πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋 @suniy_intellekt_chatgpt Channel on Telegram

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

@suniy_intellekt_chatgpt


Bot: @Suniy_intelekt_bot

Reklama boΚ»yicha: @KreativCoder

Guruh: @Suniy_intellekt_chat

πŸ§ πŸ“² Suniy intellekt | chatGPT (Uzbek)

πŸ§ πŸ“² Suniy intellekt | chatGPT - Bu kanalda soddaroq, qulay va tez ravishda yangi ma'lumotlar olishingiz mumkin. Suniy intellektning kuchli tajriba platformasi GPT-3 bilan tanishib chiqing. Bu orqali, siz butun dunyo bo'ylab qiziqarli mavzular haqida gaplashib, savollaringizga javob topishingiz va yangi dunyo o'ngga yurishingiz mumkin. Kanalda bot ham mavjud - @Suniy_intelekt_bot, uning yordami bilan muhit sizga yordam beradi. Agar siz o'z fikrlaringizni, savollaringizni yoki g'ambaringizni ajratmoqchi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun to'g'ri manzil. Bizning guruhga a'zo bo'lib, dunyo g'oyalarini ulashing, fikrlar bilan tanishib chiqing va o'z fikrlaringizni boshqalar bilan baham ko'ring. Barcha bu va ko'proq sizni kutadi Suniy intellekt | chatGPT kanalda!

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

08 Feb, 09:53


Amerika texnologik kompaniyalari aksiyalarining qulashiga nima sabab boβ€˜ldi?

Bunga sabab β€” Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan, ChatGPT’ning alternativi boβ€˜lgan Deepseek sun’iy intellekti.

Xo'sh, DeepSeek o'zi nima? U qanday ishlaydi? Bularga javob topish uchun jamoamiz bilan maxsus video tayyorladik!

πŸ“Ή Tomosha qiling

🟑 Edfix.uz | 78-888-6-888

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

07 Feb, 08:57


Keling, qaysi sun'iy intellekt aqlliroq ekanligini oddiy doira yoki aylana chizish orqali sinab ko'ramiz.

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

06 Feb, 15:00


ChatGPT Search sun’iy intellektli qidiruv tizimidan endi roβ€˜yxatdan oβ€˜tmasdan foydalanish mumkin

OpenAI kompaniyasi ChatGPT Search endi roβ€˜yxatdan oβ€˜tishsiz va avtorizatsiyasiz ishlashini e’lon qildi. Bu uni yanada qulay va raqobatbardosh qildi.

ChatGPT Search GPT-4o modeli asosida ishlaydi. Yaqinda oβ€˜tkazilgan yangilanishdan soβ€˜ng, u havolalarning qisqacha tavsifini berish, so’ralgan joylarning suratlarini va xaritada koβ€˜rsatish imkoniyatiga ega boβ€˜ldi.

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

06 Feb, 08:03


DeepSeek o’g’irlangan ma’lumotlarni qanday o’g’irlaydi)

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

04 Feb, 13:27


πŸš€ OpenAI yangi Deep Research: Sizning AI yordamchingiz! πŸ“ŠπŸ€–

Deep Research - murakkab tadqiqot vazifalarini bir necha daqiqada bajaradigan yangi AI agent! U internetdan ma’lumot toβ€˜playdi, tahlil qiladi va batafsil hisobotlar yaratadi.

✨ Asosiy imkoniyatlari:

πŸ” Aqlli Tadqiqot - bir nechta manbalardan ma’lumotlarni topadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.

πŸ“Š Ma’lumot Vizualizatsiyasi - grafikalar, rasmlar va aniq manbalar bilan toβ€˜ldirilgan.

⚑ Tez va Samarali - odamlar uchun kunlab vaqt oladigan vazifalarni bir necha daqiqada bajaradi.

πŸ“ Moslashtirish Imkoniyati - shaxsiy hisobotlar uchun fayllarni yuklash mumkin.

πŸš€ Kuchli o3 model asosida ishlaydi, vebda qidirish va ma’lumot tahlili uchun optimallashtirilgan.

Ushbu imkoniyatlar faqat ayrim ChatGPT Pro (oyiga $200) foydalanuvchilar uchun xolos.
πŸ’¬ Siz "Deep Research" foydalanishi uchun $200 toβ€˜lgan boβ€˜lar edingizmi?

Fikringizni izohlarda qoldirishingiz shart emas bilaman

@naxalov

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

02 Feb, 19:06


PROMPT:
write a Python program that shows a ball bouncing inside a spinning hexagon. The ball should be affected by gravity and friction, and it must bounce off the rotating walls realistically

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

02 Feb, 18:57


Oxirgi vaqtlarda DeepSeek'ni juda ko'p ishlatayapman, OpenAI esa menga tinmay takliflar yubormoqda. Bir qarasang o1'ning limitini oshiradi, bir qarasang o3'ning yangisini chiqaradi.

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

31 Jan, 17:31


HTML dasturchilar, oʻzingizni himoya qiling 🀺

@mohirdev

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

31 Jan, 16:09


Diqqat savol, ChatGPT hisob kitobni qaysi tilda amalga oshiradiπŸ˜‚

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

31 Jan, 08:17


ChatGPT oβ€˜z ishini AI sabab yoβ€˜qotdi 😁

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

30 Jan, 09:24


πŸš€ DeepSeek yangi yutugβ€˜ini taqdim etdi – Janus Pro! πŸ€–πŸ“Έ

Janus Pro – tasvir yaratish va ularni tushunish uchun ishlab chiqilgan ilgβ€˜or AI modeli.

🌟 Asosiy imkoniyatlari:
βœ… Ochiq manbali – Hammaning foydalanishi uchun ochiq.
🎨 Tasvir yaratish – Matndan yuqori sifatli tasvir hosil qila oladi.
πŸ” Tasvirni tushunish – Obyektlarni aniqlash va tasvirlarni tahlil qilish qobiliyatiga ega.

πŸ—£οΈ Nima deb oβ€˜ylaysiz, DeepSeek ovoz boβ€˜yicha ham model chiqaradimi?

Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! πŸ‘‡


πŸ“₯ Janus Proβ€˜ni bepul sinab koβ€˜ring! πŸ‘‰ Janus Pro Demo

@naxalov

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

29 Jan, 13:38


chat.deepseek.com ni sinab koβ€˜rdingizmi ?

20-Yanvar kuni DeepSeek yangi modeli R1 ni chiqardi.

Hozirda undan foydalanish bepul. 3 kun davomida bu modeldan foydalanib koβ€˜rdim.

ChatGPT ni O1 modelidan bazi holatlarda yaxshi javob beradi.

Dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini oβ€˜lchaydigan WebDev ball roβ€˜yxatida Claude 3.5 Sonnetdan 40 ball kam orqada ikkinchi oβ€˜ringa chiqib oldi.

DeepSeek Apple App Store bepul ilovalar roβ€˜yxatida birinchi oβ€˜rinni egallab oldi.

juda maxtab yubordim telkin boβ€˜lib shuncha imkoniyat berganiga )

@botirziyatov

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

29 Jan, 05:23


2023-yilda OpenAI rahbari Sam Altman kichik 3 kishilik jamoa 10 million dollar byudjet bilan AI sohasida katta narsa yarata oladimi, deb soβ€˜ralganida,

Sam Altman: "Biz bilan asosiy(foundational) modellarni oβ€˜rgatishda raqobat qilish butunlay imkonsiz." deb javob bergan edi.

Ammo 2025-yilda DeepSeek nomli kichik startap 6 million dollardan kam mablagβ€˜ bilan oβ€˜zining asosiy modelini yaratdi va uni ochiq manbada e’lon qildi. Natijada ular global moliyaviy bozorni larzaga soldi.

"Nonni katta tishlasang ham gapni katta gapirma" shunday

@naxalov

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

28 Jan, 11:05


Ajoyib mem. Tushunamaganlar uchun mavzuga qo’shilishga yordamlashaman. Sal soddaroq qilib.

ChatGPT, Gemini va boshqa SI modellari uchun milliardlarb dollarlarni sarflayotgan AQSHga Xitoyning kichik bir kompaniyasi (DeepSeek) 5M$ lik, undan aniqroq va aqlliroq yechim berdi.

Buning natijasida NVIDIA va boshqa chip ishlab chiqaruvchi va aloqador kompaniyalar umumiy hisobda 1trillion$ yo’qotdi. Bularni hammasi 1 kunda bo’lda.

AQSH startup va boshqa kompaniyalari (opensource) bu modelni ommaviy ishlatishni boshlashdi. Bu AQSH xavfsizligi uchun ham jiddiy muammo.

@birfoizbilim

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

28 Jan, 09:07


Post 1: ChatGPT nima va uni qanday maqsadlarda ishlatish mumkin?

πŸ€– ChatGPT nima?
ChatGPT β€” bu sun’iy intellektga asoslangan virtual yordamchi. U insonlar bilan muloqot qilib, savollarga javob beradi, vazifalarni hal qiladi va ijodiy jarayonlarda yordam beradi.

πŸ’‘ Uni qanday ishlatish mumkin?
β€’ πŸ“š Oβ€˜qish va oβ€˜rganish: Murakkab mavzularni sodda qilib tushuntiradi, referat va kurs ishlari uchun gβ€˜oyalar beradi.
β€’ πŸ’Ό Ish: Hisobotlar tayyorlash, reklama matnlarini yozish va loyiha gβ€˜oyalari yaratishda yordam beradi.
β€’ 🎨 Ijod: Hikoya, she’r yoki ssenariy yozishda yangi ilhom manbai boβ€˜ladi.
β€’ πŸ’» Texnik yordam: Kod yozish, xatolarni tuzatish va IT tushunchalarni tushuntiradi.

πŸ”‘ Nega ChatGPT’dan foydalanish kerak?
β€’ Tez va qulay: Javobni darhol olasiz.
β€’ Koβ€˜p qirrali yordamchi: Har bir sohaga moslashadi.
β€’ Ijodkorlikni qoβ€˜llab-quvvatlaydi: Yangi gβ€˜oyalarni rivojlantiradi.

Texnologiyadan maksimal darajada foydalanishni boshlang! Keyingi postda ChatGPT’dan samarali foydalanish sirlarini oβ€˜rganamiz!

πŸ‘Ύ Sun’iy intellektlar haqida batafsil - @uz_GPT

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

28 Jan, 09:07


Post 2: ChatGPTdan samarali foydalanish sirlari

🧠 ChatGPT bilan qanday ishlash kerak?
ChatGPT’dan maksimal foyda olish uchun unga qanday savol berishingiz muhim. Toβ€˜gβ€˜ri yondashuv samaradorlikni oshiradi va kerakli natijaga erishishga yordam beradi.

πŸ’‘ Maslahatlar:
β€’ Aniq boβ€˜ling: Savolingiz qisqa va tushunarli boβ€˜lishi kerak.
Noma’lum savol: β€œTexnologiya haqida aytib bering.”
Yaxshi savol: β€œTexnologiya rivoji haqida 2025-yilga oid 3 ta faktni keltiring.”
β€’ Misol keltiring: Javobni qanday olishni xohlayotganingizni koβ€˜rsating.
β€œShu matnni oddiyroq tilda yozib bering: β€˜Qonunchilikdagi yangi oβ€˜zgarishlar haqida ma’lumot bering.’”
β€’ Bosqichma-bosqich yondashing: Katta savollarni kichik qismlarga ajratib yozing.
β€œDastlab kirish qismini tuzib bering, keyin asosiy fikrlarni taklif qiling.”

πŸ”‘ Javobni yaxshilash uchun nima qilish kerak?
β€’ Javobdan qoniqmasangiz, savolni qayta yozing yoki aniqlik kiriting:
β€œIltimos, javobni batafsilroq yozing.”
β€œShuni qisqaroq qilib tushuntirib bering.”

Texnologiyadan maksimal foyda olish uchun tajriba qilishdan qoβ€˜rqmang! Keyingi postda β€” notoβ€˜gβ€˜ri javoblarga qanday munosabatda boβ€˜lish haqida soβ€˜zlaymiz.

