Ma'rufjon Blogi @marufjonblogi Channel on Telegram

Ma'rufjon Blogi

@marufjonblogi


Bog‘lanish uchun: @Maruf_JoN

Ikkinchi kanal: https://t.me/bookinoman1

💰Postlar manfaatli bo'lsa, donat uchun:

8600492984450854

YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw

Ma'rufjon Blogi (Uzbek)

Uzbek:

Sizga yangiliklar, ma'ruzalar va so'nggi dolzarb ma'lumotlar haqida xabardor bo'lishingiz kerakmi? Agar ha, unda "Ma'rufjon Blogi" kanaliga obuna bo'ling! Bu kanal orqali siz eng so'nggi yangiliklarga ega bo'lib, turli sohalardagi dolzarb ma'lumotlar bilan tanishing. Marufjon Blogi, zamonaviy modaga asoslangan blog, sotsial tarmoqda xabarlar, rivojlanayotgan trendlar va so'nggi yangiliklar haqida maqolalar taqdim etadi. Bu erda ajoyib ma'lumotlar, qiziqarli faktlar va turli sohalardagi yangiliklar sizni kutmoqda. Siz uchun maqolalar ko'rish va yangiliklar bilan tanishish ajoyib bo'ladi. Kanalga azom bo'ling va mafkuningizni oshiring, yangiliklar bilan doimiy ravishda xabarlashishga tayyormisiz?

Ma'rufjon Blogi

28 Jan, 09:26


Nechchi marta o‘zgardi kasbim, lekin o‘zgarmadi hobbi,
Qanaqa ish bo‘lsa ham keyin, naushniklarda o‘chgani yo‘q beat.
Nechchi marta charchadim, lek ortga qaytib, qabul qilmadim doping
Amallab chiqdim qiyshiq yo‘ldan, shu bilan qaytib kirganim yo‘q keyin.

Oyoqlardan sovuq o‘tardi lekin yulduzlarga bir qadam
Sabr qilsang qirq bir keladi deb, to‘rt yilim o‘tdi qirqida.
Bitta narsa qoldi omadgacha, shuni top davay, tur qidir....

©

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

28 Jan, 04:02


Bir vaqtning o‘zida nechta kitob o‘qiyapsiz?

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

26 Jan, 06:44


🎬 So‘nggi haftalarda Jordan Pil rejissyorligidagi “Qochib qol”, “Biz” va “Yo‘q” filmlarini tomosha qildik.

Uchala film ham shaxsan menga yoqdi. Turli emotsiyalarni bera olgan filmlar haqida qisqa video tayyorladim. Kirib tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/hHMzTa62r8Y?si=Ew-CiVQpB5a0UHcm

Ma'rufjon Blogi

25 Jan, 09:07


https://www.instagram.com/marufjon_blogi?igsh=bTNuN3Bmd2h5bThq&utm_source=qr

Ma'rufjon Blogi

23 Jan, 13:00


📚 Patrik Zyuskindning “Ifor” romani ko‘pchilikka tanish. Kitobga o‘xshash bo‘lgan boshqa asarlar ham bor.

Ushbu kitoblardagi qahramonlar ham Grenuyga o‘xshab qotil, manyak va gunohkorlardir.

1. Jon Faulz “Kolleksiyachi” (Коллекционер). Kapalaklarni kolleksiya qiladigan inson haqidagi hikoya. Psixologik trillerda qadimgi Yunoniston afsonalaridagi Auda va Persefondan to Shekspirning asarlarigacha bo‘lgan syujetlar qamrab olingan.

2. Oskar Uayld “Dorian Grey Portreti” (Портрет Дориана Грея). Irlandiyalik faylasuf, yozuvchi va shoir Oskar Uayldning mashhur asari oltinsochli Dorian Grey haqida hikoya qiladi. U o‘zining yoshligidan faxrlanadi, abadiy yosh qolishni xohlaydi. Lord Genrining gedonistik g‘oyalari Greyni xarob qiladi.

3. Erik Delaye “Kitob muqovachisi” (Переплётчик). Parij. XVII asr. Buyuk Lyudovik davri. Sharl de Grezi odam terisidan kitobga muqova tayyorlaydi. Bir kuni go‘zal ayolni uchratib qoladi, undan shedevr kitob muqovasi tayyorlasa bo‘ladi. Ammo Sharl uni sevib qoladi.

4. Dot Hatchinson. “Kapalaklar bog‘i” (Сад бабочек). Barcha uni shunchaki bog‘bon sifatida taniydi. Ammo bu qizlar uchun bog‘ jannat emas, jahannamning o‘zi. Ularning umri kapalakka qiyos. Faqatgina bog‘bon bola ularni qancha yashashini hal qiladi.

