Xabaringiz bor 2024-yil sentyabr oyidan boshlab ijara to'lovlarini to'lash (talabalar uchun ariza jo'natish) to'liq raqamlashtirilgan edi. Bunda budjet tasnifiga kiruvchi barcha tashkilotlar foydalanadigan
2025-yil yanvar oyidan boshlab barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida (OTM) stipendiya to'lovlari ham to'liq raqamlashtirildi. Bu uchun "HEMIS" tizimi, "UzASBO-2" dasturi hamda "billing.edu.uz" tizimi o'zaro integratsiya qilindi.
❓Bu nima degani?
Shu vaqtga qadar talabalarga stipendiya buyruqlari dekanatlar tomonidan rasmiylashtirilar, OTM rektori tomonidan imzolangan buyruq mas'ul stipendiya buxgalteri rolidan "UzASBO" dasturiga talabalar kesimida birma-bir kiritilgan holda, to'lov amalga oshirilar edi.
2025-yil yanvar oyidan boshlab esa ushbu stipendiya buxgalteri rolida qilinadigan ish raqamlashtirildi ya'ni fakultetga biriktirilgan Registrator ofisi menejeri tomonidan "HEMIS" tizimi orqali shakllantirish imkoniyati yaratildi.
Ushbu raqamlashtirish natijasida 2025-yil yanvar oyidan stipendiyaga mas'ul buxgalter Registrator ofisi menejerlari tomonidan "HEMIS" tizimida shakllantirilgan stipendiya buyruqlarini "billing.edu.uz" tizimiga orqali "UzASBO-2" dasturiga yuborish va to'lovlarni plastik kartalarga tushirish vazifasini bajaradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, stipendiya to'lovlari bo'yicha savol va muammolar mavjud bo'lsa Institutimizning Registrator ofisiga murojaat qilishingiz zarurligini ma'lum qilamiz.
@TKTIbuxgalteriya