yaqindan tanishib, 23-noyabr sanasidan boshlab onlayn darslarda ishtirok etishadi.

Talabalar o‘z yo‘nalishlari va guruh raqamlarini student.kiut.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin. Mana bu havola ostida esa student.kiut.uz saytiga qay tartibda kirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Nov, 08:35


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Nov, 17:45


Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarining qisqartmalari:

🏗️ School of Engineering:

«MEC» – Mechatronics
«ELE» – Electrical Engineering
«LEN» – Lift Engineering
«MEN» – Mechanical Engineering
«ISE» – Information System Engineering
«CEN» – Civil Engineering
«REN» – Renewable Engineering
«AUD» – Architecture and Urban Design
«TRM» – Traffic Management
«SPT» – Space Technology

💰 School of Business and Finance

«FIN» – Finance
«ACC» – Accounting
«BAN» – Banking
«TOU» – Tourism
«IMA» – International Marketing
«BMA» – Business Management
«IER» – International Economic Relations

👨‍🏫 School of Education

«TRS» – Translation Studies (Chinese and English)
«SPD» – Special Pedagogy
«HST» – History
«ENG» – English Education
«KOR» – Korean Philology
«PRI» – Primary Education
«PRE» – Pre-School Education
«UZB» – Uzbek Language and Literature
«PSY» – Psychology
«RUS» – Russian Language
«TRK» – Theory and Practice of Translation (Turkish Language)

🎨 School of Art

«FAD» – Fashion Design
«PNG» – Painting
«BAT» – Beauty Aesthetics
«IND» – Interior Design

⚕️School of Medicine

«DNT» – Dentistry
«MED» – Medicine
«NRS» – Nursing
«PED» – Pediatrics

Qo‘shimcha: agarda yuqoridagi qisqartmalardan keyin “E” yoki “P” harflari yozilgan bo‘lsa, bu kechki “E”Evening yoki sirtqi “P” Part-Time ta’lim shakliga tegishli guruhga aloqador yo‘nalish bo‘ladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Nov, 16:00


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Nov, 14:35


⚡️Talabalar o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ikki xil uslubda yuklab olishlari mumkin:

1) student.kiut.uz saytidagi “Reference” bo‘limi orqali;

2) HEMIS tizimidagi talaba.kiut.uz sayti orqali.

Agarda siz ishlaydigan korxona, tashkilot yoki vakolatli organ “O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomangni olib kel!” deb so‘rasa, ularga bemalol shaxsiy kabinetingiz yoki HEMIS tizimi orqali yuklab olingan ma’lumotnomani taqdim etishingiz mumkin.

P. S. yuqoridagi rasmda o‘zimga tegishli bo‘lgan o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani shartli misol tariqasida keltirib o‘tyapman. Ushbu ma’lumotnomani HEMIS tizimi orqali yuklab olganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

19 Nov, 12:55


⚡️Bugun A bino 512-xonaning ahvoli.

Bizga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun ushbu auditoriyada tibbiyot yo‘nalishi talabalarining leksiya darslari bo‘lib o‘tgan va ular chiqib ketgandan keyin xona shu holatga tushgan ekan.

Tozalik va osoyishtalikka doir tartib-qoidalar bo‘yicha million marta tushuntirish berilgan. Hozir ularni yana bir marotaba yozib o‘tirishdan biror naf yo‘q, deb o‘ylayman.

Shunchaki, “Odam bo‘laylik!” deyman xolos.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Nov, 16:05


⚡️Universitetdagi barcha bosqich talabalari uchun eng muhim sanalar!

🗓23.11.2024 – sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓14.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining barcha 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓23.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓29.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-4-bosqich hamda sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq nihoyasiga yetadi

🗓06.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓20.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓26.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq nihoyasiga yetadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Nov, 13:00


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki ta’lim), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

Yo‘qotilgan yoki yangilanishi kerak bo‘lgan talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Nov, 09:15


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan biror reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Nov, 14:10


⚡️Universitetdagi yakuniy nazorat imtihoni boshlanish sanalari:

18.11.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 3-bosqich HSTP va TRMP yo‘nalishi, sirtqi ta’lim 2-bosqich Calendar guruhlari hamda sirtqi ta’lim 2-3-bosqich Memorandum guruhi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining barcha 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

23.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

20.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Nov, 13:40


⚡️cabinet.kiut.uz saytiga ayrim fanlardan joriy o‘quv yilidagi imtihonga mo‘ljallangan namunaviy savollar to‘plami birma-bir joylashtirilyapti ekan.

Agarda fanlar nomi oldida 2024-2025 deb yozilgan bo‘lsa, demak yaqinlashib kelayotgan yakuniy nazorat imtihonlarida xuddi shu savollar tushadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

13 Nov, 11:35


⚡️O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ikki xil uslubda yuklab olish mumkin:

1) student.kiut.uz saytidagi “Reference” bo‘limi orqali;

2) HEMIS tizimidagi talaba.kiut.uz sayt orqali.

Agarada siz ishlaydigan korxona, tashkilot yoki biror vakolatli organ “O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomangni olib kel!” deb so‘rasa, bemalol shaxsiy kabinetingiz yoki HEMIS tizimi orqali yuklangan ma’lumotnomani taqdim etishingiz mumkin.

P. S. yuqoridagi rasmda Hemis tizimi orqali o‘zimga tegishli ma’lumotnomaning ko‘rinishi. Uni shartli misol tariqasida keltirib o‘tyapman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

12 Nov, 16:30


⚡️Pulli qayta topshirish imtihonlari uchun belgilangan to‘lovni onlayn pul o‘tkazmalar orqali ham amalga oshirish mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

12 Nov, 10:55


⚡️Retake imtihonlariga aloqador muhim ma’lumotlar!

Universitetda deyarli har hafta davomida qayta topshirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Qayta topshirish imtihonlariga ariza yozish istalgan ish kunida universitetning A 305-xonasida qabul qilinadi.

Odatda qayta topshirish imtihonlariga ariza yozgan talabalar uchun imtihon jarayonlari haftaning ikkinchi qismida (payshanba yoki juma kuni) qo‘yib beriladi.

Qayta topshirish imtihoni belgilanadigan kun, vaqt va auditoriya raqami kabi birlamchi ma’lumotlar student.kiut.uz saytidagi “Exam Schedule” bo‘limiga joylashtiriladi.