Mana shu kitoblar “Ifor” romaniga o‘xshab ketadi. Agar sizda ham shunga o‘xshash asarlar bo‘lsa, yozib qoldiring.

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

22 Jan, 06:56


Bundan bir necha yillar avval bir kitob do‘koniga borib, yangi tarjima bo‘lgan kitobni ko‘rib hayron qolgan edim. 150 bet ham chiqmasdi. Vaholanki, u kitobni asli 400 betdan oshishini bilardim. Nega bunaqa qisqartirib tarjima qilingan desam, “kerakmas joylari olib tashlangan, qiziq syujetlar qolgan” degan gapni eshitgandim. Nima? Kitobga nisbatan bu qadar munosabatda bo‘lish?

Endiyam ko‘ryapmiz, ba’zi “boshog’riqlar”dan qochish maqsadida kitobni qisqartirish, kerakmas deya hisoblangan joylarini olib tashlashni, jamiyatimizga mos kelmaydi deb ayovsiz senzura qilinayotgan kitoblarni. Kitobni istagan ko‘ylariga solishyapti. O‘zbek tiliga tarjima qilinayotgan kitoblardan rosti odam hadiksirashga tushib qolyapti.

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

21 Jan, 12:11


📚 “Alvido, qurol”, “Ovoz va g‘azab” hamda bir nechta asarlar jamoat mulkiga aylandi

Har yili 1-yanvar kuni Public Domain Day (qator asarlarga mualliflik huquqi amaliyoti yakunlanadigan kun) nishonlanadi. Amerika qonunlariga ko‘ra, asar yaratilganiga 95 yil bo‘lganidan so‘ng u jamoat mulkiga aylanadi. 2025-yilda 1929-yilda yaratilgan qator asarlarning mualliflik huquqi yakunlandi.

Ular orasida Ernest Hemingueyning “Alvido. qurol” asari, Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani, Uilyam Folkner qalamiga mansub “Ovoz va g‘azab” asarlari mavjud.

📌 Yuqoridagi suratda jamoat mulkiga aylangan asarlarni original nomlarini ko‘rishingiz mumkin.

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

20 Jan, 18:10


Buni shu yerda qoldirmasam bo‘lmasdi. Biz yorqin tarix guvohiga aylandik.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” a’zosiga aylandi. APLda, bo‘lib ham eng kuchli jamoalarning birida, ilk bor o‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradi.

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

17 Jan, 10:48


💭 shunchaki o‘ylar

— Marvel filmlari yildan yilga yomonlashib boryapti, deymizu, lekin baribir yangi film-seriallari chiqsa ko‘raveramiz. Muxlislik qursin;

— Eng jumboqli rejissyor David Linch ham vafot etdi;

— Har safar gugldan yuzta eng yaxshi kitob, BBC talqiniga ko‘ra eng yaxshi asarlar ro‘yxatini ko‘rsam, siqilib qo‘yaman. Dunyoda biz o‘qishimiz shart, lekin ulgurishimiz gumon bo‘lgan kitoblar bisyor;

— Hayotda hech narsaga shoshmaslik kerakligini, barchasining o‘z vaqti borligini tushunib yetyapman;

— Bizda bookblogerlarni qo‘llab-quvvatlash yaxshi ishlamaydi. Agar ularga ham e’tibor qaratilsa, jamiyat rivojiga anchagina katta hissa qo‘sha olishiga ishonaman;

— Bizda rostdan ham kitob o‘qiydigan insonni qanday tasavvur qilish shabloni bor, ishoning, hamma kitobxonlar ham stereotipga mos kelavermaydi;

— Bugun Jim Kerri 63 ga kirdi. Uyam katta bir epoxa;

— Haqiqatan ham Tom Kruz Temir Odam rolini o‘ynarmikan? )

— Kinoni birga ko‘rib, uni muhokama qiladigan insoning bo‘lsin;

— Ichingdagi qo‘rquvni yenga olsang, ko‘p narsalarga qodirsan, do‘stim;

— Instagramimdagi reelslarda chiqib keladigan “blogerlar”ga qarab, har safar bundan ortiq tubga tushmasak kerak deyman. Lekin har safar gapim xato bo‘lib chiqaveradi;

— Aslida hammasi oddiy, lekin biz uni murakkablashtirib tashlashga ishqibozmiz;

— Kitob o‘qi, do‘stim, boshqalar gapiraveradi. Seni, meni, bizni qutqaradigan narsa — ilm.

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

16 Jan, 12:40


Siz suratda ko‘rib turgan inson Jordan Pil. Yaqin kunlarda uning rejissyorligidagi barcha filmlarni ko‘rib chiqdik. O‘zi 3 filmda rejissyorlik qilgan. Har uchalasi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

“Qochib qol” (Get out) filmida irqiy kamsitish mavzusiga qo‘l urgan bo‘lsa, “Biz” (Us) filmida inson soyalarini ramz sifatida olgan va unda ichki qo‘rquv va ongostida yotgan xayoliy harakatlarni ko‘rsatib bergan. Shuningdek, filmda bizning alter-egomiz o‘zimizdan ancha farq qilishi mumkinligini ham ko‘rishimiz mumkin. Uchinchi film “Yo‘q” (Nope) esa men yaxshi ko‘radigan o‘zga sayyoraliklar, NUJ mavzulari ko‘tarilgan. Ko‘tarilganda ham juda ajoyib uslubda olib chiqilgan. So‘ngiga qadar sizni hayajonda ushlab tura oladi. Odatiy fantastikalardan tubdan farq qiladi.

Pil o‘z filmlari rivojini juda sekin olib boradi va keyinchalik syujet sizni ekranga mixlab qo‘yadi. Ha aytgancha, kino davomida turli “otsilkalar” berib boradi va yakunda pazlni yig‘adi. Xulosalar esa har kimning o‘zida qoladi.

@bookinoman1

Ma'rufjon Blogi

15 Jan, 13:35


📋 1185-yilda Yaponiya imperatorligi taxtiga 7 yoshli Antoku ismli bola keladi. U Xeyke nomli samuraylar sulolasining rasmiy vakili edi. Bu sulola Gendzi atalashmish boshqa sulola bilan uzoq va qonli urush olib borgan. Har ikki sulola ham imperatorlik taxtiga vorislik huquqini da’vo qilgan. Hal qiluvchi jang esa 1185-yil 24-aprelda Dannoura degan joyda bo‘lib o‘tadi. Jangda Xeyke sulolasi yengiladi. 7 yoshli imperator esa o‘zini suvga tashlab, halok bo‘ladi.

Baliqchilarning aytishicha, Xeyke sulolasi samuraylari qisqichbaqaga aylanib, dengiz tubida suzib yurarkan. Ba’zan dengizdan tutilgan qisqichbaqalarning orqasida samuray yuziga o‘xshash g‘alati bo‘rtma belgilar topilgan. Bunday qisqichbaqalar iste’mol qilinmagan va Dannouradagi qayg‘uli voqea yodga olinib, dengizga qayta qo‘yib yuborilgan.

Bu nima degani? Borib, borib, oddiy qisqichbaqalar iste’mol qilinavergan va qandaydir tasvirni eslatuvchi belgiga ega bo‘lganlari esa dengizga qaytarilavergan. Bu jarayon sun’iy tanlov deyiladi. Xeyke samuraylarini eslatuvchi qisqichbaqalar beixtiyor ravishda iste’mol qilinmagan. Ming yillar mobaynida insonlar qaysi o‘simlik va hayvonlarning yashashi, qaysilari esa nobud bo‘lishi kerakligini ongli ravishda tanlab kelgan.

@marufjonblogi

Ma'rufjon Blogi

14 Jan, 16:03


Har bir kanaldan o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan “ozuqa”ni olishingiz tayin. Kirib obuna bo‘ling.

https://t.me/addlist/XGlRyyVuTIljNjYy

Ma'rufjon Blogi

14 Jan, 13:35


Diqqat postda spoyler mavjud. Agar filmni ko‘rmagan bo‘lsangiz, postni o‘qishni maslahat bermayman

🎥 Yaqinda Get Out (“Qochib qol”) filmini tomosha qildim. Unda afro-amerikalik fotograf Kris o‘zining oq tanli qiz do‘sti Rouzning oilasi bilan tanishish uchun ularning uyiga boradi. Dastlab Krisga u oilaning mehribonchiligi erish tuyuladi. U o‘zini tinimsiz kuzatib turgan nigohlarga duch keladi.

Film odamning erkinlik va shaxsiyati nazorat qilinishi borasidagi chuqur mavzuni olib chiqqan. Kris uning ruhiy va jismoniy holatini boshqarishga urinayotgan dahshatli tizimga tushib qoladi. Bu tizim irqiy farqlarni yuzaga keltirib, insonning tanasi va ongini ajratib qo‘yishga intiladi. Film davomida Kris o‘z ongini saqlab qolish uchun o‘lim bilan yuzma-yuz keladi va o‘z qobig‘idan chiqib, o‘zligini himoya qilishga majbur bo‘ladi.

Ushbu kino insonning psixologik manipulyatsiyaga qarshi kurashini tasvirlaydi. Filmni ko‘rish davomida nafaqat qo‘rquv, balki chuqur o‘ylar ham sizga tinchlik bermaydi.

@marufjonblogi