Kitob nuri @qalbdagiilm Channel on Telegram

Kitob nuri

@qalbdagiilm


Kitob nuri (Uzbek)

Kitoblar - bu odamlarning eng yaxshi do'stlari. Ular bilim, tajriba va o'z navbatida hayotga dair nazarlarini o'z ichiga olgan asarlar. Agar siz ham kitoblar bilan do'stlantirishingizni istasangiz, 'Kitob nuri' kanaliga a'zo bo'ling! Bu kanal @qalbdagiilm tomonidan yaratilgan va kitoblar haqida ma'lumotlar, tavsiflar va hissiyotlar bilan to'ldirilgan. Siz uchun yangi avlod kitoblaridan tanishib chiqing, dunyo klasikalarini o'qib ko'ring va o'z fikrlaringizni ulashing. Qalbdagiilm - eng yaxshi do'stlaringizdan biri bo'lib, kitoblar orqali o'z ruhingizni tozalang! Kitoblar - bu hayotimizning jilmayishsiz qismini, bu esa 'Kitob nuri' kanaliga a'zo bo'lib, uning o'zgacha dunyasiga ochilish imkoniyatini beradi. Kitob o'qish - aybdorlikka chalingan eng katta javob. Shuning uchun, 'Kitob nuri' kanaliga a'zo bo'ling, keyingi sayohatingizni boshlang va kitoblar orqali dunyoning umumiy tilini o'rganing.

Kitob nuri

13 Feb, 05:26


📕Mich Elbomning "Morrining seshanba darslari" kitobi insonni umrning har lahzasidan unumli foydalanishga, o'zgalarga mehr ulashishga, har bir o'zgarish va xatti-harakatdan hikmat qidirishga, bir so'z bilan aytganda, shunchaki yashamaslikka o'rgatadi.

🪶Yozuvchi yoziqlari orqali ruh tetikligi har narsaga qodirligini, ruhiyat kuchli taʼsir bo'lsa, inson tabiatini ham go'zallashtirib borishini ko'rsatib o'tadi.

📖Mazkur asar orqali kitobxon yaqinlarining qadrini, sog'liqning naqadar zarurligini, umrning qanchalik bebaholigini anglaydi va hayotiga o'zgacha ko'z bilan qaray boshlaydi.

🎧 Audio shaklda tinglash

Kitob nuri

13 Feb, 05:22


Shunday insonlar boʻladiki, "Qani edi uzoqdan tanib faqat yaxshi xislatlarini koʻrganimda edi", deymiz.🌷

Kitob nuri

11 Feb, 17:07


Agar biror ishni bajarishga ishonchingiz komil bo‘lmasa, va’da bermang. Chunki va’da bu – ishonchning asosiy ustuni. Uni berib, keyin bajarolmaslik birovning umidlarini puchga chiqaradi. Inson o‘z so‘zining ortida tura olishi bilan qadrlanadi, va’dalariga sodiq bo‘lishi bilan hurmat qozonadi. Agar biror narsani amalga oshira olmasligingizni oldindan bilsangiz, odamlarni umidvor qilib, keyin ularning ishonchini yo‘qotishga haqqingiz yo‘q. Chunki va’daga beparvo bo‘lish – faqatgina so‘zga emas, insoniylikka ham xiyonatdir.

Ha, hayotda hamma narsani oldindan bilish yoki rejalashtirish har doim ham inson qo‘lida emas. Biz niyat qilamiz, harakat qilamiz, lekin yakuniy natija har doim Allohning taqdiri bilan belgilanadi. Shu sababli, va’da berayotganda "InshaAlloh" (Agar Alloh xohlasa) deng. Chunki inson reja tuzsa ham, faqat Allohning irodasi eng to‘g‘ri va eng xayrlidir. Shunday ekan, biz o‘z so‘zimizga mas’ul bo‘lish bilan birga, barcha ishlarimizni Allohga tavakkal qilib bajarishimiz ham kerak.

Kitob nuri

09 Feb, 20:55


🌹Sizga jonim fido boʻlsin, yo Habibim.
Qiyomatda gunohkor holda to'plansak, "ummatim", dermisiz yo Rosulim.

Siz bahorim, koʻrar koʻzim
Siz kecham, siz kunduzim
🌙💥

@qalbdagiilm

Kitob nuri

08 Feb, 18:33


🥰Масжидда жамоат билан намоз ўқидим.

Намоз тугаши билан ёнимдаги кекса ёшли отахон қулоғимга пичирлади:
-Биринчи сафдаги одамларга яхшилаб қара.
Мен диққат билан уларга қарадим ва отахондан сўрадим:
-Узр, бу билан нима демоқчисиз?
Ораларида бирор бой ёки амалдорни кўряпсанми?
-Ҳа, лекин озчилик.
-Йўқ, уларнинг ҳаммаси оддий ишчилар.
-Бири фаррош, бири сувчи яна бири оддий хизматчи.
-Χα...

-Аллоҳнинг ҳузуридаги манзилларимиз ҳам худди шундай, деди отахон ва гапида давом этди. Менинг ҳозирги ўрнимга ва ўзингникига қара, тўртинчи ё бешинчи сафдамиз. Қиёмат кунида ҳам шундай бўлади! Масжидлар бор бўлсин, Бизларни фош қилди, Аллоҳнинг ҳузуридаги манзилларимизни кўрсатиб қўйди!

Бу гапдан мен даҳшат ва ҳайрат орасида қолдим. Худди биров чакагимга қаттиқ ургандек бўлди. Аллоҳ таолонинг оятини эсладим: "Ва пешқадамлар, пешқадамлар. Ана ўшалар, (Аллоҳга) яқин
бўлганлар" (Воқеа 10, 11).


Яна Ҳабибимизнинг хадислари ёдимга келди: "(Одамлар) Азон айтишда ва биринчи сафда намоз ўқишда нималар (қандай фазилатлар) борлигини билсалар эди, уларга эмаклаб бўлса ҳам келар эдилар".

"Эҳ отахон, дедим хаёлан, намозга кечикиб келганлар ҳақида шундай десангиз, умуман намоз ўқимайдиган ёки фақат жума намозини ўқийдиганлар ҳақида нима дер экансиз!?"

@qalbdagiilm

Kitob nuri

06 Feb, 08:30


Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Киши уйидан чиқаётганда «Бисмиллаҳи, таваккалту алаллоҳи, ва лаа ҳавла ва лаа қуввата илла биллаҳи» деса, ўша пайтда унга «ҳидоят қилиндинг, кифоя қилиндинг ва сақландинг», дейилади. Шайтон ундан четланади. Бошқа бир шайтон ҳидоят қилинган, кифоя қилинган ва сақланган одамга: «Ҳолинг қандай?» дейди».

Иккисини «Сунан» эгалари ривоят қилишган.

Шарҳ: Ушбу дуони ёдлаб олиб, уйдан чиқаётганда ўқиб юришга одатланиш лозим.

@qalbdagiilm

Kitob nuri

03 Feb, 06:29


Hamma izlagan kitob📖
Yashamoq”ni o‘qimay o‘lmang! 

Shunday kitoblar borki, ular haqida ko‘p gapirib o‘tirishga ham hojat yo‘q, aslida. Shunchaki olib, o‘qish kerak! Chunki ich-ichingda kuchli zilzila sodir bo‘layotganini his etish baribir boshqacha...



🪶Avval boshdayoq aytib qo‘yay: ushbu asarni o‘qib bo‘lgach, Men bir kitob o‘qidim!”, demaysiz. “Men bir hayot yashadim!”, deysiz! Bu shunday hayotki, unda baxt va huzn, boylik va qashshoqlik, hayot va o‘lim, do‘stlik va dushmanlik yonma-yon...


📖O‘qishdan to‘xtaganda ham bemalol yig‘lab olish uchun, bazo‘r tutib turilgan ko‘z yoshlaringizni o‘z holiga qo‘yib berish uchun, hayajon tiqilib qolgan yuragingizga biroz nafas berish uchun to‘xtaysiz!

@qalbdagiilm

Kitob nuri

26 Jan, 13:44


DUO
◾️Allohim, yostiğim joynamoz, uyqum namoz, har nafasim zikr bo‘lsin!
◾️Allohim, boshimdan oyoğimgacha, yoshligimdan bugungacha, hayotimdan mamotimgacha barcha gunohlarim uchun tavba qildim!
◾️Allohim, o‘lim haqdir, Azroil alayhissalomni menga tabassum ila yuzlantir!
◾️Ko‘zim nurini, aqlim shu’urini, qo‘l va oyoğim kuchini, butun vujudim quvvatini olib qo‘yma, Allohim!
◾️ Nazarim ibodat, sukutim tafakkur, so‘zlarim zikr bo‘lsin!
◾️ Ko‘z ochib yumgunga qadar bizni o‘z nafsimizga tashlab qo‘yma, Allohim!
◾️Har nafasda tilimni zikrdan, qalbimni shukrdan va aqlimni fikrdan ayirma, Allohim!
◾️ Oilamga yomonlik istaganlarga O‘zing kifoya qil!
◾️Pastkash nomardlardan bizni uzoq tut!
◾️ Gunohlari afv etilgan siddiqlarning qatoridan bo‘lishimizni nasib et!
◾️ Bizni ularning suhbatiga, zikr halqalariga vosil ayla!
◾️Allohim!
Onadan tuğilgandek pok holatda Senga yuzlanishimiz uchun O‘zingga iltijo qilamiz.
◾️Bizlarni solih qullaringdan ayla!
◾️ Amal daftarimizda savobi to‘xtamaydigan amallardan yozilishini nasib et!
◾️ Na’im jannating vorislaridan bo‘lishimizga O‘zing ko‘mak ber!
◾️Ota-onamni O‘zing afv et!
◾️Ustozlarimni rahmatingga noil ayla!
◾️ Qabrda yuzimizni qaro qilib qo‘yma, Allohim!
◾️ Bu dunyoda ichganimiz zam-zam, u dunyoda esa kavsar bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda yurgan yo‘limiz hidoyat, u dunyoda esa sirot bo‘lsin!
◾️ Bu dunyoda olganimiz go‘zal axloq, u dunyoda esa baroat bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda kirgan joyimiz Makkayu Madina, u dunyoda esa Jannatul A’lo bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda ziyoratlarimiz Baytulloh, Ravzai Mutohhara, Quddusu Sharif, Arofat, Mino va Muzdalifa, u dunyoda esa Payğambarlar majlisi bo‘lsin!
◾️Bu dunyoda nazarimiz Kaloming, u dunyoda esa Jamoling bo‘lsin!
◾️ Ikki dunyoda taqvo, solih amal va go‘zal axloq hamrohamiz bo‘lsin!
◾️ Zurrriyotlarimizdan dunyoda ko‘z-quvonch, oxiratda esa izzat toji olaylik, Allohim!
◾️ Dasturxonimiz ilm, suhbatdoshimiz olimlar bo‘lsin!
◾️ Bu dunyoda do‘stlarimiz haq ahli va g‘arib-miskinlar, u dunyoda esa Payğambarlar jamoasi bo‘lsin!
◾️ Dunyoda izzat bilan yashashni, vafotda shahodat bilan ketishni, qayta tirilishda hisobsiz Jannatga kirishimizni nasib ayla, Allohim!

🤲 Allohim, bu kechada, bizlarni, ota-onalarimizni, biz yaxshi ko‘rgan kishilarni gunohlarini afv etilganlaringdan, ulardan rozi bo‘lganlaringdan, gunohlarini kechirganlaringdan, do‘zaxga harom qilganlaringdan, Jannatiy deb yozganlaringdan qilgin!

◾️O‘zing Qodiru Mutloqsan, Allohim!

Amiyn! Amiyn! Amiyn!
🤲

Kitob nuri

26 Jan, 06:09


Meroj kechasi haqida
27-yanvar 2025

Kitob nuri

22 Jan, 15:04


https://youtu.be/TDMvjXcVFGE?si=PtRCBhilpvl_Iiy_

Kitob nuri

19 Jan, 20:09


Har kuni baytingga toʻyib termulgan Makkaning qushlari mendan baxtliroq...

Kitob nuri

19 Jan, 19:26


Voz kechma!
Balki bir duolik masofa qolgandir.
Alloh nasib qilmaydigan narsalarni xayol qildirmas.

Kitob nuri

08 Jan, 16:08


Qiziq-a?

Insonni yaxshi koʻrgan doʻstlari, yaqinlari, yoki uzoqdan yaxshi koʻradigan insonlari boʻladi-ku, ularni qancha uzoqdan koʻrsak, shuncha yaxshi koʻramiz, ularga yetishishni xohlaymiz. Ularni orzularimizdagi ideal insonlar deb xayol qilib, yetishishni xohlimiz, doʻst boʻlishni, qadrdon boʻlishni, yanada yaqin boʻlishni orzu qilamiz.

Lekin... Ularni yaqindan bilishni boshlaganimizda ularning nuqsonlari, xato va kamchiliklari koʻrina boshlaydi. Keyin esa koʻnglimiz soviydi. Aslida esa insonmizki xato qilamiz. Alloh Al-Gʻofur, Al-Gʻoffardir.

Insonlar nuqsonli, hech kim beayb emas, pok emas. Shuni yaxshi bilishimiz kerakki, siz sevgan inson sizni kamchiliklaringizni yaxshi qabul qilishi, hurmat qilishi lozim. Siz ham insonlarni aybini qidiraversangiz, ularni buzib qoʻyasiz.
Bir maʼruzada eshitgan edim Hasanxon qori aytgandilar: "Ilm ahlilarini qadrlamaydiganlari yoki hurmat qilmaydiganlari yaqinlari boʻladi" Chuni ularni yaqinlarigina nuqsonlarini koʻradi. Biz oʻylaymiz din yoʻlida xizmat qilayotganlar adashmaydi, namozlarini kechiktirib oʻqimaydi, koʻp uxlamaydi, mazali taomlar yemaydi. Insonmiz barchamiz. Hammamiz oʻzimizni isloh qilishimiz zarur. Atrofimizdagi biz ishongan olimlar ham xato qilishadi. Siz oʻylagan hamma yaxshi inson ham,xoh buyuk mutafakkirlar, xoh domla, imom, qori(ya)lar boʻlsin, xato qiladi.

Kitob nuri

03 Jan, 07:03


2025-yildagi
İlk mutolaa kitoblaringizni
bizning
sahifamizda biz bilan, bir karvonda mutolaa qiling va
Bintu Xabibning kitob o'qish rejasi qo'llanmasidan foydalanib manfaat oling.
Barchaga yoqimli mutolaa tilaymiz
❤️

@ilm_najotim

Kitob nuri

02 Jan, 11:37


Umr boʻyi ilm bilan mashgʻul boʻlishni oʻziga ixtiyor qilmagan kishi mazhablar orasidagi tortishuvlarga oʻzini urmasligi lozim. U ulamolar bayon qilgan maʼnolar bilan kifoyalanadi. Taqvoni lozim tutadi va toatlarni koʻpaytiradi.

Kim mazhablarga oʻzini ursa va qoʻlidan kelmagan ilmiy bahslarga koʻmilsa, halokatga uchraydi


Manba: "Ruhiy tarbiya"

Kitob nuri

31 Dec, 08:56


Bugunga o'xshagan kunlarda mo'min sinaladi.
Ba'zilarga osonmasdir. Istamay, shu holatda bo'lib qolishi mumkin.

- Avvalo, go'zal qaytarish, ogohlantirish, eslatish - vazifamiz. Chunki "Din - nasihatdir" (hadisni o'rganing).
- Bo'lmasa, qatnashmaslik, aralashmaslik, uzoqlashish.
- Hech bo'lmasa, qalban inkor qilish, u ishlarni yomon ko'rish. Buyog'iga oilasini isloh qilishga harakat qilish.

Haqiqatni yuzaga chiqarolmasak ham, botilga qarsak chalmasligimiz kerak.

Yillar kelaveradi, ketaveradi, azizlar.
Alloh barchamizni oxiratimizga zarar emas, foyda bo'ladigan ishlar bilan band qilsin.
Amiyn.

@weareululalbab

Kitob nuri

30 Dec, 14:03


34- va 22-raqam g'olib!

Tabriklaymiz.
Yutuq uchun:
1-o'rin "Moʻminning me'roji" va 2-o'rin uchun "Isrof" kitobi beriladi In Shaa Alloh.
‼️

1) https://t.me/c/2432957763/113
2) https://t.me/c/2432957763/30

Kitob nuri

30 Dec, 12:51


19.00 da aniqlanadi

Kitob nuri

30 Dec, 06:28


Bugun g'oliblarni aniqlimiz...

Kanalga qoshilgan boʻlishingiz shart!

Kitob nuri

24 Dec, 15:23


Assalomu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh, hurmatli kanal aʼzolari 😀

Kanalimizda Kitobli konkurs oʻtqazamiz🔥
Shu post tagiga bir marta KITOB deb yozasiz va random orqali 30-dekabr 2 kishiga kitob sovga qilamiz ‼️

Kitobni yaxshi ko’ruvchi do’stlaringizga yuboring va repost qilsangiz hursand boʻlar edim.
Konkursda qatnashish uchun kanalga obuna bo’lishingiz kerak.📌
1-o'rin- "Mo'minning me'roji" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitobi ✔️
2-oʻrin -"Isrof" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitobi ✔️

Kitob nuri

24 Dec, 08:47


https://t.me/isrof_ShayxMuhammadSodiq

Audio shaklida eshitish uchun.

Kitob nuri

24 Dec, 08:45


Elektron kitob
"Isrof" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Kitob nuri

23 Dec, 15:25


Ayol – kelajak tarbiyalovchi, jamiyatni yuksaltiruvchi ustun.

Ilmli ayol farzandlarini haq yo‘lga boshlaydi, oilasini nur bilan to‘ldiradi va jamiyatni yaxshilikka chorlaydi.

📖Qur’on ilmi esa uning hayotini ma’no va nurga to‘ldiradi.

Kitob nuri

23 Dec, 11:31


Manfaatli suhbat.
Ustoz judayam samimiy va ilmlilar. Alloh rozi boʻlsin.

Kitob nuri

23 Dec, 02:34


🔈 «Qalb iffati — Nuriya Cheleyen»

Kitob nuri

22 Dec, 14:34


https://youtu.be/OxtyhPBpFY4?si=gUsVk6Vijh0fzbD1