منشورات Sarvinozdan chizgilar على Telegram

• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar
• Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar
Psixolog Sarvinoz Omonova
Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova
Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar
Instagram: sarvinoz.umar

2,855 مشترك
453 صورة
39 فيديو
آخر تحديث 01.03.2025 04:53
أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Sarvinozdan chizgilar على Telegram
"Men nimalarni yaxshi ko'raman, nimalarni istayman", degan savolga javob bo'lmasa, uning o'rnini "nima qilishim kerak" degan savolga javoblar egallaydi. Birinchi savolga javob topish har doim ham oson emas, chunki bunga o'rgatishmaydi. Ikkinchisiga esa olamning javoblari juda kóp. Nima qilish kerakligini uqtiruvchi sistemalar soni ancha.
Aybdorlik tuzog'i
Nosog'lom jamiyatlarda shunaqa holat bor: agressorning zo'ravonliklari norma hisoblanadi, qurbonlarning o'zini himoya qilishga urinishlari tanqid qilinadi.
Masalan:
• Ota-onalarning bolalarga yetkazadigan ruhiy va jismoniy zo'ravonliklari, adolatsiz cheklovlari, og'ir talablari — norma. Hatto, g'amxo'rlik belgisi.
• Farzandlar ózining ruhiy salomatligi uchun harakat qilsa, o'zini himoya qilsa — egoist, mehrsiz farzandlardir. Hali terapiya oladigan yoshlar soni 0,1%ga yetmay turib, psixologga "arzimagan narsalardan nolib" borishlari haqida masxaromuz videolar ham chiqishga ulgurgan.
• Erkaklarning xotini(opa-singlisi, qiz farzandi)ni cheklashi, boshqarishi, nazorat qilishi, zo'ravonlik qo'llashi — odatiy holat. Shunday bólishi kerakligiga ishonishadi ham.
• Feministlarning ayollarni HIMOYA qilishga qaratilgan harakatlari, ayollarning óz xohishlari uchun kurashlari esa — erkaklarga NAFRAT belgisi sifatida kóriladi (?!)
• Davlat idoralarining, mansabdor shaxslarning o'z vazifasini bajoralmay, katta suiste'molliklar qilishi — kundalik hayotning syurpriz bólmagan qismi. "Axir bitta kichik oilani boshqarish oson emas, ular neeeeechta odamga javobgar, oson emas..."
• Muammolarga norozilik bildirgan oddiy aholi vakillari esa — noshukr, dangasa, imkoniyatlarni kórolmaydiganlar, o'zini rivojlantirolmaydiganlar deb hisoblanadi.
Nosog'lom jamiyatlarda qurbonlar ózining agressorlarini sevishi, hurmat qilishi, hatto ularga sig'inishi kerak. Agressorga zarar yetkazish u yoqda tursin, undan himoyalanish istagining óziyoq qoralanadi. Qurbonning aybsiz yoki aybdor ekani haqidagi óylar, ikkilanishlarga chómib qolishi — uni agressorning zo'ravonliklarini kórish, analiz qilish, tanqid qilishdan chalg'itadi.

Erkinlikdan bezor bóldim. Kimdir menga topshiriqlar berishini, qanday yashashimni, qachon va qayerga borishimni aytib turishini xohlayman. Shuning uchun 5 kundan beri ChatGPT tuzib bergan reja bóyicha ingliz tilidan mamnuniyat bilan dars qilyapman.
Ba'zida hayotimda kóp voqea sodir bólsa, xavotirchan, jizzaki bólib qolaman. Shu payt dam olishga ehtiyoj sezyapman deb óylayman, lekin dam olgim kelmaydi. Shunchaki nimadirlarni óylab olish (va kundalikka yozish) uchun bósh vaqt istayotgan bólaman. Bu assimilyatsiya ehtiyoji deyiladi — bólgan voqeani, yakunlangan ishni, hal qilingan muammoni "hazm qilish" ehtiyoji.
Assimilyatsiya qanday kechadi? Yuz bergan voqea qanday bólgani, sizga qanday ta'sir qilgani, qaysi hislarni paydo qilgani, olib kelgan foyda va zararlarini anglaysiz, xulosalar qilasiz. Bir voqeani assimilyatsiya qilish yangi jarayonga kirishish uchun zamin yaratadi.
Terapiyada assimilyatsiya bilan kóp shug'ullaniladi. Masalan, mijozning uzoq yillarga oid travmasi bor. Travmatik voqeani eslagisi kelmaydi, uning ta'siridan ham chiqolmaydi. Terapiya davomida asta-sekin bu voqeani eslash, tahlil qilish, psixikaning óshanda ajralgan "bólak"larini jamlash assimilyatsiyaga misol bóladi. Shundan sóng mijoz yangi tajribalarga ochilishni boshlaydi.
Hafta davomida bólgan voqealarni aytib berish va tahlil qilish ham assimilyatsiyaga misoldir.
Avvallari ta'tillar va dam olish kunlarini — yangi tajribalar, kóngilxushlik va zavq uchun kerak deb óylardim. Hozir esa assimilyatsiya uchun ham vaqt ajrataman: kafega boraman, quloqchinimni taqib, kayfiyatga mos musiqa bilan kundaligimga "sho'ng'iyman", qahva hóplab xayol suraman. Shundan keyin har doim ózimni yaxshiroq his qilganman.

"Qo'lingdan keladi, nega qilmaysan?"
Bu gapni atrofingizdagilar tomonidan tez-tez eshitib tursangiz yoki ichingizda doim shu savol jaranglab tursa — ruhan tugab-bitish(burnout)larni kóp boshdan kechirgan bo'lsangiz kerak. Bunga alohida nom bor — gifted kid burnout (qobilyatli bolaning kuchli charchog'i).
Buning ma'nosi nima?
Bolalikda ózingizni yaxshi his qilgan bólishingiz mumkin, hamma sizni maqtayapti, potensialingizni yuqori baholashyapti, kelajagingiz haqida katta orzu va xayollaringiz bor. Lekin ulg'ayganingizda istagan marralaringizga yetib bormaganingiz uchun ózingizni kóp ayblaysiz va qattiq charchaysiz, surunkali xavotir va depressiyada yurasiz.
Nega qobilyatli bolalar yetuk yoshlarida har doim ham kózlagan muvaffaqiyatiga erisholmaydi?
• Farzandida birorta qobilyatni payqagan ota-onalar uni birorta ustozga, maxsus tógarak yoki maktabga topshirishadi. Asosiy vaqti nimadir qilish, vazifa bajarish bilan ótadigan bolaning yaqinlik, g'amxo'rlik singari emotsional ehtiyojlari qondirilmaydi. Shu sabab, ulg'ayganida odamlar bilan yaqinlashish, sog'lom munosabat qurishda qiynalishi va buning natijasida paydo bo'lgan ruhiy muammolar tufayli qobilyatini rivojlantirishga kuch topolmasligi mumkin.
• Ózidan kóp narsa kutish — odamni falajlab qóyadi. Ilk xato va muvaffaqiyatsizliklarga chidolmaganlik tufayli umuman harakat qilmaslik mumkin.
• Qobilyatli bolalarda ADHD (diqqat yetishmasligi va giperaktivlik), autizm, hissiy ta'sirchanlik kabi xususiyatlarning bólishi ehtimoli katta. Bular esa kundalik hayotda, munosabatlarda, turli muammolarda ancha qiyinchiliklar paydo qiladi. Ózini tushunib olgunicha va samarali yashash usullarini kashf qilgunicha kóp yillar ótib ketishi mumkin. Ayniqsa yuqoridagi sindromlar va xususiyatlarga ega ayollar oila qurganidan keyin, ro'zg'or va farzand parvarishi tufayli yanayam kóproq qiyinchiliklarga óralashib qoladi, qobilyatlarini rivojlantirolmaydi.
• Bolalikda chizilgan xayolik kelajak yóliga — hayot ózining "tuzatishlar"ini kiritishi ehtimoli bor. Turli yóqotish va baxtsiz hodisalar tufayli odam depressiya va inqirozlarni boshdan kechiradi, bunday paytda qobilyatini rivojlantirishga sharoit bólmasligi mumkin.
Yuqoridagi sabablarni tushunishning ózi burnout holatidan chiqishda ancha yordam berishi mumkin. Chunki ichki ayblovlardan kóra kóproq charchatadigan narsa yóq.
Nima deb óylaysiz, sizda gifted kid burnout bormi?

Turkiyada grant yordamida o'qish imkonini qidirib yurgan bo'lsangiz, mana bu seminarda qatnashib, batafsil ma'lumot olsangiz bo'ladi:
t.me/sherzoddavlatov/2202
Grantdan avval sovg'alar ham yutish ehtimolingiz bor ekan🌝

Kimdir mashhur boʻlishni istaydi, kimdir esa yoʻq. Nega bunaqaligi haqida oʻylab koʻrganmisiz?
Mashhurlik istagi — odamning qanday bolalikni boshdan kechirgani hamda yashayotgan jamiyatidagi vaziyat bilan bogʻliq, debdi Alain de Botton “Xabarlar” nomli kitobida.
Psixologlar birvarakay maqullaydigan shu fikrni oʻrtaga qoʻygan u: mashhur insonlarning odatda bolalik yillarida rad etilganlik yuz bergan, aks holda uzun muddatli mashhurlik istagi boʻlmaydi. Buning ichiga yo e’tibor kamligi, yo e’tiborning boshqa farzandga qaratilgani, ota-onadan birining mashhurlikka qattiq intilgani va mashhurlar orasida koʻp vaqt oʻtkazib bolani e’tiborsiz qoldirgani, ota-onaning erta vafot etgani kabi sabablarni kiritadi.
Insayt beradigan joyi:
“Lekin afsuski, mashhur boʻlish erta bolalikda yetkazilgan jarohatlarni unchalik ham davolamaydi. Chunki odamning asosiy istagi muvaffaqiyatlari orqali boshqalarni hayratlantirish emas, shunchaki qanday boʻlsa shundayligi uchun sevilishdir”. Mashhurlarda nega depressiya, qaramliklar, oʻz joniga qasd qilishlar boʻlishini tushunish mumkin bundan.
Mashhurlik davolamasa, nima qilish kerak? Uzoq muddatli terapiyaga murojaat qilish. Chunki mijozning ichki olamiga ham oʻzining, ham terapevtning e’tibori qaratiladi va bir qancha ruhiy ehtiyojlar qondirila boshlaydi.
Mashhurlik istagining ikkinchi yirik sababi jamiyatda oddiy odamlarning yetarlicha qadrlanmasligi, yaxshi muomala ololmasligi, huquqlarining poymol qilinishi, degan Alain de Botton (Bir yilcha oldin shunga oʻxshash mazmunda post (t.me/sarvinoz_omonova/1162) yozgan ekanman). Shunda mashhurlik — yaxshi munosabatga loyiq boʻlishning bir vositasiga aylanadi. Shuhratga erishish, e’tibor tortish istagidagi yoshlarni tanqid qilishni uncha oʻrinli emas, deydi u.
Alain de Bottonni bekorga yaxshi koʻrmayman-da. Muhim mavzularni shunaqa sodda va xotirjam tonda tushuntiradi.

Oxirgi paytlarda reklama orqasidan daromad qiladigan va har kuni nimanidir reklama qiladigan life-style blogerlarni kuzatmay qóyganimni sezdim.
Nega ularni kuzatgim kelmayapti, deb óylab kórsam — ularning asosiy his qiladigan va kórsatadigan emotsiyasi lazzatlanish hissi ekan.
Hatto bu lazzatlanish hissini tuyish — ularning majburiyatlaridan biri, chunki ózi xohlamagan paytlarda ham nimanidir sinab kórishi, yoqtirishi va reklama qilishi kerak.
Inson esa har doim ham lazzatlanishni istamaydi.
Har kuni qaysidir brenddan sovg'a oladigan, qaysidir restoranga, bazmga taklif qilinadigan bir blogerni bir muncha vaqt follow qilgandim. Keyin a'zolikdan chiqib ketdim. Bunaqa hayotga erisholmasligimdan emas (hasad qilyapmanmi deb óylab qolgandim), bunaqa hayot tarzi menga to'g'ri kelmasligidan. Uzluksiz boy iste'molchi bólishni xohlamayman. Faqatgina boy iste'molchi obrazida kórinishni xohlamayman.
Odamlarda turli-tuman hislarni, holatlarni kórishni istayman: yaratish quvonchi, isyon, matonat, jahl, qayg'u, tushkunlik, ehtiros, g'amxo'rlik, mayinlik, xavotir, yolg'izlik, ojizlik, sokinlik, shiddat va hk. Butun shaxsiyating, bloging kóplab brendlarning nigohi nazoratida bólsa, ularga kerak bólgan orzumand bolakay qiyofasidan tashqariga chiqolmay qolasan.

Bu rasmga qarab Turkiyadamizmi, Ózbekistondamizmi, bilish qiyin😁 Xolodetsni men tayyorlamadim, oilamiz shef oshpazi ya'ni turmush o'rtog'imning san'at asari. Men chill wife'man bugun😌💅🏻