🕌 Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, qomusiy olim, balki yirik davlat arbobi va sarkarda sifatida ham tarix zarvaraqlarida o’chmas iz qoldirgan. Bobur o’zining zukko va mardligi bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakatning ham siyosiy ham madaniy jihatdan yuksalishiga o’z hissasini qo’shgan.
📝 “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Boburning boy adabiy merosi va oqil shoh sifatidagi nomi dunyoning ko’plab mamlakatlarida e’tirof etiladi.