🔺Xirurgiya va ortodontiya yo'nalishlardagi kitoblarga chegirmalar
1. Хирургическая стоматология. РОБУСТОВА✅
2. Современная ортодонтия. Проффит✅
Chegirma muddati: 1-10-mart kunlari. ‼️Faqat talabalar uchun ‼️
Buyurtmalar uchun: @stom_kitob
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
01 Mar, 14:18
812
🔺Chegirmadagi ortopediya kitoblarimiz.
1. Несъемное протезирование зубов. Хагивара✅
2. Точность и эстетика. Массирони✅
3. Основы препарирования зубов. Шиллингбург✅
4. Ортопедическая стоматология. Аболмасов✅
Chegirma muddati: 1-10-mart kunlari. ‼️Faqat talabalar uchun ‼️
Buyurtmalar uchun: @stom_kitob
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
01 Mar, 12:05
764
🔺Chegirmadagi Endodontiya kitoblarimiz
1. Коэн Эндодонтия✅
2. Эндодонтология. Риккучи✅
3. Эндодонтология. Бредженхолц✅
4. Пульпэктомия✅
5. Бауманн Эндодонтология ✅
Chegirma muddati: 1-10 mart kunlari. ‼️Faqat talabalar uchun ‼️
Buyurtma uchun: @stom_kitob
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
01 Mar, 04:08
974
O‘zbek tilidagi kitoblarga chegirmalar:
🔺Stomatologik instrumentlar 35 ming. rangli✅
🔺 Fakultet terapevtik stomatologiya. Rangsiz 95 ming✅
🔺 Oral xirurgiya asoslari 65 ming rangsiz✅
🔺Endodontologiya asoslari 65 ming. rangsiz✅
🔺Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklari Kamilov. Rangsiz 80 ming ✅
🔺Jilonov yuz-jag‘ xirurgiyasi Rangsiz. 85 ming✅
Buyurtma uchun: @stom_kitob
Eski Toshmiga dostavka bepul✅
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
01 Mar, 04:08
941
🤩Ramazon oyi munosabati bilan Talabalar uchun ajoyib chegirma🥳 1-martdan 10-martgacha✅
Stomatologiyaning har bir yo'nalishi uchun eng kerakli bo‘lgan bazaviy kitoblarga katta chegirma.
Chegirmaga tushgan kitoblar ro'yxatini kanalda joylab boramiz😊
Buyurtma berish uchun: @stom_kitob
Dostavka O‘zbekiston bo‘ylab mavjud.
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
18 Feb, 05:30
1,430
🌟 LINEYKA komplekt Fotoprotokollar uchun maxsus
Sifati ajoyib ✅
Murojaat uchun: @stom_kitob
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
17 Feb, 04:14
730
Endodontiyada Antibiotiklar 8\8 📜
Xulosa: 1. Endodontiada tizimli antibiotiklardan foydalanish ularni haddan tashqari oshirib yubormaslik uchun muayyan holatlar bilan cheklanishi kerak. Ular faqat tizimli shikastlangan o'tkir apikal xo'ppozlarda, shuningdek progressiv va doimiy infektsiyalarda infektsiya tarqalishining oldini olish uchun apikal periodontitni davolashda yordamchi vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Immuniteti past bo'lgan bemorlar endodontik infektsiyalar natijasida yuzaga keladigan asoratlarga ko'proq moyil. Bunday bemorlarga ABlarni buyurishdan oldin ularni davolovchi shifokor bilan maslahatlashish lozim.
2. Penitsillin VK, anaerob shtammlarni davolash uchun metronidazol bilan birgalikda ko'p hollarda samarali bo'lsa-da, amoksitsillin (o'zi yoki klavulan kislotasi bilan birgalikda) yaxshi so'rilishi va nojo'ya ta'siri kamligi sababli tavsiya etiladi. Penitsillinga allergiya bo'lsa, klindamitsin kabi linkozamidlar buyurgan ma'qul.
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
17 Feb, 04:14
612
Endodontiyada Antibiotiklar 1\8 📜
Mikroblarning dori-darmonlarga chidamliligi sabab hozirgi kunda yiliga 700.000dan ziyod odam vafot etadi. Bu ko’rsatkich 2050ga yilga kelib 10.000.000 ga yetish mumkin… (Manba )
Hususan antibiotiklarning tartibsiz buyurish ham katta hissa qo’shib kelmoqda. Hop, endodontiyada nima sababdan antibiotik buyuramiz?
Shu kungacha o’rganilgan maqolalarga nazar solsak, 2007 yil Poveda va boshqalar tomonidan yozilgan maqolaga duch kelamiz. Bu yerda, stomatolglar tomonidan Antibiotik (AB) qo’llash empirik* tabiatga ega, chunki shifokor odatda kanal va periapikal sohadan namuna olib tahlil qilmaydi va shu tufayli qaysi mikroogranizm infeksiyani keltirib chiqarganini bilmaydi. Asosan klinik natijalarga asoslanib keng spektr ABlar buyuriladi.
So’ngi 20 yil tadqiqotlariga nazar solsak, Yevropadagi aksariyat davlatlarda endodontiyada AB qo’llash bo’yicha o’nlab maqolalar yozilgan (Palmer et al. 2000, Dailey & Martin 2001, Tulip & Palmer 2008, Mainjot et al. 2009, Rodriguez-Núñez et al. 2009, Segura-Egea et al. 2010, Skučait≐ et al. 2010, Kaptan et al. 2013, Peric et al. 2015). 40% dan 92%gacha shifokorlar Simptomatik apikal periodontitda ABlar buyurgan. Ispaniyada hattoki pulpitda ham 40% so’rovnoma qatnashuvchilari AB buyurgan.
*Empirik bilim - bu shaxsning dunyo bilan o'zaro aloqalarida, ilmiy bilimlarga murojaat qilmasdan to'plagan barcha bilimlari
#endodontiya #maqola
ABDEducation
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
17 Feb, 04:14
523
Endodontiyada Antibiotiklar 2\8 📜
Bu barcha tadqiqot nimaga kerak?
Endodontiyada tizimli ravishda AB buyurish, nafaqat befoyda balki zaraligini ko’rsatib berish uchun. Matthews 2003 yildagi maqolasida hattoki xo’ppoz bo’lib mahalliy shish paydo bo’lganda AB buyurmasdan drenaj qilishni o’zi yetarliligini isbotlagan. Fouad 1996 yilda, Nagle 2000 yilda va Agnihotry 2016 yilda esa qaytarilmas pulpit, nekrotik pulpit hamda o’tkir apikal xo’ppozda AB kerakmasligini isbotlashgan.
Lekin eng muhimlardan biri Copening 2014 yildagi Cochrane sharhiga asoslangan maqolasidir. Unda tizimli ABlarni ta’sirini jarrohlik va jarrohsiz amaliyotda, analgetiklar va ular siz, simptomatik apikal periodontit hamda o’tkir apikal xo’ppozda o’rganishgan. Bu hollarda juda past sifatli dalillar yetarli emas degan hulosaga kelishgan.
ABDEducation
СТОМАТОЛОГИЯ КИТОБЛАР📚🦷
17 Feb, 04:14
480
Endodontiyada Antibiotiklar 3\8 📜
Bu bilan AB faqat zarar demoqchi emasmiz. ABlar bir qancha hollarda qo’shimcha sifatida foydalidir, chunki ular infektsiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Shifokor o’z navbatida bu holatlarni to’gri aniqlashi kerak.
Yuqorida biriktirilgan jadvalda qaysi holatlarda buyurish mumkin va mumkinmasligi yozilgan. Mumkin holatlarni qisqa qilib etganda - Somatik kasal va tizimli shikastlar oqibatida o’tkir apikal xo’ppoz. - Mahalliy shish flyuktuatsiya bilan kuzatilsa. - Og’ir infeksiya tezkor rivojlanshi kuzatilsa (24 soat mobaynida) - Muntazam intrakanal muolaja va dorilar bilan tugamayatgan surunkali ekssudatsiya
Shunday qilib, tizimli ABlardan foydalanish ko'rsatmalari juda cheklangan. Mahalliy antibiotiklarchi?