Latest Posts from TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal (@tstu_yoshlarittifoqi) on Telegram

TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal Telegram Posts

TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal
🇺🇿 Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar Ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Taklif va murojatlar uchun:
@TSTU_MurojaatlarBot
2,037 Subscribers
2,068 Photos
382 Videos
Last Updated 09.03.2025 00:11

The latest content shared by TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal on Telegram

TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

23 Feb, 01:00

368

Assalomu alaykum, azizlar!

🧾Yangi tongingiz muborak bo‘lsin!
Bu kun sizga omad, baraka va muvaffaqiyat olib kelsin. Har bir ishingizda ezgulik va yutuqlarga erishing!

🌎Kunningiz yorug‘, kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘lsin!

Ассаляму алейкум, дорогие!

🧾Пусть ваше новое утро будет благословенным!
Этот день принесёт вам удачу, радость и успех. Пусть во всех ваших начинаниях будет свет и благополучие!

🌎Пусть ваш день будет ярким, а настроение – отличным!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

22 Feb, 14:47

251

📚"SHAYXZODA HAFTALIGI – IJODIY TANLOVLAR MARAFONI"

📅Sana: 24-fevraldan - 1martgacha
📍Manzil: 4A-TTJ 3-qavat , 19:00

😀Toshkent davlat transport universitetida Maqsud Shayxzoda ijodiga bag‘ishlangan “Shayxzoda Haftaligi” e’lon qilinadi! Ushbu haftalik davomida talaba qizlar o'rtasida qiziqarli tanlovlar, ijodiy bellashuvlar va bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish imkoniyati kutmoqda.

📌Tanlov kunlari va yo‘nalishlari:

📅1-kun: “Shayxzoda ovozi” – videoroliklar tanlovi
📹Maqsud Shayxzodaning she’rlaridan birini ifodali o‘qib, videoga yozib yuboring. Ifoda, ovoz ohangi va ta’sirchanlik asosiy mezon!

📅2-kun: “Shayxzodani chizaman” – ijodiy rasm tanlovi
🎨Shayxzodaning portretini yoki uning asarlaridan biror sahnani tasvirlang!

📅 3-kun: “Shayxzoda izdoshlari” – she’r yozish tanlovi
📝Maqsud Shayxzoda uslubiga yaqin yoki undan ilhomlangan holda o‘z she’ringizni yozing.

📅4-kun: “Shayxzoda bilimdonlari” – maqola yoki esse tanlovi
📖“Maqsud Shayxzodaning ijodi va mening dunyoqarashim” mavzusida 300-500 so‘zdan iborat maqola yoki esse yozing.

📅 5-kun: “Shayxzoda merosi” – taqdimot yoki prezentatsiya tanlovi
💻Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida taqdimot yoki slaydlar tayyorlab, uni videoda tushuntirib bering.

📅 6-kun: Taqdirlash marosimi
🏆Tanlov ishtirokchilari taqdirlanadi va eng yaxshi ijodiy ishlar e’tirof etiladi!

🖊Ishtirokchilar quyidagi profilga murojaat qiling: @Ruzmamatova_Z

Bu haftalik siz uchun Maqsud Shayxzoda ijodini yanada chuqurroq o‘rganish va o‘z iqtidoringizni namoyon qilish imkoniyatidir.

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring
🕊 Telegram    📱Instagram
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

22 Feb, 14:07

2,657

🇺🇿SPORT VA MATONAT! 🏆

🥋Karate to‘garagiga taklif etamiz!

Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti talabasi Shavkatov Xusniddin Ruslanbek o‘g‘li tomonidan tashkil etilgan karate to‘garagiga sizni ham chorlaymiz!

📋Agar siz:
Jismoniy chiniqishni istasangiz;
O‘z mudofaa mahoratingizni oshirmoqchi bo‘lsangiz;
Sport orqali sabr-toqat va intizomni rivojlantirishni xohlasangiz,
ushbu to‘garak aynan siz uchun!

📅Mashg‘ulot vaqtlari:
🗓Haftaning toq kunlariDushanba, Chorshanba, Juma
Soat 18:30 dan boshlab
🔔Mashg‘ulotlar bepul!

📥Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998 99 023 06 05
📩@Shavkatov_Xusniddin

💪Sog‘lom tana – sog‘lom tafakkur! 🥋

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

22 Feb, 11:58

259

#Mehrli_Talaba | Ezgulikka tashlangan qadam

Mehr ulashish – ezgulik sari yo‘l!

📋Bu safar klub a’zolari Talabalar shaharchasi ma’muriyati bilan hamkorlikda universitetimizga biriktirilgan xonadonga tashrif buyurishdi.

Ezgu tashrif doirasida:
🏡 Uy egasiga uy ishlarida yordam berildi, zarur yumushlar bajarildi;
🧹 Xonadon tozalandi, tartibga keltirildi va yanada shinam holatga keltirishga harakat qilindi;
🤝 Samimiy suhbat va iliq muloqot orqali mehr ulashildi, xonadon egasining kayfiyati ko‘tarildi.

📌Bu tashrif faqatgina jismoniy yordam emas, balki insoniy g‘amxo‘rlik, mehr va hamjihatlik timsoli bo‘ldi. Har bir ezgu ishimiz jamiyatga yaxshilik ulashish, mehr-muruvvat ko‘rsatish sari tashlangan qadamdir.

🌿 Keling, ezgulikni birga tarqatamiz!

https://t.me/mehrli_talaba
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

22 Feb, 04:05

757

#IMKONIYAT

📢Media olamida o‘z o‘rningizni topmoqchimisiz? Yoshlar ittifoqining Media Klubi yangi a’zolarni qabul qilishni boshladi!
Agar siz ijodiy fikrlashga ega, media sohasiga qiziqadigan va yangi imkoniyatlarni izlayotgan yosh bo‘lsangiz, bu klub aynan siz uchun!

🎥Media klubga qo‘shilish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
Tajribali media mutaxassislar bilan ishlash va ulardan o‘rganish
Kontent yaratish, foto va video montaj ko‘nikmalarini oshirish
Media va kommunikatsiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etish
Innovatsion va ijodiy loyihalarni amalga oshirish

📩Murojaat uchun: @M_akhmatovam

📌O‘zingizni sinab ko‘ring va yangi muvaffaqiyatlarga erishing!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTubed
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

22 Feb, 01:03

401

Assalomu alaykum, azizlar!

🧾Yangi tongingiz muborak bo‘lsin!
Bu kun sizga omad, baraka va muvaffaqiyat olib kelsin. Har bir ishingizda ezgulik va yutuqlarga erishing!

🌎Kunningiz yorug‘, kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘lsin!

Ассаляму алейкум, дорогие!

🧾Пусть ваше новое утро будет благословенным!
Этот день принесёт вам удачу, радость и успех. Пусть во всех ваших начинаниях будет свет и благополучие!

🌎Пусть ваш день будет ярким, а настроение – отличным!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

21 Feb, 09:49

438

📊2025-yil yanvar oyida jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar statistikasi:

📋Jami to‘lovlar soni15,2 million
🚌 Avtobuslarda11,7 million
🚇 Metropolitenda3,5 million

💰Yanvar oyida yo‘lovchilar o‘tish tariflari orqali jami 3,2 milliard so‘m mablag‘ tejadi.

🔔Jamoat transportidan foydalanish yanada qulay va tejamkor bo‘lib bormoqda.

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

21 Feb, 05:16

452

📌 2024/2025 o'quv yili uchun qishki perevod natijalari oliygohlarga yuborildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi OTMlarga natijalar kecha kechkurun, ayrim oliygohlarga esa bugun ertalab yetib borganligi sababli ba'zi oliygohlarda bu haqida faqatgina o'qishni ko'chirish bo'yicha mas'ul shaxsning o'zigina xabardor bo'lishi mumkin.

Bir nechta ishchi guruhlarning bizga ma'lum qilishicha, bugun natijalar oliygoh rektori tomonidan tasdiqlanib, rasmiy sahifalarda birin-ketin e'lon qilinishi kutilmoqda.

Kanalimiz tahririyatida ayrim oliygohlarga tegishli natijalar mavjud, biroq OTMlar tomonidan rasmiy e'lon berilgach biz ham kanalga joylab boramiz. Talabalarga o'qishni ko'chirayotgan OTM mas'ullari bilan bog'lanishlarini tavsiya qilamiz.

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

21 Feb, 05:13

444

🔵#Rasman

📌 "Qishki perevod" natijalari e'lon qilindi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Bugundan boshlab talabalar OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

21 Feb, 04:45

322

Milliy libos – bizning faxrimiz!

📍Talabalar shaharchasida bugun milliy madaniyat va an’analarimizni ulug‘lash maqsadida Milliy liboslar kuni keng nishonlandi!

🌺Talaba qizlarimiz rang-barang atlas, adras, beqasam kabi milliy matolardan tikilgan liboslarda o‘zbekona go‘zallik va latofatni namoyon qilishdi. Ularning har bir qadamida milliy g‘urur, an’analarga sadoqat va o‘zbekona nafislik aks etdi.

🇺🇿Yigitlarimiz esa chiroyli do‘ppilar bilan o‘ziga xos milliy ruhni uyg‘otib, bayram shukuhini yanada oshirishdi.

Milliy libos – ajdodlardan qolgan bebaho meros! Uni kiyib yurish – nafaqat go‘zallik, balki o‘z madaniyatimizni qadrlash va asrab-avaylashdir.

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring
🕊 Telegram    📱Instagram