Последние посты UzFHM (@uzfhm) в Telegram

Посты канала UzFHM

UzFHM
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
2,731 подписчиков
2,795 фото
197 видео
Последнее обновление 22.03.2025 16:55

Похожие каналы

Алё, рэф!
23,135 подписчиков
Ferghana Football Association
3,049 подписчиков
Xurshid Mirzahmedov
2,809 подписчиков

Последний контент, опубликованный в UzFHM на Telegram

UzFHM

22 Mar, 09:03

14,072

⚽️Hakamlar markazi mutaxassislari Superliga 2-tur o‘yinlarini tahlil qildi

O‘zbekiston Superligasi 2-tur uchrashuvlariga bag‘ishlab, Hakamlar markazi mutaxassislari, bosh hakam, yordamchi hakam, VAR hakami hamda instruktorlar ishtirokida Zoom platformasi orqali tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tahlil davomida Farhod Abdullayev, Vladislav Seytlin, Valentin Kovalenko, Jahongir Saidov va Bobur Haydarov hakamlar tomonidan chiqarilgan ijobiy hamda bahsli qarorlarni muhokama qildi. Shuningdek, VAR tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hakamlarning jismoniy tayyorgarligi ham ko‘rib chiqilib, ularning maydondagi harakatlanishi, tezkorligi va chidamliligiga alohida e’tibor qaratildi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UzFHM

17 Mar, 10:05

2,695

O‘zbekistonlik hakamlar mart oyida Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishadi

🔹 20-mart kuni Tojikiston – Belorus terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin ishlaydi. Unga qanot hakamlari Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyasov ko‘maklashadi.

🔹 19-mart kuni Rossiya terma jamoasi Grenada bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahsni Ilgiz Tantashev boshqaradi, unga yordamchi hakamlar sifatida Andrey Sapenko va Timur Gaynullin faoliyat olib boradi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UzFHM

17 Mar, 09:33

17,307

O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati va Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvlarda faoliyat olib borishadi

🔹Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 25-mart kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doriasidagi Janubiy Koreya va Iordaniya o‘rtasidagi muhim uchrashuvni boshqaradi.

Mazkur bahsda Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin ko‘maklashadi. Zaxira hakami sifatida Rustam Lutfullin, VAR tizimida esa Firdavs Norsafarov va uning yordamchisi Ahrol Risqullayev faoliyat olib boradi.

🔹 2027-yilgi Osiyo Kubogi saralashi doirasida Tojikiston va Timor-Leste terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko instruktor sifatida faoliyat olib boradi.

🔹 20-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi Yaponiya – Bahrayn bahsida esa Vladislav Seytlin instruktor sifatida ish olib boradi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UzFHM

14 Mar, 07:14

1,726

📋 O‘FA qoshida futbol hakamlari akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonlik futbol hakamlari har doim Osiyo miqyosida yuqori mavqega ega bo‘lib kelgan. Jahon chempionatlarida hakamlik bo‘yicha rekordlar, Osiyo kuboklarining hal qiluvchi o‘yinlarini boshqarish, qit’a va jahon miqyosida eng yaxshi hakamlik bo‘yicha individual sovrinlarni qo‘lga kiritish kabi yutuqlarni eslab o‘tish mumkin. Bugungi kunda ham hakamlarimiz xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Bir necha avlod davomida shakllangan hakamlik maktabini yanada mustahkamlash, yosh hakamlarga professional darajada bilim va ko‘nikmalar berish, hakamlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali ish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda.

Ushbu akademiyaga xalqaro tajriba asosida faoliyat yuritib, futbolchilik faoliyatini turli sabablarga ko‘ra yakunlagan, jismonan yetuk, futbol bo‘yicha yetarli bilimga ega hamda chet tillarini biladigan yoshlar jalb etiladi.

Mamlakatimizning eng tajribali referilari, ustoz-murabbiylari va FIFA instruktorlari yosh avlodni har tomonlama kuchli, bilimli va professional mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

O‘FA rasmiy sahifalari orqali yaqin kunlarda akademiya tomonidan boshlanadigan tanlov va undagi talablar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

⚡️ t.me/FAUzbekistan
UzFHM

13 Mar, 07:18

1,854

Talabalarni hakamlikka jalb qilish va oʻqitish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Hakamlar markazi direktori vazifasini bajaruvchi Maʼmur Saidqosimov va mutaxassislar ishtirokida 12-mart kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarni futbol hakamligiga jalb qilish va ularni oʻqitish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar davomida talabalarni hakamlik, tahlilchilik va murabbiylik kurslariga jalb qilish hamda universitetda maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bilan hamkorlikda hakamlikka tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va shu asosda kelajak hakamlarini yetishtirish boʻyicha fikr almashildi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UzFHM

12 Mar, 16:14

2,927

⚽️ Baxtiyor Namozov va Nayim Qosimov sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogiga tayinlov oldi

Joriy yilning 20–30-mart kunlari Tailandning Pattaya shahrida sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogi o‘tkaziladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu turnirda hakamlik qilish uchun o‘zbekistonlik FIFA referisi Nayim Qosimov ham taklif oldi. Shuningdek, Baxtiyor Namozov instruktor sifatida ish olib boradi.

Hamyurtlarimizga Osiyo kubogi bahslarida omad tilab qolamiz!

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
UzFHM

12 Mar, 07:18

17,525

Hakamlar markazi mutaxassislari Superliga 1-tur o‘yinlarini tahlil qildi

O‘zbekiston Superligasi 1-tur uchrashuvlariga bag‘ishlab, Hakamlar markazi mutaxassislari, bosh hakam, yordamchi hakam, VAR hakami hamda instruktorlar ishtirokida Zoom platformasi orqali tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tahlil davomida Farhod Abdullayev, Vladislav Tseyitlin, Valentin Kovalenko, Jahongir Saidov va Bobur Haydarov hakamlarning chiqargan ijobiy hamda bahsli qarorlarini muhokama qildi. Shuningdek, VAR tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tahlil davomida hakamlarning jismoniy tayyorgarligi ham ko‘rib chiqilib, ularning maydondagi harakatlanishi, tezkorligi va chidamliligiga alohida e’tibor qaratildi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UzFHM

12 Mar, 04:20

4,187

Superliganing 2-turida ishlaydigan rasmiylar bilan tanishing

➡️ https://uzfhm.uz/news

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UzFHM

11 Mar, 16:52

1,626

⚽️ Hakamlarimiz xalqaro maydonda!

Joriy yilgi futbol mavsumida ham o‘zbekistonlik referilar xalqaro turnirlar va uchrashuvlarda faoliyat yuritishdi.

Asker Najafaliyev 2025-yilgi U-20 Osiyo kubogining Iordaniya – Iroq, Tailand – Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni – Koreya Respublikasi (yarim final) uchrashuvlarida bosh hakam, Avstraliya – Saudiya Arabistoni (final) uchrashuvida esa VAR hakami assistenti sifatida faoliyat yuritdi. Ruslan Serazetdinov esa yordamchi hakam vazifasini bajardi.

Shuningdek, Asker Najafaliyev Osiyo chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasida “Chongbuk Motors” – “Sidney” jamoalari uchrashuvini boshqarib bordi. Baxtiyorxo'ja Shavkatov va Ruslan Serazetdinov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov VAR, Abdurashid Xudayberganov esa AVAR hakami sifatida ishladi.

Osiyo elit chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi “Al-Nassr” – “Istiqlol” uchrashuvi O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi referisi – Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam bergan bo‘lsa, Firdavs Norsafarov VAR, Ahrol Risqullayev AVAR hakami vazifasida ish olib bordi.

Ertaga, 12-mart kuni Valentin Kovalenko Osiyo chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasidagi “Sharja” – “Shabab Al-Ahli” uchrashuvida hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UzFHM

11 Mar, 09:17

2,287

Viloyat futbol akademiyalari bitiruvchilariga hakamlar tomonidan o‘quv-mashg‘ulot seminari o‘tkazildi

Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryoda viloyat futbol akademiyalari bitiruvchilari uchun hakamlar tomonidan o‘quv-mashg‘ulot seminari tashkil etildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – bitiruvchilar orasida kelajakda futbol hakamligiga qiziqish bildirgan yoshlarni aniqlab, ularni ushbu sohada rivojlanishga yo‘naltirish hamda hakamlik faoliyatiga tavsiya etish. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga o‘yin qoidalarini yanada chuqurroq tushuntirish maqsadida videolavhalar namoyish etilib, amaliy tahlillar o‘tkazildi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube