Otabek Jo'rayev @djuraevotabek Channel on Telegram

Otabek Jo'rayev

@djuraevotabek


Futbolga oid fikrlar, tahminlar, tahlillar, xabarlar, kinoyalar, smayliksizlar

Instagram |
https://www.instagram.com/djuraevo/

Otabek Jo'rayev (Uzbek)

Otabek Jo'rayev kanali futbol sevganlarga bag'ishlangan kanaldir. Bu kanalda futbollga oid fikrlar, tahminlar, tahlillar, xabarlar, kinoyalar va smayliksizlar paydo bo'ladi. Kanal egasi Instagramdagi @djuraevotabek sahifasidan ham foydalanishga imkoniyat beradi. Otabek Jo'rayev kanalida futbol haqida eng so'nggi yangiliklarni va tahlillarni topishingiz mumkin. Agar siz futbol yagona dardlaringizdan biri bo'lsangiz, Otabek Jo'rayev kanalini obuna bo'lishni unutmang. Sizga futbol bilan bag'li eng yangi va doimiy ma'lumotlar taqdim etiladi. Otabek Jo'rayev kanaliga a'zo bo'ling va futbol haqida mustahkam bilimlar oling!

Otabek Jo'rayev

17 Feb, 19:29


Al-Ahli – Al-G'arafa 4:1 (65-daqiqa)

Paxtakor 99% ehtimol bilan playoffga yo'l oldi. 80% ehtimol bilan 7-o'rindan. Chunki ertaga Ar-Rayan Istiqlolga yutqazmaydi. Ar-Rayan Ronalduni Qatarga olib kelmoqchi.

Kuzatamiz!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

17 Feb, 16:14


Zo'r! Ajoyib o'yin. Mingtaga yaqin goli vaziyat. G'alaba bilan!

Endi An-Nasr, Al-Ahli va Ar-Rayandan munosib yurishni kutib qolamiz.

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

17 Feb, 14:55


Ajoyib birinchi taym. Zo'r o'yin. Faqat realizatsiya pand bermoqda. Bu ketishda Paxtakor katta maqsadlarga erishish mumkin

Mayli, hali ikkinchi taym bor. Gazini bosamiz!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

17 Feb, 12:32


Muhim uchrashuv. So'nggi imkoniyat. G'alaba qozonishimiz lozim. Undan keyin arifmetikaga o'tamiz. Olg'a!

🕰️ 19:00
📺 Futbol TV
🏆 Elit Osiyo CHL

🇺🇿 Paxtakor – 🇶🇦 As-Sadd

🎙️ Otabek Jo'rayev (rus) | Hasan Turdaliyev (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

16 Feb, 15:23


Futbol TV da Futbol Viktorinasining final o'yinlari jonli efirda ketmoqda. O'z bo'lsa-da, dasturga bizning qo'limiz ham tegdi. Savollar Otabek Jo'rayevdan. Tanqid qilish uchun ma'lumot 😎

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

16 Feb, 14:01


Kutilganidek, g'alaba qozondik va guruhdan chiqdik, ammo qo'yilgan maqsadlarga hali erishmadik

Avvalambor, 2025-yildagi Jahon Chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz lozim. Buning uchun chorak finalda yoki Yaponiya yoki Janubiy Koreya to'sig'idan o'tishimiz shart. Masalani hal qilsak turnirda ham zafar quchsak ortiqcha bo'lmaydi

Ijobiy tomonlardan. Pozitsion o'yin yomon shakllamangan. Hujumda mazmun bor. Urinbayevdan tashqari boshqa futbolchilarimiz gol urarkan

Salbiy tomonlardan. Himoyadagi o'yinimiz zaif. 1:0 hisobidagi ustunligni faqat omad evaziga usha olar ekanmiz

Qiziq tomonlardan. 4 ta urilgan goldan 3 tasi bosh bilan kiritildi

G'alaba muborak, do'stlar!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

16 Feb, 12:26


Tarkibimizda gollarni faqatgina O'rinboyev urmoqda. Va faqat bosh bilan. Bunday gollarni yoshligimizda biz «английский гол» aytardik

Muhammadali ustozlariga rahmat. Angliyadagi ustozlariga ham

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

16 Feb, 10:06


Shunchaki, muhim uchrashuv

Raqibimizga faqat g'alaba kerak. Indoneziya bosh murabbiyi O'zbekistonni yaxshi o'rganib chiqdik deb OAV bilan o'rtoqlashmoqda. Farhod Nishonov esachi? Yaqin orada bilib olamiz!

Yamanga qarshi 1-taimdek o'ynasak, bemalol yutamiz. O'sha uchrashuvda 2-bo'limdadek to'p tepsak Diyorimizda validol savdosi yana oshadi va Eronga qarshi maydonga chiqmasak ham bo'ladi

Muvaffaqiyat, bo'richalar!

🕰 16:30
📺 Sport TV
🏆 Osiyo Kubogi U-20

🇮🇩 Indoneziya – 🇺🇿 Uzbekistan

🎙 Otabek Jo'rayev (rus) | Abdurashid Odilov va Muhammadyor Soliyev (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Feb, 14:26


Munosib tanlov

Barcha mutaxassislarga muvaffaqiyat tilab qolaman!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Feb, 04:43


Saudiya Arabistoni Podshohligining Buyuk Britaniyadagi elchisi Xolid ibn Bandar As-Saud Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan 2034-yilgi Jahon chempionatida spirtli ichimliklar sotilmasligini tasdiqladi.

«Hozircha biz mamlakatimizda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat bermaymiz. Usiz ham ko‘ngil ochish mumkin. Agar mamlakatimizdan chiqib ketishingiz bilan ichishni xohlasangiz, hech qanday muammo yo‘q.

Har kimning o‘z madaniyati bor va biz o‘z madaniyatimiz doirasida odamlarni qabul qilishdan mamnunmiz. Ammo uni boshqa birov uchun o‘zgartirishni istamaymiz».

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Feb, 00:37


Qadnay futbolchini ijaraga berib yuborishdi... Gazini bos, Antoha!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

13 Feb, 11:22


Nima bo'lsa-da, g'alaba bilan. Al-muhim 3 ochko topladik. Ammo Indoneziya bilan boshqacha o'ynashimiz lozim!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

13 Feb, 11:21


1-taym uchun – 5. 2-taymga – 2. Urinbayev Angliyaga xohlamoqda. Qolganlar Superligamizga rozi shekilli. Keyingi uchrashuvga efirga validol olaman...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

13 Feb, 10:11


Muhammadali Urinbayev 1-taymning eng yaxshi futbolchisi. Zo'r o'ynamoqda. Golni ham u kiritdi. Yevropaga ketmoqchi. Aniqrog'i, qaytmoqchi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

13 Feb, 07:49


Bo'richalar ovga chiqmoqda!

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov jamoamiz oldida ikkita maqsad turganini aytdi. Birinchi maqsad, 2025-yilda Chilida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanma olish. Buning uchun biz yarim finalga chiqishimiz kerak. Ikkinchisi, yana turnirda g‘alaba qozonish. Eslatib o‘taman, O‘zbekiston termasi amaldagi Kubok g‘olibi

Jiddiy vazifalarga qaramay, yosh futbolchilarga nisbatdan bosim yo‘q. Demak, ular o‘z zavqlari uchun o‘ynashlari mumkin. Ayniqsa, bugun. Raqibimiz Yaman termasi. Yomon bo'ladi-yov. Yamanga

Translyatsiya Sport TV da reja qilingan. HD formatda. In shaa Alloh

🕰 14:15
📺 Sport TV
🏆 U-20 Osiyo Kubogi

🇺🇿 O'zbekiston – 🇾🇪 Yaman

🎙 Otabek Jo'rayev (rus) | Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

12 Feb, 10:28


Yigitlarimiz Indoneziyani 6:0 hisobida mag’lub etishdi! Biz Osiyo chempionimiz! Bu natija kutilgan holat edi desam adashmayman, chunki O’zbekiston amputantlar terma jamoasi jahonda ham eng kuchlilardan hisoblanadi.

Masalan, Mundiallarda uch bora bosh sovringa ega chiqqanmiz. Umid qilamanki, chempionlar munosib kutib olinadi va munosib taqdirlanadi!

@Abdurashid_Odilov

Otabek Jo'rayev

12 Feb, 09:58


Menga Chempionlar Ligasining yangi formati yoqmayapti. Nafaqat menga. Ko'p kimga. Balki men shunchaki ko‘nikmagandirman. Shuning uchun ham, yangi sxema tashkilotchilari uchun finalda Barselona — Real qarama-qarshiligini ko‘rish ideal variant bo‘lardi

Qalay, a?

Ha, Realdan yaxshiroq o'yin ko‘rsatadigan klublar borligini tushunaman. Masalan, Liverpul. Darvoqe, PSJ zo'r qo‘shdi. Bayerni hech qachon hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Boshqa brendlar ham mavjud. Ammo bu ularning hozirgi shakli, formasi. Aprel yoki may oyida nima bo‘lishi esa bizga noma’lum. Nima bo‘lganda ham, menimcha, bu Realni, hattoki markaziy himoyachi sifatida maydonga Don Karlo o'zlari tushsa, faqat Flikning Barselonasi to‘xtata oladi

Tasavvur qilyapsizmi, 31-may kuni Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor finalda Barselona va Real to‘qnash kelsa! O'sha tahminiy bahs, aniq, gollarga boy bo'ladi. 8:2 hisobi ham qayd etilishi mumkin. Faqat qaysi klubning foydasiga, noma’lum

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

11 Feb, 18:59


Raqiblarning hujumi — olov. Himoyasi – rasvo. Birinchi planga darvozabonlar mahorati chiqadi, chog'i

Abduqodir zaxira qoldirildi. Demak, 5:5 hisobiga roziman!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

11 Feb, 18:51


Usmonning so'nggi 10 o'yindagi ko'rsatkichlari. 16 ta gol! Dahshat, a!

Ayni paytda u Brest darvozasini ishg'ol qildi. Mbappe ketishini kutgan ekan!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

08 Feb, 13:48


Gol mualifi – Abduqodir Husanov

Bel bilan kiritdi. Elka bilan kiritdi. Farqi nima. Davomli bo'lsin!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Feb, 18:46


Serxio Ramos Meksikaning Monterey klubiga yo'l oldi va yangi jamoada o'ziga 2014-yilgi Chempionlar Ligasi finali sharafiga 93-raqamni oldi. Chunki aynan u 93-daqiqada gol urgdi, Real qaytdi va overtaymda g'alabani qo'lga kiritdi. Tarix!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Feb, 09:33


Mbappening davri keldi degan ukamiz adashdimi deyman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Feb, 07:16


Ma shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Feb, 16:18


Konor Mur Krishtianu Ronalduni deyarli 40 ta inson nomidan tabriklab qo'ydi. Talant!

Yaqin orada Konor Abduqodirga parodiya qilsa, ajablanmayman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

05 Feb, 10:28


⚽️ "GOL" dasturining navbatdagi mehmoni Timur Kapadze va UFA Media departamenti rahbari Davron Fayziyev bo'ladi.

Ko'rsatuvda Kapadze barchani qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Xususan, sobiq murabbiy Katanesdan keyin murabbiylar shtabi qanday bo`ladi, yetakchilarning ayni paytdagi holati, mart oyidagi Qirg`iziston va Eronga qarshi bahslarga tayyorgarlik haqida batafsil ma`lumotlar berdi.

📺📺 Demak, bugun soat 18:30dan boshlab "FUTBOL" telekanalida, o'tkazib yubormang!

📲
@SPORTTVMTRK

Otabek Jo'rayev

04 Feb, 20:12


Imkoniytlarimiz hali bor ekan

Agarda As-Saddni mag'lub etsak, An-Nasr bilan Ar-Rayan Eron klublarini yutib bersa playoffga yo'l olamiz

So'nggi turdan oldin har doimdek kalkulatordan foydalanamiz. Taqdirimiz shu-da

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

04 Feb, 16:57


Al-G'arafa – Paxtakor 1:0. Ammo goli vaziyatlardan kelib chiqqan holda hisob 3:0 bo'lishi mumkin edi

Qatarliklar jamoaviy o'yin bilan meni qoyil qilishmadi. Sassi yaxshi o'ynamoqda. Ammo Yasin Brahimi yoryapti!

Ikkinchi bo'lim bor. Umidimiz uzilmadi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

04 Feb, 12:29


Said Benrahma Saudiya Arabistoni chempionatining birinchi divizionida o‘ynaydigan Neom klubiga ijaraga o‘tdi

Shartnomani imzolash uchun u har doimgidek onasini o‘zi bilan birga oldi. Lion va Vest Xem bilan shartnoma imzolashda ham uning onasi ishtirok etgan

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan biriga: «Onaga g‘amxo‘rlik qil, albatta, jannat uning oyog‘i ostida», dedilar

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

04 Feb, 04:27


Bu yigit 1985-yil 5-fevralda dunyoga kelgan. Oxirgi 13 ta o‘yinda u 16 ta gol urgan. 40 yasharli yigit uchun yomon emas, a?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

02 Feb, 02:09


Yaqindagina tugagan Herenven – Fortuna uchrashuvida qiziq holat ro'y berdi

Ko'rib turganingizdek 89-daqiqada hisob 2:1 mezbonlar foydasiga edi. Bir daqiqadan so'ng hisob tenglashadi, o'yinda durang qayd etiladi. Ammo bir nyuans bor...

Sariq futbolkalarda to'p tepgan Fortuna futbolchilarning maydondagi soni... diqqat... 12 ta bo'lgan ekan. Rasmdagi 11 tasi + 1 ta darvozabon bo'lishi kerak

Bundan oldin zaxiradan maydonga ikki nafar futbolchi tushdi, demak bittasi o'yinni tark etmadi. Qoyil

Mazkur holatni Eredivizi federatsiyasi o‘rganmoqda

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

01 Feb, 18:23


So'nggi kunlardagi insaydlar – Kebato Aruj ga tegishli desam to'g'riroq bo'ladi. Otabek Jo'rayevga esa – O'tgan kunlar yaqinroq 😁

Ha, Davron aka. Sevimli milliy termamiz mundialga yo'l oladi-ku, a?! Mening yurtim uchun bu tarixiy va zo'r natija bo'ladi 😎

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

01 Feb, 17:02


Ha, o'tgan yili aytganimdek sahnaga yana bitta kanal chiqmoqchi. Xususiy telekanal. Katta TV kanal. U ham futbol ko'rsatmoqchi emish

Nazarimda, Jahon Chempionatini mo'ljalga olgan. Milliy termamiz mundialga yo'l oladi-ku, in shaa Alloh

Agar o'sha telekanal futbol olamiga qo'shilsa, brendli eventlarni qo'lga kiritsa sharhlovchilarni qayerdan olarkin, katta savol?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

01 Feb, 16:34


APL bilan bog‘liq vaziyat haqida

Uch kun oldin menga Zo'r TV APL uchrashuvlarini ko‘rsatishi haqida xabar berishdi. Har bir turda ikkitadan o‘yin: biri MS, ikkinchisi Arsenal, Chelsea va boshqa ingliz brendi ishtirokidagi o‘yin. Ma’lumotlarni ishonchli manbadan olganman

Bungacha telegram-kanallarimda Zo'r TV Yevropa chempionati, Ispaniya La Ligasi, UEFA Chempionlar ligasini efirga uzatishi haqida xabar bergan edim. Xuddi shu manbadan olingan bu ma’lumotlarning barchasi detallargacha 100% ishonchli bo‘lib chiqqan edi. Shu bilan birga, bu yangiliklarning barchasi Zo'r TV rasmiy press-relizidan oldin chiqqan edi

APL haqidagi ma’lumotni e’lon qilish uchun og‘zaki ruxsat olgach, yangilikni o‘z telegram-kanallarimga joyladim. Kecha menga boshqa manbalardan xabar berishdi, Zo'r TV MS va boshqa yirik klublarning o‘yinlarini ko‘rsatishi mumkin-ku, balki Angliya Kubogi doirasida, ammo APL emas. Chalkashlik, tushunmovchilik yuz bergan bo‘lishi mumkin, deyishdi

Ma’lumotni qayta tekshirdim

Men dastlab Zo'r TV aynan APL matchlarini namoyish etishini to‘g‘ri tushundim. Lekin endi savol tug‘iladi: qachondan ko'rsatiladi? Juda katta ehtimol bilan – yangi mavsumdan boshlab. Ushbu mavsumdan – kam ehtimol. Ammo deyishdi... Xullas, men ham hodisalar rivojini kutaman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

31 Jan, 17:29


UEFA CHL ning qiroliga 65:35 hattoki kam 😎 Shunchaki tahminim-da...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

31 Jan, 16:02


O'tkir O'nbirmetrovich Yusupov

Barakalla!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

31 Jan, 11:30


2 ta durang, 6 ta g'alaba Xosepda, 4 ta g'alaba Karlo da | 12 uchrashuv

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

31 Jan, 01:58


3-4 yil oldin O'zbekiston futboli muxlislarining diqqati ko'p Shomurodovga qaratilgan edi. Oradan vaqt o'tdi endi Eldor Diyorimizning asosiy newsmakeri emas. Asosiy sabablardan biri, Italiyada uning o'yini qovushmayapti

Shoma Spetsiya va Kalyarida ijara asosida o'ynadi. O'xshamadi. Agentlarning xabariga ko'ra, mavsumning so'nggi yarim yili u Venetsiyada to'p tepish kerak. Barcha tomonlar allaqachon kelishib olishdi. Ammo Roma muxlislari Shomurodov klubni tark etishini xohlamayapti

Bundan tashqari Roma bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri o'zi ham Eldor haqida ijobiy fikr bildirmoqda. Ammo Shoma gollarga o'ta muhtoj. Kamida – asistlarga. Uning tomonidan ijobiy natijalar namoyish etilsa nafaqat klubda qoladi, jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Shomurodov Ayntraxtga gol urdi va Roma YL o'tish o'yinlarida ishtirok etadi. Eldorga yana gollar kerak. Davomli bo'lsin!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

30 Jan, 15:43


Ushbu ketishda yaqin kelajakda:

– Asosiy vaqtda g'olib aniqlanmasa jamoalar penaltilar o'rniga pristavkada FIFA o'ynashadi

– Jamoalarning jadvaldagi ochkolari bir xil bo'lsa qo'shimcha ko'rsatkichlarga qaramay Zakovatdagidek savollarga javob berishadi

– Bahsli vaziyatlarda klub prezidentlari MMA ringiga chiqib kurashadi

– Jahon Chempionati finalida futbol ligasi va media ligasidan eng kuchli jamoalari to'qnashadi, g'olib esa maydondagi natijadan tashqari muxlislar ovozilariga qarab aniqlanadi

Yana ko'p biz tasavvur qilmagan ajoyib yangiliklar kiritiladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

30 Jan, 02:58


Yana bir marotaba takrorlayman, eslab qolinglar

OKMK Olmaliq – AGMK
SSKA Moskva – MHSK
Bayern Munxen – Bavariya

Milliy tiklanish partiyasiga jo'natib yuboring. Bukmekerlarga ruxsat berishdan ko'ra, Oliy Majlisdan mana shu qarorni o'tkazib yuborsin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

30 Jan, 02:13


22-o'rinni egalagan Siti o'tish o'yinlarda ishtirok etadi. Nimchorak finalga chiqish uchun Manchester Real yoki Bayern to'sig'idan o'tishi lozim

Hurmat saqlagan tarzda, Siti va raqiblarining bugungi holatidan kelib chiqqan holda aytaman: Vini-Mbappe-Rodri va Musiala-Keyn-Olise larga qarshi Sitining asosiy tarkibida maydonga Nunyes – Stounz – Akanji – Gvardiol chiqa qolsin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

29 Jan, 16:42


Zo'r TV APL doirasidagi Abduqodir Husanov ishtirokidagi o‘yinlarni namoyish etadi!

APL ning har turida Zo'r TV tomonidan ikkita uchrashuv namoyish etiladi. Birinchi o'yin bu, tushunarli - MS o‘yini. Ikkinchisi esa Liverpul, Arsenal, Chelsi, Manchester Yunayted, Tottenhem yoki boshqa ingliz brendi ishtirokidagi o‘yin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Jan, 08:01


Vahid Halilxojich. Kot-dʼIvuar (2010), Jazoir (2014), Yaponiya (2018) va Marokash (2022) terma jamoalarini Jahon Chempionatlariga olib chiqqan

Nega u O‘zbekiston terma jamoasini 2026-yilgi Jahon Chempionatiga olib chiqmaydi? Тем более, bizga jichchagina qoldi

Aytgancha, Vahid aka bosniyalik. Katta ehtimol, musulmon. Demak, katta tajribadan tashqari, futbolchilarimiz bilan til topishishi oson bo‘ladi

Variant

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Jan, 07:46


Yiliga 5 million yevro so'rasa kerak. 3 ga ko'ndirish mumkin. Jahongir aka gaplashib berganida, a...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Jan, 07:25


Kutilgan xabar. To'g'ri qaror. Ammo shaxsan men juda afsusdaman. Katanets O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi lavozimida a’lo darajada ishladi

Srechkoga salomatlik, jamoamizga esa yangi murabbiy bilan Jahon Chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saralashini tilayman!

Hayot davom etmoqda

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Jan, 01:28


BAR5ELONA

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Jan, 17:16


O'tgan hafta Amorim «Mening qo'limdagi jamoa MYU tarixiga eng yomon jamoa!» deb ta'kidlab o'tdi

O'tgan kuni Braytonga qarshi uchrashuvdan so'ng Ruben xonadagi katta televizorni sindirib qo'ydi

Uyog'i nima bo'larkin, a? Xavotirdaman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Jan, 16:58


Ajoyib!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Jan, 07:15


40 yil oldin 1985-yil 20-yanvarda Paolo Maldini Milan safida birinchi o‘yinini o‘tkazgandi. 2009-yil 31-mayda oxirgisini

25 mavsum davomida Maldini barcha klubdagi titullarni qo'lga kiritgan yagona klubning ranglarida 902 marta maydonga tushdi

Futbol tarixidagi eng zo'r himoyachi! Men uchun

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Jan, 06:48


Jonajonliganing yangi mavsumining barcha 16 ta ishtirokchisi ma'lum bo'ldi. 15 yillik tanaffusdan so'ng Xorazm klubi oliy ligaga qaytdi

O‘zbekistonda men faqat Xorazm va Qoraqalpog‘istonda bo‘lganim yo‘q. Mana endi qolgan ikkita geshtaltdan birini yopish uchun bahona paydo bo‘ldi. In shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 18:16


«Who is Fayzullayev?» yozib yuborsa, a...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 18:13


Rolikni ham tomosha qiling

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 18:05


Rost ekan

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 09:10


Ana xolos...

Nottingem Forest muxlislari hakamga portmone va plastik kartalarni uzatib, Entoni Teylorni golni sanashga ko‘ndirishga urinmoqda. Referi pora olishdan bosh tortdi va ofsayddan kiritilgan golni bekor qildi!

Haqiqiy hakam!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 07:21


A Seriyaning 21-turida Roma Genoa ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba Klaudio Ranieri uchun 398-bo'ldi va u Joze Mourinyoni chiqazib yuborib top-ligalarda eng ko‘p g‘alaba qozongan eng yaxshi o‘nta murabbiylar qatoriga kiritdi

Eldor Shomurodov sobiq klubiga qarshi so‘nggi 6 daqiqada maydonga tushdi. Afsuski, Ranierida ham Eldorning o‘yin vaqti kam. Shomaning so‘nggi 3 mavsumdagi statistikasiga nazar tashlasak, ayb murabbiylarda emasdek tuyuladi...

Balki boshqa ligaga o‘tish vaqti kelgandir?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 07:04


Barcha turnirlarda qatoriga so'nggi 12 ta uchrashuvda g'alaba qozongan Bayer Bundesligada Bayernga yaqinlashdi. Ochkolar farqi atigi 4 bal

Qiziq, Alonso futbolchilari Keynni yana titullarsiz qoldirisharmikin...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 06:59


Xarri Keynning asosiy raqibi Omar Marmush Bundesliga to'purarlari poygasidan chiqdi. Omar endi Abduqodir bilan jamoadosh

Hurmat saqlagan tarzda, Burkardt bilan Shikga ishonchim yo'q

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Jan, 01:39


Florentino Peres Real prezidenti lavozimiga qayta saylandi

Prezident saylovida Peres 100 foiz natija ko‘rsatdi. Sababi, uning raqibi yo‘q edi, chunki boshqa hech kim nomzodini qo‘ymadi

Hazilni bir chekkaga surib, shuni aytishim kerakki, hattoki ayrim Real muxlislari tomonidan doimo tanqid qilanidigan Florentino aka, ehtimol, qirollik klubi tarixidagi eng buyuk prezidentdir

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Jan, 18:34


Shunchaki qog'ozdagi tahmin...

Ushbu mavsumning o'zidayoq Husanov APLning kumush medallari sohibiga aylanishi mumkin. Lans qo'shsa Liga 1ning bronzasini ham olishi mumkin. Mabodo Slotning omadi kelmasa, Angliyada oltinga ham erishsa bo'ladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Jan, 17:52


Kilian Mbappe tomonidan 2 ta kiritgan gol evaziga Real Madrid Las Palmasni 4:1 hisobida taslim etib La Ligada yana 1-o'ringa qaytdi

Kilian qatoriga so'nggi 3 ta uchrashuvda gol urdi va Real tarkibidagi barcha uchrashuvlardagi gollar sonini 16 taga yetkazib qo'ydi

Mbappe gollarni kiritishda davom etsa yozda Florentino Peres Vinini Saudiyaga 300 million yevroga sotib yuborsa ajablamang

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

09 Jan, 21:44


Boshlang'ich tarkib yomon emas

Abduqodirga esa zo'r joy topildi: chaproqda Natan AKA, o'ngroqda Manuel AKAnji. Akalari bilan bir chizig'da o'ynaydi, in shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

09 Jan, 17:07


Kutilganidek, 16-o'rinda ketayotgan Everton Shon Daychni bosh murabbiy lavozimidan ozod qildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarga ko'ra, liverpulliklarni Joze Mourinyo boshqarishi mumkin

Portugaliya mutaxassisi ayni paytda Fenerbahche bilan Turkiya Superligasida 2-o'rinda ketmoqda. Ammo Angliyada yana ish olib borish haqida bir necha marotaba aytib o'tgan

– Joze akani APLda ko'rmoqchimisiz

❤️ – albatta
😎 – yo'q
💯 – uni Turkiya Superligasida kuzatmoqchiman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

09 Jan, 01:52


Bu hali kasallik emas. Alomatlari yoqimsiz bo‘lsa ham

Yaxshiyam Liverpulning keyingi raqibi Angliya 4-divizionining 19-o'rinda ketayotgan Akkrington klubi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

08 Jan, 14:13


Rasman! 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Didie Deshamp Fransiya termasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi

Yangi bosh murabbiy kim bo‘lishi mumkin ekan, a? Variantlar bormi...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

08 Jan, 02:49


Zag'izg'onlar yaxshi seriyada!

E'tiborli narsa Nyukasl autsayderlar bilan, o'rta miyona va katta nomga ega bo'lgan klublar bilan, qolaversa favoritlar bilan ham bir tekis o'ynamoqda

Demak, ushbu ijobiy seriyani kamida 12 ta o'yingacha olib borish mumkin. Taqvim bunga mos

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Jan, 18:46


MYU akademiyasining o'yinchisi 16 yasharli Amir Ibragimov Muqaddas Qur'ondagi ba'zi suralari yoddlab olgan. Ma shaa Alloh

Umid qilamanki, Yevropa futbolining zamonaviy tizimi uni Allohning Kitobi bilan yashashiga to‘sqinlik qila olmaydi. In shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Jan, 14:36


Rasmda 23 yil oldin ro'y bergan voqea!

Bugungi kunda shunday qiliqdan so'ng o'yinchi uzoq muddatga diskvalifikatsiya olgan bo'lardi. Ehtimol o'yin faoliyati bilan xayrlashi mumkin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Jan, 03:20


Ruud Van Nistelroyning Lester bosh murabbiyiga aylanganidan so'ng ko'rsatkichlari

Ammo Lester raqiblari zaif emas-da!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Jan, 03:14


Serjiu Konseysau:

– 30-dekabrda Milanni boshqardi

– 3-yanvar kuni Yuventusni mag'lub etib ilk g'alabani qo'lga kiritdi

– 6-yanvarda Italiya Superkubogida Interni taslim etdi va birinchi trofeyga ega bo'ldi

Debyuti ajoyib chiqdi! Milandagi murabbiy faoliyatini tugatsa ham bo'ladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

04 Jan, 17:39


Siti qatoriga ikkinchi uchrashuvda zafar quchdi!

Manchester qaytdi desak, balki noto'g'ri bo'ladi. Ammo gvardiolachilar keyingi 3 ta o'yinda g'alaba qozonishsa jamoaga kamida g'alaba kayfiyati va ishonch qaytdi desak bo'ladi. Taqvim esa yutuqlar uchun mos

Liverpulga yetib borish ayni paytda fantastikaga o'xshamoqda, ammo 2-o'rin uchun kurashsa bo'ladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

04 Jan, 05:02


Alhamdulillah, qaytdim. Ishga ham chiqib oldim. Futbol olamida esa millionga yaqin yangilik mavjud!

Fransiyada Marsel, Germaniyada Bayer, Italiyada Inter, Ispaniyada Atletiko, Angliyada Nottingem nimala qilishmoqda? Ничего себе!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

31 Dec, 18:29


Assalomu alaykum. Bugun soat 00:00dan "Futbol" telekanali oʻz ish faoliyatini boshlashini maʼlum qilamiz

Toʻliq futbolga ixtisoslashgan telekanal efirga chiqishiga sanoqli soatlar qolmoqda. Rejaga koʻra soat 00:00dan "Foreign Language" telekanali oʻrnida "Futbol" TV namoyishlarini boshlaydi.

OʻFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, OʻFA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, oʻzbekistonlik taniqli murabbiylar Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov, Ravshan Haydarov, Temur Kapadze, sharhlovchi va jurnalistlar ishtirokidagi telekanal ochilishiga bag‘ishlangan maxsus dasturni soat 00:05dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin.

📲 @SPORTTVMTRK

Otabek Jo'rayev

31 Dec, 13:39


Ramazongacha 60 kun qoldi! Mabodo 😊

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Dec, 15:05


So'nggi kunlar hafta desa ham bo'ladi men ijtimoiy tarmoqlarimda faol emasmam. Yilning oxirigacha ham shunday bo'ladi. Bunga sabablar bor

Ammo keyingi oydan boshlab oldingi rejimga qaytamiz. In shaa Alloh.

Tarqalib ketmanglar, xo'pmi!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Dec, 15:00


Ushbu fikrga qo'shilaman. Ayniqsa, Madina Ametovaning haqida

Yigitlarimiz o'ta faol. Ularning diqqatisiz qolgan futbolga oid mavzular o'zi yo'q. Mahalliy turnirlar bo'ladimi chet eldagi musobaqalarmi farqi yo'q. Madina ham yomg'ir va qor ostida yurib doim soyada qoladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

13 Dec, 12:53


Ushbu post bilan men ayrim futbolga aloqador mutaxassislardan uzr so'ramoqchi edim

Tugagan mavsumning ikkinchi davrasida jonli efirlarda hamma narsa nisbiyni unutib men bir nechta klublarimizning chim holatini tanqid qilgan edim. Videoda Kosta-Rikaning divizionlaridagi birini maydoni namoyish etilgan

Superliganing ba'zi agronomlari meni kechiring!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

12 Dec, 14:23


Lazizbek Mirzayev Leganesga yo'l oldi. Shevada, Lyaganes gapiraveramiz-da

A seriya – Eldor
Liga 1 – Abduqodir
La Liga – Lazizbek

Bundesligada Olmaliqda tavallud topgan Valdemar Anton o'ynamoqda. APL da esa Toshkentlik Piter Odemvingie to'p tepgan. Ammo ular Germaniya va Nigerriya termalarini tanlashgan. Demak...

Bundesliga
APL

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

12 Dec, 11:07


“Sport” telekanalining telegramdagi rasmiy sahifasi mualliflik huquqi sabab bloklanib qolganidan xabaringiz bor. Asosiy kanalni blokdan chiqarish ustida ishlanmoqda va yaqin kunlarda kanal faoliyati qayta tiklanishi kutilyapti. Unga qadar esa rasmiy kanal mana shu rezerv sahifada faoliyatini davom ettirib, doimgidek eng qiziqarli sport yangiliklarini sizga tezkor tarzda yetkazib turadi.

Obuna bo’ling va bizni qo’llab-quvvatlang! Kanal havolasi quyida
⤵️⤵️⤵️

@SPORTTVMTRK
@SPORTTVMTRK

Otabek Jo'rayev

11 Dec, 19:05


⚽️ 2034-yildagi Jahon Chempionatini Saudiya Arabistoni qabul qiladi. Rasman

❗️ Demak: No 🍺, No 👯, No 🏳️‍🌈

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

10 Dec, 14:10


Tasavvur qiling Jahongir aka Xarri ukani Superligaga olib kelsa, a?

O'zbek tili o'rganam desa ustoz ham tayyor. Deyarli egizak!

Aytgancha, Paxtakor titullarsiz qolishi ehtimol bor

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

05 Dec, 14:40


Oskar ko'zlarida yosh bilan Shanhay bilan xayrlashmoqda. Agarda mening maoshim yiliga 24 million yevro bo'lganida, men ham yig'lab yuborardim

Hazillarni chetga sursak, braziyalik 8 mavsum davomida 248 ta uchrashuvda 77 ta gol hamda 141 ta assistga erishdi. Klub afsonasi!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

05 Dec, 10:02


Mavsumning eng chiroyli golini tanlaymiz!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

03 Dec, 16:05


Vikipediyaning ingliz tilidagi sahifasi Paxtakorning yangi murabbiyini e'lon qildi. Pedro Modeira bilan tanishing

Portugaliyalik o'z murabbiyi faoliyatida ko'proq Paolo Fonsekaning assistenti sifatida ish olib borgan. Taniqli va katta klublardan uning karyerasida Braga, Porto, Shaxtyor hamda Roma jamoalari bor

Vikipediyadagi ma'lumot rost bo'lsa Pedroga omad tilab qolaman!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

02 Dec, 18:21


Aryen Robben bilan Kolo Ture Toshkentga tashrif buyurishdi deb o'ylasam...

Aslida rasmdagilar Al-Aynning bosh murabbiyi Leonardo Jardim va markaziy himoyachisi Kuadio Kuame

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

02 Dec, 07:59


London egizaklari!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

30 Nov, 17:19


Superliga 2024 haqida qisqacha xulosalar

Chempionlikni qo'lga kiritgandan so'ng Nasaf qatoriga 5 ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Amaldagi chempionga bu yarashadimi yoki yo'qmi bilmayman, ammo shunday holat Real va Sitida kuzatilmoqda. Buyuk klublar!

Olmaliq shahrida eng ko‘p kumush qazib olinishini bilarmidingiz? Ajablanarli tomoni shundaki, shunga qaramay OKMKda kumush medallar yo‘q edi. Nihoyat paydo bo‘ldi. Geshtalt yopildi!

Superliganing eng yaxshi boshlang‘ich tarkibi sohibi Navbahor, chempionatni dabdala tarzda olib bordi. Ammo turnirning yakunini ilhom bilan tugatdi. Lochinlar – so‘nggi ikki oydagi O‘zbekistonning eng yaxshi klubi!

Liganing eng yorqin ikki klubidan biri – So‘g‘diyona. Ushbu jamoaning xushchaqchaq o'yiniga Boshkovichning hissasi o'ta katta. Uning davrida nafaqalar Zoteev va Andreev ikkinchi yoshlikka erishdilar. Yorvorovovich bilan Doriyev esa Liganing eng yaxshi legionerlari

Neftchi ketma-ket ikkinchi mavsum kutganimizni oqlamadi. Garchi bu safar bronza medali sohibi Navbahor ham shuncha ochko to‘plagan bo‘lsa-da. Aytgancha, Namanganning brend yetakchilari Farg‘onaga ko‘chayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Qiziq bo'ladi, ishqilib umidimiz yanada uzilmasin-ov

Mavsumga tayyorgarlik ishlarini hisobga olgan holda, Paxtakor chempionatni o‘z o‘rnida yakunladi. Sababi murabbiy(lar) da emas, o‘yinchilarda ham emas. Menimcha, «Jamoa o'yinchiga emas, balki Paxtakor futbolkasini kiyib yurgani uchun futbolchi klubga pul to'lashi kerak», deygan odamda

«Superliga mavsumining kashf etiladigan jamoalari Surxon va Dinamo bo‘ladi». Bu taxminim bilan mavsum boshlanishidan oldin yirik nashr bilan o'rtoqlashgan edim. Bashorat qisman to‘g‘ri chiqdi. Asosiy kashfiyot, albatta OKMK ning kumushi. Ammo Surxon ham o‘tgan yildek o'sha o'rinda chempionatni yakunladi. Barqarorlik klassning dalolati!

Dinamo ligamizning yana bir o'ta yorqin klublaridan biri. Bu yerda ham bosh qahramon, jamoa murabbiyi Abramov. Vadim Karlenovich Jo‘rani va Kojoni kashf etdi, Hojimirzayev va Xalilovni jonlantirdi. Boshqa klublarda ham ular porlashiga ishonchim komil emas. Joelning yangi klubdagi faoliyatini kuzatamiz

Andijon. Sodda futbol. Bashorat qilsa bo‘ladigan o'yin. Ba’zi joylarda primitiv harakatlar. Ammo qanaqa xarakter! Va Markaziy Osiyodagi eng yorqin muxlislar. Shuning uchun ham, Andijon Kubokni qo‘lga kiritganidan xursandman. Burgutlar va Lochinlar final o‘yini uchun hurmatga sazovor!

Bunyodkor moliyaviy muammosiz ekan. Garchi xuddi shu tufayli qaldirg‘ochlar, xuddi yomg‘irli bulutli ob-havoda bo‘lgani kabi, jadvalning eng pastiga siqib qo‘yilgandek tuyulgan bo‘lsa-da. Shunday ekan, besh karra O‘zbekiston chempioni katta o‘zgarishlarga muhtoj!

Qizilqum. O‘zbekistonning asosiy oltin qazib chiqaruvchisi. Lekin bu futbol klubiga taalluqli emas. Agar NKMK juda xohlasa, mamlakat hukumati qarshilik ko‘rsatmasa, Navoiy viloyati osonlik bilan chempionlar tarkibini yig‘ishi mumkin. Шесть секунд!

Partiya tomonidan qo‘yilgan vazifa bajarildi. O‘zbekiston Olimpiya jamoasi Parij o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Shundan so‘ng Olimpikning botishi sodir bo‘ldi. Uyog'i nima bo‘ladi? 2024-yil yosh jamoaning o‘limi yili bo‘lishi ehtimoldan xoli emas

Kolosovskiyning Lokomotivga «transferi» Metallurgning mavsumdagi eng yaxshi qaroriga aylandi. Grigoriy Anatolevich Troya oti funksiyasini bajarib berdi!

Yaxshi struktura. Qiziqarli ijrochilar. Pro-ligaga qaytish. Lokomotivdan katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Ehtimol, Samvel Babayan Vadim Abramov Dinamo bilan erishgan ishni Loko bilan amalga oshira olar

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

30 Nov, 09:22


O'ziga ish topishi zo'r usuli

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Nov, 19:03


Shunaqa!

Aytgancha, skameykada yana bir murabbiyga joy bor, chog'i... O'zimizning mutaxassis

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Nov, 03:45


Jadvaldagi klublar UEFA CHL ning finalarida 44 marotaba ishtirok etib 19 marta Kubok sohibiga aylangan. Ular yangi formatga moslasha olmayapti shekilli. Adaptatsiya jarayoni davom etmoqda

Ha, CHL ning 18 karra finalisti va 15 karra Kugok g'olibi Real – 24-o'rinda!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 16:13


Bu ketishda Nasaf Sitining antirekordidan o'tadi-yov

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 16:00


Realizatsiya borasida Nasafda o'ta katta muammolar mavjud. Shuncha goli vaziyatlarni uvol qilish hattoki Romeluda kuzatilmagan edi. Eh...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 12:53


Klublarimizning xalqaro maydondagi g'alabalarini siz ham sog'inganmisiz?

Unda Sport TV to'lqiniga marhamat. Nasaf o'yinini birga tomosha qilamiz!

🕰️ 19:00
📺 Sport TV
🏆 Ikkinchi OCHL | 5-tur

🇺🇿 Nasaf – 🇰🇼 Al-Kuvayt

🎙️ Otabek Jo'rayev (rus) I Abdulla Nurmonov (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 03:41


Aynan ushbu paytda aytaman

Sir emas futbol tarixida menga eng yoqadigan murabbiy bu Valeriy Lobanovskiy. Eng buyuk murabbiylar ro'yxatida 1-o'rinda – Xosep Gvardiola!

Shunchaki fikr

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 03:29


Eh-e...

Nahotki Rodri yo'qligi jamoaga shunday ta'sir qilmoqda. Gvardiolaning hattoki Barselonasi Messiga shunday tayanmagan

Keyingi turda Siti Enfilda tashrif buyurish kerak. Ammo tahminlarim optimistik emas

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 03:24


Young Boys o'z nomiga mos. Natijalar, Yosh Bolakaylardek

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 03:22


Mana endi jadval ko'rinishi Elit nomiga loyiq!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Nov, 03:19


Levandovskiy «Ronaldu & Messi» klubiga qo'shildi. Endi unda UEFA CHL da 101 ta gol bor

Faqat Oltin To'p yetmayapti!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

26 Nov, 20:05


Spartaning oldingi va yangi logotipi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

26 Nov, 19:59


Abbosbekxem

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

26 Nov, 15:12


Superliganing mavsumi yakuni haqida Fan Klubi ovozli-chatida o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashaman

Savollaringiz bo'lsa pastdagi havoladan foydalanib chatda ishtirok etishingiz mumkin:

https://t.me/+t3aP6E4XyHIyZWI6

20:30 da boshlaymiz, in shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

26 Nov, 13:11


Ey, baraka topkurlar, Abduqodirni tinch qo'yinlar...

Mana endi Foot Mercato xabariga ko'ra, qishda PSJ 20 million yevro taklifi bilan Lansga chiqargan emish. Maqsad: Husanov transferi

Nima deysiz

💯 – Zo'r xabar, Parijga ko'chsin
🤔 – Abduqodirga hali erta
😎 – Lag'mon ma'lumot

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

26 Nov, 13:05


OPTAning versiyasiga ko'ra UEFA CHL ning ushbu mavsumning favoritlari

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

25 Nov, 14:41


O'z mintaqasida buyuk bo'lgan klublarning ayni paytdagi ahvol chatoq

Istiqlol so'nggi 5 ta uchrashuvda 4 tasida mag'lub bo'lib atigi 1 tasida g'alabaga muvaffaqiyat bo'ldi. Paxtakorda ham xuddi shunday ko'rsatkich

Toshkentliklar Superligada medallarsiz qolishdi. So'nggi marotada bunday holat 8 yil oldin ro'y bergan edi. O'tgan mavsumning kumush medallar sohibi Tehron klubi ayni paytda o'z chempionatida 10-o'rinda joy egalamoqda

Bunday natijalar, nazarimda, ikkala katta klubga ham fojiaga teng. Shunday bo'lsa, demak borini OCHL da berish kerak

Vaqt, imkoniyat va niyat bo'lsa Sport TV to'lqiniga marhamat. Jaloliddinning amaldagi klubini sobiq jamoasi mag'lub etishini birga kuzatamiz! Ishqilib buning aksi bo'lmasin 😊

🕰️ 21:00
📺 Sport TV
🏆 Elite OCHL | 5-tur

🇮🇷 Istiqlol – 🇺🇿 Paxtakor

🎙️ Otabek Jo'rayev (rus) I Orif Tolipov (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

24 Nov, 17:21


APL doirasidagi 13-turida Liverpul MSni qabul qiladi. O'sha uchrashuv 1-dekabrda bo'lib o'tadi. Undan oldin esa UEFA CHL da mersisaydliklar Real bilan o'ynaydi. Sitining raqibi Feyenoord osonroqga o'xshamoqda

Jamoalarning bugungi holatidan kelib chiqsak Enfildagi bahsdan so'ng eng tomoshabop ligada 1- va 2-o'rindagi klublarning farqi 11 ochkoga yetib borishi katta ehtimol. Eng intrigali Liga emish!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

24 Nov, 12:08


Vaziyat murakkablashdi. Lokomotiv uchun. Bugun So'g'diyona bilan uchrashuv. So'nggi turda Neftchi bilan. Ikkala raqib medallar uchun kurashmoqda

Metallurg bugun Surxonni mag'lub etib 26-turda Nasaf bilan o'ynaydi. Qarshiliklar chempionlikni qo'lga kiritgandan so'ng raqiblariga ochkolarni sovg'a qilishmoqda

Demak, bekobodliklarda ochko to'plashi yaxshi imkoniyat bor. Lokomotivda esa... agarda bugun Jizzax yutsa Neftchining medallar uchun imkoniyatlari qolmaydi. Temiryo'lchilarga ham balki osonroq bo'ladi

Kuzatamiz

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

23 Nov, 10:16


Rustam Ashurmarov, Umarali Rahmonaliyev va Sherzod Esanov kechagi uchrashuvda maydonga tushmadi. Bugungi Shomurodov sobiq klubiga qarshi o'yinda Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 18:28


Superliga yakuni bitta kadrda

Nos yoki non?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 18:21


Ana xolos...

O'tgan mavsum chempioni Paxtakor bu yili medallarsiz qoldi

Mavsumdan oldin yana bir favorit hisoblangan Neftchi taqdiri indinga hal bo'ladi. So'g'diyona g'alaba qozonsa, farg'onaliklar ham quruq qolishadi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 18:14


Namanganliklar so'nggi:
– oltita o'yinda 5 marotaba g'alaba qozonishdi;
– ikkita uchrashuvda 5 tadan gol urishdi

Beshbahor!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 13:22


Neftchi futbolchilari chempionlikni qo’lga kiritgan Nasaf o'yinchilari uchun maxsus yo’lak tashkil etishdi

Odob. Hurmat. Mardlik

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 09:36


Abbos Fayzullayev. Rustam Ashurmarov. Umarali Rahmonaliyev. Sherzod Esanov. Alisher Odilov

Barcha futbolchiramizni endi Sport TV va Foreign Languages da tomosha qilamiz

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 09:02


Xushxabar

Rossya Premyer Ligasi Sport TV da

Bugun Ashurmatov vs. Esanov. Ertaga Fayzullayev. In shaa Alloh!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 05:35


Ulfatlarim menga ushbu rasmni tashlab «Izoh bering» deb iltimos qilishdi. Xo'p, menda bir biriga teng ikkita variant bor:

1. Sherlarning bosh murabbiyiga Lev aylanadi

2. Germaniya futbol federatsiyani Jahongir aka boshqaradi

Menga ikkinchi variant ma'qulroq ko'rinmoqda

Gazini bosing, Jahongir aka! Stürmer Jahangir bruder!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

22 Nov, 02:57


Noxushxabar Arsenal, Liverpul, Chelsi, MYU, Tottenhem va qolgan APL 14 ta klubi uchun

Pep aka MS bilan shartnomasini yana 2 yilga uzaytirdi. Rasman!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Nov, 15:50


Ertaga Sport TV rasmiy kanalida xushxabar e'lon qilinadi deb umid qilaman...

In shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Nov, 15:12


2-o'ringa eng loyiq bo'lgan murabbiy kim?

Nazarimda, Mirjalol Kumushovich Kushakovich Qosimov!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Nov, 03:14


Jadvalga diqqat bilan e'tibor qarating va quyidagi savolga o'z fikringizni bildiring

2- va 3-o'rinlar qaysi klublarga nasib etadi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Nov, 12:20


Dunyodagi enz jigar liga qaytmoqda

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Nov, 08:45


Ushbu fikrga qo'shilaman. Va shu joyda taklifim bor

Otabek va qolgan termadagi akalaridan iltimos qilishimiz kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Nov, 05:41


Yaponiya 99.99% ehtimoli bilan 2026-yildagi JCH da. Keyingi turda rasmiylashtirib qo'yadi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Nov, 17:36


Men Srechko Katanetsning 90% qarorlarini qo'llab-quvvatlayman, ammo vatandoshimiz Fabio Limani termamizga Qatarda qarshi uchrashuvda jalb qilmagani uchun – kecharmayman!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Nov, 14:16


Katanets ish davom etaversin-ku, ammo futbolchilarimizning jismoniy holatiga ma'sulni almashtirish kerak

Taklifim, million dollarga aylanadimi farqi yo'q. Shimoliy Koreyadan mutaxassisni olib kelish kerak

Ularda futbolni askarlar o'ynashadi!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Nov, 14:00


KXDR termasiga 2-taym uchun

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Nov, 07:05


Tarkib haqida
Bugun kim tayyorligi haqida yuz foiz ishonchli ma’lumotga ega emasman. Nimaga ega ekanimdan kelib chiqib, bugungi matchga mo‘ljallangan asosiy tarkibni tahmin qildim

Sxema: 3-4-3
Katanetsning sevimli, u uchun ishonchli o'yin modeli. Bizning himoyamiz ochiqchasiga osilib qolganini hisobga olsak, KXDRga qarshi ikkinchi taymni hamda Qirg‘iziston va Qatar bilan birinchi taymni eslang, meh ham biz uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashimiz kerak deb hisoblayman

O‘yinchilar
Uchta markaziy himoyachidan ikkitasi, Husanov va Aliqulov, 99% ehtimollik bilan aniq maydonga tushadi. Chap tomonda kim paydo bo‘lishi mumkin? Ishonchim komilki, Ashurmatovni qo‘yib yuborish kerak. Start daqiqasidan maydonga tushgan Rustam jarima maydonimizda uxlab qolmasa kerak
O‘rta chiziqda Shukurov yo‘q. Uning o‘rniga Mozgovoy asosiy nomzod sifatida ko‘rinadi. Takror aytaman, 2024-yilgi Superliganing eng yaxshi futbolchisi. Biroq, markazda Iskandarov, chapda esa Sayfiyev paydo bo‘ladi, degan taxminlar bor. Nima uchun, deb so‘rashingiz mumkin? Birinchidan, Jamshid Katanets uchun ko'proq sinalgan variant, har holda Akmaldan nisbatdan. Sayfiyevga esa u har doim oldin ishonardi. Oxirgi oyda, aynan oxirgi oyda O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi jamoasi Navbahor ekanini hisobga olsak, Srechko bir klub futbolchilariga urg'u qaratishi mumkin. Futbol tarixida bu sinalgan variant. Qolaversa, uchala namanganlik ham Qatarga qarshi o‘zini yaxshi ko‘rsatdi
Hujumda haqiqiy markaziy hujumchining maydonga chiqishi talab qilishimiz mumkin. Asosiy nomzod, Bobur Abdixalikov. Biroq shtabimiz Shomurodovning o‘rniga uning pozitsiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri munosib futbolchi yo‘qligini ochiq aytgan edi. Shuning uchun ehtimol енгил кавалерия bilan o‘ynaymiz. Turg‘unboyev o‘ngda, Fayzullayev sevimli chap qanotda, Masharipov markazda. Ha, Jalol yolg‘on to‘qqizchi raqam bo‘ladi, ya'ni ложная девятка

Ssenariy
Katanets pastdagi ustunlikka urg'u qiladi degan tuyg‘u bor. To‘pni ushlab, muomala qiladi. Asosiysi, buni tezda qilish kerak. Jamoa tezkor gol urishga harakat qiladi. Yoki birinchi taymni plyus bilan yakunlash. Biroq, o‘yin final hushtakchasigacha davom etishiga ishonchim komil. O‘yinning oxirida koreyaliklar o‘z fizikasi bilan estetlarimizga zarba beradi. Xuddi tabiatan baquvvat bo‘lgan bokschi texnik raqibiga qarshi jangning so‘nggi raundlarida qilganidek, koreyaliklar ham o‘z fizikasi bilan match oxirida estetlarimizga zarba beradi. Bu yerda o'z vaqtida zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar muhim rol o‘ynaydi

Fikrlar shunaqa...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Nov, 05:56


KXDR - O‘zbekiston o‘yini haqida fikrlar. Qisqacha

Muhim o‘yin. Ikkala terma jamoa uchun ham. Biz Jahon Chempionatiga chiqishni juda xohlaymiz. Koreyslar ham. Bu yerda bugungi ishtirokchilarda o‘xshash. Farq shundaki, biz buni ushbu bosqichda amalga oshirishga yaqinmiz. Raqibimiz esa keyingi saralashda sakrash imkoniyatiga ega, u yerda esa jamoalar osonroq bo‘ladi. Shuning uchun ikkala terma jamoaga ham ochkolar kerak. Qolaversa, koreyslarni faqat g‘alaba qoniqtiradi

KXDR yulduzlarga ega emas. Bittasini topsa bo'ladi-ku, u ham ularning milliy bayrog'ida. Ammo koreyslar estetik o‘yinchilarning yo‘qligini ortig‘i bilan qoplaydilar: fizikasi bilan, bizni Toshkentda 70-daqiqadan boshlab rossa qiynashdii; uyushqoqligi bilan, Katanes ularni bejiz o‘n bir askarlik komanda deb atamagan; xarakteri bilan, Eronga 0:3 hisobida yutqazib, koreyslar ikkita gol urib, bizning futbolchilarimizga yana bir o'yinchi kam bo‘lib qolgan forslarga qanday qilib gol urish mahoratini namoyish etishdi

O‘zbekistonda mohir ijrochilar mavjud bo‘lib, ular kxdrovchilardan yarim bosh ustun turadi. O‘yin nuqtayi nazaridan ham biz yaxshiroqmiz. Chog'i, Srechko o‘zi ko‘rmoqchi bo‘lgan narsani to‘play olganga o‘xshaydi. Ishlab turgan model, sinovdan o‘tgan o‘yinchilar. Albatta, model ba’zan yaroqsiz bo‘lib qoladi. O‘yinchilar ham har doim mukammal o‘ynashmaydi. Shu bilan birga, saviyali raqiblar ham o‘yinimizni osonlik bilan o‘qib, qiyinchilik tug‘diradi. Biroq, masofada model natija beradi. Har holda hozircha

Bugun bizni nima kutadi?

Murakkab o‘yin. Biz uyda emasmiz. Chimning holati ajoyib emas. Terma jamoa yetakchilari O‘runov, Shomurodov, Shukurov o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. Boshqa ijrochilarning ishtirog'i ham savol ostida. Bu yerda esa har qanday jamoaga qarshi uyushqoqlik bilan o‘ynaydigan, barcha terma jamoalarga, shu jumladan, top qo‘shimchasi bilan ham muammolar tug‘diradigan Koreya bor. Yana muhim omil: KXDR bir to‘pdan ortiq farq bilan yutqazmaydi. Ammo biz allaqachon ko‘plab jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatdan chiqib olgan edik. Masalan, Osiyo Kubogida. Bizga umid beradigan asosiy faktor shundan iboratki, terma jamoalarning oylik o‘yinlarining ikkinchi uchrashuvida biz yaxshiroq o'ynaymiz

O‘ylaymanki, O‘zbekiston g‘alaba qozonadi. Hisobdagi minimal farq bilan. In shaa Alloh!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

17 Nov, 16:58


Oldingi postimga izoh

Darvozabon. Abduvohid Nematov. Ha, ba'zi uchrashuvlarda kichik xatolarga yo'l qo'ydi, ammo mavsumni o'ta yorqin o'tkazdi. Karyerasida eng yorqin mavsum

Markaziy himoyachilar: Igor Golban, Filip Ivanovich, Vladimir Bubanya

Mavsumning so'nggida Igorda pasaishlik kuzatildi, yilning o'rtasida Golban jarohat olgan edi. Lekin formada bo'lganida zo'r o'yin namoyish etdi, hattoki G'aybullayevdan sardor bog'ichini tortib oldi. G'olib bilan esa Nasaf himoyasini beton qildi

Ivanovich Superliganing eng zo'r himoyachisi. Agarda Navbahorda haqiqiy himoyachilar bilan muammo bo'lmaganida, realizatsiya komponenti pand bermaganida Namangan chempionlikga kurashardi. Osiyo CHL da esa Filip Branislavdek o'ynadi

Bubanyadan nisbatdan zo'rroq boshqa bir ikki markaziy himoyachini topsa bo'ladi, ammo Vladimirdek jangavor harakter, iroda va duxni topish qiyin. Shuningdek, u albatta termaga loyiq. Ayniqsa, Kubok bahslari uchun

O'rta chiziq: Oleg Zoteev, Akmal Mozgovoy, Jo'rani, Sherzod Nasrullayev

Zoteev qari emas-ku, lekin ikkinchi yoshlikni topgan. Chap qanotda bir vaqt sprinter va stayerdek yugirib butun flagni yopdi. Tag'in gol urar va asistlarni uyushtirardi. Xuddi shunday muvaffaqiyat bilan u o‘ng qanot chizig‘ida ham bunga erishadi deb o'ylayman

Akmal. Nasafning miyasi. Мозги! Men uchun 2024-yilgi Superliganing shubhasiz eng yaxshi futbolchisi. Juda katta ustunlik bilan

Jo‘rani. Mening jamoamga familiyalarimiz o‘xshash bo‘lgani uchun kirmagan. Aqli, mehnatkashligi va braziliyachasiga to‘p bilan ishlash qobiliyati tufayli. Vadim Karlenovich o‘yinchilardan yaxshi xabardor, chempionatimizda ularning iste’dodini ochib bera oladi

Nasrullayev. Sherning mavsum oxiridagi bebosh xatti-harakatlarini hisobga olmasak, Nasrullayev o‘z rivojlanishida yana bir qadam oldinga tashlab, kuchli mavsum o‘tkazdi, deb aytishim mumkin. Bu qadam shu qadar keng bo‘ldiki, hatto Sayfiyev ham unga doimo ishonib kelgan Katanesning terma jamoasi asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi

Hujum guruhi: Vladimir Yovovich, Dragan Cheran, Anvar Hojimirzayev

Yovovich. To'g'rirog'i Yorvorovich. Men uchun Volodya – Superliganing eng yaxshi legioneri. Juda katta ustunlik bilan. Mozgovoydan keyin Superliganing ikkinchi o‘yinchisi

Cheran. Tezlikda, fizikada, aniq zarba va uzatmalarda Draganda pasaish. Cheran yaxshigina qaridi. Shunga qaramay, u hali ham Liganing eng yaxshi to‘purari. Jamoamga shu mavsumdagi ham, oldingi xizmatlari uchun ham qo‘shildi

Hojimirzayev. Superliganing Skoulzi. Afsuski, uning yurish zaryadi bir soatga mo‘ljallangan. Chidamlilikni oshirsa – shubhasiz Katanes unga milliy terma jamoaning eshigini taqillatmasdan ochadi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Nov, 18:44


Abbos Fayzullayev mavzusini davom etamiz

Rossiyaning taniqli futbol murabbiyi va Match TV eksperti Aleksandr Grigoryan Abbos va boshqa O'zbekiston futbolchilari haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi. Rus tilini tushunadigan bo'lsangiz havoladan foydalanib javoblarini eshitsangiz bo'ladi:

https://t.me/odofutbole/1039

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Nov, 15:40


Ana, navbatdagi sovrin подъехал

Tabrik! Davomli bo'lsin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Nov, 15:19


Xayrulla aka, to'g'ri aytyapsiz-ku, ammo tanganing boshqa tomoni bor-da

Abbos – haqiqiy birodar! Bu esa muhimroq deb o'ylayman. Savob va ajrini albatta oladi. Menga esa namuna!

P.S. Hakam katta ehtimol faqatgina epizod bilan band edi. Nazarimda

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Nov, 06:46


O'yindan keyingi charchoqlar qolgan-ku, ammo hissiyotlar qo'yib yubordi. Xullas, kechagi uchrashuv haqida o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashaman

Xo'p, pastdagi исключительно mening fikrim:

1. Hakam
O'yinni zo'r olib bordi. Uchrashuvdan oldin esa men xavotirda edim. Jon Xyok ishtirokchilarga kurash olib borishga ruxsat berdi va ancha vaziyatlarga aralashmadi. Qarorlari sobitqadam edi. O'yin boshida penalti bermadi, Vaadga qizil ko'rsatmadi, ortiqcha 13 daqiqa qo'shib berdi – har bir qarorida asoslari bor edi. Hakamligiga 5 qo'yaman

2. Murabbiy
Tintin Katanetsni mag'lub etdi. Kechagi mag'lubiyatimiz aynan murabbiymizning mag'lubiyati. Asosli bo'lsa-da, biz doim bitta sxema, bir xil o'yinchilarga tayanamiz. Bir tomondan bu to'g'ri qaror. Ammo raqibimiz bizni zo'r o'rgandi. Tintin futbolchilari 1-taymda bizdan doim yarim qadam oldinda edi. Nostandart qarorlarni amalga oshirganimizdan so'ng, masalan, 4-2-3-1 sxemasiga o'tkanimizda 2 ta gol urdik. Gollar ham nostandart chiqdi – Abbos boshi bilan tag'in ikkita gol ura oladi deb kim bilardi? Men mayli-ku, lekin qatarliklar bunga tayyor emas edi! Ammo muvaffaqiyatsiz o'yinlar buyuk murabbiylar karyerasida ham ro'y bergan. Anchelotti, Gvardiola va hokazo. Тем более, Srechko aka antidepressantlarni qabul qildi, shekilli

3. Futbolchilar
Yusupov. O'tkazib yuborgan gollarda uning aybi yo'q-ku, ammo bironta vaziyatda bizni qutqarmadi
Abdullayev. Birdaniga Afif va Almoezga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Qaror o'zini oqlamadi
Husanov. Abduqodir haqida hozir hamma manbalar ko'p ijobiy fikrlarni bildirmoqda. Asosli, o'rinli. Ammo yosh yigitga ko'z tegishi mumkin
Nasrullayev. Undan va Alijonovdan ham men hujumda ko'proq kutgan edim. Hojiakbar mayli ajoyib pas ijro etib bizga assist keltirdi. Sher esa afsus yo'q. Yaxshi Afifning sochiga qo'lini tegizmadi
Shomurodov. Milliy jamoamiz uchun Eldor katta figura. Buning isbotiga yana guvoh bo'ldim
Sayfiyev. Kutilmagan bo'lsa-da, o'yinga zo'r qo'shildi. Hujumlarimiz chap qanotdan kuchaydi
Ashurmatov. Nima uchun u asosiy tarkibda maydonga tushmaganligini tushundim, chog'i
Fayzullayev. Birinchi taymda rossa qiynaldi. Ammo ikkita gol urib o'ta zo'r o'yin namoyish etdi deyman

4. Raqib
Tintin o'z shtabi bilan bizni zo'r o'rgandi. Mikroskop ostida desa ham bo'ladi. Afif bilan Almoez birinchi bo'limda bizdan dumbali somsa pishirib mazza qilib yeb qo'yishdi

5. Xulosa
Bizning imkoniyatlarimiz hali ham Qatar va BAA dan yaxshiroq. Ammo o'z fikrlarimni men sobiq Toshkent hokimi sitatasi bilan tugatmoqchiman: «Nima uchun senda million yo'q? Nima uchun senda 6 ochko (bir futbolchi kam bo'lgan Eron va nokdaun holatga tushib qolgan Qatar) yo'q? Chunki senda dux yo'q!»

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 18:32


Kun ideal tugadi. Faqat bir nyuans bor. Rabiblarimiz uchun...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 18:25


4-2-3-1 нормальный sxema edi. Nazarimda bekor 3-4-3 ga qaytdik...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 17:15


Doda, yana duo qiling 🤲

O'zbekiston = Comebekiston?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 17:09


Ochiqchasi... Shokdaman...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 14:42


Qiziq, so'nggi marotaba bir vaqtning o'zidayoq biz Jalol hamda Ostonsiz asosiy tarkibda qachon o'ynagan edik? Va o'sha uchrashuvda qay natija qayd etilgan edi?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 14:04


Demak, bugun 4:0 yutishimiz kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 14:01


Yana choy bilan xolvani beringlar bu futbilchilarga...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 13:42


O'ta kam ehtimol-ku, ammo bugun Qatar darvozasiga penalti belgilansa...

Jaloliddin, Jalolboy, Jaloljon... katta iltimos nuqtaga borma! Jon ukajon, iltimos qilaman!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 13:27


Koreyajon! Давай-давай-давай

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

14 Nov, 12:51


Aynan shunaqa!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

08 Nov, 11:19


Buni bilmadim-ku, ammo Toshkent 2025 yillik kinofestivalida Alek Bolduin ishtirok etishi mumkin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

08 Nov, 09:11


Chelsi Chempionlar, Yevropa va Konferentsiya ligalarida g'alaba qozongan birinchi klub bo'ladi-yov

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Nov, 15:08


Ana xolos...

Didye Desham Italiya va yana bir jamoaga qarshi uchrashuvlarga termaga Mbappeni chaqirmadi!

Agarda yosh hujumchilar o'zini zo'r ko'rsatishsa Kilianning holati og'irlashadi. Termaga Benzemani jalb etmagan murabbiy Mbappeni bemalol chaqirmay qo'yishi mumkin

Kilian xafv holatda!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Nov, 15:01


Hislat Halilovning Superligadagi 7-goli. 4 tasi – jarima maydonning tashqarisidan!

Anvar Hojimirzayev, Joel Kojo, Jurani, Hislat Halilov deymiz-ku, aslida Vadim Abramov deyishimiz kerak!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Nov, 07:12


Sherzod Nasrullayev haqida...

Uning ajoyib futbolchi haqida ortiqcha yozmayman. Buni ko'p kim tan oladi. Ammo so'nggi ikki hafta davomida uning tomonidan g'alati harakatlari haqida bir og'iz gap aytaman

Oktabrning o'rtasida Surxonga qarshi uchrashuvda raqibini bo'g'iganligi uchun Sherzod qizil kartochkani oldi. Kechagi Al-Hussein bilan bahsda u to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olish lozim edi. Baxtimizga VAR yo'q edi, bosh hakamning yordamchilari vaziyatga esa aralashmadi. Balki ko'rmay qolishdi

Ha, ikkala o'yinda Nasrullayevga qarshi o'yin qoidalari buzilgan edi. Ammo sohasining professionali o'zini qo'lda o'shash kerak. Tushunaman, hammamiz hissiyotlarga berilamiz, ammo keyinchalik vaziyatga to'g'ri baxo berish kerak. Sherzod esa videoning izohida «sochi chiroyli ekan uni ushlab ko'rdim va bu joyda qizil berilmaydi» deb o'z fikrlarni bildirdi

Sher, bu qizil kartochka. Қизилище!

Nazarimda, to'g'ri xulosalar qilmadi shekilli. Bu ketishda yoki klubni yoki milliy termamizni muhim bahsda подводить qilishi mumkin

Olimpik «gangsterlaridan» g'alati qiliqlarni ko'rganimizda Kapadzening diqqatini qaratgan edik. Temur aka o'sha muammolarni tez orada hal qildi. Umid qilaman Ruziqul aka Nasrullayevga nohaqligi haqida tushuntiradi, Sher esa to'g'ri xulosalar qiladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Nov, 04:35


Superliga g'oyasiga qarshi chiqqan klublardan Bayern bilan PSJ bor edi. Nazarimda endi Superliga taklifi aynan o'sha klublardan chiqadi-yov

Tushunarli, Real o'sha taklifni qabul qiladi. Barselona esa Superliga ishtirok etishda bosh tortsa ajablanmang. Hozir ularning ketmoni uchmoqda!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

07 Nov, 03:08


RL9 CHL da 99-goliga erishdi. O'ta katta ehtimol 27-noyabr kuni u KR7 va LM10 klubining a'zosiga aylanadi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 17:39


Osiyo CHL dagi mag'lubiyatlardan so'ng xushxabar

Davomli bo'lsin, Abduqodir!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 17:05


Kecha Paxtakor yutqazdi. Bugun Nasaf mag'lub bo'ldi. Oldingi va amaldagi Superliga g'oliblari! O'zbekiston futboliga nima bo'ldi?

O'yindan kelib chiqsak ikkala jamoa birinchi taymda yaxshi futbol namoyish etdi. Hujumkor futbol, keskin epizodlarga boy o'yin! Qarshiliklar ikkinchi bo'limda ham yomon taassurot qoldirishmadi, hujumlarning soni kam emas edi, ammo golli vaziyatlarni biz deyarli kuzatmadik

Mayli-ku, ikkita qo'pol individual xato evaziga biz gollar o'tkazib yubordik, lekin oldinda butun bit taym bor edi-ku...

Mayli kechagi va bugungi o'yinlarni unutamiz. Eng muhim ikkita uchrashuv bizni noyabrning o'rtasida kutmoqda. O'sha bahslarda jamoamizdan faqat 4-6 ochko kutaman. In shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 13:24


Superligada muhim chempionlikni qo'lga kiritib endi diqqatni Osiyo CHL ga ham qaratishi mumkin

Bugungi xalqaro bahsda O'zbekistonning chempionidan chempionlik o'yini va g'alabani kutamiz

Al-Hussein bilan uchrashuvni albatta Hassan sharhlashi lozim. Ruschasida o'zim. In shaa Alloh

🕰️ 19:00
📺 Sport TV
🏆 II CHL | 4-tur

🇺🇿 Nasaf – 🇯🇴 Al-Hussein

🎙️ Otabek Jo'rayev (rus) I Hasan Turdaliyev va Zuhriddin Qilichev (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 05:15


Mayli, Yevroni chetga suramiz. Srechko Katanets noyabrdagi o'yinlarga qaydnomani ma'lum qildi

Ro'yxatda o'sha o'sha chehralar. Tarkibga faqatgina Adhamzoda qo'shildi

Umarning o'rniga Hojimirzayevni jalb etish kerak edi deyishimiz mumkin-ku, ammo na Anvar na Adhamzoda baribir maydonga tushmaydi

Asosiy tarkibni hozirgina chizib berishimiz mumkin. Easy!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 05:09


Mana bu bola yomon ekan-ku

2023-yilning boshida Viktor Yyokereshning narxi 5 million yevro edi. Bir yil o'tgach narxi 40 millionga oshdi

2024-yilda u 51 ta uchrashuvda 53 ta gol urgan ekan. Shuningdek, unung amaldagi narxi – 70 million yevroga aylandi

Katta klubga o'tganida ko'rsatkichlari o'zgararmikin?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 04:52


Yurgen Slot. Hozircha shunaqa

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 04:45


Real transferda sal adashdi shekilli. Zafarni xarid qilish kerak edi!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 04:25


Buyuk murabbiylarda hattoki qora seriya ham bir vaqtda sodir bo'lmoqda...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

06 Nov, 04:17


Sporting Amorim bilan xayrlashdi. MYU so'nggi martda o'z murabbiyini shunday 2013-yilda kuzatgan edi

MYU + RA = ?

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

05 Nov, 19:02


🔥🇪🇸
❤️🇮🇹

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

05 Nov, 17:09


Paxtakorning Ar-Rainga qarshi o'yinining so'nggi yarim soati menda yomon taassurot qoldirdi. Ammo hissiyotlarni bir chetga surib aytamanki, Paxtakor mag'lubiyatga loyiq emasdi

Ar-Ryan butun uchrashuv davomida faqat bitta vaziyat yaratdi. Golga kelsak, gol mualifi Nazem yana besh yuz marta shunday zarba bersa, boshqa gol urolmaydi. Nazarov esa, albatta, nohaq

Paxtakor g'alabaga loyiqmi edi? Bilmayman. Balki. Birinchi bo'limda mezbonlarda vaziyatlar bor edi. Ayniqsa Abdumadjidovda. Agar Muhammadrasul vaziyatdan unumli foydalanganida, o‘yin boshqacha ssenariy bo‘yicha o‘tgan bo‘lardi

Minuslardan

Futbolchilarimizning zaif jismoniy shakli ko'zga tashlanmoqda. Italiyadan, Germaniyadan boshqa davlatdan o'yinchilarning jismoniy holatini kuchaytiradigan mutaxassislarni olib kelish kerak

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirolmadi. Faqat O'rinbayev haraqat qildi. Qolganlarga bemalol 2 baho qo'ysa bo'ladi

Futbolchilardan o'z gonorariga faqatgina Abdullayev va Bo'riyev loyiq. Alijonovga esa o'zinikidan tashqari jamoaning yarimining gonorarini to'lash lozim. Uchrashuvining MVPisi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

05 Nov, 13:24


💥 Matchday

🕰️ 19:00
📺 Sport TV
🏆 Elit Chempionlar Ligasi

🇺🇿 Paxtakor – 🇶🇦 Ar-Rayan

🎙️ Otabek Jo'rayev (rus) I Murod aka Rizayev va Abdurashid Odilov (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

04 Nov, 19:41


Mario, please...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

04 Nov, 16:39


Abdug'ofur bilan Ruben ekzaklar ekan-ku!

@odofutbole

Otabek Jo'rayev

02 Nov, 14:15


01.11.2024 – Turkmaniston klub futboli tarixida qora kun

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

02 Nov, 13:50


Superliganing noyabr oyidagi eng chiroyli golni aniqlashda rossa qiynalamiz

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

02 Nov, 13:30


RudiFly Emirates

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

01 Nov, 16:33


Surxon Paxtakor stadionini ijaraga olgani uchun от души javob qaytardi

Medallar uchun kurash davom etmoqda!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

01 Nov, 10:24


💥 Superliga doirasidagi 159-uchrashuv tarixiyga aylanishi mumkin

❗️ Welcome to Sport TV

🕰️ 16:00
📺 Sport TV
🇺🇿 Superliga | 23-tur

🥇 Lokomotiv – Nasaf

🎙️ Otabek Jo'rayev (rus) I Abdurashid Odilov (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

31 Oct, 02:49


Tottenxem MSga qarshi uchrashuvlarda...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

30 Oct, 17:48


Ruben Amorim MYUning yangi bosh murabbiyi haqida barcha futbol muxlisida xabar bor. Va shu joyda manklarning fanatlarida «Portugaliyalik Manchesterda uddalay oladimi?» degan savol paydo bo'lmoqda

Qanaqa javob bersa bo'ladi?

Albatta, Ruben iste'dodli mutaxassis va buni u Portugaliyada allaqachon isbodlab berdi. Qo'shimcha plyuslardan u bir vaqtda yosh futbolchilarni rivojloladi va o'z nomiga ega bo'lgan o'yinchilar bilan til topoladi

Ammo Manchester Sportingga qaraganda bu mutlaqo boshqa vazn. Hurmat saqlagan tarzda, Lissabon klubi Dunyoning futbol haritasida o'rta vaznda ishtirok etadi, MYU esa ayni paytda o'ta og'ir vazn bo'lmasa-da, klubga talab o'ta og'ir vazndek. Bosim ham shunga yarasha

Ten Xag MYUga kelishidan oldin haqida men ijobiy fikr bildirgan edim va unga oldingi mutaxassislardan nisbatdan ishonchim ancha ko'proq edi. Natijani hammamiz yaxshi bilamiz. Amorimda ham bir xil holat. O'xshaydi yoki...

Ayni paytda Dunyoda faqatgina ikkita futbol mutaxassisidan shubham yo'q. Avvalambor, Gvardioladan. Keyingisi, Flik. Ular MYUni ertaga boshqarsa jamoaning o'yini va natijalari ijobiy bo'ladi. Qolganlarda – 50|50

Shunday fikrdaman. Menga qolsa, o'xshasin!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

30 Oct, 04:36


Oldingi postga izoh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

29 Oct, 19:45


O'ta g'alati transfer

Jenoa – Jinnioa –

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

29 Oct, 19:41


Saudiya Arabistoni turnirlari An-Nasrga qiyin kechmoqda. Ronaldu jamoasi Qirol Kubogining nimchorak bosqichida o'z imkoniyatini boy berdi

Krishtianu asosiy vaqtga qo'shilgan daqiqalarda penaltidan gol urolmadi va katta ehtimol yangi mavsumda ham jamoaviy trofeylardan mahrum bo'ldi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

29 Oct, 12:58


Abbosbek Fayzullayev Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini qo'lga kiritdi!

Tabrik va tilak – Abbosning o'yin faoliyati Doston Hamdamovnikidan zo'rroq bo'lsin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

29 Oct, 03:04


Oltin To'pni Rodri qo'lga kiritdi. U loyiq edi. Vini ham loyiq edi. Karvahal ham loyiq edi

Remi esa shunchacki Loyik

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

29 Oct, 03:01


Xavi-akademik va Iniesta-sehrgarga nasib etmagan sovrin markazda o'ynayotgan boshqa ispaniyalikga nasib etdi. Oltin To'pga o'ta loyiq nomzod!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 19:35


...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 19:28


To'g'risi, menga umuman farqi yo'q kim Oltin To'pni qo'lga kiritadi. Vini bo'ladimi, yoki OT Rodriga beriladimi befarqman

Eng muhimi ushbu so'nggi yillarda mojaro marosimga aylangan sovrin futbolchiga topshirilsin

Marosim tashkilotchilari fransiyaliklarmi? Oltin To'p Parijda topshiriladimi? Agarda anavi rasmdagilardan biri To'pni ilib ketsa ajablanmang

Я предупредил!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 17:31


France Footballning bugungi taqdirlash marosimi ushbu zastavka bilan boshlanishi kerak edi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 17:06


#️⃣ Superliganing 22-turida:

🔣 Paxtakor mag'lub bo'lib egalagan chempion kamarini boshqa klubga rasman topshirdi

🔣 So'g'diyona durang o'ynadi va 99.99% chempionlik poygasidan chiqdi

🔣 OKMK yutqazdi va endi chempionlikga faqatgina teoretik imkoniyatlariga ega. Ehtimol 1%

🔣 Qizilqum, Bunyodkor, Neftchi va Dinamo chempionlik va medallarga kurash olib borayotgan klublarning ambitsiyalariga tupurdi, chunki ularning o'zini rejalari va maqsadlari bor

🔣 Neftchi, Navbahor va Paxtakor shubhasiz medallar uchun kurashadi

🔣 Bugungi uchrashuvda Dinamo mag'lubiyatga loyiq emas edi. Menga Samarqandning o'yini ko'proq yoqdi

🔣 Nasafning o'yini umuman qovushmagan bo'lsa-da, irodali g'alabaga erishdi. Buni chempion duxi atashadi

🔣 Qarshiliklar qolgan 4 ta turda maydonga tushmasa ham 99% chempionlikni qo'lga kiritadi. Chunki OKMK va So'g'diyona, albatta, ochkolarni yo'qotishadi

🔣 Nazarimda, 23-turdan so'ng Nasaf uyida, muxlislari bilan tarixiy natijani nishonlaydi

❗️ Ha, o'zimning 80% sharhimdan qoniqmayman. Bugungi sharh istisno emas. Nazarimda, shamolladim, ovozim bo'g'ildi, shuning uchun ham sharh hissiyotlarsiz bo'ldi va ko'ngildek chiqmadi. Tushunasiz deb umid qilaman

📱 @djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 16:39


Aytgancha...

Bu ham natija. Tarixiy!

Neftchi muxlislariga tabrik. От души!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 16:07


Parijning shaxzodasining kimligini biz yaxshi bilamiz. Sobiq shaxzodasini. Haqiqiy qirol esa hali ham tirik

Eh, bekor Kilian Madridga o'tdi shekilli...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 16:03


Demak, Messi ham Parijga yo'l oldi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 15:45


Bu ham variant. 2020-yildagi qarz qolib ketmasin deyman-da

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 13:05


🕰️ 18:15
📺 Sport TV
🇺🇿 Superliga | 22-tur

🔻 Dinamo – Nasaf

🎙️ Otabek Jo'rayev (rus) I Zuhriddin Qilichev (o'zb)

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

28 Oct, 12:18


Menda yana bir variant bor

Xayrulla aka Manchesterga bekor bormaganlar shekilli. Ochiqchasi chopdi!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Oct, 15:57


Ushbu ovozli-chatda ko'proq El-Klasikoni muhokama qildik, ammo boshqa mavzularga ham to'xtalib o'tdik. Fikrlarim bilan o'rtoqlashdim. Qo'ldan kelgancha

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Oct, 15:54


Live stream finished (1 hour)

Otabek Jo'rayev

27 Oct, 14:30


Live stream started

Otabek Jo'rayev

27 Oct, 12:44


Bugun ovozli-chat qilamizmi? Qilamiz! 19:30 da, in shaa Alloh

Savollarni izohlarda qoldiramiz. Oldin o'zingizni tanishtirib (ism, shahar, jamoa ixtiyoriy), keyin savolga o'tamiz

Ha, oldindan aytaman, ushbu mavsumdan boshlab Yevropa futbolini kam kuzataman, ko'proq Osiyo va o'zimning futbolimizni. Ammo ba'zi mavzularda o'z fikrimga egaman 😊 Aytim-qo'ydim

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Oct, 12:35


Arsenal – Liverpul qaramaqarshiligi bu alohadagi dunyo. Kinojanrlar tilida gaprsak, bu blokbaster. Rossiya hamkasblarimning fikriga ko'ra, bu uuuxuxu bahs!

Bugun ham shunday bo'lishi mumkin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

27 Oct, 09:28


🔣 So'nggi paytda menga eng ko'p beriladigan savollardan biri: «Mbappe Realga kerakmi?»

⁉️ Siz nima deb o'ylaysiz, kerakmi?

💯 – Ha, u o'zini ko'rsatadi
😡 – Umuman kerak emas edi
😁 – Albatta kerak men antirealchiman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

24 Oct, 03:59


Elite APL Ligasi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

24 Oct, 03:25


Rafinya Barselona safidagi 100-uchrashuvida xet-trik qayd etdi

Rafinaldinyo!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

23 Oct, 18:53


Agarda guruh bosqichdagi eng yorqin вывескада 19- va 20-o'rinda ketayotgan jamoalar ishtirok etsa, demak bu haqiqiy Elit Chempionlar Ligasi!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

23 Oct, 17:59


II Osiyo CHL da guruhdan chiqolmasa ham, eng muhimi Superligada g'alaba qozonish. Ammo guruhdan chiqadi. In shaa Alloh

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

23 Oct, 17:46


O'zbekiston futboli bor, yurtimizda validol sovdasi to'xtamaydi...

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 18:28


Aytgancha, Neymar qaytdi Al-Ayn qaytishiga sal qoldi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 18:15


Paxtakor muxlislari mendan xafa bo'lishmasin-u, ammo Ash-Shorta – Paxtakor uchrashuvi o'rniga Sport TV da Al-Ayn – Al-Hilol o'rtasidagi o'tishmani namoyish kerak edi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 18:00


Ushbu hakam, Ma Ningni nazarda tutyapman, O'zbekistonning barcha jamoalarining ishtirogidagi o'yinlarini olib borishi kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 15:16


Superligadagi 21-turdan so'ng vaziyat

Yana 15 ochko o'ynaladi. Nasafda raqiblaridan +7, +10 va +11 ochkoli ustunligi bor

Teoriyada qarshiliklar chempionlikni rasman 23-turdan so'ng qo'lga kiritishi mumkin. Medallar uchun kurash esa so'nggi turgacha davom etilsa kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 07:55


Qatarning Ar-Raya nashri xabariga ko‘ra, yaqin orada Qatar futbolini yaxshi biladigan Xavi Qatar termasini boshqarishi mumkin

Xavi o'yinchi sifatida 4 mavsum davomida As-Sadd tarkibida to'p tepgan. Bundan tashqari ispaniyalik 2 mavsum davomida As-Saddda bosh murabbiy lavozimida ish olib borgan

4 turdan keyin Qatar 4 ochko bilan 4-o'rinda ketmoqda. Agarda ikki tomon bir biri bilan kelishib olishsa, demak 14-noyabrdagi uchrashuvda Qatar termasi Xavi qo'l ostida O'zbekistonga qarshi o'ynashi mumkin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 02:46


To'qnashuvga raqiblar ajoyib formada kelishmoqda

Qaysi birining qo'li baland kelarkin

🕊️ – FCBarselona
🐳 – FCBayern
✍️ – FCDurang

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 18:59


Roberto Manchini Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etiadi. Buni tahmin qilish qiyin emas edi

Federatsiyaning qarori tushunarli, chunki 4 turdan keyin C guruhida SA milliy jamoasi o'zidan ancha zaif bo'lgan Indoneziya va Bahraynni mag‘lub eta olmay, bor-yo‘g‘i 5 ochko jamg‘ardi

Qatar 2022 da bo'lajak Jahon chempioni Argentina termasini mag'lub etgan SA termasi sobiq ustozi Erve Renarni yangi bosh murabbiy lavozimiga jalb qilgani haqidagi mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlarda faol tarqalmoqda

Sir emas, menga Renard yoqadi. Ajoyib mutaxassis. Ammo u vaziyatni to'g'rilay oladimi?

Bilmayman. Endi yo'qdek ko'rinmoqda. Va men hozir Saudiya Arabistoni Jahon chempionatiga chiqish haqida gapirmayapman

Uning birinchi taklifi paytida men saudiyaliklar o'z kuchlarini sezilarli darajada oshirishi haqida ko'p marta va qayta-qayta ogohlantirganman. Tahminlarim to'g'ri bo'lib chiqdi. Hozir o'sha davrga nisbatan vaziyat ancha o'zgardi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatiga e'tibor bering. Birinchi 10 talikda faqat bitta mahalliy o'yinchi bor. Mahalliy ikkita futbolchi kuchli yigirmatalikka kiradi. «A nima bo'libdi?» degan o'rinli savolni berishingiz mumkin. Bir paytlar Yevropaning top ligalarida ham shunga o'xshash vaziyatlar bo'lgan, bu esa ularning milliy jamoalariga kuchli o'yin ko'rsatishiga to'sqinlik qilmagan

Xo'p, unda boshqa omillarga o'tamiz

Al-Hilol terma jamoaga asosiy futbolchilar yetkazib beruvchi klub bo‘lgan. Osiyoning eng kuchli jamoasining asosiy tarkibi bilan tanishing. Startda faqatgina 3 ta saudiyalik bor! Termani o'yinchilar bilan ta'minlagan Al-Ittihod va Al-Qodisiya o'rtasidagi o'yinda mahalliy futbolchilarning atigi uchdan bir qismi maydonga tushdi! Ya'ni milliy jamoaning asosiy tayanchini tashkil etuvchi mahalliy futbolchilar amaliyotsiz qolishmoqda

SA futbol federatsiyasi buni juda yaxshi tushunadi. Shu bois ba'zi futbolchilar amaliyotni olish uchun Yevropa chempionatlariga o'tishdi. Biroq, SA termasining asosiy o'ng qanot himoyachisi Saud Abdulhamid Romadagi holati bizning Eldornikidan nisbatdan battar. U atigi 2 ta o'yinda maydonga tushdi. U ham Yevropa ligasi uchrashuvlarida

Markaziy yarim himoyachi Faysal Al-G'amdi Belgiyaning Beersxot jamoasida 3 marta to'p surgan. Uning jamoadoshi Marvan As-Saxavi 3 ta uchrashuvda 2 ta gol urgan bo'lsa-da, ta'kidlab o'tish lozim – Beersxot Jupiler Pro-ligasining eng so'nggi o'rinda ketayotgan autsayder

Umuman olganda, saudiyaliklar ichki chempionatini Disneylendga aylantirdilar. Ko'plab futbol yulduzlari uchun bu chempionat jozibali bo'lib qoldi. Biroq, mahalliy futbolchilarni o'sha loyihasiga qo'shish bo'yicha o'ylangan choralar ko'rilmasa, Saudiya Arabistoni termasining Osiyo futboli elitasidan tushib ketishiga katta ta'sir qiladi. Nazarimda, bu уже sodir bo'lmoqda

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 13:11


❗️ Superliganing 21-turi doirasidagi barcha derbi zo'r tarzda o'tdi

Sizga qaysi biri ko'proq yoqdi

🏆 – Voha derbisi
💯 – Toshkent derbisi
❤️ – Vodiy derbisi
😎 – Men Kelishilganligani kuzatmayman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 12:25


O'zbekiston chempionati haqida, qisqacha

Superliga yakunlanishiga 5 tur qolganida Neftchi va Navbahor chempionlik uchun matematik imkoniyatdan mahrum bo‘ldi

Mana senga N seriya!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 12:04


Kutilganidek, Messi Inter Mayami tarixidagi eng yaxshi to'purariga aylandi

Ushbu mavsumning o'zidayoq Luis Suares ham Kampanadan o'tib oladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Oct, 16:55


Superligamizda ro'y bergan yoqimli hodisa

Metallurg o'yinchilari O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan andijonlik futbolchilarga faxriy yo‘lak tashkil qilishdi. Mardlar, bekobodliklar!

Ishonchim komilki, agar Kubokni hattoki OKMK (Metallurgning eng prinsipial raqibi) qo'lga kiritganida ular xuddi shunday harakat qilishardi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Oct, 11:16


Uilsher – Gibbs – Kasorla – Uilsher – Kasorla – Jiru – Uilsher – Jiru – Uilsher

Ropa-rossa 11 yil oldin Arsenalning mazkur futbolchilari Norvichning atletlarini o'ynatib yuborishdi

O'ta go'zal gol!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

18 Oct, 12:47


Nasaf ham Surxonga qarshi asosiy tarkibni e'lon qildi

Ruziqul aka o'tgan asrning 50- va 60-yillarida Braziliya termasining ashadiy muxlisi bo'lgan bo'lsa ajab emas. 4-2-4 o'ta hujumkor sxemani tanlabdi

Ha, Braziliyaning o'sha paytdagi shiori: «Siz bizga imkon qadar gol kiritasiz, biz esa xohlaganimizcha gol uramiz»

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

18 Oct, 12:41


Surxon Nasafga Qarshi jamoasining boshlang'ich tarkibini taqdim etdi. Bu detallarga mehr deb atalsa kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

17 Oct, 05:05


Rasmdagi futbolchilarni taniganlar bormi?

Ushbu jamoa ropa-rossa 30 yil oldin Hirosimada bo'lib o'tgan 1994 Osiyo O'yinlarida O'zbekistonga ilk va hozircha yagona g'alabani keltirgan

O'tgan kundek finaldagi Xitoyga qarshi uchrashuvni eslayman. Igor aka birinchi daqiqalarda hisobni ochdi. Keyin Lebedev bilan Azamat aka gol urdi. Nuqtani esa Shuhrat Maqsudov qo'ydi. Janubiy Koreyaga o'ta qiyin kechgan yarim final o'yinida Sheykin нереально turib berdi

Turnirdagi umumiy ko'rsatgichlar: 7 ta o'yinda 7 ta g'alaba, 23 ta gol kiritilgan, 7 ta gol o'tkazib yuborilgan. Raqiblarimiz: Saudiya Arabistoni, Malayziya, Gongkong, Tailand, Turkmaniston, Janubiy Koreya, Xitoy

O'ngdan chapga. Tepadagi qator: Andrey Fyodorov, Fevzi Davletov, Rustam Durmonov, Aleksandr Tixonov, Igor Shkvyrin, Yuriy Sheykin. Pastdagi qator: Sergey Lebedev, Azamat Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Ilxom Sharipov, Farhad Magometov

Rasmga tushmaganlar: Abdukahhor Marifaliyev, Shuhrat Maqsudov, Abdusamat Durmonov, Ulug'bek Ruzimov, Stepan Atayan, Berdah Allaniyazov

Bosh murabbiy: Rustam Akromov

Ajoyib payt, zo'r jamoa edi! G'alaba uchun rahmat!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

16 Oct, 03:39


Lionel Messi xet-trik amalga oshirdi. Demak, endi u o'z milliy jamoalarining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Ali Daeidan o'tib 2-o'ringa ko'tarildi:

1. Krishtianu Ronaldu – 133 ta gol
2. Lionel Messi – 112 ta gol
3. Ali Daei – 109 ta gol

KR va LM poygasi davom etmoqda!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Oct, 20:51


Bugun nafaqat Eldor bisikleta uslubida gol urolmagan ekan

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Oct, 20:30


Angliya termasini Tomas Tuxel boshqaradi!

Ikkala tomon bir biri bilan kelishib oldi, endi faqat shartnomani imzolash qoldi

Aytgancha, Tuxel futbol bo‘yicha Angliya milliy jamoasini boshqaradigan ilk nemis murabbiyiga aylanadi. Ishqilib, Tomas 1966-yildagi final uchun angliyaliklardan qasos olmasa bo'ldi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Oct, 18:14


Eron g'alaba qozondi-ku, ammo hisobda sal oshirib yubordi. Nima bo'lsa-da, guruhning birinchi ikkita termasi raqiblaridan yaxshi ustunlikga ega

Keyingi mehmondagi ikki uchrashuvda 6 ochko toplasak, дело в шляпе bo'ladi. 4 ochko ham yomon natija emas

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Oct, 17:17


Ma shaa Alloh. Baraka top, adash!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Oct, 16:42


Bentu aka xohlagancha e'tirozlarini bildiraversin. Mana bunday bloklar uchun penalti beriladi-da

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

15 Oct, 16:38


Ma Ning hakamligidan rozi bo'lganlar bitta layk bosib qo'yasiz. Men birinchi bosaman!

@djuraevotabek