QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI @qorakol_akademik_litsey Channel on Telegram

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

@qorakol_akademik_litsey


USHBU KANALDA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI YANGILIKLARI, UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABI 9-SINF BITIRUVCHILARINI QABUL QILISH BOʻYICHA MAʼLUMOTLAR EʼLON QILIB BORILADI.

Murojaat uchun: @NazarovNozimbek @Ondayev

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI (Uzbek)

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal Qorakoʻl Akademik Litseyining rasmiy kanali hisoblanadi. Biz sizlarga litseyimiz haqida so'nggi yangiliklar, o'quv jarayonining taraqqiyotlarini, dars ishlarini va boshqa maqsadli ma'lumotlarni taqdim etamiz

Qorakoʻl Akademik Litseyi Toshkent viloyati Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahrida joylashgan eng yuqori malakalarga ega oʻrta ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bizning litseymizda talabalarga eng zamonaviy ta'lim usullari bilan yuqori malakali o'qituvchilar tomonidan ta'lim beriladi

Agar siz o'zbek tili, matematika, fizika, Ingliz tili yoki boshqa fanlar bo'yicha yuqori darajada bilim olishni istasangiz, QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI siz uchun eng yaxshi manba bo'ladi. Bizning kanalimizda siz uchun foydali ma'lumotlar va eng so'nggi litseyimiz bo'yicha yangiliklar mavjud

Sizga qanday yordam bera olishimizni bilmaysizmi? Kanalimizga obuna bo'ling va sizga eng so'nggi xabarlar va ma'lumotlar to'g'risida xabar beramiz. Bizning davom etayotgan taraqqiyotlarimizni kuzatib borish uchun kanalimizga a'zo bo'ling! QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI - eng yangi va foydali birinchi ma'lumotlar uchun joy!

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

04 Feb, 14:15


📣 Xalqaro muhandislik-fizika olimpiadasida ishtirok eting va Milliy tadqiqot yadro universiteti (MIFI) Toshkent filiali talabasi bo'ling!

Olimpiadada faqat 11-sinf maktab va 2-kurs litsey va texnikum o’quvchilari qatnashishi mumkin.

🔵 Olimpiadada qatnashish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/kKNeeCnuTMpLWUHP8

🔵 Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha topshiriqlardan iborat bo‘ladi:

•matematika
•fizika
•rus tili.

🔵 «G‘olib» yoki «Sovrindor» maqomlarini qo‘lga kiritish uchun quyidagi ikki strategiyadan birini tanlash mumkin:

Faqat bitta fan bo‘yicha topshiriqlarni yechish.
Barcha fan bo‘yicha topshiriqlarni yechish va umumiy ball summasi bo‘yicha maqomga erishish.

🕔 Olimpiada davomiyligi: 4 soat.

🗓 Olimpiada 2025-yil 15-fevral kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi.

📍 O‘tkazilish joylari:

•Toshkent (MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialida)
•Nukus (QDU qoshidagi Akademik litseyda)
•Navoiy (Navoiy shahar 13-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida)
•Jizzax (Jizzax shahar 4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
•Qarshi (Qarshi shahridagi "Scholars Academy. International school" мактабида )
•Buxoro (Buxoro shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
•Namangan (Namangan shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
•Farg‘ona (Farg'ona shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)

Olimpiadaning yakuniy bosqichi natijalari asosida g‘oliblar va sovrindorlar ro‘yxati quyidagi manbalarda e’lon qilinadi:

Telegram kanallari: https://t.me/uzmephi va https://t.me/mephi_life
Saytlar: https://olymp.mephi.ru va https://tashkent.mephi.ru

Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlarining natijalari diplom berilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida Milliy tadqiqot yadro universiteti (MIFI) Toshkent filialiga kirishda hisobga olinadi.

☎️Batafsil ma’lumot uchun: +998 93 318 5263
💬@maslovyu @nasibanurjanova

❗️ Olimpiadada ishtirok etish bepul ❗️

💬Telegram 📹Instagram
📹
YouTube 🕸Вебсайт

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

26 Jan, 09:15


Joriy yilning 26 yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Qorako'l akademik litseyida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9 sinf o'quvchilari uchun oflayn sinov jarayoni boshlandi. Mazkur oflayn sinovda 600 nafarga yaqin o'quvchilar ishtirok qilib, yo'nalishlar bo'yicha o'z bilimlarini sinab ko'rish uchun kelishdi. Sinov jarayonini boshlab berishda ustoz G'.Jumaqulov nutqlarida akademik litseyimizda o'qishga qabul qilish jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berib va kelgusi o'quv yilida yangi yo'nalish ochilishi takidlab o'tildi hamda ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob berildi, o'quvchilar yuqori saviyada ta'lim olishlari uchun yaratilib kelinayotgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirildi hamda kelasi sinov 23 fevralda bo'lib o'tishini e'lon qilib, barcha ishtirokchilarga ezgu niyatlar bildirildi.

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

26 Jan, 09:08


⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Har oyda bir marotaba QORAKO'L AKADEMIK LITSEYI o'qituvchilari jamoasi bilan o'tkazilayotgan DEKABR oyidagi OLIMPIADAda yuqori ballarni egallagan 16 nafar o'quvchilar:
🔥ANIQ FANLAR(TEXNIKA) YO'NALISHI:
1. Muhammadov Muhammadsharif 1-o'rin🥇
2. Choriyev Baxtbek 2-o'rin🥈
3. Ahrorov Asilbek 3-o'rin🥉
4. Bayramov Javohir 3-o'rin🥉
🔥ANIQ FANLAR(MOLIYA) YO'NALISHI:
1. Murodova Nafosat 1-o'rin🥇
2. Zulayho 2-o'rin🥈
3. Rajabboyeva Sevinch 3-o'rin🥉
🔥TABIIY FANLAR YO'NALISHI:
1. Karimova Nigora 1-o'rin🥇
2. Jumayev Alisher 2-o'rin🥈
3. Nazarova Sevara 3-o'rin🥉
🔥YURISTPRIDENSIYA YO'NALISHI:
1. Barayev Umidjon 1-o'rin🥇
2. Farxodova Sevara 2-o'rin🥈
3. Valiyev Valijon 3-o'rin🥉
🔥XORIJIY TILLAR YO'NALISHI:
1. Ismatova Lobar 1-o'rin🥇
2. Nasrullayeva Sevara 2-o'rin🥈
3. Oltiboyeva Sevara 3-o'rin🥉
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI QORAKO'L AKADEMIK LITSEYIDA O'TKAZILGAN OLIMPIADADA MUNOSIB ISHTIROK QILIB FAXRLI O'RINLARNI EGALLAGANLIKLARI UCHUN DIPLOM BILAN TAQDIRLANADI

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

21 Jan, 06:38


⚡️Абитуриентларни қизиқтираётган саволга содда тушунтириш:

Тил сертификати йўқ абитуриентлар бундан буён биринчи фани чет тили бўлган йўналишларга топшира олмайди

❗️Фанлар мажмуасида биринчи фан “инглиз тили” деб ёзилган бўлса, айнан инглиз тилидан сертификат керак бўлади.

Агар “чет тили” деб кўрсатилган бўлса, исталган тилдан олинган тасдиқланган сертификат ўтаверади.


Батафсил видео орқали билиб олинг.

👉Каналга уланиш

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

13 Jan, 12:49


https://www.youtube.com/watch?v=0K52viW0ySs

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

11 Jan, 04:02


Hurmatli Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 Ilmiy kengash aʼzolari!

Sizlarni 2025-yil 11-yanvar kuni soat 09:00 Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishiga taklif etamiz.


🗓Sana: 2025-yil 11-yanvar
Vaqt: 09
:00
📍Manzil: BuxDU islohotlar markazi
Himoya tili: o‘zbek tili
Himoya platformasi: ZOOM
🔑Zoom orqali himoyaga ulanish havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/7861256111?pwd=jVkiq1LeZNP7kqj5VBsAIffGjHyEA1.1&omn=81186808472
Himoya identifikatori: 786 125 6111
Parol: 7777

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

07 Jan, 07:28


Olimpiadada qatnashish uchun video qo'llanma!

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

07 Jan, 07:24


DIQQAT!
Onlayn fan olimpiadalariga start berildi, ro'yxatdan o'tib testlarni boshlashlaringiz mumkin!

Onlayn olimpiada jarayonlari
uniwork.buxdu.uz platformasi orqali o'tkazilmoqda.

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

22 Dec, 05:19


Joriy yilning 22 dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Qorako'l akademik litseyida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9 sinf o'quvchilari uchun sinov testlari jarayoni boshlandi. Mazkur sinov testlarida 600 nafarga yaqin o'quvchilar ishtirok qilib, yo'nalishlar bo'yicha o'z bilimlarini sinab ko'rish uchun kelishdi. Sinov jarayonini boshlab berishdan oldin akademik litseyimizda o'qishga qabul qilish jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berib va ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, farzandlari yuqori saviyada ta'lim olishlari uchun yaratilib kelinayotgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirildi hamda kelasi sinov 26 yanvarda bo'lib o'tishini e'lon qilib, barcha ishtirokchilarga ezgu niyatlar bildirildi.

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

22 Dec, 05:08


⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Har oyda bir marotaba QORAKO'L AKADEMIK LITSEYI o'qituvchilari jamoasi bilan o'tkazilayotgan NOYABR oyidagi OLIMPIADAda yuqori ballarni egallagan 16 nafar o'quvchilar:
🔥ANIQ FANLAR(TEXNIKA) YO'NALISHI:
1. Choriyev Baxtbek 1-o'rin🥇
2. Muhammadov Muhammadsharif 2-o'rin🥈
3. Polvonqulov Temurbek 3-o'rin🥉
🔥ANIQ FANLAR(MOLIYA) YO'NALISHI:
1. Do'smurodov Jahongir 1-o'rin🥇
2. Murodova Nafosat 2-o'rin🥈
3. Madaminova Madina 3-o'rin🥉
4. Qurbonov Saidakbar 3-o'rin🥉
🔥TABIIY FANLAR YO'NALISHI:
1. Karimova Nigora 1-o'rin🥇
2. Ostonaqulova Lolaxon 2-o'rin🥈
3. Nazarova Sevara 3-o'rin🥉
🔥YURISTPRIDENSIYA YO'NALISHI:
1. Hamroyev Mirjahon 1-o'rin🥇
2. Farxodova Sevara 2-o'rin🥈
3. Shaymardanov Akbar 3-o'rin🥉
🔥XORIJIY TILLAR YO'NALISHI:
1. Sayfullayeva Munavvar 1-o'rin🥇
2. Jo'raqulova Shukrona 2-o'rin🥈
3. Nasrullayeva Sevara 3-o'rin🥉
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI QORAKO'L AKADEMIK LITSEYIDA O'TKAZILGAN OLIMPIADADA MUNOSIB ISHTIROK QILIB FAXRLI O'RINLARNI EGALLAGANLIKLARI UCHUN DIPLOM BILAN TAQDIRLANADI

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

20 Dec, 17:47


#xushxabar
Qorako‘l akademik litseyining 203 guruh o‘quvchisi Xudoyberdiyev Sardorbek Matematika fanidan xalqaro SAT imtihonidan 1420 ballni qo‘lga kiritib hamda ingliz tili fanidan IELTS 6.5 olib yuqori natija qayd etganligi bilan tabriklaymiz. Shunday natijalarga erishishida o‘z mehnatini ayamagan ustozlariga, ota-onalariga Qorako‘l akademik litseyi ma'muriyati o‘z minnatdorchiligini bildiradi!
Xudoyberdiyev Sardorbekga keyingi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Instagram | Youtube

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

10 Dec, 17:46


#xushxabar
Joriy yilning 25-noyabr 4-dekabr kunlari Asosiy fan olimpiadaning hududiy bosqichi o'tkazildi.

Mazkur bosqichda MATEMATIKA fanidan 1- o'rinni qo'lga kiritgan Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyining 2-kurs o'quvchisi Mirzayev Xusan olimpiadaning mazkur bosqichda g'oliblikni qo'lga kiritib
1-o'rin uchun 2 250 000 so'm, pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Olimpiada g’olibini tabriklaymiz!
Mirzayev Xusan o'quvchimizga o'z bilimlarini ayamasdan berib kelayotgan ustoz Boboyev Axtam hamda shunday bilimlarni o'zlashtirishida o'z hissalarini qo'shgan barcha o'qituvchi ustozlariga va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz!
Mirzayev Xusan o'quvchimizning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Instagram | Youtube

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

24 Nov, 04:59


⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Har oyda bir marotaba QORAKO'L AKADEMIK LITSEYI o'qituvchilari jamoasi bilan o'tkazilayotgan OKTYABR oyidagi OLIMPIADAda yuqori ballarni egallagan 17 nafar o'quvchilar:
🔥ANIQ FANLAR(TEXNIKA) YO'NALISHI:
1. Choriyev Baxtbek 1-o'rin🥇
2. Ahrorov Asilbek 2-o'rin🥈
3. Nasrullayeva Shabbona 3-o'rin🥉
4. Hasanova Oysha 3-o'rin🥉
🔥ANIQ FANLAR(MOLIYA) YO'NALISHI:
1. Qurbonov Saidakbar 1-o'rin🥇
2. Alimov Sarvarbek 1-o'rin🥇
3. Murodov Muhammadfotix 2-o'rin🥈
4. Ismatov Muslimbek 2-o'rin🥈
🔥TABIIY FANLAR YO'NALISHI:
1. Akramov Javlon 1-o'rin🥇
2. Sharifova Mushtariy 2-o'rin🥈
3. Fozilboyeva Sevinch 3-o'rin🥉
🔥YURISTPRIDENSIYA YO'NALISHI:
1. Hamroyev Mirjahon 1-o'rin🥇
2. Abdumalikov Dilshod 2-o'rin🥈
3. Umarov Saidnur 3-o'rin🥉
🔥XORIJIY TILLAR YO'NALISHI:
1. Sayfullayeva Munavvar 1-o'rin🥇
2. Jo'raqulova Shukrona 2-o'rin🥈
3. Nasrullayeva Sevara 3-o'rin🥉
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI QORAKO'L AKADEMIK LITSEYIDA O'TKAZILGAN OLIMPIADADA MUNOSIB ISHTIROK QILIB FAXRLI O'RINLARNI EGALLAGANLIKLARI UCHUN DIPLOM BILAN TAQDIRLANADI

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

24 Nov, 04:58


Joriy yilning 24 noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Qorako'l akademik litseyida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9 sinf o'quvchilari uchun joriy yilning birinchi sinov testlari jarayoni boshlandi. Mazkur sinov testlarida 800 nafarga yaqin o'quvchilar ishtirok qilib, yo'nalishlar bo'yicha o'z bilimlarini sinab ko'rish uchun kelishdi. Sinov jarayonini boshlab berish uchun Qorako'l akademik litsey direktori G'.Jumaqulov so'zga chiqib litseyimizda o'qishga qabul qilish jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berib va ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, farzandlari yuqori saviyada ta'lim olishlari uchun yaratilib kelinayotgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirildi hamda kelasi sinov 22 dekabrda bo'lib o'tishini takidlab, barcha ishtirokchilarga ezgu niyatlar bildirildi.

Telegram | Instagram | Youtube