🔥Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlar!
Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin qalbdan Pro Study jamoasi nomidan tabriklaymiz !
🌟Mana shu bayram kunlarida biz – yurtimizning keksayu yosh barcha-barcha erkak zoti, mard o‘g‘lonlari haqiqatan ham Yaratganning mo‘jizasi bo‘lmish ayol siymosi oldida, avvalambor, mehribon onalarimiz oldida bosh egib, ta’zim bajo keltiramiz.
⚡️Aziz va qadrli opa-singillar!
Bamisoli bahor elchisi bo‘lib kelayotgan, o‘zingizdek go‘zal va dilbar mana shu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo‘lsin!
Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin!
Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardog‘ida bo‘ling, azizlar, mehribonlar!