Tush tabiri | Расмий канал @tushtabiriofficial Channel on Telegram

Tush tabiri | Расмий канал

@tushtabiriofficial


Assalomu-alaykum! Ushbu kanal orqali biz sizlarga Ibin Sirin (r.a) dan bayon etilgan tush tabirlaridan bohabar etib boramiz.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagon zot Allohdir.
Vallohu alam!
Savollar b/n
Admin: @ProfilUzo ga murojat qiling

Tush tabiri | Расмий канал (Uzbek)

Assalomu-alaykum! Ushbu kanal orqali biz sizlarga Ibin Sirin (r.a) dan bayon etilgan tush tabirlaridan bohabar etib boramiz. Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagon zot Allohdir. Vallohu alam! Savollar b/n. Admin: @ProfilUzo ga murojat qiling. Tush tabiri kanali - bu meningizga tushlarining mazmunini tushunishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Kanalda, tushlarning tafsili tushunchalarini o'rganishga yordam beradigan maqolalar va videolar joylashtiriladi. Ibin Sirin (r.a)ning tushlarini tafsiliy tushunchnalarga aylanib boring va o'zingizning tushlarida yuzaga kelgan voqealarni tafsiliy tushunchalarga o'giring. Tush tabiri kanaliga obuna bo'ling va o'zingizning tushlarining mazmunini tushunib chiqing!

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 05:58


Yong'oq

YoNG’OQ tushda
YoNG’OQ (GAVZ VA JAVZ) – Tushdаgi yong’oq mеhnаt, bаlo, rаnj vа qiyinchilik bilаn qo’lgа kirаdigаn boylikdir.
Tushidа yong’oq o’ynаyotgаnini yoki qo’lidа yong’og’i borligini ko’rsа, jаng vа jаn- jаlgа dаlildir.
Kirmoniyning аytishichа, tushdаgi mаg’zi аynigаn yong’oq, ko’p vа ozligigа qаrаb, hаrom molni bildirаdi. Agаr tushdаgi yong’oq mаg’zi shirin bo’lsа, hаlol mol qo’lgа kеlishini bildirаdi. Tushidа yong’oqni chаqqаnini ko’rsа, аjаmlik kishidаn mol olishigа dаlildir.
Mаg’ribiyning аytishichа, tushidа yong’og’i borligini ko’rsа, jаng vа xusuаmtgа duchor bo’lishigа dаlildir. Agаr yong’oq mаg’zi аchchiq vа noxush еkаnini ko’rsа, bаxil bir odаmdаn noxush so’z еshitishigа dаlildir. Tushidа yong’oq mаg’zidаn yog’ olgаnini ko’rsа, bаxil odаmdаn ungа foydа еtishigа dаlildir.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 05:54


Tandir

TANDIR (TANUR) – Ibn Sirinning аytishichа, tаndir tushdа ulug’lik vа xonаdorlikdir. Bа’zi tа’birchilаrning
аytishlаrichа, xonа sohibаsi bo’lаdi. Qo’lidа tаndir borligini ko’rsа, bu tаndurustlik, xonаdorlik ishlаrining joyidа bo’lishigа dаlolаt qilаdi. Tаndir yiqilib, xаrob bo’lgаnini ko’rеа, rаnj, ofаt, kаsаllik vа xonаdorlikkа ofаt еtishigа dаlil bo’lаdi. Tаndirdа non pishirаyotgаnini ko’rsа, nonning miqdorigа qаrаb hаlol rizq topаdi, ishlаri yаxshi bo’lаdi.
Kirmoniy аytаdi: «Tаndir ichidа nursiz lаg’chа cho’g’ ko’rsа, tаndir ustidаn еsа olov shu’lаlаri chiqib tursа, tutun bo’lmаsа, Bаytul-Mаqdisgа sаfаr qilishi yoki Hаj o’tkаzishigа dаlolаt qilаdi. Bа’zilаrning аytishichа, xаyru mаnfааt topаdi.
Hаzrаti Sodiqning аytishichа, tushdа tаndir ko’rish ikki nаrsаgа dаlolаt qilаdi: birinchi — xаyru mаnfааtgа, xususаn, tаndir yаngi bo’lsа; ikkinchi — sаvlаtli vа hаybаtli еrkаkkа.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 05:50


