Latest Posts from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY (@uz_kadastr) on Telegram

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY Telegram Posts

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
26,333 Subscribers
5,824 Photos
1,184 Videos
Last Updated 10.03.2025 14:08

The latest content shared by KADASTR AGENTLIGI - RASMIY on Telegram

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

08 Mar, 08:09

5,137

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌹 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmatli ayollar va qizlar!

☯️ Sizlarni bahorning ilk va eng go‘zal bayrami – 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

🌺 Sizlarning hayotingiz mehr va ezgulik, go‘zallik va nafosat bilan to‘yingan. Har bir oilada tinchlik va farovonlik, jamiyatimizda esa baraka va taraqqiyot bo‘lishida sizning o‘rningiz beqiyosdir. Sizning mehnatingiz, fidoyiligingiz va samimiyatingiz tufayli hayot yanada go‘zal, yanada mazmunli bo‘lmoqda.

⭐️ Kadastr agentligi jamoasi Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ishlaringizda muvaffaqiyatlar va cheksiz quvonch tilaydi! Har doim yuzlaringiz kulib, qalbingiz bahor kabi beg‘ubor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌷

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

07 Mar, 11:07

6,809

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 Bayramingiz muborak aziz ayollar

🌷 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan Kadastr agentligi, tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlari uchun bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🟢 Sohada faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Bayram tadbirlari o‘tkazilgan tizim tashkilotlari va hududlar:

➡️Davlat kadastrlari palatasi
➡️Respublika aerogeodeziya markazi
➡️Andijon viloyati
➡️Jizzax viloyati
➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➡️Surxondaryo viloyati
➡️Qashqadaryo viloyati
➡️Samarqand viloyati
➡️Buxoro viloyati
➡️Toshkent shahri
➡️Toshkent viloyati
➡️Sirdaryo viloyati
➡️Farg‘ona viloyati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

07 Mar, 10:40

8,151

❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Xotin-qizlar kuni va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olinadi?

➡️8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni;
➡️9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
➡️10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
➡️21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
➡️22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
➡️23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.

🔖Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.


#Kadastr_agentligi #Bayram_kunlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

07 Mar, 07:25

13,335

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 HAR QANDAY OB-HAVODA HAM XATLOV ISHLARI TO‘XTAGANI YO‘Q

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2024-yil 8-noyabrda boshlangan xatlov ishlari har qanday vaziyat, qishning izg‘irin va qirovli kunlari hamda yog‘ingarchilik va qorli ob-havoga qaramay to‘xtovsiz davom etmoqda.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

05 Mar, 12:53

14,430

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 Farmon bilan,

😎Ommaviy baholash tizimini dasturiy jihatdan ta’minlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan:
😎ko‘chmas mulk bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha – “Ko‘chmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini;
😎ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash bo‘yicha “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishi va amaliyotga joriy etishi belgilandi.

#Kadastr_agentligi #Farmon_PF43

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

05 Mar, 12:19

5,304

✍️ Хатлов бошланган кундан бугунги кунга қадар республика бўйича 133 мингдан ортиқ объектда хатлов ишлари амалга оширилди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш юзасидан ўтказилаётган хатлов жараёнлари юзасидан маълумот берди:

👉44 мингдан ортиқ объект “Эътироф” ахборот тизимига киритилди.

👉Қонунга кўра мазкур дастурга киритилган объектлар тегишли вазирлик ва идоралар томонидан 2 ой ичида кўриб чиқилмоқда.

👉“Эътироф” дастурига кирган дастлаби объектларга тегишли хулосалар бериш ишлари ҳам якунланиб, Республика бўйича 1600 дан ортиқ оъбект жамоатчиликка эълон қилинди.

👉etirof.kadastr.uz сайтига кириб, “МАЪЛУМОТЛАР” бўлими танланади. Унда объектнинг кадастр рақами, манзили, тури, берилган хулосалар ҳақида маълумотлар мавжуд.

👉Тегишли кўчмас мулкни танлаб “БАТАФСИЛ” тугмаси босиш орқали ушбу объектнинг ер маълумотлари, харитаси ҳамда тегишли ташкилотлар томонидан берилган хулосалар билан танишиш мумкин.

👉Агар объектга бирор салбий хулоса берилган бўлса дастур орқали салбий хулоса берган ташкилот ва у томонидан берилган ҳужжат билан тўлиқ танишиш мумкин. Шунингдек, One ID орқали рўйхатдан ўтиб салбий хулоса берган ташкилотга ариза қолдириш имконияти ҳам яратилган. Ушу ариза эса қонунга кўра 1 ой ичида кўриб чиқилиши белгиланган.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

05 Mar, 09:48

5,751

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Коррупцияга қарши курашиш бўйича миллий кенгашнинг кенгайтирилган йиғилишидаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

19 Feb, 07:32

15,124

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🌏O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-son qonuni mazmuni, huquqlarni e'tirof etish asoslari va boshqa muhim jihatlar haqida "O‘zbekiston 24" kanalining "Inson qadri uchun" ko‘rsatuvida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

19 Feb, 05:22

4,414

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

📍 Surxondaryo viloyati Shorchi tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish, ularda noqonuniy qurilish ishlari boshlab yuborilganligi holatlari aniqlandi.

🗣Tafsilotlar "Sevimli" telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

19 Feb, 04:05

5,474

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿📑📑📑📑

⚡️ Foydali maʼlumot⚡️

«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori, (10.07.2014)

#Kadastr_agentligi #Foydali_ma_lumot #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt