YENGIL ONA TILI SABOQLARI @onatilinamozrasulovbilan Channel on Telegram

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

@onatilinamozrasulovbilan


https://t.me/joinchat/AAAAAFa3XT93k42MhQU46g

YENGIL ONA TILI SABOQLARI (Uzbek)

YENGIL ONA TILI SABOQLARI kanali - bu Filolog Namoz Rasulov ("Profi Education"da ona tili o'qituvchisi) ning ona tilini va lotin alifbosi orfografiyasini oson o'rgatish uchun maxsus kanali. Agar siz ona tilini va lotin alifbosi orfografiyasini oson o'rganishni istaysiz, ushbu kanal siz uchun! Namoz Rasulov, ona tili o'qitish sohasida professional bo'lgan va sizga eng yengil usullar bilan ona tilini o'rganishda yordam beradigan mutaxassis.

Agar sizning savollaringiz bo'lsa, @Namoz_Malimga_savol_bot kanalga murojaat qiling va sizga yordam etiladi. Sizga yengil ona tili saboqlari bilan tanishish uchun, quyidagi havolaga kirib qo'ng'iroq qiling: https://t.me/joinchat/AAAAAFa3XT93k42MhQU46g

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

23 Dec, 17:52


Namoz Rasulov bilan doim birga bo'lishni xohlasangizlar, @ekolingvist kanalimga o'tvolinglar. U yoqda til va tilshunoslikni yirik rakursdan ko'rsataman.

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

21 Dec, 08:18


Channel photo removed

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

30 Nov, 18:40


Esseda 65+ ball olish uchun tavsiyalar kerakmi?

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

27 Nov, 14:44


#diqqat_qabul

🩶 Ustozlar, yaqinroq keling - 20/50% ustama haqida xabaringiz bormi?
📚Abituriyentlar, siz-chi?Muddatidan avval talaba boʻlishni xohlaysizmi?

Qanday qilib deysizmi?

Biz bilan birgalikda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, ustama hamda talabalikni naqd qilib qoʻying.

📌Ushbu kurs A darajadagi sertifikat sohibi Ruxshona Mustafoyeva tomonidan olib boriladi.


Dars haftada 4 kun (toq va juft kunlar)
Har bir dars 1,5 - 2soat davom etadi
Har bir jonli efir darslari yozib olinadi va qayta eshitish imkoni beriladi
Kunlik mavzulashtirilgan va diagnostik testlar ishlanadi
Ilmiy, badiiy matn bilan ishlashning qulay usullari oʻrgatiladi
Gʻazal (+qofiya,  radif, raviy, she'riy san'atlar) tahlilga tortiladi
Esse strukturasi tushuntiriladi va yozilgan esselar tekshiriladi
Darslar dekabr imtihoniga qadar aniq reja asosida olib boriladi.

🔹Oylik toʻlov 200ming so‘m

❗️Guruhga faqat
6 kishi qabul qilinadi

🎯Natijalarimiz bilan tanishib chiqing va safimizga qoʻshiling

📝Murojaat uchun: @ruxshonamustafoyeva

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

23 Nov, 09:22


#sinonim_vaqti

💙Adolat - odillik - adl
💙Adovat - kek - xusumat
💙Afif - pokiza - toza
💙Afsun - jodu - sehr
💙Afv - kechirim - uzr
💙Afgʻon - faryod - figʻon
💙Ahd - qaror - va'da - lafz
💙Ahdnoma - shartnoma - bitim
💙Ahvol - holat - vaziyat
💙Ahmoq - tentak - telba

💙 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

19 Nov, 04:31


💡Sinonimlar uslubiyati
🔍Manba: 10-sinf ona tili darsligi

📌@onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

15 Nov, 16:17


#diqqat_qabul

🩶 Ustozlar, yaqinroq keling - 20/50% ustama haqida xabaringiz bormi?
📚Abituriyentlar, siz-chi?Muddatidan avval talaba boʻlishni xohlaysizmi?

Qanday qilib deysizmi?

Biz bilan birgalikda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, ustama hamda talabalikni naqd qilib qoʻying.

📌Ushbu kurs A darajadagi sertifikat sohibi Ruxshona Mustafoyeva tomonidan olib boriladi.


Dars haftada 4 kun (toq va juft kunlar)
Har bir dars 1,5 - 2soat davom etadi
Har bir jonli efir darslari yozib olinadi va qayta eshitish imkoni beriladi
Kunlik mavzulashtirilgan va diagnostik testlar ishlanadi
Ilmiy, badiiy matn bilan ishlashning qulay usullari oʻrgatiladi
Gʻazal (+qofiya,  radif, raviy, she'riy san'atlar) tahlilga tortiladi
Esse strukturasi tushuntiriladi va yozilgan esselar tekshiriladi
Darslar dekabr imtihoniga qadar aniq reja asosida olib boriladi.

🔹Oylik toʻlov 200ming so‘m

❗️Guruhga faqat
6 kishi qabul qilinadi

🎯Natijalarimiz bilan tanishib chiqing va safimizga qoʻshiling

📝Murojaat uchun: @ruxshonamustafoyeva

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

12 Nov, 12:21


🎙Milliy sertifikat haqida ma'lumotlar

👩🏻‍🏫Suhbatdoshga murojaat qiling: https://t.me/ruxshonamustafoyeva

🔗 Bizning manzil: 👇
https://t.me/rtm_ona_tili_va_adabiyot

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

12 Nov, 04:51


🎙Bugun soat 11:00 da "Milliy sertifikat" haqida muhim ma'lumotlar mavzusida "A" darajali sertifikat sohibi Ruxshona Mustafoyeva bilan suhbat bo'lib o'tadi.

📌 Suhbat telegram guruhda tashkil qilinadi. 👇
https://t.me/rtm_ona_tili_va_adabiyot?videochat=df2e2eb57f011ed6b7

🔗 Guruhga ulanish uchun quyidagi havolani bosing: 👇
https://t.me/rtm_ona_tili_va_adabiyot

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

08 Nov, 17:39


📌 BADIIY SAN’ATLAR (2-qism)


📍 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

06 Nov, 16:45


📌 BADIIY SAN’ATLAR


📍 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

05 Nov, 08:00


📌 Kundalik hayotimizda ishlatiladigan ibora va so'zlarimizning to’g’ri yozilishi:

🔹assalom-u ale(y)kum — assalomu alaykum (undov so‘z)
🔹axa — aha (undov so‘z)
🔹xa — ha (tasdiq so‘z)
🔹hop, hup, ho‘p, xop, xup — xo‘p (tasdiq so‘z)
🔹raxmat — rahmat (undov so‘z)
🔹hudo — Xudo (doim bosh harfda yozing)
🔹Allox, Ollox — Alloh, Olloh (doim bosh harfda yozing)
🔹hohlasa, hoxlasa, xoxlasa — xohlasa (fe'l)
🔹hop (xop, hup, xup) boladi (buladi) — xo‘p bo‘ladi (undov so‘z)
🔹uzur — uzr (ot)
🔹yahshi, yahwi, yaxwi — yaxshi (sifat; undov so‘z)
🔹hom — xom (sifat)
🔹hijolat — xijolat (sifat)
🔹aqilli — aqlli (sifat)
🔹ona-tili va adabiyot(i) — ona tili va adabiyot (ot)
🔹taxlil — tahlil (ot)
🔹umur — umr (ot)
🔹xam — ham (yuklama)
🔹xamma — hamma (olmosh)
🔹hayr — xayr (undov so‘z)
🔹hayrli (hayirli) — xayrli (sifat)
🔹xozir — hozir (ravish; sifat)
🔹boldi — bo‘ldi (fe'l)
🔹hato — xato (ot)
🔹tushinarli — tushunarli (sifat)
🔹ruhsat — ruxsat (ot)
🔹maslaxat — maslahat (ot)
🔹tahmin — taxmin (ot)
🔹chunaman — tushunaman (fe'l)
🔹axmoq — ahmoq (sifat)
🔹gurux — guruh (ot)
🔹xayot — hayot (ot)
🔹hayol — xayol (ot)
🔹hulq — xulq (ot)
🔹halq — xalq (ot)
🔹hush kelibsiz — xush kelibsiz (undov so‘z)
🔹muhlis — muxlis (ot)
🔹yuq, yoq — yo‘q (modal so‘z; inkor so‘z)
🔹repititor — repetitor  (ot)
🔹to‘g‘irlamoq — to‘g‘rilamoq (fe'l)
🔹baht — baxt (ot)
🔹iloxim, illoxim — ilohim (undov so‘z)
🔹hursand, hursan — xursand (sifat)
🔹zor, zur — zo‘r (sifat)
🔹oqimiz, uqi(y)miz — o‘qiymiz (fe'l)
🔹fikir — fikr (ot)
🔹xarakat — harakat (ot)
🔹hol — xol (ot)
🔹holos — xolos (yuklama)
🔹jovob — javob (ot)
🔹baxona, boxona — bahona (ot)
🔹uhlamoq — uxlamoq (fe'l)
🔹xaqiqat(an) — haqiqat(an) (modal so‘z)
🔹maxalla — mahalla (ot)

📍 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

04 Nov, 07:42


Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga.

Imtihonlar ham yakunlandi...
💡Umuman olganda, imtihon haqida fikrlaringiz qanday?
💡Sizningcha, e'tiborni koʻproq nimaga qaratish kerak ekan?
💡Ushbu imtihon kamchiliklaringizga qay darajada oyna tutdi?

Kommentga marhamat: ⤵️

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

02 Nov, 18:55


❗️Ms titul varag‘ini to‘ldirishda ahamiyat bering:

O' - bitta katakda
G' - bitta katakda
Qo'shtirnoqqa e'tiborli bo'ling
" Birinchi katakda
" Ikkinchi katakda
Xuddi shunday
Qavs ham
( - birinchi katakda
) - ikkinchi katakda

aynan o' bn g' ni bitta katakda yozib ko'rsatib qo'yibdi
Sh
S birinchi katakda
H ikkinchi katakda
Ch
C birinchi katakda
H ikkinchi katakda

Nuqtali vergul
; bitta katakda
Ikki nuqta
: bitta katakda

📍@onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

02 Nov, 10:55


Tushgan esse:

Bugungi kunda ba'zi insonlar davlat byudjetidagi mablag'lar sportga ko'proq sarflanishi kerakligini aytmoqda, ayrimlar esa ta'limga pul ajratish manfaatliroq deb hisoblashmoqda.

📍@onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

01 Nov, 07:39


#imlo_vaqti

🩷🩷🩷🩷 ➡️"𝐃" 𝐇𝐀𝐑𝐅𝐈

💜
dabdaba
dabdurustdan
dafn
daf'atan💜
dahliz
daho
dahshat💜
dakkam-dukkam
dali-g‘uli
dam-badam
damo-dam
dang‘ir-dung‘ur
darang‘-durung‘
dard-alam
dardi bedavo💜
dard-hasrat💜
dardisar
dargoh
dirham
darhol💜
daromad
darxon
darvozabon
daryoyi azim💜
dastlabki💜
davomat
dag‘daga‘
da'vo (arz, shikoyat)💜
da'vat
da'vogar
defektolog
dehqonbop
deklaratsiya
delfin💜
depressiya
desert
devqomat
diagonal
dimog‘
dilxiroj💜
dilsiyoh💜
dilxasta
dinozavr
diplomat
diqqinafas
dollar
dovuchcha
dog‘-hijron
dubulg‘a
duoyi bad 💜
duoyi jon💜
duoyi salom💜
durust
duxoba
do‘ppifurush
do‘q-po‘pisa💜
do‘zax
do‘ngpeshona


𝐒𝐇𝐀𝐑𝐓𝐋𝐈 𝐁𝐄𝐋𝐆𝐈:
💜ushbu belgi qatoridagi so‘zga to‘xtab keting: yozilishi hamda imloviy ifodalanishiga ikki karra diqqatli bo‘ling..!


💌@onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

31 Oct, 09:43


💡 Esseni yozishda ishlatsa boʻladigan eng kerakli maqol va iboralar:

1️⃣ Har toʼkisda - bir ayb

2️⃣Har gulning oʼz isi bor,
Har elning oʼz tusi bor

3️⃣Dardingning vaqti oʼtsa, Tabibdan oʼpkalama

4️⃣Ikki qoʼchqor kallasi bir qozonda qaynamas

5️⃣Boyning xoʼrozi ham tuxum qilar

6️⃣Boyning koʼzi nonda, Kambagʼalniki - imonda

7️⃣Har supraning noni boshqa

8️⃣Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas

9️⃣Qars ikki qo‘ldan chiqadi

1️⃣0️⃣O‘g‘rini o‘g‘ri desang, o‘lgisi kelar, To‘g‘rini o‘g‘ri desang, kulgisi kelar

1️⃣1️⃣Oyda ham dog‘ bor

1️⃣2️⃣It qarisa, tozi bo‘lar,
Qiz qarisa, qozi bo‘lar

1️⃣3️⃣Daryoga ot solmasdan avval, kechuvini top.

1️⃣4️⃣Magizni bolib yesa, qirq kishiga yetar.

1️⃣5️⃣Tirishgan toshga mix qoqar.

1️⃣6️⃣Taqlid bilan tong otmas.

1️⃣7️⃣Zоyе kеtdi – bеfоyda sarflandi

1️⃣8️⃣Aravani quruq olib qochmoq

Xurshid Joʻrayev tayyorladi

✈️@onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

31 Oct, 09:25


🩷🩷🩷🩷 ➡️ "𝐁" 𝐇𝐀𝐑𝐅𝐈

💜
baadab
bab-baravar💜
badantarbiya
badaxloq
badbaxt
badiiy-adabiy💜
badjahl
badminton
badsurat
badxayol
bafurja
bahona
bahribayt
bahs
bahuzur
baka-bang💜
bajonidil (bajon-u dil)
bakteriya
balandparvoz
baland-past💜
baliqfurush
ball
balo-battar💜
balo-ofat💜
balo-qazo💜
balogardon
baloyi azim
baloyi nafs
bamaslahat
bamaylixotir
bama'ni
bandayi bechora
baqabulbul
baqadrihol
baqir-buqur💜
baqir-chaqir💜
baravar (barobar)
bardam-baquvvat💜
barhayot
barham
basma-bas💜
bavosir
baxtiqaro
baynalmilal
bayonot
bag‘baqa
bag‘ir
bag‘ir-bug‘ur💜
bag‘ritosh
ba'zan
ba'zi-ba'zida💜
ba'zi bir
ba'zan-ba'zan💜
bebahra
bedapoya
bedaxmaza
badom-darak💜
befahm
begemot
begunoh
behad
behalovat
behafsala
beh-beh💜
behbehlamoq
behush
bekam-ko‘st💜
bekordan bekor
betgachopar
betakalluf
besaranjom
bidir-bidir💜
bihisht (jannat)
bil'aks
bir talay
bir taraflama
bir yoqlama
biryoqlamalik
bir yoqli
biryoqlik
birato‘la
birto‘la
birma-bir💜
birodar
bitta-yarimta💜
bobodehqon
boj-xiroj💜
bola faqir
boloxona
bolshevik
botmon-dahsar💜
bugun-erta💜
burushiq
burushiq-tirishiq💜
buzuq
butunittifoq
bo‘y-bast💜
bo‘yinturuq
bo‘yinbog‘
bog‘irsoq
bo‘zto‘rg‘ay


SHARTLI BELGI:
💜ushbu belgi qatoridagi juft-takroriy so‘zlarga to‘xtab keting: yozilishi hamda imloviy ifodalanishiga diqqat qilib, chiziqcha bilan yozilishini eslab qoling..!


