Ishimni boshlab olganman. Yana eski joyimdaman. 8 yil bo'pti)...
Qizcham 11ni to'ldirdi..
O'zim sezmagan holda unga qarab turib fe'l-atvorning, fikrlar, tafakkur qilish qanday shakllanishini, xulosalarini kuzatadigan bo'lib qolganman...
Avvalo aytay, MIla ingliz va nemis tiliga ixtisoslashgan rahbarlik hissini rivojlantiruvchi zamonaviy maxsus maktabga boradi. Maktabda Din darsiga alohida yondoshiladi. Din darsliklariga qarab ko'zim quvnaydi (Havasim keladi qisqasi) Dunyoqarashi keng. Haqiqatda ba'zan hayron qolaman uni eshitib turib.
Bugun ertalabdan ikkalamiz tortishdik. Arablarni yomonlab qoldi. Avvaliga qat'iy rad qildim. Keyin "Qani, aytchi, nega bunaqa deyapsan?"- deb fikriga qiziqdim. Yaqinda Fransiya va Italiyaga sayohat qilib kelishgan edi. Aeroportdagi arablarning muomilasidan shunday fikrga kelganini aytdi...
...ANA...
Hech narsa demadim, shunchaki har millatda bor yaxshisi, yomoni, har qanday millatda havas qilinadigani bor,- dedim. U bo'lsa "Hazrati Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) millatdoshlari, musulmonlar ham shunaqa qiladimi?"- deb boshqa millatlar bilan solishtirdi... tilimni bog'lab qo'ya qoldi...
Haaa.
Dinimizga dog' tushirishdan ehtiyot bo'laylik, ayniqsa endi o'sib kelayotgan avlodlarimiz oldida mas'uliyatlimiz!!!
(Koshki bu statusimni Abu Jahl, Abu Lahabning izdoshlari bo'lgan arablar ham o'qishsa)...)
Milaning savollaridan yana biri:
- Kommunizm o'zi nima degani?
- Hamma teng, meniki degan narsa yo'q, boy kambag'al bo'lmaydi, pul bo'lmaydi, hamma bemalol xohlaganini oladi,- degani deb javob berdim.
- Unda juda yaxshi ekan-ku, nega tugagan bu tizim?- dedi yana.
- Qara, ota-onang tinmay ishlashadi, lekin ularning topgani anavi umuman ishlamay yotganni boqishga ham yetishi kerak, sening narsalaring, kitobu kiyimlaring qo'shni bolalar kelib bemalol olib ketishi mumkin, bu meniki deyolmaysan, qanday mazza-a,- dedim..
O'ylanib qoldi. Keyin yana:
-Axir Alloh hamma barobar, bir - biringizdan ustun emassiz degan-ku, rizq Undan-ku, kommunizm shunaqa emasmi?- dedi.
-Ha, shunday degan, ammo kommunistlar Allohning ishiga burnini tiqishgan, rizqni biz beramiz, buni boylardan kambag'allarga olib berib amalga oshiramiz,-degan dedim men ham...
-Yana unda sen nega zo'r maktabda o'qiyapsan, o'zing yaxshi yashash uchunmi yoki kitobni qo'liga ushlamaydigan dangasalar uchunmi?- deb so'radim.
-Albatta, o'zim uchun,- dedi.
-Ana, savolingga javobni ham o'zing berding,- dedim)..
-Aaaa, unda kesin kafalarini yemişler, iyiki bitmiş (ularning tomi ketib qolgan ekanku, yaxshi ham tugabdi) - dedi oxirida....
Shunaqa...
Yana aytaman,
Davlatining siyosati bilan ishi yo'q xalqqa xalqning manfaati bilan ishi yo'q rahbar keladi!...
Farzandlarimizni siyosiy savodxon qilib tarbiyalashimiz - haqiqiy demokratiya bo'ladi!
Xayrlisi va yana xayrlisi.