πŸ‘Ύ Sun’iy intellektlar haqida batafsil - @uz_GPT

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

28 Jan, 09:07


ChatGPTdan foydalanishni bilasizmi?

πŸ€– Texnologiyalar rivojlanmoqda, lekin undan qanday foydalanishni ham bilish kerak, toβ€˜gβ€˜rimi? πŸ’‘ Sun’iy intellekt yordamida oβ€˜qish, ish yoki ijodda samaradorlikni oshirsa boβ€˜ladi.

πŸš€ Biz aynan shu maqsadda yangi rubrika β€” β€œChatGPTdan Samarali Foydalanish”ni boshlayapmiz! Oddiy va qiziqarli usullar bilan texnologiyani hayotingizga joriy qilamiz. 🌟 Birinchi postni oβ€˜tkazib yubormang, bu siz uchun yangi imkoniyatlarga eshik ochadi!

πŸ‘Ύ Sun’iy intellektlar haqida batafsil - @uz_GPT

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

27 Jan, 14:53


Kimlar uchun ChatGPT’dan foydalanish shart emas?

ChatGPT koβ€˜pchilik uchun qulay va foydali vosita boβ€˜lsa-da, ba’zi odamlar uchun undan foydalanish shart boβ€˜lmasligi mumkin:

1️⃣ Professional mutaxassislar: Oβ€˜z sohasida chuqur bilim va tajribaga ega kishilar uchun sun’iy intellekt maslahatlari yetarlicha foyda bermasligi mumkin.

2️⃣ Ijodkorlar: Adabiyot, san’at yoki boshqa ijodiy yoβ€˜nalishlarda ishlovchi insonlar oβ€˜z ijodlarini sun’iy yordamsiz yaratishni afzal bilishi mumkin.

3️⃣ Offline faoliyatni afzal koβ€˜ruvchilar: Sport, kitobxonlik yoki boshqa real hayotiy faoliyat bilan band boβ€˜lganlar bunday texnologiyalardan foydalanishga ehtiyoj sezmasligi mumkin.

4️⃣ Maxfiylikka e’tibor beradiganlar: Oβ€˜z shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga jiddiy yondashadigan odamlar ChatGPT’dan foydalanishni istamasligi mumkin.

5️⃣ Bolalar: Yosh bolalar uchun real muloqot va tarbiya koβ€˜proq foyda keltiradi. Sun’iy intellektga bogβ€˜liq boβ€˜lish tavsiya etilmaydi.

6️⃣ Texnologiyaga kirish imkoniyati cheklangan hududlar: Internet va texnologiya cheklangan joylarda yashovchilar uchun bunday vositalardan foydalanish imkoniyati mavjud boβ€˜lmasligi mumkin.

ChatGPT hamma uchun emas, lekin kerakli joyda undan samarali foydalanish mumkin. Siz nima deb oβ€˜ylaysiz? Fikrlar bilan boβ€˜lishing!

#Texnologiya #SuniyIntellekt #Fikr

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

27 Jan, 14:30


πŸ•’ Vaqtingizni tejashni xohlaysizmi?

Bugungi kunning shiddatli hayotida vaqtdan unumli foydalanish har qachongidan muhim. Biznes, oβ€˜qish, ijod yoki oddiy kundalik vazifalar – bularning barchasini osonroq va samarali hal qilishning siri bor.

Koβ€˜pchilikning e’tiborini tortgan zamonaviy texnologiyalar yordamida siz ham:
βœ” Matnlarni tahlil qilishni.
βœ” Murakkab savollarga tezkor javob olishni.
βœ” Yozma vazifalar, kodlash yoki tadqiqot ishlari bilan shugβ€˜ullanishni osonlashtirishingiz mumkin!

Men bu imkoniyatni ChatGPT Plus orqali sinab koβ€˜rdim va buni siz bilan boΚ»lishyapman. chatGPT Plus xizmat narxi oyiga $20, lekin faqat $10 evaziga bu ajoyib imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

Sizni ham bu imkoniyatdan foydalanishga taklif qilaman!
Bu imkoniyatdan foydalanishni istasangiz yoki qoβ€˜shimcha ma’lumot olishni xohlasangiz, menga yozing: πŸ‘‰ @uzgpt

Shoshiling! Joylar cheklangan – bir hisobda faqat 3 ishtirokchi boβ€˜ladi.

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

27 Jan, 12:25


🎯 Samaradorlikni oshirish uchun ajoyib vosita!

Bugungi kunda koβ€˜pchilik oβ€˜z vaqtini tejash va ishlarini samarali tashkil qilish uchun turli vositalardan foydalanadi. Ammo eng ilgβ€˜or texnologiyalar haqida bilasizmi?

Tasavvur qiling: har kuni sizning qoβ€˜lingizda universitet ishi boβ€˜ladimi, biznes reja yoki kontent yaratish – hammasini bir joyda tez va oson hal qiladigan yordamchingiz bor. U sizga murakkab savollarga javob beradi, matnlar tahlil qiladi yoki hatto dasturlashda koβ€˜maklashadi!

Men shaxsan buni oβ€˜zimda sinab koβ€˜rmoqchiman. Shu maqsadda ChatGPT PRO xizmatini olishni rejalashtiryapman va buni siz bilan birgalikda amalga oshirishni istayman. $200 toβ€˜lamasdan, faqat $20 evaziga bu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin.

Agar sizni qiziqtirsa yoki oβ€˜zingiz sinab koβ€˜rmoqchi boβ€˜lsangiz, hoziroq menga yozing: πŸ‘‰ @uzgpt

Texnologiyalarni birgalikda oβ€˜rganamiz va imkoniyatlarni kengaytiramiz!

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

25 Jan, 16:18


πŸ€– OpenAI yaqinda Operator'ni namoyish etdi va u kompyuterdagi barcha odatiy vazifalarni sizni o’rningizga bajara olishini ta’kidlashdi.

Reallik: Β«Men maqolani ochmoqchi bo’lganimda captchaga duch keldim. Meni o’rnimga captchadan o’ta olasizmi?Β» πŸ˜„

πŸ“Ÿ DigiTech

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

24 Jan, 15:30


β€œTasnif group” tomonidan ChoΚ»lponning β€œGoΚ»zal Turkiston” asari asosida Sun’iy intellekt yordamida tayyotlangan video klip.

πŸ‘Ύ Sun'iy intellektlar haqida batafsil - @uz_GPT

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

24 Jan, 04:56


πŸ–₯️ ChatGPT sizning kompyuteringizni boshqaradi

Endi ChatGPT "Operator" deb nomlangan birinchi aqlli agent bilan jihozlangan boβ€˜lib, u turli vazifalarni bajarishni biladi.

U orqali botga xaridlar qilish, restoranlarda stol buyurtma qilish va chiptalar sotib olish kabi ishlarni topshirish mumkin. Rasmlarni tanib olish funksiyasi tufayli foydalanuvchilar qoβ€˜lda yozilgan xaridlar roβ€˜yxatini yuborib, ChatGPT orqali buyurtma berishlari mumkin.

Hozircha bu funksiya faqat AQShdagi Pro obunachilariga mavjud, ammo tez orada Plus foydalanuvchilari va boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar ham foydalanishi mumkin boβ€˜ladi.

@texno_doppi

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

22 Jan, 11:01


⚑️Tramp OpenAI kompaniyasiga super-aqlli neyron tarmoqlarni rivojlantiruvchi superkompyuter yaratish uchun 500 milliard dollar investitsiya kiritish bo’yicha qarorni imzoladi.

Birinchi bosqichda kompaniya 100 milliard dollarlik sarmoyani oladi, ushbu mablag’ Texasdagi yirik ma’lumotlar markazi qurilishiga yo’naltiriladi. Loyiha ustida OpenAI, SoftBank, Oracle va Microsoft birgalikda ishlashadi.

Tramp prezidentlik davrida, ya’ni to’rt yil ichida byudjetni besh barobar oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Tramp Baydenning sun’iy intellektni xavfsiz rivojlantirish haqidagi farmonini bekor qildi.

Birdaniga GPT-5 GPT-10 ni kutib qolamiz.