💌 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

29 Oct, 10:49


🔎 SO’ROVNOMA

Kanalga ko’proq qanday postlar joylanishini xohlaysiz?

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

29 Oct, 10:48


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

21 Oct, 10:14


Testimiz yakunlandi!

🔔 Fan: ilmiy matn
‼️ Test kodi: 129317
🖊️ Test sanasi: 2024-10-20

To'g'ri javoblar:
1.d 2.b 3.c 4.d 5.a


Testda qatnashgan barcha ishtirokchilarga rahmat.
Ilmingiz ziyoda bo'lsin!
🎁

🎯 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

20 Oct, 10:45


Testimiz yakunlandi!

🔔 Fan: ilmiy matn
‼️ Test kodi: 129202
🖊️ Test sanasi: 2024-10-19

To'g'ri javoblar:
1.d 2.c 3.b 4.a 5.b


Testda qatnashgan barcha ishtirokchilarga rahmat.
Ilmingiz ziyoda bo'lsin!
🎁

📍 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

20 Oct, 05:44


Xayrli kun barchaga.

💬Sizga bir savol bilan yuzlanmoqchiman: ilmiy matn testini qaysi usulda bajarasiz va matn bilan ishlashda nimalarga ahamiyat berish kerak deb oʻylaysiz?

📍 @onatilinamozrasulovbilan
Fikringizni yozib qoldiring...⤵️

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

18 Oct, 09:14


Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga. Salomatmisiz?

⚡️Kunlik grammatik testlarimiz yakunlandi. Endi esa MS ning oʻqish savodxonligiga ham start bermoqchimiz.

Taklif ma'qulmi?
Reaksiya -
🔥

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

18 Oct, 06:01


-ni va -ning qanday farqlanadi?

⚡️Soʻz bilan ishlagan, kitob koʻrgan kishilar yaxshi biladi, baʼzi hollarda -ni va -ning qoʻshimchalari xato qoʻllanadi. Bunday xatolardan xoli boʻlish uchun soddagina bir qoidani bilish kifoya.

-ni feʼl va uning shakllari bilan bogʻlanadi, -ning esa ism soʻzlar (ot, olmosh, harakat nomi) bilan. Masalan,

🗯Kitobni oʻqidim, kitobni oʻqish. Bu oʻrinda -ning ishlatish xato.

🗯Kitobning muqovasi, kitobning oʻqilishi. Bu oʻrinda -ni ishlatish xato.

“Kitobning muqovasi” birikmasini “Kitob muqovasi” deb qoʻllagan maʼqul. Loʻndalashadi. Umuman, agar qisqartirish imkoni boʻlsa, hatto qoʻshimchalardan ham voz kechish kerak. Maʼnoga taʼsir koʻrsatmasligi sharti bilan, albatta.

💡Eʼtibor bergan boʻlsangiz, -ning qoʻshimchali soʻzlar ham, -ni qoʻshimchali soʻzlar ham feʼlning noaniq (oʻqish) yoki bosh shakliga (oʻqimoq) bogʻlanishi mumkin. Lekin -ni dan soʻng albatta aniq nisbatdagi harakat nomi (oʻqish), -ning dan soʻng esa majhul nisbatdagi harakat nomi (oʻqilish) kelyapti va unga egalik qoʻshimchasi (-i) qoʻshilyapti.

Demak, kitobning oʻqish yoki kitobni oʻqilishi deyish xato boʻladi.

©oriftolib

📍 @onatilinamozrasulovbilan

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

16 Oct, 15:30


📌 Kunlik testlar foydali bo’lyaptimi? Matnlar bilan davom ettiraylikmi?

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

16 Oct, 15:29


7-kun test tahlili

YENGIL ONA TILI SABOQLARI

14 Oct, 13:48


❗️Bugundan ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanadi (20-oktabr roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni)

Imtihon kuni: 2-3-noyabr kunlari

Registratsiya linki: https://my.gov.uz/oz/service/1003

@milliy_onatili_adabiyot

1,697

subscribers

0

photos

0

videos