Latest Posts from TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal (@tstu_yoshlarittifoqi) on Telegram

TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal Telegram Posts

TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal
🇺🇿 Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar Ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Taklif va murojatlar uchun:
@TSTU_MurojaatlarBot
2,037 Subscribers
2,068 Photos
382 Videos
Last Updated 09.03.2025 00:11

The latest content shared by TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal on Telegram

TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

27 Feb, 12:39

1,247

Adiblar xiyobonida adabiy-ma’rifiy tadbir!

Talaba-qizlar bilan ishlash bo‘yicha koordinator Hasanova Sevinch tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimizning ijodkor va iste’dodli talabalari ishtirok etib, Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar.

📖She’riyat va adabiyotga oshno yoshlar shoirning asarlaridan parchalar o‘qib, o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurot qoldirdi.

📖Adabiyot – qalb oziqasi!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

27 Feb, 08:34

522

G‘ofurov Mirzohid janoblari, tavallud ayyomingiz muborak!

Hurmatli G‘ofurov Mirzohid,
Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti koordinatori!

Sizni bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz! Hayotingiz doimo omad, quvonch va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin. Sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, kuch-g‘ayrat, tinchlik-xotirjamlik va doimo ezgu niyatlaringizning ro‘yobga chiqishini tilaymiz.

Yangi yoshingiz sizga yangi marralar, yuksak zafarlar va yorqin imkoniyatlar olib kelsin! Sizning fidokorona mehnatingiz va yoshlarga qo‘shayotgan hissangiz tahsinga loyiq. Ishlaringiz bardavom, hayotingiz farovon bo‘lishini tilaymiz!

Hurmat bilan,Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

27 Feb, 08:03

496

Qishning sovuq kunlarida iliqlik ulashdik!

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talaba yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarga iliq kayfiyat ulashish maqsadida kofe tarqatildi!☕️

Bu tashabbus qishning sovuq kunlarida barchaga oz bo‘lsa-da iliqlik baxsh etish, talabalar va ustozlar o‘rtasida samimiy muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.

📌Tashkilotchi: AYMF Yoshlar ittifoqi

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

27 Feb, 01:01

519

Assalomu alaykum, azizlar!

🧾Yangi tongingiz muborak bo‘lsin!
Bu kun sizga omad, baraka va muvaffaqiyat olib kelsin. Har bir ishingizda ezgulik va yutuqlarga erishing!

🌎Kunningiz yorug‘, kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘lsin!

Ассаляму алейкум, дорогие!

🧾Пусть ваше новое утро будет благословенным!
Этот день принесёт вам удачу, радость и успех. Пусть во всех ваших начинаниях будет свет и благополучие!

🌎Пусть ваш день будет ярким, а настроение – отличным!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

26 Feb, 11:14

539

🔵#Qor

Qishni ajoyib qorlar bilan tugatyapmiz, universitetimiz esa bu go'zal manzarada yanada jozibador ko'rinadi.


📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

26 Feb, 08:34

1,851

📚Maqsud Shayxzoda ijodi – adabiyotimiz durdonasi!

😀 Toshkent davlat transport universiteti faol talaba-yoshlari adabiyotimizning ulkan siymolaridan biri, dramaturg va shoir Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodini keng targ‘ib etishda davom etmoqda.

Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi Qodirov Islomjon, Iqtisodiyot fakulteti talabasi Hasanova Sevinch, Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti talabasi Aktamova Aziza tomonidan Shayxzoda ijodiy merosiga bag‘ishlangan qiziqarli uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida shoirning hayoti, adabiyotga qo‘shgan mislsiz hissasi hamda uning yorqin xotirasini abadiylashtirish borasidagi keng ko‘lamli ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari Shayxzodaning boy ijodiy merosi, uning asarlarida aks etgan milliy va umumbashariy qadriyatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

26 Feb, 01:03

526

Assalomu alaykum, azizlar!

🧾Yangi tongingiz muborak bo‘lsin!
Bu kun sizga omad, baraka va muvaffaqiyat olib kelsin. Har bir ishingizda ezgulik va yutuqlarga erishing!

🌎Kunningiz yorug‘, kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘lsin!

Ассаляму алейкум, дорогие!

🧾Пусть ваше новое утро будет благословенным!
Этот день принесёт вам удачу, радость и успех. Пусть во всех ваших начинаниях будет свет и благополучие!

🌎Пусть ваш день будет ярким, а настроение – отличным!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

24 Feb, 04:17

827

🇺🇿SPORT VA MATONAT! 🏆

🥋Karate to‘garagiga taklif etamiz!

Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti talabasi Shavkatov Xusniddin Ruslanbek o‘g‘li tomonidan tashkil etilgan karate to‘garagiga sizni ham chorlaymiz!

📋Agar siz:
Jismoniy chiniqishni istasangiz;
O‘z mudofaa mahoratingizni oshirmoqchi bo‘lsangiz;
Sport orqali sabr-toqat va intizomni rivojlantirishni xohlasangiz,
ushbu to‘garak aynan siz uchun!

📅Mashg‘ulot vaqtlari:
🗓Haftaning toq kunlariDushanba, Chorshanba, Juma
Soat 18:30 dan boshlab
🔔Mashg‘ulotlar bepul!

📥Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998 99 023 06 05
📩@Shavkatov_Xusniddin

💪Sog‘lom tana – sog‘lom tafakkur! 🥋

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

24 Feb, 01:01

300

Assalomu alaykum, azizlar!

🧾Yangi tongingiz muborak bo‘lsin!
Bu kun sizga omad, baraka va muvaffaqiyat olib kelsin. Har bir ishingizda ezgulik va yutuqlarga erishing!

🌎Kunningiz yorug‘, kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘lsin!

Ассаляму алейкум, дорогие!

🧾Пусть ваше новое утро будет благословенным!
Этот день принесёт вам удачу, радость и успех. Пусть во всех ваших начинаниях будет свет и благополучие!

🌎Пусть ваш день будет ярким, а настроение – отличным!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

23 Feb, 07:23

334

#IMKONIYAT

📢Media olamida o‘z o‘rningizni topmoqchimisiz? Yoshlar ittifoqining Media Klubi yangi a’zolarni qabul qilishni boshladi!
Agar siz ijodiy fikrlashga ega, media sohasiga qiziqadigan va yangi imkoniyatlarni izlayotgan yosh bo‘lsangiz, bu klub aynan siz uchun!

🎥Media klubga qo‘shilish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
Tajribali media mutaxassislar bilan ishlash va ulardan o‘rganish
Kontent yaratish, foto va video montaj ko‘nikmalarini oshirish
Media va kommunikatsiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etish
Innovatsion va ijodiy loyihalarni amalga oshirish

📩Murojaat uchun: @M_akhmatovam

📌O‘zingizni sinab ko‘ring va yangi muvaffaqiyatlarga erishing!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTubed