#XITOY XALQ RESPUBLIKASI
Bugun Samarqand shahar 9-IDUMda Xitoy Xalq Respublikasining Shandong viloyati delegatsiyasi mehmon bo'ldi.Tashrif davomida nomoddiy madaniy merosi ko'rgazmasi tashkil etildi.Maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, o'quvchilar bilan turli amaliy ko'rgazmalarda ishtirok etishdi.Xitoy davlati milliy o'yinlari, tomosha hamda musiqali chiqishlar namoyish etishdi.Tadbir so'ngida mehmonlarga milliyligimiz aks etgan esdalik sovg'alar ulashildi. Ikki davlat o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik va madaniy aloqalar ramzi sifatida o'zlarining Konfutsiy haykali tushirilgan va boshqa esdalik sovg'alarini topshirishdi .