ETKM FAKULTETI

@etkmf


Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti rasmiy kanali. Murojaatlar: o'quv ishlari bo'yicha - @olegvaisov va @Nurulla6509
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha - @xasanjumanov

ETKM FAKULTETI

23 Oct, 09:53


#ETKM
#REQT 22-oktyabr sanasida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti "Radioelektron qurilmalar va tizimlar" kafedrasi  professor-o‘qituvchilari Yusuf .S.SH va Zakirov V.M tomonidan RQ-6 guruh talabalari bilan birgalikda, talim va xizmat ko'rsatish soxalarini integratsiyalash yo'nalishi bo'yicha Toshkent aloqa va signallashtirish distansiyasiga qarashli, Toshkent davlat transport universiteti qoshidagi Аvtomatlashtirilgan telefon stansiyasi(ATS) ga tashrif buyuruldi. Tashrif davomida talabalarga DX-500 raqamli stansiyasi ishlash tartibi, optik tolali serverlar ishlashi, mijozlar(abonentlar) joylashgan kros, liniyani holatini tekshiruvchi generator, raqamli va analog telefon qurilmalari hamda mijozlarni ro'yxatga olish tartiblari batafsil o'rgatildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javoblar olishdi.
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube

ETKM FAKULTETI

23 Oct, 06:05


Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/item/88

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

ETKM FAKULTETI

22 Oct, 14:50


#ETKM
#Elektrotexnika_kafedrasi
#men_tanlagan_mutaxasislik

🛎 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti "Elektrotexnika" kafedrasida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda fakultet birinchi bosqich "Elektr muhandisligi" ta'lim yo‘nalishi talabalari bilan "Men tanlagan mutaxasislik" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📎 Davra suhbati davomida talabalarga kafedra mudiri O.T. Boltayev hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tanlagan yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi. Davra suhbati so‘ngida talabalarda tug‘ilgan savollarga javob berildi, ularda mavjud ta'limga oid takliflari tinglandi.

Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube

ETKM FAKULTETI

22 Oct, 12:03


#ETKM
#IKG

Shu yilning 21 oktyabr kuni Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti Informatika va kompyuter grafikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari N.Sh. Xodjayeva, F.I. Mamurova hamda N.J. Xakimovalar
Transport universiteti qoshidagi akademik lisey o'quvchilariga "INSON KO'RKI-ODOB" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.
Suhbat davomida talabalarning universitet hududida o'zlarini tutishlari, muloqot madaniyati, ustoz-shogirt munosabatlarida o'zlarini tutish tartibi kabi masalalarida tushunchalar berildi.

Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube

ETKM FAKULTETI

22 Oct, 11:32


“Oltin kuz” nomli manzara etyud tanlovi

31 oktabr soat 11:00da fontan atrofida “Oltin kuz” nomli manzara etyud tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talaba-yoshlar @FaxriddinAlimov (424-xona Alimov Faxriddin Xusanovich) ga 2024 yil 30 oktabrga qadar murojaat qilishlari mumkin.

@tstu_online

ETKM FAKULTETI

22 Oct, 11:30


#ETKM
#REQT
2024 yil 22 oktabr kuni «Radioelektron qurilmalar va tizimlar» kafedrasi o‘qituvchilari N.V.Yaronova va Q.A.Kosimova RQ-3 guruhi talabalari uchun seminar o‘tkazdilar. Tadbirning asosiy mavzusi davlat tilining milliy o‘zlikni anglash va O‘zbekiston birdamligining muhim elementi sifatidagi ahamiyati to'g'risida olib borildi.
O‘qituvchilar talabalar e’tiborini 21 oktabr — O‘zbekistonda Davlat tili kuni nishonlanishiga qaratdilar. Bu bayram mamlakatning madaniy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Joriy yilda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga 35 yil to‘ldi. Ushbu qonun o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan bo‘lib, mustaqil O‘zbekiston tarixidagi muhim voqealardan biriga aylangan.
Seminarda tilning jamiyatdagi o‘rni, uni saqlab qolish va rivojlantirish zarurati, yoshlar orasida vatanparvarlikni shakllantirishga ta’siri kabi mavzular muhokama qilindi. Talabalar tilning turli hayot sohalaridagi ahamiyati, ta’lim va ilm-fandagi o‘rni haqida savollar berib, faol ishtirok etdilar.

ETKM FAKULTETI

22 Oct, 10:05


🟦🟦
#tanlov

✏️"Men saylovga tayyorman" mavzusida insholar tanloviga start beriladi


👊Muddat: 26-oktabrgacha 402-xonada qabul qilinadi

🎁Barchani ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

🚀Telegram🔵Facebook   Web-sayt 📷Instagram🎬YouTube