📚HUQUQ NORMALARI — davlat tomonidan belgilanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish qoidasi. Huquq normalari 3 ta elementdan iborat:
1)Gipoteza
2)Dispozitsiya
3)Sanksiya
Huquq normasining dastlabki elementi bu Gipoteza - faraz qilmoq degan maʼnoni anglatadi.
Gipoteza deb dispozitsiyada koʻrsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan aniq hayotiy holat ( voqea, hodisa, harakat )ga aytiladi.
Gipotezaning signal soʻzlari "agar" , "agarda", " u holatda " kabi soʻzlardir.
Gipoteza oʻz navbatida 3 ta guruhga boʻlinadi:
1)Oddiy gipoteza
2)Murakkab gipoteza
3)Alternativ gipoteza
📚 Oddiy gipotezada - huquq normalarining amal qilish bilan bogʻliq boʻlgan bitta shart- sharoit aks etgan hisoblanadi.
Masalan, «Fuqarolik to‘g‘risida» gi qonunda bayon etilganidek,
«Bola, agar uning ota-onasi u tug‘ilishi paytida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan
bo‘lsalar (gipoteza), bola qayerda tug‘ilishidan qat’i nazar, O‘zbekiston fuqarosi bo‘ladi».
📚 Murakkab gipoteza boʻlsa, ikki va undan ortiq holatlarning mavjud yoki mavjud emasligiga bogʻliq ekanligini anglatadi.
Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boʻlish uchun qõyiladigan talablarni kiritishimiz mumkin.
📚Alternativ gipoteza deb, yuridik normaning harakati qonunda sanab o‘tilgan bir necha holatlardan
biriga (u yoki bunisiga) bog‘liq bo‘lishiga aytiladi.
Dispozitsiya lotincha joylashuv, joylashgan degan maʼnoni bildiradi. Inglizcha farmoyish, farmoyish berish degan maʼnoni bildiradi. Dispozitsiya quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. Oddiy dispozitsiyada
xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum tushuncha, ibora,
(m-n: Jinoyat kodeksining 97-moddasi «qasddan odam o‘ldirish») yordamida ta’riflanadi. Bu kabi dispozitsiyalarda izoh va sharh talab etilmaydi.
2.Tavsif etuvchi dispozitsiya – huquqbuzarlik belgilarining to‘liq bayonini o‘z ichiga oladi (M-n: JKning 169-moddasi: o‘g‘irlik – o‘zgalar mulkini yashirin ravishda egallab olish).
3. Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo‘llashda murojaat qilish zarur bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi.
4.Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega bo‘lmagan, balki o‘sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JKning 110-m. «Qiynash») yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiyadir.
📚 Sanksiya bu dispozitsiyada koʻrsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin boʻlgan taʼsir chorasi .
Sanksiya lotincha - majburiy chora degan maʼnoni bildiradi.
1) mutlaq aniq sanksiyalar, ularda noxush oqibatlarning miqdori aniq ko‘rsatilgan (xodimni xizmat burchini bajarishdan ozod etish, ishdan bo‘shatish, jarimaning aniq miqdori va hokazo) bo‘ladi.
2) nisbiy aniq sanksiyalar, bularda noxush oqibatlar chegarasining eng ozidan eng ko‘pigacha yoxud faqat eng ko‘pigacha ko‘rsatiladi. Avvalo, bular Jinoyat kodeksining «falon yildan ... falon yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi» yoki «... yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi» shaklidagi sanksiyalaridir.
3) alternativ sanksiyalar, ularda «yoki», «yoxud» birlashtiruvchi-ayiruvchi bog‘lovchilar orqali bir necha noxush oqibatlar (jazolar) ko‘rsatilib, sanab o‘tiladi va huquqni qo‘llovchi subyekt ulardan faqat bittasini – hal etilayotgan holat uchun eng maqsadga muvofiq bo‘ladiganini tanlaydi. Bunday sanksiya quyidagicha ifodalanishi mumkin: «.. yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi»
®Manba: Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi, 257-262-betlar.
Kanalimiz manzili
@Azizovaeducation