Talabalar universitetda belgilangan ichki tartib-qoidalar bo‘yicha ikki xil tartibda – tekin va pulli tizimdagi qayta topshirish imtihonlarida ishtirok etishadi.

Qayta topshirish imtihonlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball – 70.

Talabalarning semestr davomida fan o‘qituvchisidan olgan bali (fan o‘qituvchisidan olish mumkin bo‘lgan maksimal ball 30 ga teng) saqlanib qolinadi.

Talabalar test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali onlayn tarzda tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

Yozma va loyiha ishi shaklidagi qayta topshirish imtihoni materiallarini Moodle platformasi orqali yuklab olish yoki fan o‘qituvchilariga murojaat qilgan holda tanishib chiqish mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

12 Nov, 06:55


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan biror reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

11 Nov, 14:00


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

11 Nov, 11:30


⚡️Oxirgi vaqtda ayrim shaxsiy muammolarim bilan bo‘lib, kanalga tayinli vaqt ham ajrata olmayapman.

Vaholanki, bu kanal formati to‘laligicha mustaqil bo‘lib, u hech kimning buyrug‘i yoki homiyligi ostida yuritilmaydi.

Ya’ni, o‘zimga ma’qul kelgan va talabalarga foydali deb bilgan ma’lumotlarimni o‘zim xohlagan vaqtda kanalga joylashtirib turaman xolos.

Kanaldagi izohlar qismi ochilganda, unga yo‘llangan barcha savollarga javob berish yoki bermasligim ham – bu mening xohishim.

Avvalo, minnat qilish bo‘lmasin-ku, lekin sizlarga oddiy talaba sifatida universitetda oylik maosh oladigan va qaysidir lavozimni band qilib o‘tirgan mas’ul xodimlar berishi kerak bo‘lgan shuncha ma’lumotlarni beminnat berib kelyapman, kanaldagi ovozli chatlar ham siz obunachilarga yordam bo‘lsin, deb tashkil etiladi.

Bu uchun menga qandaydir imtiyoz yoki qo‘llovlar bor, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, hech qanday qo‘shimcha imkoniyat yoxud rag‘batlantirish yo‘q!

Qani, o‘zingiz holisona ayting-chi, qaysi rasmiy kanal siz yozadigan yoki qo‘ng‘iroq qilib aytadigan savollaringizga javob beryapti? Qaysi?

Agarda bu savolga “Falonchi kanal!” deb ayta olganingizda, menikiga o‘xshagan norasmiy kanallarda yurmagan bo‘lardingiz, deb o‘ylayman.

Shunday ekan, mendan (ya’ni, mazkur kanaldan) nimalarnidir talab qilishga shoshilmang. Kanalda universitet va ta’limga aloqador bo‘lgan 10K dan ortiq post joylashtirilgan.

Kerak bo‘lsa, kanaldagi qidiruv bo‘limidan o‘zingizga kerakli ma’lumotni topib, savolingizga javob olib ketavering!

Ha aytgancha, kanalda sizdan hadeb yordam so‘rayverib joningizga tegib ketgan bo‘lsam ham kerak. Shukr-ki, kanalda inson sifatida, bir musulmon sifatida holatimni tushunib qo‘lidan kelgancha yordam bergan talabalar ham bor ekan, ularga katta rahmat!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Nov, 17:30


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

Talabalik ID kartasi olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Retake imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Nov, 16:30


⚡️Turar joy (kvartira) g‘amini hozirdan o‘ylayvering!

Kuni kecha ayrim sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun yangilangan tartibdagi oflayn dars sanalari e’lon qilindi.

Jumladan, 14.12.2024 sanasidan boshlab sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich (barcha guruh) talabalari uchun oflayn darslarga start beriladi.

06.01.2025 sanasidan esa sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

Mazkur sanadan boshlab universitetga keladigan va viloyatdan poytaxtga kelib o‘qiydigan talabalar turar joy (kvartira) masalasini hozirdan o‘ylab qo‘yavering.

Bilasiz, universitetda talabalar turar joyi mavjud emas. Shunday ekan, imkon qadar universitet hududiga yaqinroq joydan kvartiralar topib, oldindan gaplashib qo‘ying, umumiy narx-navo bilan tanishib chiqing.

Universitet Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan. Kvartiralarni ham bevosita mana shu Yakkasaroy tumanidan shuningdek, Sergeli, Yangi hayot va Chilonzor tumanlaridan ham qidirsangiz, ushbu tumanlar universitetga nisbatan yaqinroq va kelib-ketishga birmuncha qulay.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Nov, 16:15


⚡️Sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun oflayn darslar 14-dekabr sanasiga ko‘chirilganidan keyin, ayrim talabalar kanalimizga aloqador murojaat botiga “Biz avval 2 hafta dars o‘tardik, nega bu safar faqat 1 hafta uchun darslar qo‘yilgan, biz axir falon summadagi kontraktni nima uchun to‘layapmiz?” deb e’tiroz ohangida savollar yozishibdi.

Men talabalarning ushbu e’tiroziga to‘laqonli qo‘shilaman, savol o‘rinli berilgan, deb hisoblayman va ular bilan hamnafasman.

Faqat, shu va shunga o‘xshash murojaatlarni menga (ya’ni, ushbu kanalga) emas, balki bevosita universitetga aloqador rasmiy kanallarga yo‘llasangiz, o‘ylaymanki, savolingizga aniq javobni aynan ulardan olasiz.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Nov, 11:30


⚡️Universitetdagi barcha bosqich talabalari uchun eng muhim sanalar!

🗓️11.11.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun onlayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓️23.11.2024 – sirtqi ta’lim shaklining qishki guruh 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓️14.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓️16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️23.12.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️29.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-4-bosqich hamda sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq nihoyasiga yetadi

🗓️06.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari boshlanadi

🗓️20.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️26.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq nihoyasiga yetadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Nov, 09:10


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va talabalarga foydali bo‘lgan biror reklama posteringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari va narxlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

Muhim: bugun reklama e’lonlarini joylashtirmoqchi bo‘lganlar uchun narxlarda juda katta chegirma 1,000 so‘m e’lon qildik. Bunday chegirma boshqa bo‘lmasligi mumkin, shoshiling! 🏃

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

10 Nov, 09:00


⚡️Universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan barcha bosiqch talabalari uchun yana 5 hafta o‘qish muddati qoldi xolos.

