1\3
Metal yoki shisha tolali shtiftlarni solishtirishdan avval, ular nimaga kerakligini aytib o’taylik.
Endodontik davolashdan so’ng, qolgan tish qattiq to’qimalari bizning restavratsiyamizga yetarli darajada tayanch bo’la olmasligi mumkin. Endodontik davolangan tishlarning (EDT) sinishga moyilligi va boshqa asoratlar kelib chiqish imkoni yuqoridir. Shuning uchun EDTni tiklash uchun maqbul protokol tanlash muhimdir.
Yuqorida biriktirilgan Marielle Dias Martins va boshqalar tomonidan 2020 yilda yozilgan bu sistematik sharhdan maqsad, Endodontik davolangan tishlarda metal shtift va shisha tolali shtiflarni farqini aniqlashdir.
Buning uchun bu mavzu bo’yicha 1594 ta ma’qola o’rganilib, ichidan eng samarali 10tasi tanlab olingan (2003 yildan to 2020 yilgacha).
Bu 10 ta tadqiqot o’z ichiga 704ta bemorning 844ta endodontik davolangan tishini qamrab oladi. Shu jumladan, 391ta tish metal shtift (MP) va 453ta tish shisha tolali shtift (FP) bilan tiklangan. MP va FPlarning muvaffaqiyatsizlik ko’rsatkichi o’xshash bo’lib chiqdi. Ya’ni old va jag’ tishlarda ildiz sinishi va bond ko’chishi (debonding) ko’rsatkichlarida tafovut deyarli yo’q.
#maqola
#endodontiya
#ortopediya
ABDEducation