来自 Trekking Uzbekistan (@trekking_uz) 的最新 Telegram 贴文

Trekking Uzbekistan Telegram 帖子

Trekking Uzbekistan
📍From Tashkent.
• Exped, excursion, ecotour, camping, hiking.
• Yer yuzida siz ko‘rishni istagan tabiat go’zalliklarini O‘zbekistondan ko’rsatamiz!

facebook.com/trekuz
instagram.com/trekking.uz

📩 Telegram (@trekkingUZB)
3,673 订阅者
1,764 张照片
82 个视频
最后更新于 12.03.2025 18:09

相似频道

Rasul Kusherbayev
125,029 订阅者
Mubaşşir Ahmad
80,324 订阅者
Brichmulla Travel
2,300 订阅者

Trekking Uzbekistan 在 Telegram 上分享的最新内容

Trekking Uzbekistan

16 Nov, 08:24

1,151

Kuz faslida bahor nafasi, bu qisqa muddat ichida kuzatiladigan holatdir. O’tgan haftada Saritepa tomon trek amalga oshirgan guruhdan fotolavhalar. Ayni damda ushbu hududlar qor ostida, Toshkent viloyatining dengiz sathidan 1400 metrdan balandda joylashgan deyarli barcha hududlarida qor qatlami mavjud. Bunday keyin amalga oshiriladigan barcha yurishlar qorli muhitda amalga oshiriladi, qishki mavsum ochiq…

Kelayotgan dam olish 17-noyabr kuni Arzanak cho’qqisiga, Nevichdan Krasnogorskka tomon tog’lar osha trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

🏔Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

01 Nov, 15:26

2,049

Antarktidaga birinchi borgan o‘zbek kim?

O‘zbek blogerlaridan Abdurahmon Fozilov Antarktidaga yo‘lga chiqibdi. Respekt. Tabriklayman! Shu munosabat bilan o‘zbek blogosferasida faxr va iftixor ila “Abdurahmon Antarktidaga borib, O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatgan birinchi o‘zbek” bo‘ladi, degan ma’lumotlar aylanmoqda. Haqiqatan ham shundaymi?

Unday emas. O‘zbeklar orasida Antarktida qit’asiga birinchi marta qadam bosib, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini o‘rnatgan kishi xalqaro sport jurnalisti San’at Sharipovdir. U 2014 yilning fevral oyida Antarktidaga borgan.

Ayollar orasida ilk bor Antarktida qit’asiga borib, bayroq qadagan o‘zbek Shahnoza Nizamovadir. U 2020 yil fevral oyida Antarktidaga borgan.

Manba: Davronbek Tojialiyev

⛰️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

01 Nov, 07:08

1,422

O’tgan xaftadagi trekda Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilari tomon ko’tarilgan guruhdan fotolavhalar. Ushbu trek davomida siz Afrika savannalariga o’xshash tabiatdan tortib aralash o’rmonlargacha va archazorlardan iborat qalin o’rmongacha duch kelishingiz mumkin. Cho’qqi tepasiga ko’tarilgandan so’ng esa sizni ulkan panoramalar qarshi oladi.

Kelayotgan dam olish 3-noyabr kuni O’rta Qumbel-Beldirsoy-Petrogliftlar tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

📩 @trekkingUZB
Trekking Uzbekistan

24 Oct, 07:17

2,173

Bu yil dastlabki qor mavsumida 3004 metr balandlikka ko’tarilgan birinchi jamoa. O’tgan dam olish kunida Katta Chimyon cho’qqisi tomon amalga oshirilgan mavsum uchun oxirgi trekdan fotolavhalar. Dengiz sathidan 2400 metr balandlikdan boshlab cho’qqini qor qoplab olgan. Guruh deyarli 600 metr ko’tarilishni qorli hududdan amalga oshirdi. Cho’qqiga 300 metr qolganda esa tros orqali qoyadan ko’tarilish kerak edi, ammo qor ko’p yoqqan (ayrim joylarda 90 sm) va troslar va qoya qor ostida qolib ketgan, bunday vaziyatda u yerdan ko’tarilsih xavfli. Shunday qilib bu yil Katta Chimyon cho’qqisiga ko’tarilish mavsumi tugadi, keyingi treklarni 2025-yil may oyidan kutib oling…

Ushbu xafta 27-oktyabr kuni Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilari tomon trek amalga oshiriladi. Tur haqida batafsil tanishib, ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

©️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

21 Oct, 14:59

920

Tog’dagi mintaqa nomlari geografik qonunyat bo’yicha yozildi, lekin qonunyatdagi raqamlar hozirgi O’zbekiston tog’lariga uncha to’g’ri kelmaydi, shu sababli kitobdagi raqamlar bilan hozirgi tog’lardagi raqamlar bir-biriga mos emas!

Misol uchun qonunyat bo’yicha O’zbekiston tog’larida archazorlar mintaqasi dengiz sathidan 2700-2800 metr balandlikda tarqalgan bo’lishi kerak edi, ammo bu hududda archazorlar 1600-1800 metr balandlikda tarqalgan. 1900 metrdan boshlab esa baland tog’ mintaqasi boshlanib ketgan.

Tog’lardagi shunday mintaqalanishni o’z ko’zingiz bilan ko’rishni xohlasangiz 27-oktyabr kuni Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilariga trek mavjud⚡️

Tur haqida batafsil…

⛰️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

18 Oct, 07:36

1,420

O’tgan treklarda Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilari tomon ko’tarilgan guruhdan fotolavhalar. Ushbu trek davomida siz Afrika savannalariga o’xshash tabiatdan tortib aralash o’rmonlargacha va archazorlardan iborat qalin o’rmonlardan ham o’tishingiz mumkin. Cho’qqi tepasiga ko’tarilgandan so’ng esa juda katta panoramalarga duch kelasiz. Keyingi xaftdan boshlab ushbu cho’qqilarga qor yog’ishi va yerda to’planishi kutilmoqda…

Ushbu cho’qqilar tomon keyingi trek 27-oktyabr san’asida amalga oshiriladi. Tur haqida batafsil tanishib, ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⛰️ Trekking Uzbekistan