Yosh Tadbirkor University @yoshtadbirkor_university Channel on Telegram

Yosh Tadbirkor University

@yoshtadbirkor_university


💡 O‘zbekistondagi yagona 10 oylik biznes ta‘lim dasturi
🎯Kuchli biznesmenlar tomonidan o’quv darslari
💰0 dan Investitsiya olishgacha bo’lgan yo’l

Yosh Tadbirkor University (Uzbek)

Yosh Tadbirkor University, ya'ni yosh tadbirkorlar universiteti, sizga professional biznes ta'lim bilan ta’minlovchi o‘zining 10 oylik dasturini taklif etadi. Bu dasturda sizga $100,000 dollargacha investitsiya imkoniyati mavjud. Yosh tadbirkor university Qatortol ko'chasi, 60 uyda joylashgan bo'lib, ta'lim dasturi erkin va samarali dasturdir. Agar siz biznes sohasida o‘z bilimingizni oshirishni istasangiz, Yosh Tadbirkor University sizning tanlagan manzil bo'lishi mumkin. Qo'llab-quvvatlash uchun, +998781130403 raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki www.yoshtadbirkor.uz/university saytiga murojaat qiling. Yosh tadbirkor university - sizning professional rivojlanish yo'lingizda eng yaxshi yordamchi bo'ladi.

Yosh Tadbirkor University

16 Dec, 08:39


#vakansiya

📌Sotuv menejerlari kerak !!!

📍 Hudud: #Toshkent
👩🏻‍💻 Ayollar
🗓 Yosh: 26 yoshdan kichiklar

🏛 Kompaniya: "Yosh Tadbirkor University"

👨‍💻 Ish turi: Offline. Toshkent shahri

‼️ Talablar: Mas’uliyatli bo’lishi, Jamoa bilan tez chiqishib ketish , Tez o`rganish, ish tajribasi bo'lishi kerak ( Studentlarni ham qabul qilamiz )

Siz bizdan nimalar olasiz:
⭐️ 1. O'sib boruvchi, ahil jamoa
⭐️ 2. Sotuv koʻnikmalari va taʼlim
⭐️ 3. Energetik muhit

💵Maosh: ( Suxbat asosida yana kelishiladi

➡️ Ish holati: #aktiv

👩🏻‍💻 Murojaat uchun: @hi_9505

☎️Telefon: +998991167156

Yosh Tadbirkor University

04 Dec, 08:43


🔜 Tez kunda yangi loyiha!

🆕 Kutib oling "Yosh Tadbirkor University"dan Yangi Yil oldidan yangi loyiha.

💣 "Yosh Tadbirkor University" jamoasi sizlar uchun foydali va mafaatli loyihaga qo'l urmoqda.

✍️ Bu qanday loyiha deb o'ylaysiz, izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiring

@yoshtadbirkor_university

Yosh Tadbirkor University

25 Nov, 13:35


Roʻyxatdan oʻtish uchun😉

Yosh Tadbirkor University

23 Nov, 17:09


📈 Ayol-qizlar uchun maxsus trening

🔥 26-noyabr soat 14:00 da Oybarchin Obidova tomonidan "Ayollarning jamiyatdagi rivoji" mavzusida BEPUL trening bo'lib o'tadi

Trening davomida siz:

⭐️Jamiyatdagi rivoj orqali katta daromad qilish
⭐️ Oila va ishdagi balansni to'g'ri ushlash
⭐️ Ayolni rivojida pulni roli

📅 Sana: 26-noyabr
Vaqti: 14:00

📣 Trening Biznes markaz 7-qavatida "Yosh Tadbirkor University" tadbirlar zalida bo'lib o'tadi.

📱 Lokatsiya: https://shorturl.at/fuUSu

👩🏻‍💻 Onlayn roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/UAY1ExGpPqDwnUr5A

🚩 Manzil: Chilonzor tumani 60B uy, mo'ljal Parus kinoteatri
☎️ Telefon: +998337470301

Yosh Tadbirkor University

14 Nov, 08:44


Markaz rahbari Orian-Mehroj Rashidov Xitoyda xizmat safarida bo'ldi!

🇺🇿Markaz rahbari Orian-Mehroj Rashidov Xitoy Xalq Respublikasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning yosh yetakchilari uchun tashkil etilgan loyihada ishtirok etdi.

Tadbir davomida u Xitoyning turli sohalardagi tajribalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Xususan:
🏢"Aqlli shaharlar" va to‘liq avtomatlashtirilgan UYLAR
🤖 Sun’iy intellekt joriy etilgan va aqlli BOG'LAR
🚢To‘liq avtomatlashtirilgan PORTLAR
🚆POYEZD ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif
📱2 ta ELEKTRONIKA zavodiga tashrif
ShHT KO'RGAZMAlariga tashrif
✈️ Xitoyning TURIZM salohiyati va tajribasi bilan tanishish

🤝 Shu bilan birga, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yosh yetakchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mamlakatlarning tajribalari bilan tanishildi va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Yosh Tadbirkor University

13 Nov, 14:42


Biznes boshlashda eng asosiy narsa bu pulmi?

Ko'p yoshlarni qiynaydigan savollardan biriga video orqali javob berganmiz. Biznes boshlashni xohlasangiz va buni nimadan boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz sizni universitetimizga taklif qilib qolamiz

Murojaat uchun: 78 113-04-03

Yosh Tadbirkor University

07 Nov, 16:09


⚡️Qabul davom etmoqda!

🔥Sizni biznes olamiga olib boradigan 10 oylik ta'lim tizimi kutmoqda! O‘zingizni yetakchi tadbirkor sifatida rivojlantirish uchun bizning dasturimizga qo‘shiling. Amaliy bilimlar, muvaffaqiyatli strategiyalar va o‘zingizni o‘zgartiruvchi kurslar bilan biznesni boshlashga tayyorlaning.

🤩Hozirda joylar mavjud!
Yosh Tadbirkor Universiteti - sizning kelajagingizni qurishga yordam beradi!

📱Batafsil maʼlumot uchun: 78 113-04-03

Yosh Tadbirkor University

05 Nov, 07:12


#iqtibos

“Yutuqqa erishmoqchi bo‘lsangiz, boshqalar 40 soat ishlayotganida siz 100 soat ishlang.”

©️ Elon Musk

@yoshtadbirkor_university

Yosh Tadbirkor University

04 Nov, 15:34


“Yosh Tadbirkor University” da taʼlim dasturi qanday?

⚡️ Universitetimizda oʻqish muddati 10 oyni tashkil qilib, 3 oy davomida biznes, tadbirkorlikni qanday boshlash, jamoa yaratish va jamoa bilan ishlash, biznes moliyasi kabi bir qator sohalarni kuchli bilim tajribaga ega biznesmen ustozlardan oʻrganadilar.

Keyingi ikki oy davomida offlayn darslar boʻlib oʻtadi, darslarda faol qatnashgan talabalar 4 oy davomida amaliyot oʻtaydilar. Qolgan 1 oy davomida oʻz bizneslarini investorlar yordamida moliyalashtirish va yuritish ustida ish olib boradilar.

🔖 Haqiqiy atmosfera va natijasi aniq boʻlgan biznes boshqaruvini oʻrganishni istasangiz, biz sizni universitetda kutamiz.

Batafsil maʼlumot uchun: 78 113-04-03

Yosh Tadbirkor University

04 Nov, 10:52


🇺🇿 ✴️ Volontyorlar jamoasiga qabul boshlandi: jamoamizga qo‘shiling va dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiring! ✴️

🤝 Kuchli volontyorlar jamoasining bir qismiga aylaning!
Biz ijtimoiy loyihalarni rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor, faol va maqsadga intilgan insonlarni qidirmoqdamiz. Bu o‘z ko‘nikmalaringizni rivojlantirish va jamiyatga yordam berish imkoniyati!

Kimlarni qidiryapmiz:

18 yoshdan katta, mas’uliyatli va muloqotga kirisha oladigan insonlarni.
↗️ O‘zini rivojlantirishga intilgan va jamoada ishlashni biladiganlarni.
🔔 Har doim yordamga kelishga tayyor bo‘lganlarni.

Nimalarga ega bo‘lasiz:

🧑‍🎓 Qimmatli tajriba va yangi ko‘nikmalar.
💬 Jamoada ishlash tajribasi.
🏅 Minnatdorchilik xatlari va boshqa imtiyozlar.

🔗 Ariza berish uchun: http://t.me/VolunteerConnectBot
Birgalikda ko‘proq narsaga erishamiz!

🇷🇺 ✴️ Объявляем набор волонтёров: присоединяйся и меняй мир к лучшему! ✴️

🤝 Стань частью сильной команды!
Мы ищем активных и целеустремлённых людей, готовых поддерживать социальные проекты. Это возможность развивать свои навыки и помогать обществу!

Кого мы ищем:

Ответственных и коммуникабельных людей старше 18 лет.
↗️ Стремящихся к развитию и готовых работать в команде.
🔔 Готовых всегда прийти на помощь.

Что ты получишь:

🧑‍🎓 Ценный опыт и новые навыки.
💬 Командная работа и развитие.
🏅 Благодарственные письма и привилегии.

🔗 Как подать заявку: http://t.me/VolunteerConnectBot
Вместе мы можем больше!

Yosh Tadbirkor University

04 Nov, 08:40


🤩 "Yosh tadbirkor universiteti" tomonidan siz uchun ajoyib yangilik tayyorlayapmiz.

🤔 Nima deb o'ylaysiz bu qanday yangilik bo'lishi mumkin?

✍️ Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan insonga kichik sovg'amiz, ya'ni David Baxning "Latte omili" kitobi mavjud

@yoshtadbirkor_university

Yosh Tadbirkor University

02 Nov, 16:32


Universitetda kimlardan ta’lim olasiz ?

🔖 “Yosh Tadbirkor University” oʻzida kuchli tajriba va biznes boshqaruviga ega jamoani shakllantirgan. Darslar Hasan aka va Husan aka Mamasaidov, Umidjon Ishmuhammedov, Jahongir Pulatov kabi chuqur bilimga ega, salohiyatli ekspertlar tomonidan olib boriladi.

📌 Haqiqiy biznes atmosferasini his etmoqchi boʻlsangiz, biz sizni universitetda kutib qolamiz.

Batafsil maʼlumot uchun: 78 113-04-03

Yosh Tadbirkor University

31 Oct, 05:27


🤔 Hard skills va Soft skills nima?

Qattiq ko‘nikmalar (hard skills) — kasbiy, texnik ko‘nikmalar. Har bir kasb egasi muayyan ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ularni namoyish qilish, tekshirish va baholash oson. Tarjimon uchun tillarni bilish, haydovchi uchun mashinani boshqara olish, sartarosh uchun soch va soqolni ola bilish qattiq ko‘nikmalar hisoblanadi. Inson qaysi jamoa yoki kompaniyada ishlamasin, bu ko‘nikmalar o‘zgarmay qolaveradi.

Yumshoq ko‘nikmalar (Soft skills)
— qo‘shimcha, universal ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalar. Ular kasbga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin insonning hayotdagi muvaffaqiyatiga taʼsir ko‘rsatadi. Odamlar bilan muomala qilish madaniyati, nizolarni hal qilish qobiliyati, odamlarni ishontirish mahorati, moslashuvchanlik, masʼuliyatlilik, puxtalik, har ishni o‘z vaqtida bajarish, tanqidiy fikrlash, kreativlik kabi xususiyatlar "yumshoq ko‘nikmalar"ga misol bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalar nafaqat ishda, balki hayotning barcha jabhalarida kerak bo‘ladi.

@yoshtadbirkor_university

Yosh Tadbirkor University

31 Oct, 04:07


Assalomu alaykum, aziz obunachilar!
Bizning xizmatlarimizni yaxshilash uchun siz bilan yaqinroq muloqot qilishni maqsad qildik. Shuning uchun, men va marketologimiz yaqin kunlarda individual interyu tashkil qilamiz. Ushbu suhbat davomida sizdan turli savollarimizga javob olamiz va sizning fikr-mulohazalaringiz asosida biz o'z xizmatlarimizni yanada mukammal qilishni rejalashtirmoqdamiz.

Faqatgina 20 nafar omadlilar tanlanadi, shuning uchun havolani bosib, shaklni to'ldiring. Eng yaxshi va foydali javob berganlarga maxsus kitob sovg'a qilamiz!

Havolani bosing va individual suhbatda biz bilan qatnashing!

Hamma qatnashishi mumkin!
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScRPruqTjbvjw5EoCNwgwbQKtaZqQ9oQPGFUjOtRqsVtVXO7w/viewform?usp=sf_link

Yosh Tadbirkor University

28 Oct, 13:59


Biznesingizda oʻzgarishlar vaqti keldi

⚡️ Oʻzbekistonda yagona boʻlgan 10 oylik biznes taʼlim dasturiga ega “Yosh Tadbirkor University” tashkil etildi.

🔖 Biznesini yuqori choʻqqilarga olib chiqishni istaganlarni universitetimizda kutib qolamiz.