πŸ“Ÿ DigiTech

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

20 Jan, 18:10


ChatGPT, OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan, asosan, katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi bilan mashq qilingan sun’iy intellektli chat modelidir. Bu model GPT (Generative Pre-trained Transformer) texnologiyasiga asoslangan. Quyidagi asosiy qismlardan iborat:
1. Transformer Arxitekturasi: ChatGPT, transformer deb ataladigan maxsus neyron tarmoq arxitekturasidan foydalanadi. Bu arxitektura kiritilgan ma’lumotlarni chuqur qatlamli tahlil qilish orqali javob yaratish imkonini beradi. Transformerlar, matn bo’lagini tahlil qilishda oldingi va keyingi so’zlarning kontekstini hisobga oladi, bu esa modelga tabiiy tilni yanada samaraliroq tushunish va ishlatish imkonini beradi.
2. Pre-training va Fine-tuning: Model avval katta hajmdagi umumiy ma’lumotlar to’plami bilan oldindan mashq qilinadi (pre-training). Bu jarayon davomida u turli xil til modellarini va ularning qo’llanilishini o’rganadi. Keyin, ma’lum bir vazifa yoki sohadagi aniq talablarga javob berish uchun nozik sozlash (fine-tuning) qilinadi.
3. Mashq Jarayonlari: ChatGPT kabi modellar, kiritma (input) va chiqarish (output) orasidagi bog’liqliklarni tushunish uchun millionlab kitoblar, maqolalar va boshqa matn manbalaridan foydalanilgan holda mashq qilinadi. Bu matnlar yordamida model turli xil so’rovlarga mos ravishda javob berishni o’rganadi.
4. Ko’p Bosqichli Tahlil: ChatGPT savollarga javob berishda avval so’rovni tahlil qiladi, keyin ma’lumotlar bazasidagi o’rganilgan ma’lumotlardan foydalanib, eng mos va aniq javobni ishlab chiqaradi.

OpenAI ushbu texnologiyalarni doimiy ravishda yangilab, yanada takomillashtirib boradi, shuning uchun ChatGPT ham vaqt o’tishi bilan yanada aniqroq va tabiiyroq javoblar berish qobiliyatiga ega bo’ladi. AI va uning ishlash prinsiplari haqida ko’proq bilish uchun OpenAI rasmiy saytini ko’rib chiqishingiz mumkin: OpenAI

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

20 Jan, 07:45


Yanvar oyi uchun chatGPT Plus Profiliga a’zolar yigΚ»ish boshlandi!

1ta teamga faqat 3 kishi qabul qilinadi!

OΚ»z oΚ»rningizni band qilishga shoshiling. Joylar soni chegaralangan!

Agar 2 oylikni birdan band qilsangiz sizga bu profil 10$dan tushadi!

Admin: @uzgpt

πŸ‘Ύ Sun'iy intellektlar haqida batafsil - @uz_GPT

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

19 Jan, 16:56


πŸ“‚ chatGPT Tariflari o'rtasidagi farqlar

Usbu fayl orqali chatGPT tariflari o'rtasidagi farqni va Plus obunasi narxiga arziydimi yoki yo'q degan savolingizga javobni olishingiz mumkin!

πŸ‘Ύ Sun'iy intellektlar haqida batafsil -
@uz_GPT

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

18 Jan, 15:29


πŸŽ‰ ChatGPT PRO xizmatini birgalikda sinab koβ€˜ramiz! πŸŽ‰

ChatGPT PRO tarifini olishni rejalashtiryapman va birgalikda foydalanish uchun maxsus guruh tashkil qilmoqdaman. PRO xizmat narxi oyiga $200, lekin siz bu xarajatni toβ€˜liq qoplashni istamasangiz, oβ€˜rningizni atigi $20 evaziga band qilishingiz mumkin!

ChatGPT PRO nima uchun kerak?
βœ… Tezkor va sifatli javoblar olish.
βœ… Katta hajmdagi matnlar bilan ishlash.
βœ… Maqola, kod yozish, ilmiy loyihalar va boshqa vazifalarni oson hal qilish.
βœ… Oddiy versiyaga nisbatan kengroq imkoniyatlar.

Tizim qanday ishlaydi?
1️⃣ Men maxsus Telegram guruh ochaman.
2️⃣ Guruhga a’zo boβ€˜lish narxi – 20$ oyiga.
3️⃣ Hisob ma’lumotlari faqat guruh a’zolari bilan ulashiladi.
4️⃣ Adolatli tizim tashkil qilamiz – hamma xizmatdan teng foydalanadi.

Shoshiling, joylar cheklangan!
β€’ Bir hisobda faqat 10-15 foydalanuvchi boβ€˜ladi.
β€’ Guruhga qoβ€˜shilish uchun hoziroq yozing: @uzgpt

πŸ’¬ Qoβ€˜shimcha ma’lumot uchun biz bilan bogβ€˜laning. Sizni guruhimizda kutamiz!

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

01 Dec, 07:06


ChatGPT ikki yoshda

OpenAI rasmiy Twitter sahifasi ikki yil oldingi postni qayta ulashdi va β€œXoβ€˜sh, sinab koβ€˜rdingizmi?”.

O'sha paytdan boshlab AI butun internet tarmog'ida eng ko'p tilga olingan so'zga aylandi.

Hozirgi kunga kelib, ChatGPT ning haftalik faol foydalanuvchilari soni 250 million kishini tashkil etmoqda.

ChatGPT ishga tushganidan beri, dunyoning oltita yirik texnologiya kompaniyalarining umumiy bozor qiymati 8 trillion AQSh dollaridan oshiq o'sdi.
Ayniqsa, NVIDIA kompaniyasining bozor qiymati sezilarli darajada oshdi.
S&P 500 texnologik indeksi 30% ga oβ€˜sgan.

OpenAI 2025 yilda yangi β€œAI agent”ini ishga tushirib, 1 milliard foydalanuvchiga yetishni maqsad qilgan.

@botirziyatov

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

25 Sep, 16:51


https://t.me/notpixel/app?startapp=f5819317484

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

15 Sep, 03:09


AGI yaralish arafasida

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

11 Jul, 10:46


πŸ“±https://www.instagram.com/reel/C9KxWb4Ilhl/?igsh=dHUxaGNuYWljNmRj

1️⃣ LUMALABS.AI πŸ‘ˆ

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

29 May, 05:18


Microsoft Copilot sun’iy intellektini ijtimoiy tarmoqlarga olib kelayapti. Hammasidan qizig’i, birinchi bosqish sifatida Telegram messenjerni tanlashibdi.

Mabodo, bilmaganlar uchun, Microsoft OpenAI kompaniyasining asosiy investori hisoblanadi va Copilot dasturi ham OpenAI’ning ChatGPT dasturidan to’liq foydalanadi.

Microsoft kelajakda Copilotni universal yordamchi qilib, barcha qurilma va dasturlarga integrasiya qilmoqchi (huddi Ironman kinosidagi Jarvis kabi shaxsiy yordamchingiz bo’ladi).

Siz bu kelajkka tayyormisiz?

Copilotni Telegramda sinab ko’raman deganlar uchun: @CopilotOfficialBot

Sinab ko’rib, taassurotingiz bilan izohlarda ulashing. Nima savollar berib ko’rdingiz? Qanday javoblar oldingiz? Har kuni ishlatadigan qanday foydali funksiyalar topdingiz?

@sariqdev

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

28 May, 05:55


😱 @Samandar_GPT4_Bot πŸ€”

Telegramdagi eng funktsional oΚ»zbek chatbot, ilg'or GPT-4 va DALL-E 3 modellari bilan jihozlangan.

Yaratuvchi: @u_najot - NamMQI talabasi

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ @Samandar_GPT4_Bot πŸ‡ΊπŸ‡Ώ

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

15 May, 04:13


πŸ€– GPT-4o - hazillasha, qo'shiq aytishga va sinxron tarjimani bajarishga qodir yordamchi

Kecha OpenAI o'z modelining GPT-4o deb nomlangan eng yangi versiyasini taqdim etdi. Ushbu versiya eng tezkor va eng kuchli hisoblanadi. Yangi mahsulotning asosiy maqsadi texnologiyani barcha smartfon foydalanuvchilari uchun ochiq va qiziqarli qilishdir.