Mashina

Mashina. U tushda molning xazinabonidir.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 04:21


Aka-uka

Agar inson tushida akasini (shuningdek bobosini, amakisini, xolasini va merosdan ulush tegadigan yaqinlaridan birini ) ko’rsa, bu molda sherik bo’lish va uzaro yordamlashuvga dalolatdir.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 04:16


Urush

Tushda shaxarliklarning yov bilan urushayotganini ko’rish o’sha shaxarda oziq ovqat qimmat bo’lishiga ishoradir agar tushda shaxarliklar xukmdorga qarshi urush ochgan bolsalar davlatda tinchlik va xavfsizlikga yurtda farovonlikga dalolat tushda urush maydonidan qochish baxtga ishora.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 04:14


Taxta

tushda qurigan taxtani ko’rgan kimsaning atrofida zarar keltiruvchi odamlar bor.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 04:10


Suv

Tushda suv
Tushda  SUV  — Ibn Sirrinning aytishicha, agar suv ustida, masalan, daryo, anhor va shunga
o’xshashlar ustida yurib ketayotganini ko’rsa, uning iymoni baquvvat va e’tiqodi pok bo’lishiga dalildir.
Agar toza va shirin suvdan to’yib-to’yib ichganini ko’rsa, umri uzun va maishati xush bo’lishiga dalolat qiladi. Agar loyqa yoki sho’r suv ichayotganini ko’rsa, ta’biri buning aksidir. Daryodan toza suv ichayotganini ko’rsa, ichgan suvi mikdoriga qarab podshox,g’an molu ne’mat topadi.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 04:07


Gul

GUL tushda
ikkinchisi — dаrаxtdаn to’kilgаn gul. Bаqosi yo’q, uzoq turmаydigаn gul tush ko’ruvchi uchun g’аm-аnduh bo’lаdi. Hаr kim tushidа qizil gulni o’z vаqtidа o’z dаrаxtidа ko’rsа, uning oilаsidа fаrzаnd tug’ilishigа dаlildir, аgаr o’z vаqtidа bo’lmаsа, fаrzаnd sаbаbli musibаt еtishigа dаlildir.
GUL – Ibn Sirinning аytishichа, tushdа ko’rilgаn gul hаqidаgi hukm ikki xildir: birinchisi — dаrаxtdа turgаn gul;
Tushdаgi gul dаrаxti ulug’lik vа so’zini o’tkаzish bo’lаdi. Tushdаgi sаriq gul dаrаxti hojаtlаrni chiqаruvchi sаvdogаr аyol bo’lаdi. Oq gul izzаt, dаvlаt vа obro’ bo’lаdi. Agаr o’z hovlisidа gul dаrаxtini ko’rsа, bir qizgа uylаnishigа dаlildir. Agаr o’z hovlisidа sаdbаrg gulini ko’rsа, fаrzаnd sаbаbli shod bo’lishigа dаlildir. Agаr hаr xil gullаrning ochilib turgаnini ko’rsа, qаrindoshlаri vа oilа а’zolаridаn xursаnd bo’lishini bildirаdi.
Mаg’ribiyning аytishichа, tushdаgi gul birovgа vаfo qilmаydigаn pаst himmаtli еrkаkni bildirаdi. Tushidа birovgа gul bеrgаnini yoki gul qo’lidаn tushib kеtgаnini ko’rsа, аytilgаn sifаtli еrkаkdаn uzoqlаshishini bildirаdi.
I smoil Ash’аsning аytishichа, tushdаgi gul g’oyibdаgi odаmdаn kеlаdigаn mаktubni yoki g’oyibdаgi odаmning kеlishini bildirаdi.
Jа’fаr Sodiqning аytishichа, tushdаgi gul olti nаrsаni bildirаdi: fаrzаndni; do’stni; pаst himmаtli odаmni; kаnizаkni; g’ulomni vа g’oyibdаgi odаmning xаtini.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 03:50


Uy

Tushdagi uy erning ayolidir. Shuningdek, uy jismiga dalolat qiladi. Kasal odam hovlisida yangi uy qursa, sog’ayib ketadi.Agar tilla bilan qoplangan uy ko’rilsa, ko’ngilsiz voqealar ro’y beradi. Agar tushda uy sotib olinsa, hayotingiz o’zgarishiga ishora. Agar uy qurayotganlik ko’rilsa, hayotda farovon yashash uchun ko’p mehnat qilishga to’g’ri keladi. Agar hovlida bemor yangi uy qursa shifo topishiga ishora. Qorong’i uy rasvo ayoldir. Keng bo’lsa yaxshilik.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 03:24


Tirnoq

Bu tushda saxovat. Yana quvvat va mol dunyodir.

Tush tabiri | Расмий канал

29 Oct, 03:22


Mebel

Mebel rohat belgisi

Tush tabiri | Расмий канал

01 Sep, 11:02


O'tin. O’tin dindagi munofiq kishilarga dalolat.Agar o’tin yorsangiz, o’ngda do’stlar bilan ayrilasiz.O’tin orqalasangiz ko’p mehnat bilan oz topasiz.

Tush tabiri | Расмий канал

01 Sep, 07:36


Ho’kiz quvishi

— ko’ngilsizlik, kasallik

Tush tabiri | Расмий канал

01 Sep, 06:42


XAMIR QORMOQ (XAMIR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, undan xamir qormoq dinning durust bo‘lishini bildiradi. Tushda bug‘doy unidan xamir qorayotganini ko‘rsa, tijoratdan mol hosil bo‘lishini bildiradi. Oshgan xamir yaxshilikka dalolat qilmaydi. Tushda tariq unidan xamir qormoq arzimas foydani bildiradi. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida xamir topsa yoki sotib olsa yoki kimdir unga bersa, agar bu xamir arpa unidan bo‘lsa, dindorligi va solihligiga dalildir, bordi-yu bo‘g‘doy unidan qilingan bo‘lsa, uning mikdoricha tijoratdan hosil bo‘ladigan molga, agar tariq unidan qilingan bo‘lsa, ozgina molni bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi xamir uch narsaga dalildir: din borasida ziyodalikka; foydaga; halol molga.

Tush tabiri | Расмий канал

01 Sep, 06:38


Tushda cho’kish. Kim tushda o’zining cho’kayotganini ko’rsa, u ko’p gunoh qilayotganligiga ishora. Kim cho’kib o’lsa, o’ngda bid’at ishga aralashib ketadi. Kim cho’kayotib qo’l va oyoqlarini harakatlantirib chiqib ketsa, o’ngda u dunyo ishiga sho’ng’ib boylikka erishadi.

Tush tabiri | Расмий канал

01 Sep, 06:32


Tuproq. Ko’pincha ne’matlarga, chorva hayvonlariga, dunyo va uning ahliga, shuningdek, faqirlik, mayit hamda qabrga ham, yana ayolning moli yoki bokiralik qoniga ham dalolat qiladi.

Tush tabiri | Расмий канал

01 Sep, 06:27


O’pish tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot
O’pish tushda Nobulsiy: U tushda hojatning ravo bo’lishi va dushman ustidan g’olib bo’lishdir. Kim tushida bir kishini o’psa yoki unga aralashsa yoki shahvat bilan yotsa, u hojatiga erishadi.

Agar o’pishi shahvat uchun bo’lsa, qiluvchi qilinmish tomondan bo’lsa, ehson, ta’lim, ilm, yaxshilikka hidoyat kabi yaxshilikka erishadi. Agar bo’sa shahvatsiz bo’lsa, o’sha narsalarga qili nishi qiluvchi tomonidan u va u g’ulom bolaning orasida do’stlik paydo bo’ladi.

Agar saltanat egasini o’psa, uning makonini olur. Agar qozi yoki podshohni o’psa, o’sha qozi yoki podshohning so’zini qabul qilur. Agar uni qozi o’psa, u qozi tomonidan yaxshilikka etishur.

Shuningdek, har bir imom va raislar ham. Agar uni ota yoki bolasi o’psa, u balog’atga etgan bo’lsa, undan yoki uning otasida naf olur. Agar kishi o’z o’g’lini shahvat bilan o’pganini ko’rsa, u farzandiga qoldiradigan moldunyo yig’adi. Agar o’pish shahvatsiz bo’lsa, o’g’il yoki onasi tomonidan yaxshilik, xursandlik va shoddikka eringur.

Agar bir kishi birovning ko’zidan o’pganligini tushida ko’rsa, uylanadi. Agar bir kishi uning ko’zini o’psa, u erkak va ayollarning orasini jamlaydi. Alloh saqlasin! Do’stning og’zidan o’pish dinorni qo’lga kiritish, chakka yonog’ini o’pish dirhamdir. Ayolning o’pishi iqbol va do’st tomonidan bo’lgan salomdir.

Kampirning o’pishi aytilgan gapdan uzr so’rashdir. Bo’y etgan qizning o’pishi xamr idishidir. Olim kishi chiroyli ayolni o’psa, Qur’on o’qiydi. Agar dunyoni yaxshi ko’rsa, u dunyodir. Kim Alloh tomonidan o’pganini tush ko’rsa, haj qiladi va hajarul asvadni o’padi.

Tush tabiri | Расмий канал

01 Sep, 06:23


Quvlamoq. Yaxshi odamni quvish omadsizlik, hayvonni haydash ehtiyotkorlik, mashinani haydash ahvolni yaxshi tomonga o'zgarishi, yer haydash turmush qurishga ishora.

Tush tabiri | Расмий канал

17 Aug, 06:08


Hayz. Hayzdan to’xtagan ayol hayz ko’rsa, u farzanddir. Agar ayol kishi qon ko’rsa, u bir gunoh ishda bo’ladi. Kim tushida ayoli hayz ko’rganini ko’rsa ishi kasodga uchraydi.

Tush tabiri | Расмий канал

14 Aug, 05:05


Sovchi. Tushga sovchi kirsa, o’ngda qarindoshlaringiz bilan kelishmovchilik yuz beradi, sizga achchiq gaplar aytishadi, g’iybat qilishadi. Tushda o’zingiz sovchi bo’lsangiz va notanish qizni kimgadir unashtirayotgan bo’lsangiz, o’ngda biron erkak bilan tanishasiz.

Agar tushda o’zingizga sovchi kelgan bo’lsa, o’ngda hayotingizni o’zgartirib yuboradigan qarorga kelar ekansiz. Birovning uyiga sovchi bilan birga kelgan bo’lsangiz va gap-so’zlarning borishini kuzatib borsangiz, o’ngda biron masalada tashabbusni qo’lga olasiz.

Sog’ayish.                                        Tushingizda              o’zingizning

sog’ayayotganingizni ko’rsangiz, turmush tarzingiz ustida o’ylab ko’rishingiz zarur.

Sod surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Sod surasini o’qisa, dalildirki, boyligi ko’payadi.

Soj (issiq mamlakatlarda o’sadigan baland bo’yli daraxt; xdnd emani). Soj daraxti — podshoh yoki olim yo shoir yoxud munajjimdir.

Soy. Kimki tushida soy bo’yida turganini ko’rsa, yuksak martaba egasi bo’lishidan dalolat. Ammo soy bo’yida turib, birdan soyga tushib ketsa, o’ngida qandaydir bir taxlika bor.

Tushida soyga tushib ketsa va keyin undan mashaqqat bilan suzib chiqsa, o’ngida barcha qiyinchiliklardan qutilishini, suzib chiqolmasa, tashvishli va mashaqqatli kunlarni boshdan kechirishini bildiradi.