Markazdagi ustoz murabbiylarga “Zamonaviy oʻqituvchilarning taʼlimda yangi pedagogik metodlar, interfaol tarzda dars oʻtishning noanʼanaviy usullari” nomli metodik tavsiyalar asosida qiziqarli trening oʻtkazdi.
Treningda qiziqarli “ENERJAYZERLAR “, “Kayfiyat metodi “, “3,4,5,6,7 metodi “, “A4 format metodi”, “80/20 metodi”,
“PAZEL xatjildlar metodi” kabi interaktiv va qiziqarli aqliy hujum metodlarini dars va sport mashgʻulotlarida foydalanib, sevimli ustoz va murabbiy boʻlish, yosh tarbiyalanuvchi sportchilarni vatan bayrogʻini yuqori choʻqqilarga olib chiqishda foydalanadigan zamonaviy metodlar oʻtkazdi.
Hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “ VATAN BAYROGʻI IFTIXORI!” shiori ostida markazda tahsil olayotgan oʻquvchilar oʻrtasida “ BAYROGʻIM MENING FAXRIM” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazdi.
Bundan tashqari Markaz oʻquvchilari oʻrtasida ochiq rasmlar tanlovi eʼlon qilinib munosiblargina taqdirlandi.
Vatanimiz ramzlariga boʻlgan faxr tuygʻusi yanada ortdi.