Qabul davom etmoqda, quyidagi raqamlar orqali biz bilan bog’laning

Murojaat uchun: 78 113 04 03

Yosh Tadbirkor University

15 Oct, 16:23


🚀"Ijodiy startaplar" tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi

10 nafar finalga yo'llanma olgan startap asoschilari hakamlar hay'ati oldida startap loyihalarini taqdimot qildilar.

Yakunda kreativ iqtisodiyot sohasida ijodkorlik, innovatsiya va dolzarblikni namoyish etgan uchta eng yaxshi startaplar g'olib deb topildi:

🥇 Tile Mosaic - 60 mln. so'm
🥈 Lexi Kid - 40 mln. so'm
🥉EdSmart - 25 mln. so'm

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Yosh Tadbirkor University

10 Oct, 11:31


🚀 Biznesni tizimlashtirish

Aynan shu mavzuda tizimlashtirish bo'yicha 4 yillik tajribaga ega Jamol Ergashev bilan master klass bo'lib o'tadi!

🗓 Qachon: 12-oktyabr, shanba, 15:00 da
🙋‍♂️Kimlar uchun: Bepul, barcha uchun
📍 Manzil: «YTU», Toshkent shahri, Qatortol ko'chasi 60B-uy

👉Bepul master klassda qatnashish

Yosh Tadbirkor University

08 Oct, 07:39


🧠 Ayollar tadbirkorlikda: Sizning fikringiz qanday?

👀 Bugungi kunda ko‘plab ayollar o‘z bizneslarini boshlash orqali jamiyatda katta o‘zgarishlar qilishmoqda. Ayollar uchun tadbirkorlik nafaqat moliyaviy mustaqillik, balki yangi imkoniyatlar va o’z qobiliyatlarini namoyon etish uchun kuchli vosita bo‘lib bormoqda.

Sizningcha, ayollarning tadbirkorlikka qiliishi qanday ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni olib keladi? Siz tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlaysizmi?

Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring!👇

Yosh Tadbirkor University

07 Oct, 07:25


🔣 Buxgalteriya bu - biznesning tili!

#⃣ Buxgalteriya - har qanday biznesning asosiy komponentlaridan biridir. U, nafaqat moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda, balki biznesning umumiy sog'lig'ini va barqarorligini nazorat qilishda muhim rol o'ynaydi. Buxgalteriya tili orqali biznesingizning moliyaviy holatini to'liq anglab, strategik qarorlar qabul qilishingiz mumkin.

0️⃣ Nima uchun buxgalteriya muhim?

1. Ma'lumot olish: Buxgalteriya sizga biznesingiz haqidagi ma'lumotlarni taqdim etadi. U, xarajatlar, daromadlar va foyda haqida aniq statistikalarni beradi.
2. Qaror qabul qilish: To'g'ri moliyaviy ma'lumotlar asosida strategik qarorlar qabul qilish, biznesni rivojlantirish uchun muhimdir. Buxgalteriya sizga harakatlaringizni rejalashtirishda yordam beradi.
3. Nazorat va hisobot: Buxgalteriya hisobotlari yordamida siz moliyaviy jarayonlarni nazorat qilishingiz va kerakli o'zgarishlarni amalga oshirishingiz mumkin.
4. Soliq hisoboti: Buxgalteriya yordamida siz soliq majburiyatlaringizni to'g'ri bajarasiz va imkon qadar kam xarajatlar bilan buni amalga oshirishingiz mumkin.
5. Raqobat ustunligi: Buxgalteriya tizimi orqali siz raqobatchilaringizdan oldinda bo'lib, bozor tendensiyalarini kuzatishingiz va ularga mos ravishda reja tuzishingiz mumkin.

🔢 Buxgalteriya - bu sizning biznesingizning tilidir. U sizga o'z moliyaviy ahvolingizni tushunishga yordam beradi va muvaffaqiyatli kelajakni yaratish uchun kerakli asosni beradi. Buxgalteriyani o'rganing, uning ahamiyatini tushuning va biznesingizni rivojlantirishda qo'llang!

↪️ O'zbekistondagi top biznesmenlardan ta'lim oling!

Yosh Tadbirkor University

05 Oct, 10:52


6 yillik tajribaga ega va Proactive marketing agentligi brend menejeri Farrux Hasanov "Yosh tadbirkor university" talabalarimizga oʻz bilim tajribalarini boʻlishmoqda.