KADASTR AGENTLIGI - RASMIY (@uz_kadastr)の最新投稿

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY のテレグラム投稿

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
26,333 人の購読者
5,824 枚の写真
1,184 本の動画
最終更新日 10.03.2025 14:08

類似チャンネル

Uzb_Meteo
13,228 人の購読者

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY によってTelegramで共有された最新のコンテンツ

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

18 Feb, 11:37

5,182

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida hamda hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan doimiy xabardor bo'lishni istaysizmi

💡Unda quyidagi havolalar orqali istalgan hudud yangiliklaridan xabardor bo'lib borish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin:

🧷 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlari telegram kanallari:

🔘 💫 Davlat kadastrlari Palatasi
🔘 “Geoinnovatsiya markazi” DUK
🔘 ⭐️ Respublika aerogeodeziya markazi
🔘 🗺 "Kartografiya" DIICHK

🧷 🌟Kadastr agentligi hududiy boshqarmalari telegram kanallari:

🔘 Andijon viloyati
🔘 Buxoro viloyati
🔘 Jizzax viloyati
🔘 Qashqadaryo viloyati
🔘 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
🔘 Namangan viloyati
🔘 Navoiy viloyati
🔘 Samarqand viloyati
🔘 Sirdaryo viloyati
🔘 Surxondaryo viloyati
🔘 Toshkent viloyati
🔘 Fargʻona viloyati
🔘 Xorazm viloyati
🔘 Toshkent shahri

#kadastr_agentligi #ijtimoiy_tarmoqlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

18 Feb, 10:41

5,186

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кувайт Давлати Амири Шайх Мишъал ас-Сабоҳнинг таклифига биноан 17-18 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлди.

🟢 Ал-Кувайт халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Амир Шайх Мишъал ас-Сабоҳ, Валиаҳд Шайх Сабоҳ Холид ал-Ҳамад ас-Сабоҳ ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Кувайт Давлати Амири Шайх Мишъал ас-Сабоҳ Ал-Кувайт шаҳридаги "Ал-Баян" саройида тор доирада учрашув ҳамда расмий делегациялар аъзолари иштирокида музокара ўтказдилар.

🟢 Музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Кувайт Давлати Амири Шайх Мишъал ас-Сабоҳ Ўзбекистон-Кувайт кенг қамровли шериклик муносабатларини ривожлантириш тўғрисида қўшма баёнот қабул қилдилар. Қатор ҳукуматлараро ва идоралараро ҳужжатлар имзоланди.

🟢 "Ал-Баян" саройидаги музокаралар якунлангач, Президент Шавкат Мирзиёев шарафига Кувайтдаги дипломатик миссиялар раҳбарлари иштирокида тантанали қабул маросими уюштирилди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кувайт Давлати Бош вазири вазифасини бажарувчи, ички ишлар вазири Шайх Фаҳд ас-Сабоҳ бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ал-Кувайт шаҳрида Кувайт ташқи ишлар вазири Абдулла ал-Яҳё билан учрашув ўтказди.

🟢 Ташрифнинг ишбилармонлик дастури доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Fouad Alghanim & Sons" компанияси раҳбари Фади Хаддадни қабул қилди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ал-Кувайт шаҳрида "Agility Logistics" компанияси раиси Хенади ал-Солиҳ билан учрашув ўтказди.

🟢 Расмий ташриф доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ал-Кувайт шаҳрида "Action Group Holdings" компанияси раҳбари Шайх Муборак ас-Сабоҳни қабул қилди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Kamco Invest" компанияси раҳбари Абдуллоҳ Ал-Шарих билан учрашди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг "Al Imtiaz Investment Group" компанияси бошқаруви аъзоси ва ижрочи директори Фузи Холид бин Эсса билан учрашуви бўлиб ўтди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Kuwait Investment Company" компанияси бош ижрочи директори Фавоз ал-Аҳмадни қабул қилди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Gulf Care General Trading" компанияси раҳбари доктор Ияд ас-Солиҳни қабул қилди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ал-Кувайт шаҳридаги "Ас-Салом" сарой-музейи билан танишди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ал-Кувайт шаҳрига ташрифнинг иккинчи кунида Кувайт Давлати Валиаҳди Шайх Сабоҳ ас-Сабоҳ билан учрашув ўтказди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Кувайт Давлатига расмий ташрифи тадбирлари якунланди. Ал-Кувайт халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Валиаҳд Шайх Сабоҳ ас-Сабоҳ ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

18 Feb, 08:58

5,795

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿📑📑📑📑

⚡️ Foydali maʼlumot⚡️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) olinmaydi.

