СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷 (@stomatologiya_kitoblar) Kanalının Son Gönderileri

СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷 Telegram Gönderileri

СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
https://t.me/TOSHKENT_STOMBAZAR

📚TIBBIYOT yo‘nalishdagi barcha kitoblarni chiqarib berish xizmati
🔹️A4/A5
🔹Rangli/rangsiz
🔹️Glyansiviy/oddiy list
🔹️Qattiq muqovali
💥Sifati IDEAL😇

✈️O‘zbekiston bo‘ylab dostavka bor

Murojaat uchun👇🏻
@STOM_KITOB
3,724 Abone
401 Fotoğraf
217 Video
Son Güncelleme 06.03.2025 09:45

СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷 tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

17 Feb, 04:14

465

Endodontiyada Antibiotiklar
4\8
📜

Endodontiyada mahalliy ABlar o’rni qanday?

Ildiz kanalini ABlar bilan davolash bo'yicha bir qancha tadqiqotlar bo'lgan, ulardan muhimlariga ur'g'u berib o'tmoqchiman

Mohammadi & Abbott 2009 yildagi maqolasida tizimli ABlarni qo’llash ko’p hollarda samarasiz va nojo’ya tasirlarga ega bo’lgani tufayli Endodontiyada mahalliy ABlarni qo’llashni taklif qilishgan.
Shu o’rinda etib o’tish kerak, birinchi mahalliy AB bu penitsillin, Bacitracin, streptomitsin va natriy kaprilatni o'z ichiga olgan Pol va antibiotik pastasi (Grossman 1951).

Shu o’rinda etib o’tmoqchiman Abbot 1990, Tang 2004 va Chen 2012 yillarda mahalliy ABlarni bevosita tish kanalida qo’llashni o’rganib oddiy Ca(OH)2 dan afzalligini yo’qligini isbotlashgan.

Endodontik muolajadan keyingi alomatlarning oldini olish yoki kamaytirish uchun ildiz kanalini davolashda mahalliy antibiotiklardan foydalanish ham taklif qilingan. Biroq, ABlar simptomatik apikal patologiyasi bo'lgan tishlarda paydo bo'ladigan og'riq yoki shishishni kamaytirmaydi (Keenan 2006, Cope 2014).
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

17 Feb, 04:14

477

Endodontiyada Antibiotiklar
5\8
📜

Pulpani qoplashda va tish siljishida antibiotiklar.

Shu mavzuda qisqacha mulohaza qilmoqchiman. Tish pulpasini qoplash deganda ochilib qolgan pulpaga himoya vositasini qo'llash (bevosita qoplash) yoki pulpani tiklash uchun qolgan yupqa dentin qatlami ustidan qo'llash (bilvosita qoplash) nazarda tutiladi. Bilvosita qoplashdan maqsad pulpani normal holatini va funktsiyasini ushlab turish (Miyashita 2007)

Ko'p tadqiqotchilar (Cowan 1966, Clarke 1971, Soldati 1974, Abbott 1989, Yoshida 1995, Cannon 2008) mahalliy ABlarni pulpani qoplashda ishlatishiga qaramasdan, ABlarni samaradorligi borasida ilmiy ma'lumotlar yetarlicha emas. Aksincha, MTA yoki boshqa kaltsiy-silikat asosidagi materiallardan kasallikning sababi (masalan, karies) bartaraf etilgandan so'ng foydalanish maqsadga muvofiq. (Li 2015).

Shuningdek, transplantatsiya qilinmoqchi bo'lgan tishga mahalliy ABni qo'llash to'qimalarni tezroq tiklanishiga olib keladi (Hinckfuss va Messer 2009) Ushbu yondashuv transplantatsiya qilingan maymun tishlari yordamida o'tkazilgan tadqiqot bilan tasdiqlandi, unda doksisiklinning mahalliy qo'llanilishi bilan ildizlarning yallig'lanish rezorbsiyasi sezilarli darajada to'xtatildi (Cvek 1990) Antibiotiklar infektsiyani nazorat qilish va yallig'lanish xavfini kamaytirish uchun muhim bo'lishi mumkinligi haqida dalillar mavjud (Hammarström 1986, Lee 2001)
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

17 Feb, 04:14

519

Endodontiyada Antibiotiklar
6\8
📜

Regenerativ Endodontik Davolashda (RED) Antibiotiklar

Murray (2007) REDni biologik asoslangan muolaja sifatida aniqladi. Shakillanib bo'lmagan tishlarda pulpa nekrozga uchragan hollarda ildizlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Bu hollarda qanday ABlar ishlatilgan?
RED muolajalarda eng ko'p qo'llaniladigan ABlar bu siprofloksatsin, metronidazol va minosiklindan tashkil topgan antibiotiklar aralashmasi (har bir antibiotikdan 100 mkg). Chet adabiyotlarda TAP yoki "3mix" deb nomlanuvchi bu aralashma REDda eng ko'p qo'llaniladigon vosita (Diogenes 2013)

REDda ishlatiladigon ABlarning nojo'ya taʼsiri
Eng ko'p uchragan nojo'ya ta'sir bu dentin rangini o'zgarishidir (Rodríguez-Benítez 2015)
Ohirgi tadqiqotlarda va Evropa Endodontologiya Jamiyati xulosasiga ko'ra rang o'zgarishini oldini olish uchun antibiotiklar Ca(OH)2 foydalanishni tavsiya qiladi
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

17 Feb, 04:14

623

Endodontiyada Antibiotiklar
7\8
📜

Mavzu yakunida Endodontiyada antibiotiklar turlari va tavsiya etilgan miqdori haqida yozib o'tmoqchiman.

Yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan ABlar tavsiya etilgan bo'lib, qancha miqdorda qo'llanilishi ham ko'rsatilgan.

Maqolada ta'kidlab o'tilganidek, amoksitsillin o'zi yoki klavulan kislotasi bilan birgalikda Evropada o'tkazilgan barcha tadqiqotlarda tizimli ta'sirga ega endodontik infektsiyalar uchun eng ma'qul AB hisoblanadi (Tulip & Palmer 2008, Mainjot 2009, Rodriguez-Lopez 2009, Segura-Egea 2010, Skučait 2010, Kaptan 2013)

Penitsillin V-aerob gram-manfiy kokklar, fakultativ va anaerob mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infektsiyalarni davolash uchun tor spektrli antibiotik (U.S. NLM 2006)

Klindamitsin linkozamid ABlar sinfiga kiradi. U mikroorganizmlarni ribosomalarini to'sish orqali yo'q qiladi. (Baumgartner & Smith 2009)

Klaritromitsin va azitromitsin makrolid antibiotiklar guruhiga kiradi. Ular farmakokinetikasi yaxshilangan turli xil aerob va anaerob grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samaralidir (Moore, 1999)

Metronidazol nitroimidazol bo'lib, u antiprotozoal yoki anaerob bakteriyalarga qarshi antibiotik sifatida ishlatiladi va anaeroblarga nisbatan yuqori faolligi tufayli amoksitsillinga qo'shimcha dori sifatida taklif qilingan (AAE) 1999
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

08 Feb, 03:14

1,465

#рус #хирургия #имплантология

💥Периимплатит: Этиология, диагностика и лечение
Автор: Франк Шварц, Юрген Бекер

- Рангли. А4 формат
- Каттик муковали
- Сифати аъло😇

Мурожаат учун:
@STOM_KITOB

📥 Загрузка 📥
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

06 Feb, 15:52

1,591

Aql tishlarni olishni mukammal o‘rganish uchun eng kerakli qo‘llanma ‼️


@stomatologiya_kitoblar
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

06 Feb, 15:51

1,384

#рус #хирургия #зуб_мудрости
🔺Квалифицированное удаление третьих моляров

- A4 format rangli
- Double list
- Qattiq muqovali
Sifati a‘lo

Murojaat uchun:
@STOM_KITOB
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

05 Feb, 06:19

1,579

👤Muallif: Domeniko Riccuchi
Kurs : Endodontiyada irrigatsiya va obturatsiya

30 ta 1 ildizli Pulpa devorlari va
pulpasi nekrozlangan tishlar tanlab olindi

-15 ta kanal NaCl ( saline ) bilan irrigatsiya qilindi
-15 ta tish 0.5% NaOCl bilan irrigatsiya qilindi
-Har bir tish 5 ta kórikda davolandi
-Kóriklar davomida boshqa antiseptik vositalar ishlatilmadi

Olingan Natijalar
✔️ NaOCl 0.5% va 5% órtasida antibakteriallik effektida farq yóq
✔️ EDTA va NaOCl eritmalarining birgalikda ishlatilishidagi antibakteriallik effekti NAOCl ning o'zini ishlatishdan yaxshiroq
EDTA+NaOCl > NaOCl
✔️ 0.5% NaOCl eritmasi bilan ishlov berilgan tishlarning 15 tadan 12tasida bakteriya yo'q
✔️NaCl eritmasi ishlatilgan tishlarning 15 tadan 8tasida bakteriya yo'q

🤓Umumiy xulosa
NaOCl eritmasi effekti NaCl nikidan kóproq
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

31 Jan, 06:04

1,877

Tayyorlari nalichida bor.
Kimga kerak bolsa Eski TOSHMIdan olishiz mumkin

Murojaat uchun:
@stom_kitob
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷

30 Jan, 17:09

1,749

Список литературы для начинающего ортодонта📝