πŸ“ Biz GPT-4o-dan foydalanishning ajoyib holatlarini tanladik:

πŸ’‘ Matematika o'qituvchisi

Videolardan foydalangan holda, GPT-4o matematik formulalarni tushunadi va foydalanuvchilarga (shu jumladan bolalar) muammolarni bosqichma-bosqich ko'rsatib beradi. Shuningdek, u geometriya masalalari, kimyoviy formulalar va fizika tajribalarini tushuntira oladi.

πŸ”Š Sinxron tarjimon

Do'stlar va hamkasblar bilan muloqot qilish osonlashdi - GPT-4o suhbatlarni har bir ishtirokchining ona tiliga tarjima qiladigan tarzda sozlanishi mumkin. Videoda xodimlarning ispan va ingliz tillarida muloqot qilayotgani, GPT-4o tarjimon sifatida ishlayotgani koβ€˜rsatilgan.

πŸ‘ Ko'zi ojizlar uchun navigator

Telefon kamerasidan foydalanib, GPT-4o atrofdagi ob'ektlarni, masalan, me'moriy yodgorliklar yoki hayvonlarni tanib, tasvirlay oladi, shuningdek, foydalanuvchiga marshrutni ko'rsatadi.

🌸 Do'stona maslahatchi

GPT-4o soch turmagi yoki kiyim tanlash haqida savollar berishi mumkin. U sizning xushxabaringizdan quvonadi, hazillaringizni tushunadi va o'zini kulishga qarshi bo'lmaydi. Bundan tashqari, u OpenAIda intervyuga tayyorgarlik ko'rish kabi jiddiy masalalarda yordam berishi mumkin.

✨ O'yin hamkori

GPT-4o turli o'yinlar qoidalarini yaxshi biladi va Rok, Qog'oz, Qaychi kabi do'stlaringiz bilan o'yinlarda hakam sifatida ishlay oladi.

πŸŽ™ GPT-4o ham kuylaydi

Model nafaqat turli ovozlarda javob beradi va his-tuyg'ularni ifodalaydi, balki so'rov bo'yicha ham qo'shiq aytadi. Nega u qo'shiq aytmasligi kerak?

➑️ Yangi modelni @ChatGPT_General_Bot sahifasida sinab ko'rishingiz mumkin

πŸ“Ά #versiya #yangilanish

πŸ“ŒSuniy intellek #Yangiliklari
@Suniy_intellekt_chatgpt βœ…

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

14 May, 04:01


Bu chatgpt-4o versiyada siz istalgan rasmni chizib bermaydi lekin unga rasm yuborsangiz sintez qilib beradi

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

14 May, 03:46


openai.com -> chatgpt.com ga oΚ»zgardi endi chatgpt-3.5 va chatgpt-4o versiyasi bepul boΚ»libdi

πŸ“Ά #versiya #yangilanish

πŸ“ŒSuniy intellek
#Yangiliklari
@Suniy_intellekt_chatgpt βœ…

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

25 Apr, 09:42


🀯 Aqlga sigʻmaydi

πŸ€– OpenAI taqdim qilgan sunΚΌiy intellektga asoslangan robot tabiiy harakatlanadi va soΚ»zlashadi. Shunchalik tabiiyki, bu sizning aqlingizga sigΚ»masligi mumkin.

πŸ˜‰ Lekin farzandingiz yoki oΚ»quvchingiz oson tushuna oladi, agar ular bizda oΚ»qisa. Format oΚ»quv dasturida sunΚΌiy intellektni oΚ»rganishga qaratilgan darslar mavjud.

ToΚ»liqroq maΚΌlumot uchun

πŸ§ πŸ“² π•Šπ•¦π•Ÿπ•šπ•ͺ π•šπ•Ÿπ•₯π•–π•π•π•–π•œπ•₯ | 𝕔𝕙𝕒π•₯𝔾ℙ𝕋

10 Apr, 03:58


Muborak Ramazon hayiti bilan qutlayman, hamkasb.

3,250

subscribers

47

photos

41

videos