5 haftadan keyin, aniqrog‘i, 16-dekabr sanasidan boshlab mazkur talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlariga start beriladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

09 Nov, 18:00


⚡️Sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari uchun oflayn dars mashg‘ulotlari 14-dekabr sanasidan boshlanar ekan.

Ya’ni, avvalgi o‘quv reja bo‘yicha, 6-yanvar sanasidan boshlanishi kerak bo‘lgan oflayn dars mashg‘ulotlari 14-dekabr sanasiga ko‘chirilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

08 Nov, 09:35


⚡️Universitetda mavjud bo‘lgan dekanatlar bilan bog‘lanish uchun ichki telefon raqamlar!

– “Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maxsus Pedagogika” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 110)
🚪Kabinet: A 419

– “Axborot tizimlar muhandisligi”, “Elektrotexnika”, “Mexatronika” va “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 144)
🚪 Kabinet: B 611

– “Arxitektura va shaharsozlik” hamda “Qurilish” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 131)
🚪 Kabinet: B 311

– “Biznesni boshqarish” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 132)
🚪 Kabinet: A 306

– “Moliya”, “Bank ishi” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 122)
🚪 Kabinet: A 520

– “Turizm”, “Xalqaro marketing” va “Tarix” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 130)
🚪 Kabinet: C 504

– “English Education” va “Tarjimashunoslik” (xitoy va ingliz tillari) yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 160)
🚪 Kabinet: B 806

– “Koreys tili filologiyasi” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 125)
🚪 Kabinet: A 316

“Tibbiyot” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 169)
🚪 Kabinet: M 201

– “Kechki ta’lim”
shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 215)
🚪 Kabinet: A 521

– “Sirtqi ta’lim” shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 128, 163, 164)
🚪 Kabinet: A 103

– “Magistratura mutaxassisliklari” dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 137)
🚪 Kabinet: C 106

Agarda universitet yoki yo‘nalish dekanatlariga biror murojaatingiz bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxat orqali o‘zingizga tegishli dekanat raqamini terib, belgilangan ish kunlari va ish soatlarida ularga qo‘ng‘iroq qiling!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

08 Nov, 07:15


⚡️Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Qayta topshirish imtihonlariga ariza yozish istalgan ish kunida, universitetning A 305-xonasida amalga oshiriladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

08 Nov, 06:00


🇩🇪Yozgi ta’tilni “Work & Travel” dasturi orqali Germaniya va yana bir qancha Yevropa davlatlarida o‘tkazing!

Bu uchun sizga “STUDYFREE CONSULTING” o‘z xizmatlarini taklif qiladi.

🌍Work and Travel dasturi – bu talaba yoshlar uchun mo‘ljallangan xalqaro almashinuv dasturi bo‘lib, unda qatnashadiganlar asosan Germaniyada ishlash va dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

🎓Dasturda kimlar ishtirok etishi mumkin?

18-30 yoshdagi shuningdek, bakalavriat bosqichining 1-2-3-bosqich talabalari.

🗓️Dastur davomiyligi:

– Asosan, yozgi ta’til vaqtida 3-4 oy davom etadi (may-avgust).

🔥Dasturda ishtirok etishning afzalliklari:

– Mehnat tajribasi;
– Yevropa davlatlari bo‘ylab sayohat;
– Madaniy xilma-xillik.

💰O‘rtacha ish haqi:

– Soatiga $10-15 atrofida (tanlangan ishga qarab).

🇬🇧Qatnashuvchilarning ingliz tilini bilishi ularga ustunlik beradi.

🤝 Dasturda ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning:

📞Telefon: 955153030
👨🏻‍💻Telegram:
Work & Travel
📍Manzil: Yunusobod, Chinobod 5A (metro Shahriston)

Ytittalaba

08 Nov, 04:30


⚡️attendance.kiut.uz sayti orqali davomatingizni onlayn tarzda tekshirib borishingiz mumkin.

Universitetga kirish va chiqish vaqtida ID kartangizni nazorat qurilmasidan o‘tkazgan paytingizdagi ma’lumotlar mazkur saytga avtomatik joylanib boriladi.

Mana bu havola ostida attendance.kiut.uz saytiga qay tartibda kirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

07 Nov, 13:10


⚡️HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Talabalik ID kartasi olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Retake imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

31 Oct, 16:00


⚡️Talabalar uchun kerak bo‘ladigan eng muhim saytlar!

HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Moodle platformasiga kirish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki), pt.kiut.uz (sirtqi ta’lim)

Talabalik ID kartasi olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Retake imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

31 Oct, 15:00


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan biror reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

31 Oct, 13:50


⚡️Joriy o‘quv yili bo‘yicha universitetning sirtqi ta’lim shakliga qabul qillingan, belgilangan kontrakt to‘lovini amalga oshirgan, kerakli hujjatlarni universitetga taqdim etgan va 18-noyabr sanasidan onlayn darslari boshlanishi kerak bo‘lgan ammo, student.kiut.uz saytiga hali ham kira olmayotgan 1-bosqich talabalari bu masala bo‘yicha tegishli dekanatingiz yoki qabul bo‘limiga murojaat qiling.

Negaki, ayni paytda talabalikka tasviya etilganlik to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqqan talabalarning shaxsiy ma’lumotlari allaqachon universitet bazasiga kiritilgan va mazkur turdagi talabalarga shaxsiy kabinet shakllantirilgan.

Agarda siz student.kiut.uz saytiga kira olmayotgan bo‘lsangiz, demak siz uchun hali buyruq shakllantirilmagan bo‘lishi mumkin. Bu masalani o‘zingiz uchun yanada aniqlashtirish maqsadida esa, yuqorida aytib o‘tganimdek tegishli bo‘limlarga murojaat qiling.

📞Sirtqi ta’lim shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun telefon raqam: 781294040 (ichki 128, 163, 164)

📞Qabul bo‘limi bilan bog‘lanish uchun telefon raqam: 781294040 (ichki 1)

Imkon qadar belgilangan ish kunlari va ish soatlari paytida telefon qiling. Agarda telefoningizga javob berishmasa, unda bilmadim, men faqat mana shu yergacha yordam bera olaman xolos!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

31 Oct, 13:30


⚡️Sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun onlayn dars mashg‘ulotlari boshlanishiga 17 kun qoldi.

Mazkur talabalar uchun onlayn darslar 18-noyabr sanasidan boshlanadi. Onlayn dars jarayonlari Zoom platformasi orqali tashkil etiladi. Onlayn darslarda ishtirok etish uchun maxsus login va parollar yo‘nalishlar kesimida taqdim etiladi.

Ungacha esa mobil qurilmangiz yoki shaxsiy kompyuteringizga Zoom platformasini yuklab oling.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

31 Oct, 13:00


⚡️Universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan barcha bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanishiga 45 kun qoldi.

Mazkur talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari 16-dekabr sanasidan boshlanadi. Imtihon shakli ta’lim yo‘nalishlari va fanlar doirasidan kelib chiqqan holda test, yozma va loyiha ishi ko‘rinishida tashkil etiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

31 Oct, 12:45


⚡️Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

31 Oct, 07:00


⚡️Bugungi обед!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Oct, 12:40


⚡️Istalgan mavzu bo‘yicha prezentatsiya tayyorlashda qo‘l keladigan ayrim bepul sayt va ilovalar ro‘yxati:

– canva.com
– prezi.com
– workspace.google.com
– slidesgo.com

– gamma.app
– gemini.google.com
– freepik.com
– pixlr.com

Mazkur sayt va ilovalar yordamida siz o‘zingiz kutgandan-da bejirim prezentatsiyalar tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun sizdan birozgina mehnat va izlanish talab etiladi xolos.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Oct, 12:05


⚡️18-noyabr sanasidan sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn darslar boshlanadi.

Onlayn dars jarayonlari Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi. Onlayn darslarda ishtirok etish uchun maxsus login va parollar ta’lim yo‘nalishlari kesimida taqdim etiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Oct, 12:00


⚡️Keyingi haftadan, aniqrog‘i 4-noyabr dushanba kunidan sirtqi ta’lim shaklining 3-bosqich HSTP va TRMP yo‘nalishlari, shuningdek, 2-bosqich yozgi guruhlar hamda Memorandum asosida tahsil oladigan talabalar uchun oflayn dars jarayonlari boshlanar ekan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Oct, 11:00


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan biror reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Oct, 10:00


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

30 Oct, 08:55


⚡️O‘qituvchilar uchun ajratilgan liftdan talabalar ham erkin foydalanishyapti. Bu, albatta, yaxshi!

Talabalardan so‘ragan bo‘lardim-ki, lift sig‘imini inobatga olgan holda navbat bilan, bir-biringizni o‘zaro hurmat qilgan holda harakatlaning!

Shu o‘rinda, o‘qituvchilardan ham shuni iltimos qilardim-ki, mabodo siz liftda bo‘lgan paytingiz talabalar ham liftga chiqmoqchi bo‘lishsa, liftni xuddi o‘zingiz qurib qo‘ygandek ularga “shirin” nigohlaringizni qaratmasdan, teng huquqli jamiyat prinsiplariga muvofiq ish tuting.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Oct, 17:30


⚡️HEMIS tizimiga kirish uchun sayt – talaba.kiut.uz

Talabalik ID kartasi olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Davomatni onlayn tarzda tekshirib borish uchun sayt – attendance.kiut.uz

Test shaklidagi Retake imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Oct, 15:30


🌿Kecha Toshkentdagi Botanika bog‘iga borganim haqida aytgandim.

O‘sha yerdan olgan kadrlarimni bitta video ostida birlashtirib, Instagram’da reels joylashtirgandim.

Agarda Instagram’da ham bor bo‘lsangiz, ushbu reelsga layk bosib keting, quyida havola qoldiraman:

https://www.instagram.com/reel/DBtoGDqt1dB/?igsh=MXFkdmdta3JjNnJyMQ==

Botanika bog‘i manzilini esa mana bu havola ostida belgilab o‘tganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Oct, 14:00


⚡️Aytishlaricha, universitetda ichki grant (scholarship) uchun hujjat topshirgan talabalarning natijasi mazkur haftada e’lon qilinishi mumkin ekan.

Bu rasmiy xabar emas!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Oct, 13:00


⚡️Moodle platformasiga kirish uchun havola: kunduzgi va kechki ta’lim – intranet.kiut.uz

Sirtqi ta’lim – pt.kiut.uz

Moodle platformasida fanlardan o‘tiladigan darsliklar yuzasidan o‘quv qo‘llanma va prezentatsiyalar joylashtirilgan bo‘ladi.

Shuningdek, yakuniy nazorat imtihonlari oldidan namunaviy savollar to‘plami ham odatda Moodle platformasiga joylashtiriladi.

Talabalar o‘zlari tahsil oladigan ta’lim shakliga tegishli bo‘lgan maxsus sayt orqali Moodle platformasiga kirib, undagi kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari mumkin.

Mana bu havola ostida esa Moodle platformasiga qay tartibda kirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Oct, 11:00


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan biror reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Oct, 08:08


⚡️Oshxonaga xato paytda tushib qoldim shekilli 🗿

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

29 Oct, 04:00


⚡️Men 25% kontraktimni to‘laganman. Qolgan 25% qismini qachongacha to‘lashim kerak?

Mazkur ma’lumot universitet va talaba o‘rtasida imzolanadigan to‘lov shartnomasi hujjatida yozib o‘tilgan bo‘ladi.

Masalan, yuqoridagi namunada ko‘rish mumkin-ki, dastlabki 50% kontrakt miqdori joriy yilning 1-oktyabr sanasiga qadar to‘lanishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Odatda, turli shart-sharoitlar yuzasidan aksariyat talabalar shartnomada belgilangan muddatga qadar kontrakt to‘lay olishmasligi mumkin.

Mana shunday talabalarga holis va do‘stona tavsiyam, bu to‘g‘risida imkon qadar dekanatingizni ogohlantirib qo‘ying va yakuniy nazorat imtihonlariga qadar belgilangan kontrakt summalarini to‘lab qo‘ying.

Ya’ni, “Dekanat yoki universitet kontrakt to‘la, deb aytmayapti-ku!” deb bamaylixotir yuravermang.

To‘lov shartnomasini contract.kiut.uz sayti orqali yuklab olishingiz mumkin. Mana bu havola ostida esa mazkur saytga qay tartibda kirish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 18:35


⚡️Dars davomida o‘tayotgan fanlaringizda taqdim etiladigan darsliklar, o‘quv materiallari va prezentatsiyalar bilan Moodle platformasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Mana bu havola ostida Moodle platformasiga qay tartibda kirish mumkinligi batafsil tushuntirib o‘tiligan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 17:30


⚡️Ishonavering, ayni paytda siz va biz eng shirin damlarimizni boshimizdan kechiryapmiz. Universitet va talabalik davrining qadriga yeting!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 15:45


⚡️Universitet oshxonasiga taxminan 12:00 atrofida kirib qolsang deyarli shunaqa ovozlarni eshitasan:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 14:05


⚡️Universitetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlarining dekanatlari joylashgan kabinet raqamlari!

Muqobil energiya”, “Kosmik texnologiyalar”, “Lift muhandisligi”, “Axborot tizimlari muhandisligi”, Elektrotexnika”, “Mexatronika”, “Yo‘l harakatini boshqarish”, “Amaliy matematika” va “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishlari dekanati – B 711-xona 🚪

Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maxsus Pedagogika” yo‘nalishlari dekanati – A 419-xona 🚪

Arxitektura va shaharsozlik”, “Interyer dizayn”, “Qurilish” va “Rangtasvir” yo‘nalishlari dekanati – B 311-xona 🚪

Biznesni boshqarish” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari dekanati – A 306-xona 🚪

Moliya”, “Bank ishi” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlari dekanati – A 520-xona 🚪

Turizm”, “Xalqaro marketing” va “Tarix” yo‘nalishlari dekanati – C 504-xona 🚪

English Education” va “Tarjimashunoslik” (xitoy va ingliz tillari), “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (turk tili), “O‘zbek tili va adabiyoti
hamda “Rus tili” yo‘nalishlari dekanati – B 806-xona 🚪

Koreys tili filologiyasi” yo‘nalishi dekanati – A 316-xona 🚪

“Liboslar dizayni”
yo‘nalishi dekanati – C-801-xona 🚪

“Chiroy estetikasi”
yo‘nalishi dekanati – C 306-xona 🚪

Kechki ta’lim
shakli dekanati – A 521-xona 🚪

Sirtqi ta’lim
shakli dekanati – A 103-xona 🚪

Magistratura mutaxassisliklari
dekanati – C 106-xona 🚪

“Tibbiyot”
yo‘nalishlari dekanati M 206-xona🚪

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 12:05


⚡️Mazkur @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin!

O‘quv markazlari, onlayn kurslar, ish e’lonlari, kompyuter xizmatlari va umumiy talabalarga foydali bo‘lgan biror reklama posterlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

👨🏻‍💻@ytittalaba_reklama_bot

Kanalda reklama joylashtirish shartlari mavjud. Ushbu shartlar bilan esa quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

📥 Reklama joylashtirish shartlari

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 11:20


⚡️Test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Saytga kirish tartibi: dastlab talabaning ID karta raqami teriladi. Parol degan qismiga esa pasport seriya va raqami kiritiladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 09:50


⚡️Yuqorida HEMIS tizimiga qay tartibda kirish kerakligi to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni taqdim etdim.

Agarda siz shunda ham HEMIS tizimiga kira olmayotgan bo‘lsangiz, unda o‘zingizga tegishli eng muhim ma’lumotlarni odatdagidek o‘zimizning jonajon student.kiut.uz sayti orqali olavering.

Mana bu havola ostida esa student.kiut.uz sayti qay tartibda kirish mumkinligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 09:40


⚡️talaba.kiut.uz saytiga OneID orqali kiring, baraka topgurlar!

Buning uchun avvalo, OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Mana bu havola ostida esa OneID tizimiga qay tartibda kirish mumkinligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 09:30


⚡️HEMIS tizimi orqali o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mana shu ko‘rinishda yuklab olinar ekan.

Agarada siz ishlaydigan korxona, tashkilot yoki organ “O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomangni olib kel!” deb so‘rasa bemalol HEMIS tizimi orqali yuklangan hujjatni taqdim etishingiz mumkin.

P. S. yuqoridagi ma’lumotnoma o‘zimga tegishli. Uni shartli misol tariqasida keltirib o‘tyapman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 09:10


⚡️HEMIS tizimiga kirish uchun havola: talaba.kiut.uz

Saytga OneID orqali kirish mumkin. Mana bu havola ostida esa One ID tizimga qay tartibda kirish mumkinligi batafsil tushuntirilgan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 08:55


⚡️Tizimda universitetga oid muhim ma’lumotlar ham joylashtirilgan.

Masalan, universitetimizning bakalavriat bosqichida tahsil oladigan umumiy talabalar soni 33 mingdan ziyod ekan.

Statistikaga ko‘ra, talaba qiz va ayollar soni talaba yigitlardan ko‘ra ko‘proq ekan.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 08:45


⚡️Shuningdek, HEMIS tizimida talabaga tegishli bo‘lgan eng muhim ma’lumot va hujjatlar joylashtirilgan bo‘ladi.

Talabalar o‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki reyting ko‘rsatkichi (Transkript) kabi hujjatlarni ham bevosita HEMIS tizimi orqali yuklab olishlari mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 08:40


⚡️HEMIS tizimiga kiritilganligimiz haqida qisqacha tushuntirish.

Yuqoridagi skrenshotda shaxsan o‘zimning ma’lumotlarim HEMIS tizimida chiqib kelyapti.

Mazkur tizimga talaba.kiut.uz sayti orqali kirishingiz va ma’lumotlaringiz bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 08:00


⚡️Universitetning barcha ta’lim shakli talabalari uchun eng muhim sanalar!

🗓️18.11.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn darslar boshlanadi

🗓️15.12.2024 – xuddi shu talabalar uchun onlayn dars jarayonlari yakunlanadi

🗓️16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️29.12.2024 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va qishki ta’til boshlanadi

🗓️06.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn darslar boshlanadi

🗓️20.01.2025 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️26.01.2025 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq tugaydi

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

27 Oct, 07:00


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Oct, 15:20


⚡️attendance.kiut.uz sayti orqali davomatingizni onlayn tarzda tekshirib borishingiz mumkin.

Universitetga kirish va chiqish vaqtida ID kartangizni nazorat qurilmasidan o‘tkazgan paytingizdagi ma’lumotlar ushbu saytga avtomatik joylanib boriladi.

P. S. yuqoridagi ma’lumotlar o‘zimga tegishli. Uni shartli misol tariqasida keltirib o‘tyapman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Oct, 14:01


📢YANGI POTOK!!!

Bu kurs kimlar uchun:

▫️Real hayotda ishlatilinadigan kundalik Koreys tilini oson, qiziqarli va o’zgacha uslubda o’rganishni istovchilar!

▫️O’qish yoki ishiga halaqit bermagan holda bo’sh vaqtiga moslab erkin shug’ullanishni istovchilar!

▫️Kundalik Koreys tili + Topik lug’at boyligini oshirishni istovchilar!

▫️Har hafta o’tkaziladigan qiziqarli Quiz o’yinlar orqali bilimini mustahkamlab borishni istovchilar!

▫️Ham hamyonbob ham sifatli bilim istovchilar!

❗️Ushbu kursga yozilish uchun 기초 (eng boshlang’ich) darajada baza bo’lishi talab etiladi!

Qaysi platformda:
Telegram yopiq guruhda✔️

Kurs boshlanish sanasi:
28-oktyabr (dushanda)✔️

📩 Kurs haqida yanada to’liq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz @sadosha_kh ga murojaat qiling!





📱 TELEGRAM

📱 INSTAGRAM

📱 YOUTUBE

Ytittalaba

26 Oct, 12:10


⚡️Universitetda mavjud bo‘lgan dekanatlar bilan bog‘lanish uchun ichki telefon raqamlar!

👨‍🏫Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maxsus Pedagogika” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 110)
🚪Kabinet: A 419

🖥️Axborot tizimlar muhandisligi”, “Elektrotexnika”, “Mexatronika” va “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 144)
🚪 Kabinet: B 611

🏗️Arxitektura va shaharsozlik” hamda “Qurilish” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 131)
🚪 Kabinet: B 311

💰Biznesni boshqarish” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 132)
🚪 Kabinet: A 306

💲Moliya”, “Bank ishi” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 122)
🚪 Kabinet: A 520

🌎Turizm”, “Xalqaro marketing” va “Tarix” yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 130)
🚪 Kabinet: C 504

🇬🇧English Education” va “Tarjimashunoslik” (xitoy va ingliz tillari) yo‘nalishlari dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 160)
🚪 Kabinet: B 806

🇰🇷Koreys tili filologiyasi” yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 125)
🚪 Kabinet: A 316

🩺 “Tibbiyot”
yo‘nalishi dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 169)
🚪 Kabinet: M bino

🌖 Kechki ta’lim
shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 215)
🚪 Kabinet: A 521

🌝 Sirtqi ta’lim
shakli dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 128, 163, 164)
🚪 Kabinet: A 103

🎓 Magistratura mutaxassisliklari
dekanati bilan bog‘lanish uchun:

📞 781294040 (ichki 137)
🚪 Kabinet: C 106

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Oct, 10:00


⚡️Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti litsenziyasi

Mazkur litsenziya haqiqiy ekanligini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi license.gov.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin.

Litsenziya asosida faoliyat yuritadigan nodavlat (xususiy) oliy ta’lim tashkilotlarining diplomi O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘laqonli tan olinadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Oct, 08:00


⚡️Oxirgi vaqtda juda ko‘pchilik tomonidan berilayotgan savollardan biri: “Universitet HEMIS tizimiga ulanganmi?

Yuqoridagi jadvalda HEMIS tizimiga kiritilgan nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati keltirilgan.

Mazkur ro‘yxatda Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti ham mavjud (jadvalda 66-o‘rin).

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Oct, 07:45


⚡️Yana bir eslatma!

Odatda dars jadvali yangilanganligi to‘g‘risida kanallarda hech qanday xabar berilmaydi.

Eng oxirgi yangilanadigan dars jadvali uchun maxsus havola @edKIUT Telegram kanalining bio qismiga joylashtirilgan.

Talabalar har hafta oxirida mazkur havola orqali o‘zlariga tegishli bo‘lgan dars jadvali bilan tanishib chiqishlari va uni yuklab olishlari mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Oct, 07:40


⚡️Kelasi hafta uchun yangilangan dars jadvali e’lon qilindi!

Mazkur jadvalni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

https://drive.google.com/drive/folders/1Ud2rCjM099mjmKI6Hi1Okw08ZzD5_9U_?usp=share_link

Odatda har hafta oxirida o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari jadvali yangilanadi va unda ayrim guruhlardagi dars jadvallariga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritiladi.

Talabalar va ayniqsa, guruh sardorlaridan har ehtimolga qarshi hafta oxirida yangilanadigan dars jadvali bilan batafsil tanishib chiqish hamda uni guruhdoshlariga o‘z vaqtida yetkazish so‘raladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

26 Oct, 07:05


Bugun El Classico! Siz qaysi klubga muxlislik qilasiz?

Real Madrid – ⚡️
Barcelona – 🔥

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Oct, 14:35


⚡️Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Test shaklidagi yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

O‘tiladigan darsliklar yuzasidan o‘quv qo‘llanma va materiallar bilan tanishish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki), pt.kiut.uz (sirtqi)

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun sayt – student.kiut.uz

O‘qishdagi davomatni onlayn tarzda tekshirib boradigan sayt – attendance.kiut.uz

Mazkur saytlarga qay tartibda kirish mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni mana bu yerda yozib o‘tganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Oct, 13:10


⚡️Biz 4-kurs bo‘lganimizdagina kursdoshlar bilan sayohat qiladigan joylarimiz asta-sekin ko‘payyapti.

Masalan, o‘tgan gal Amaliy San’at muzeyiga borgandik. Kuni kecha esa Toshkentdagi Art Galereyasi va yana bir qancha joylarga birgalikda tur uyushtirdik.

Ushbu Art Galereyasida olgan 3-4 ta kadrlarimdan bitta video tayyorlagandim. Agarda Instagram’da ham bor bo‘lsangiz, ushbu videoga layk bosing.

Instagram’dan ko‘rish

Siz ham kursdoshlaringiz bilan birga sayohat qiling, aylaning, madaniy xordiq oling. Universitet – faqat auditoriyada o‘tirib dars qilishdan iborat emas.

Ertaga universitetni bitirganingizdan keyin eng yaxshi xotiralarni esalaganingizda faqat dars yoki auditoriyani emas, balki bevosita mazkur sayohatlarni ham, albatta, yodga olib o‘tasiz!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Oct, 11:50


⚡️Retake imtihonlariga aloqador muhim ma’lumotlar!

Universitetda deyarli har hafta davomida qayta topshirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Qayta topshirish imtihonlariga ariza yozish istalgan ish kunida universitetning A 305-xonasida qabul qilinadi.

Odatda qayta topshirish imtihonlariga ariza yozgan talabalar uchun imtihon jarayonlari haftaning ikkinchi qismida (payshanba yoki juma kuni) qo‘yib beriladi.

Qayta topshirish imtihoni belgilanadigan kun, vaqt va auditoriya raqami kabi birlamchi ma’lumotlar student.kiut.uz saytidagi “Exam Schedule” bo‘limiga joylashtiriladi.

Talabalar universitetda belgilangan ichki tartib-qoidalar bo‘yicha ikki xil tartibda – tekin va pulli tizimdagi qayta topshirish imtihonlarida ishtirok etishadi.

Qayta topshirish imtihonlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball – 70.

Bunda, talabalarning semestr davomida fan o‘qituvchisidan olgan bali (fan o‘qituvchisidan olish mumkin bo‘lgan maksimal ball 30 ga teng) saqlanib qolinadi.

Talabalar test shaklida topshiriladigan fanlar bo‘yicha qayta topshirish imtihonlariga cabinet.kiut.uz sayti orqali onlayn tartibda tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

Yozma va loyiha ishi shaklidagi qayta topshirish imtihoni materiallarini Moodle platformasi orqali yuklab olish yoki fan o‘qituvchilariga murojaat qilgan holda tanishib chiqish mumkin.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Oct, 11:20


⚡️Eslatib o‘tamiz, @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmati ham mavjud.

Ta’limga aloqador hamda talabalarga foydali bo‘lgan har qanday biznesingizni reklama qilib beramiz.

🎯 Kanalda reklama joylashtirish shartlari quyidagi havola ostida qoldirilgan:

Reklama joylashtirish shartlari

📥 Murojaat uchun: @ytittalaba_reklama_bot

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

25 Oct, 09:05


⚡️Men yo‘nalishimni o‘zgartirmoqchi edim. Hozir ichki perevod qilsam bo‘ladimi?

Universitetda ichki perevod uchun arizalar har yil 10-iyuldan 10-avgust sanasiga qadar qabul qilinadi.

Mazkur muddat davomida talabalar ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish uchun tegishli dekanatlariga ariza qoldirishlari mumkin.

Ichki perevod uchun universitetda hech qanday ichki imtihon tashkil etilmaydi. Talabalar tomonidan faqat ariza yoziladi, arizalar dekanat tomonidan ko‘rib chiqiladi va arizaning umumiy holatidan kelib chiqib perevod amalga oshiriladi yoki oshirilmaydi.

Qishki perevod yo‘qmi?

Yo‘q, universitetda qishki perevod mavjud emas!

Odatda qishki perevod davlat universitetlarida amalga oshiriladi va unda ham faqat ma’lum toifadagi talabalargagina qishki perevod jarayonlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.

Men 1-kursdan keyin boshqa yo‘nalishga ichki perevod qilsam, o‘qishimni 2-kursdan davom ettiramanmi yoki yana qaytadan 1-kursda o‘qiymanmi?

Agarda perevod uchun yozgan arizangiz dekanat tomonidan qanoatlantirilsa, 2-kursdan o‘qishni davom ettirasiz.

Ma’lumot uchun: universitetning Tibbiyot yo‘nalishlariga ichki perevod amalga oshirib bo‘lmaydi!

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 16:25


⚡️Universitetning barcha ta’lim shakli talabalari uchun eng muhim sanalar!

🗓️18.11.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn darslar boshlanadi

🗓️15.12.2024 – xuddi shu talabalar uchun onlayn dars jarayonlari yakunlanadi

🗓️16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️29.12.2024 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va qishki ta’til boshlanadi

🗓️06.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn darslar boshlanadi

🗓️20.01.2025 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️26.01.2025 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq tugaydi

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 14:25


⚡️Hali yopilmagan 5-6 ta Faillaring bor, bir yarim oydan keyin esa yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi.

Kontraktdan ham qarzdorlik bor, uni yopish kerak, o‘qituvchilar bergan topshiriqlarni ham hali to‘liq bajara olmagansan.

O‘qishdan tashqari boradigan ishing yoki to‘garaging bor, u ham qaysidir ma’noda chala davom etyapti.

Mana shu payt ichingda o‘zingga o‘zing aytgan gaping:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 12:50


⚡️Hozir avtovokzal atrofidan o‘tib ketayotgandim. Ko‘zim bevosita universitetimizning M binosiga tushdi va esdalik uchun rasmga olib qo‘ydim.

Ayrim talabalar universitetimizning M binosi borligini bilishmaydi. Chunki, ba’zan izohlarda “M blok ham bormi, bo‘lsa u qayerda?” degan savollarni ko‘rib qolaman.

Universitetning asosiy (A, B, C va D bloklar) binosidan tashqari M binosi ham mavjud va unda universitetning Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalari tahsil olishadi.

M bino joylashgan manzil:

Toshkent shahar, Bunyodkor shoh ko‘chasi 17

Geolokatsiya

Mo‘ljal: Toshkent Avtovokzal

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 09:20


⚡️Eslatib o‘tamiz, @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmati ham mavjud.

Ta’limga aloqador hamda talabalarga foydali bo‘lgan har qanday biznesingizni reklama qilib beramiz.

🎯 Kanalda reklama joylashtirish shartlari quyidagi havola ostida qoldirilgan:

Reklama joylashtirish shartlari

📥 Murojaat uchun: @ytittalaba_reklama_bot

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 06:50


⚡️Bizda ham e’tibor bersangiz, A binodagi o‘qituvchilar uchun ajratilgan liftga ba’zan talabalar chiqib qolishsa, o‘qituvchilar xuddi liftni o‘zlari qurib qo‘ygandek qovoq-tumshuq qilishadi.

Vaholanki, talabalar ham odam, orqa tarafdagi liftda joy bo‘lmagandirki, majburan old tarafdagi liftga kelishgandir.

Xullas, liftdan foydalanish masalasida bir murosaga kelib, barchaga birdek munosabatda bo‘lish kerak. Ajratmalik yoki tarafkashlik degan tushunchani olib tashlash kerak.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 06:41


⚡️Talaba eng oxirgi “сорт”dagi odam(mi)? (#)

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 06:15


⚡️Shaxsiy kabinetida hali ham “Kursdan-kursga o‘tmagan” deb yozilgan talabalar ushbu masala bo‘yicha tegishli dekanatlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 05:01


⚡️Prezentatsiya tayyorlashga qiynalayotgan yoki tushunmayotgan bo‘lsangiz, endi u muammo emas!

Sababi, istalgan mavzuda prezentatsiya tayyorlash imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi Telegram kanalga obuna bo‘ling va o‘z mavzungizni taqdim eting:

📥 Telegram: @kiutppt
👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @shohruh6464

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 18:35


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 14:55


⚡️Green Card lotereyasida rasman ro‘yxatdan o‘tdim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlanishiga esa 2 hafta vaqt qoldi xolos.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni juda ham oson va siz uni o‘zingiz uydan chiqmagan holda mustaqil to‘ldirsangiz ham bo‘ladi.

Green Card uchun faqatgina https://dvprogram.state.gov sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Mana bu havola ostida esa ushbu saytdan foydalanish va ma’lumotlarni qay tartibda kiritish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

Amerika – meni kut! 🗽

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 09:30


⚡️Men yana osh yeyishga qaytdim 😮‍💨

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 09:20


⚡️Bugun o‘zbek tili bayrami munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi va bir guruh amerikaliklar o‘zbek tilida bozor-o‘char qilishibdi.

Chet ellik elchilarning o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmati va o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan harakatini avval ham ko‘p ko‘rganmiz.

Demak, bu safar ham mazkur chellenj qaysidir ma’noda davom etibdi, qoyil!

Videoni, albatta, ko‘ring. Juda qiziq bo‘lgan, ayniqsa boshlovchi qizning harizmasiga shunchaki 5 baho!

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 07:15


⚡️6-Case bo‘yicha pulli Retake imtihonlariga ariza yozadigan talabalar belgilangan imtihon to‘lovini istalgan mobil ilovalar yordamida to‘lashlari mumkin.

Yuqorida namunaviy videoqo‘llanma joylashtirildi.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 06:40


⚡️Bugun 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Garchand, o‘zbek tili o‘z ona yurtida eng past nazar bilan qaralsa-da, o‘zini “O‘zbekman!” deb aytadigan millionlab insonlar hattoki bitta so‘zni ham to‘g‘ri yoza olmasa-da, ayrim yangi avlod vakillari “sh” harfini “w” harfiga almashgan bo‘lsa-da, bechora o‘zbek tili bizdan yuz o‘girmay kelyapti.

Bu uchun unga alohida respekt!

Kanalni ancha vaqtdan buyon kuzatadiganlar bo‘lsa yaxshi bilishadi-ki, men mazkur kanalni imkon qadar imloviy qoidalarga rioya qilgan holda yuritishga harakat qilaman. Barcha onlayn murojaat va muloqotlarimda ham shu tartibga amal qilaman.

Xuddi shunday, obunachilardan ham shuni so‘ragan bo‘lardim-ki, o‘zbek tilida so‘zlashishdan, muloqot qilishdan va o‘zbek tilida yozishdan uyalmang.

Zero, bu tilni asrovchi va rivojlantiruvchi insonlar faqat o‘zimiz! Chetdan boshqalar kelib rivojlantira olmaydi.

O‘zbek tilim – bayraming muborak! 🇺🇿

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 05:55


⚡️O‘quv xonalariga kirish va chiqish vaqtida ID kartangizni nazorat qurilmasidan o‘tkazishni unutmang.

Davomatingiz attendance.kiut.uz saytiga avtomatik tarzda ko‘chib o‘tadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 04:00


⚡️Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Test shaklidagi yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

O‘tiladigan darsliklar yuzasidan o‘quv qo‘llanma va materiallar bilan tanishish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki), pt.kiut.uz (sirtqi)

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun sayt – student.kiut.uz

O‘qishdagi davomatni onlayn tarzda tekshirib boradigan sayt – attendance.kiut.uz

Mazkur saytlarga qay tartibda kirish mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni mana bu yerda yozib o‘tganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Oct, 08:15


⚡️student.kiut.uz saytiga qaysi holatlarda kirib bo‘lmaydi?

– agarda saytga kirmoqchi bo‘lgan shaxs talaba bo‘lmasa, ya’ni talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lsa;
– agarda talaba talabalik safidan chetlashtirilgan bo‘lsa;
– shaxsiy ma’lumotlar (pasport seriya raqami yoki maxsus parol) noto‘g‘ri kiritiladigan bo‘lsa

Siz talabalikka tavsiya etilgansiz, saytga barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kirityapsiz ammo, student.kiut.uz saytiga kira olmayotgan bo‘lsangiz, unda tegishli dekanatingizga murojaat qiling.

Mana bu havola ostida universitetdagi dekanatlar bilan bog‘lanish uchun maxsus ichki telefon raqamlar ro‘yxati keltirilgan.

Ro‘yxatdan o‘zingiz tahsil oladigan dekanat telefon raqamiga belgilangan ish kunlari va ish soatlarida murojaat qiling.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Oct, 06:25


⚡️Esingizda bo‘lsa, yil avvalida yangi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab universitetda marhum rektorimiz, professor Janpolat Kudeybergenov nomidagi stipendiya ta’sis etilishi haqida xabar bergandik.

Bugundan e’tiboran mazkur stipendiyaga hujjat topshirish jarayoni boshlanibdi.

Stipendiya uchun hujjat topshirish jarayonlarida universitetning faqatgina kunduzgi ta’lim yuqori bosqich (2-3-4-kurs) talabalari hamda magistratura bosqichida tahsil oladigan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Albatta, stipendiya uchun ma’lum bir talablar o‘rnatilgan. Ushbu talablar bilan batafsil mana bu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Agarda siz o‘zingizni belgilangan talablarga javob bera oladigan talaba, sifatida ko‘rsangiz yoki o‘zingizni namoyon qila olsangiz, hujjatlaringizni topshiring.

Men ham hujjatlarimni topshiraman )

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Oct, 06:00


⚡️Eslatib o‘tamiz, @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmati ham mavjud.

Ta’limga aloqador hamda talabalarga foydali bo‘lgan har qanday biznesingizni reklama qilib beramiz.

🎯 Kanalda reklama joylashtirish shartlari quyidagi havola ostida qoldirilgan:

Reklama joylashtirish shartlari

📥 Murojaat uchun: @ytittalaba_reklama_bot

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Oct, 19:10


⚡️Kelasi hafta uchun yangilangan dars jadvali e’lon qilindi!

Mazkur yangilangan dars jadvalini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

📥 Yangilangan dars jadvali

Odatda dars jadvali yangilangandan keyin ayrim darslarning boshlanish vaqti yoki o‘quv xonalari raqami o‘zgargan bo‘lishi mumkin.

Ushbu jihatlarga e’tiborli bo‘ling!

👉 @ytittalaba