#Kadastr_agentligi #Foydali_ma_lumot

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

18 Feb, 04:56

5,309

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🌏 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun asosida tasdiqlangan reja-jadvallar asosida mahallalarda xatlov ishlari olib borilmoqda.

➡️ Asaka tumanida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari haqida Andijon telekanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida so‘z bordi.

➡️ Namangan shahrida Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida “Namangan” teleradiokanalining "Haftanoma” informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

17 Feb, 09:38

9,741

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📹 937-SONLI QONUNGA KO‘RA BARCHA XONADONLAR XATLOV QILINADIMI?

➡️ Bu haqda ⭐️Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Raximov javob beradi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

13 Feb, 11:06

4,735

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

⭐️ Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

💠 Mazkur qabulda viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan 20 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 15 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi.

◾️ Sayyor qabulda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun asosida huquqlarni e'tirof etish jarayonlari, shartlari, bosqichlari hamda tartibi haqida ham batafsil tushunchalar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

13 Feb, 07:32

5,481

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi va “LX kosortsiumi” o‘rtasida grant asosida qabul qilib olinadigan beg‘araz texnik yordam yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💠 Uchrashuv kun tartibidan Kadastr agentligining “Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geodeziya, kadastr yo‘nalishida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi”ning ta’lim jarayoni uchun:
◾️ ta’lim va ma’muriy jarayonlar uchun qabul qilib olinadigan texnik va texnologik yechimlar;
◾️ dasturiy ta’minotlar;
◾️ masofaviy ta’lim uchun mo‘ljallangan axborot tizimining modullari,
◾️ ularni sinovdan o‘tkazish masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, Dron uchirish simulyatori, sur’atlarini qayta ishlash, GNSS o‘lchovi uchun uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlarning sinov foydalanuvi o‘tkazildi.

📃 Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar:

➡️ geodezik o‘lchash va nazorat ishlariga mo‘ljallangan mobil laborotoriya;
➡️ yer ma’lumotlari bilan tanishtirish maqsadida turli yosh kategoriyalarini inobatga olgan simulyativ va ko’rgazmaviy qurilmalarni kengaytirish;
➡️ o‘quv dasturlari kengaytirish uchun zamonaviy qurilmalar asnosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

12 Feb, 11:54

8,122

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🟢KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH🟢

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

#ijtimoiy_rolik #to_lovlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

12 Feb, 10:04

6,182

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🟢Joriy yilning yanvar oyi davomida noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha jami kelib tushgan murojaatlar tahlili.

🟢Yagona portal orqali-14 289 ta.
🟢Davlat xizmatlari markazlari orqali-19 611 ta.
🟢Tugallanganlar-11 914 ta.
🟢Rad etilganlar-16 814 ta.

➡️ Xizmatdan foydalanish

#Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

07 Feb, 11:06

3,000

➡️ Masofaviy xizmatlar eksportini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelgani ta’kidlandi. Faqat texnik xizmat ko‘rsatish bilan cheklanmay, buxgalteriya, konsalting, sug‘urta, yuridik va boshqa professional xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

➡️ Prezident xizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish darajasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Kadastr agentligiga ko‘chmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkazish, Transport vazirligiga barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

➡️O‘tgan yili transport xizmatlari 8,6 foizga o‘sib, 145 trillion so‘mni tashkil qildi. Lekin, yuqori iqtisodiy o‘sish uchun bu yetarli emasligi qayd etildi.

➡️Yirik multimodal logistika markazlari sonini 2 karra ko‘paytirish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilib, ishlarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

➡️ Bu yil transport xizmatlari hajmini 15 foizga oshirib, 185 trillion so‘mga, eksportini 2,2 milliard dollarga olib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

➡️O‘tgan yili turizm xizmatlari eksporti 3,5 milliard dollar bo‘ldi. Lekin, bu imkoniyatlarimizga mos emasligi qayd etildi.
Ijtimoiy soha tashkilotlari ham eksport faoliyatida faolroq ishtirok etishi zarurligi ta’kidlandi.

➡️ Viloyat hokimlariga qo‘shni davlatlar bilan chegara oldi hududlarida 21 ta ko‘p tarmoqli klinika tashkil qilishni boshlash topshirildi.

➡️So‘nggi sakkiz yilda 125 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi. Shundan 23 tasi xorijiy universitet filiallari. Oliy ta’lim vazirligiga “Top-1000”talikka kirgan 2 ta oliygoh bilan cheklanib qolmasdan, yaqin yillarda ularni 10 taga yetkazish choralarini ko‘rish topshirildi.

Shunigdek, yig‘ilishda hudud rahbarlari va vazirlarning hisoboti tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribasi ko‘rib chiqildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt