Sen va Choy (@sen_va_choy) Kanalının Son Gönderileri

Sen va Choy Telegram Gönderileri

Sen va Choy
Xohlaganida xohlaganini yozadigan choyxo'r yigit.
5,644 Abone
483 Fotoğraf
53 Video
Son Güncelleme 10.03.2025 19:33

Benzer Kanallar

Usmonip
2,706 Abone
Niyatga bog'liq
2,350 Abone

Sen va Choy tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

Sen va Choy

23 Jan, 09:15

809

Ko‘nglim qolgani yo‘q yorug‘ olamdan,
Xayolimda yo‘qdir na viqor, na kin.
Baribir bir kuni sizdan ketaman —
Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.

Men ishga boraman, ishdan qaytaman,
Ko‘ksimda yuragim urar, tinmaydi.
O‘g‘limga eng shirin so‘zlar aytaman,
Mening yo‘qligimni hech kim bilmaydi.

Do‘stlar davrasida goh sharob ichib,
Goho og‘u ichib o‘ltiraman jim.
Ko‘chada kezaman odamlar kechib —
Mening yo‘qligimni bilmaydi hech kim.

Tabassum qilaman tanish-bilishga,
Do‘konda navbatga turaman horg‘in.
Hech kimni qo‘ymaydi ortiq tashvishga
Xalaqit bermaydi mening yo‘qligim.

Mening ko‘kragimda yonib oqibat,
Kul bo‘lib, sovrilar mayda savdolar,
Unda quyosh kabi lovullab faqat
Ona O‘zbekiston surati qolar.

Savollar bermagin — azobdadir jon,
Yaxshilab yashasang, umr bu — qiynoq.
Qaydan qaytishimni bilaman ayon,
Qayga borishimni bilmayman biroq.

Usmon Azim
Sen va Choy

23 Jan, 08:03

619

Javobim ha bo'lganida nima so'rardiz?
Sen va Choy

22 Jan, 11:42

774

TUMANLARDA

Yosuman deb qo‘yibdilar tumanni,
Ko‘zlar xira, bod bo‘g‘inlar qaqshaydi.
Parda tashlab, oshiradi gumonni,
Tumanlarda xo‘tik toyga o‘xshaydi.

Tumanlarda mudroqlanar fahming ham,
O‘z joningga kelib ketar rahming ham.
Soya tashlab lopillaydi vahming ham,
Namiqqan yo‘l qo‘ng‘ir soyga o‘xshaydi.

O‘z tubini yoritolmas chiroqlar,
Bir qadamda yaqinlaring yiroqlar.
Ko‘zyoshisiz ho‘l bo‘ladi yanoqlar,
O‘z qishlog‘ing o‘zga joyga o‘xshaydi.

Duo ketgan Qo‘qon tumanlariga,
Uchko‘prigi, Buvaydasi... bariga.
Sho‘ng‘iysan-da noma’lumlik qa’riga,
Har odimda holing voyga o‘xshaydi.

Xalqqa rahmat, tutaqish yo‘q, yonish yo‘q,
Arzi-dod yo‘q, ming‘ir-sing‘ir nolish yo‘q.
Uy solishda bir-biridan qolish yo‘q,
To‘yin ko‘rsang, Toshkentboyga o‘xshaydi.

Izlaringni yamlab yutgay tumanlar,
Tuman-tuman bulut tutgay tumanlar.
Boshimizdan qachon ketgay tumanlar?
Tumanlarda quyosh oyga o‘xshaydi.

Iqbol Mirzo
Sen va Choy

22 Jan, 09:03

751

https://t.me/+g4T0Pc8FsHVlZGEy
Sen va Choy

21 Jan, 09:55


Sen va Choy pinned «14-fevral xalqaro kitob ulashish kuniga kichik konkurs qilmoqchiman! Sovringa 10 ta ajoyib kitoblar qo'yiladi! "Ruhiy tarbiya" "Saodat asri qissalari" "Payg'ambarlar tarixi" "Tarixi Muhammadiy" Qolgan 6 ta asarni siz tanlang, eng ko'p yozilgan asarlarni…»
Sen va Choy

21 Jan, 09:55

1,080

14-fevral xalqaro kitob ulashish kuniga kichik konkurs qilmoqchiman!

Sovringa 10 ta ajoyib kitoblar qo'yiladi!

"Ruhiy tarbiya"
"Saodat asri qissalari"
"Payg'ambarlar tarixi"
"Tarixi Muhammadiy"

Qolgan 6 ta asarni siz tanlang, eng ko'p yozilgan asarlarni qolgan o'rinlarga qo'yamiz.
Sen va Choy

21 Jan, 05:36

975

Men bilan yashaydi u sog'inch
Va men bilan o'ladi bir kun...
Sen va Choy

20 Jan, 12:12

1,068

Hayot ajoyib! Uni nega endi sevmaslik kerak. Va shu bilan birga, undan qanday nafratlanmaslik mumkin?
Sen va Choy

20 Jan, 09:14

1,179

Herkes bunu böyle bilsin,
Deli gibi sevdalıyım.
Sen va Choy

20 Jan, 04:39

1,168

Sen bahor emassan, kelmassan qaytib...