Últimas Postagens de Pozitsiya (@pozitsiya) no Telegram

Postagens do Canal Pozitsiya

Pozitsiya
1,103 Inscritos
220 Fotos
54 Vídeos
Última Atualização 25.02.2025 20:55

Canais Semelhantes

ELTUZ
145,069 Inscritos
Axborotuz
66,281 Inscritos

O conteúdo mais recente compartilhado por Pozitsiya no Telegram


Shoir Bobur Elmurodning “Tajohilul orif” degan ustozlar haqidagi sheʼri bor. Bu sheʼrdagi kabi fidoyi, jonkuyar ustozlar Oʻzbekistonda koʻp. Sheʼr mualliffa o'qitilib, unga sunʼiy intellekt yordamida video ishlangan, koʻring, juda taʼsirli chiqibdi. Yakundagi mana bu savol esa barchamizni oʻylantirishi kerak.

Sheʼr bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yoʻl olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?


@pozitsiya

"Yoshlar ovozi" gazetasining bayram sonidan

@pozitsiya

Kecha ishdan chiqib hamkasblar bilan ko'rishdik. Yangi O'zbekston bog'i ro'parasidagi gaz quyish shahobchasidagi mana bu manzarani ko'rib g'alati bo'ldim. Metan uchun kilometrlab navbatning oxiri ko'rinmaydi.

O'zimiz uchun navbat boshi va oxirigacha bo'lgan vaqt va masofani hisobladik, navbatda turganlardan so'rab videoga muhrladik. Videoni ko'ring, tarix, fakt uchun olindi. Gazimiz uchta O'zbekistonga yetadi, har gal endi bu gal umuman muammo bo'lmaydi deydigan amaldorlar sizlarga tutilgan oyna bu tasvirlar. Holat yangi O'zbekiston bog'i qarshisida ekanligi ham qandaydir ramziyga o'xshaydi.

@pozitsiya

Buxorodagi buz-buzlar videolarini ko'rib xo'rliging keladi. Shuncha gap, tanqid, noroziliklarga qaramay, UNESCOdan rozilik olinmay shahar markazini vayron qilib "Boqiy shahar" qurishmoqchi. Bu vandalizmdan boshqa narsa emas. Hukumat va rahbariyat loyihani to'xtatmadi, faollar dod-voyiga quloq tutmayapti.

Bundan 104 yil avval Buxoro bosqinchi qizil askarlar tomonidan bombardimon qilinib, vayron qilingandi. Buxoroni havodan bombardimon qilishda faollik koʻrsatgan uchuvchi N. Fausek o'z esdaliklarida shunday yozgan: esdaliklariga murojaat qilamiz: “Biz Buxoroni bombardimon qildik. Qadimiy amirlikni vayron etib tashladik. Xususan, mashhur “Ajal minorasi”ga (Minorai Kalon) tushgan bomba, garchi mohiyatan bu minoraning moʻljalga olinishi biz uchun mutlaqo foydasiz boʻlsa-da, bizga alohida zavq-shavq bagʻishladi... Uchib borar ekanman, pastda bir masjidni koʻrib qoldim, men goʻyoki gumbazni qoʻporib tashladim, deb maqtandi bir uchuvchi. Biz miriqib kuldik. Shu-shu, uchuvchining laqabi “Gumbaz” boʻlib qoldi”.

Ular bosqinchi edi, maqsadi yurtni talash, shaharni yer bilan bitta qilish. Ular nomi tarixda qora nom bilan qoldi, la'nat bilan eslanadi. Lekin bugun shaharni vayron qilib, changga botirayotganlar, ular tepasida turganlar o'z qorako'zlarimiz-ku. Dodimizni kimga aytamiz, tarixda qanday eslaymiz?

Bugun, Oyina.uz'da 2 yil avval e'lon qilingan maqolamizni qayta ulashdik. Sarlavhasi: “Benzin va bomba tugagunga qadar” shaharni vayron qilishga buyruq berilgan – Buxoroning bombardimon qilinishi

Maqola linki: https://oyina.uz/uz/article/976

@pozitsiya

@pozitsiya

Bizga har bir masalaga milliy manfaat nazaridan yondashadigan oʻzbekparastlar kerak – Sherzodxon Qudratxoʻjaning intervyusiga jamoatchilik qanday munosabat bildirmoqda?

Hozirgi Rossiya Sherzodxon akani “persona non grata” deb eʼlon qilgani uchun – oʻzimga ham qanchalik gʻalati tuyulmasin – hozirgi Rossiyaga rahmat aytaman va hozirgi Rossiyani “persona non grata” deb eʼlon qilingan oʻzbekistonliklar roʻyxatini betoʻxtov kengaytirishga, iloji boʻlsa, Oʻzbekistonning butun vazir-u hokimlaridan tortib umuman barcha amaldorlarini shu roʻyxatga kiritishga chaqiraman.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2502

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X