Drag racing - musabaqasida mashina turli balandliklardan o‘tib maydonni eng kam vaqt ichida bosib o‘tish kerak. Maydonda harakatlanayotganda to‘siqlarga urilmasligi, hamda maydon devorlaridan tashqariga chiqmasligi kerak. Agar to‘siqlarga urilsa maydonni bosib o‘tgan vaqtiga har bir urilish uchun vaqtga 10 sekunddan qo‘shiladi.
Drag racing musabaqasida tayyor konstruksiyadan ham foydalanishga ruxsat beriladi. Musobaqada mashinada texnik nosozlik sodir bo‘lsa 1 daqiqa to‘g‘irlashga vaqt ajratiladi. Musabaqada mashina maydonda yurayotganda texniknosozlik sababli to‘xtab qoladigan bo‘lsa ikkinchi marta boshidan start chizig‘idan maydonga qo‘yishga ruhsat beriladi.
🏎 Drag racing tanlovida mashinaga qo‘yilgan talablar:
• Masofadan boshqarilishi
• Shinalar yopishqoq bo‘lishi kerak emas (Masalan: slikon)
• Shinalar diometri 10 sm dan oshmasligi va harakat vaqtidan shina o‘lchamlari oshmasligi kerak.
• Mashina o‘lchami uzunligi 45 sm, eni 30 sm, balandligi 30 smdan oshmasligi kerak
• Og‘irligi 3,5 kg dan oshmasligi kerak
📅 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!
Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun: online.raqamliavlod.uz
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook