Ona tili va Adabiyot Samarqand @onatili_sam Channel on Telegram

Ona tili va Adabiyot Samarqand

@onatili_sam


Ona tili va adabiyot fanidan maxsus kanal:

🎓 Asosiy bloklar uchun
🎓 Majburiy bloklar uchun
🇺🇿 Milliy sertifikat

Biz bilan bog‘lanish:
📞Tel: +998905052125
👨‍💻 @Sherzod_Abduxalimov

Natijalar: @natijalar_sam

✍️Shaxsiy blog: @shunchaki_ShF

Ona tili va Adabiyot Samarqand (Uzbek)

Bu Telegram kanalida ona tili va adabiyoti bo'yicha qiziqarli ma'lumotlar, yangiliklar va tadqiqotlar mavjud. Kanalimizning maqsadi ona tilini o'rganishga, uni sevgan vaqt o'tkazishga yordam berishdir. Bu kanalda ona tili va adabiyoti sohasidagi yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin, shuningdek, mustaqil maqolalar va tadqiqotlar orqali ma'lumot olishingiz mumkin. Ona tili va Adabiyot Samarqand kanali ona tili va adabiyoti bo'yicha xabarlardan, maqolalardan, kitob muharrirlari va o'qituvchilari bilan suhbatlar olib boradi. Kanalimizni obuna bo'lib, ona tili va adabiyot sohasidagi yangiliklar bilan doimiy tanishing!

Ona tili va Adabiyot Samarqand

08 Jan, 07:48


📝 Bahorda bo'ladigan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanmoqchimisiz? Eng kuchli natijalarni havola etayotgan ustozlar: A.Boymirzayev, S.Nazirov, R.Davlatova, Sh.Abduxalimovlarning yangi kurslari haqida mana bu yerda ma'lumot berilgan:
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2016

Ona tili va Adabiyot Samarqand

07 Jan, 07:05


✔️ Jamoamiz tomonidan eng saralari tayyorlanmoqda.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

07 Jan, 07:05


⚡️MS testlariga maksimal darajada yaqin bo'lishi uchun harakat qilinyapti. 10-yanvardan ochiladigan kursda bo'lajak mavzuli testlar kitobi birinchi bo'lib aprobatsiyadan o'tkaziladi.

Muallif:
@Salimbek_Nazirov

@nazirov_sertifikat

Ona tili va Adabiyot Samarqand

05 Jan, 10:11


⚡️ SIFAT, MALAKA, NATIJA SIZNI KUTMOQDA.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

05 Jan, 10:10


Assalomu alaykum

9860120160312654

Salimbek Nazirov nomida.

❗️
@nazirov_sertifikat guruhida reja bilan tanishgan va ma'qul kelgan bo'lsa, kartaga 36 ta dars uchun oldindan 550 ming so'm o'tkazib, chek yoki screenshotini @Salimbek_Nazirov lichkasiga tashlaysiz.

Reja bilan tanishish uchun quyidagi havolani bosing 👇
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2016

❗️Faqat to'lov qilganlargina yopiq guruhga qo'shiladi.

❗️To'lov chekini tashlab qo'ying, shunda ro'yxatdan o'tgan hisoblanasiz. Kech bo'lsa ham, javob qaytariladi. Iltimos, qallobga chiqarib qo'ymang.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

05 Jan, 10:10


TO'LIQ KURS REJASI.

@nazirov_sertifikat

Ona tili va Adabiyot Samarqand

05 Jan, 10:10


⚡️10-YANVARDAN
⚡️UMUMIY KURS

Milliy sertifikatning barcha ko'nikmalari ustida ishlanadi.

❗️36 ta darsga mo'ljallangan umumiy kurs narxi: 550 ming so'm

❗️TO'LOV OLDINDAN TO'LIQ AMALGA OSHIRILISHI SHART.

USTOZLAR JAMOASI:

1. Akbarali Boymirzayev
2. Salimbek Nazirov
3. Rushana Davlatova
4. Sherzod Abduxalimov (badiiy asar)

❗️Guruhda nazorat bilan shug'ullanuvchi yana 10 lab ustozlar bor.

❗️To'lov qilganlargina ro'yxatdan o'tgan hisoblanadi.

Natijalarimiz bilan tanishish uchun havola ustiga bosing.👇

https://t.me/nazirov_sertifikat/34095

Biz haqimizda fikrlar ushbu kanalda:
@paxta_uchun

Namuna darslar uchun quyidagi linkni bosing. 👇
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/2002

❗️Kurs rejasi bilan batafsil tanishib, ma'qul kelsa, murojaat qiling.

O'zimga bexijolat yozaverasiz, kech bo'lsa-da, javob qaytaraman:
@Salimbek_Nazirov

@nazirov_sertifikat

Ona tili va Adabiyot Samarqand

05 Jan, 10:10


❗️BU KURS TUGAGACH, OXIRGI OYDA TEST+ESSE KURSLARI DAVOM ETADI.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

03 Jan, 14:16


Bu yilgi OTMlarga qabul imtihonlarida yo'nalishlar bo'yicha test sinovlari o'tkaziladigan fanlar ro'yxati...

@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

03 Jan, 14:15


Yangi yilni “Basirat” o’quv markazi kanalida yaxshi reja bilan boshlaymiz.

🗒Ushbu kanalda FE‘L SO‘Z TURKUMI to’liq o’tib beriladi.

🔂Birinchi dars dushanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.

O‘qituvchi:
Egamova Bog‘dagul Qosimovna


Dars quyidagi kanalda bo‘lib o‘tadi:
https://t.me/EgamovaBogdagulQosimovna
https://t.me/EgamovaBogdagulQosimovna
https://t.me/EgamovaBogdagulQosimovna

Ona tili va Adabiyot Samarqand

03 Jan, 05:04


O‘zbek tili va adabiyot fanlaridan MILLIY SERTIFIKAT uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar ro‘yxati, PDF va AUDIO variantlari:

1. “Zarbulmasal”
(Gulxaniy)
AUDIO

2. “O‘tkan kunlar” romani (Abdulla Qodiriy)
AUDIO

3. “Mehrobdan chayon” romani (Abdulla Qodiriy)
AUDIO

4. “Kecha va kunduz” romani (Abdulhamid Cho‘lpon)
AUDIO

5. “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov)
AUDIO

6. “Nur borki, soya bor” roman (O‘tkir Hoshimov)
AUDIO

7. “Ikki eshik orasi” roman (O‘tkir Hoshimov)
AUDIO

8. “Qiyomat” romani (Chingiz Aytmatov)
AUDIO

9. “Asrga tatigulik kun” romani (Chingiz Aytmatov)
AUDIO

10. “Me’mor” roman (Mirmuhsin)
AUDIO

11. “Xo‘jand qal’asi” romani (Mirmuhsin)
AUDIO

12. “Yulduzli tunlar” roman (Pirimqul Qodirov)
AUDIO

13. “Avlodlar dovoni” roman (Pirimqul Qodirov)
AUDIO

14. “Ko‘hna dunyo” romani (Odil Yoqubov)
AUDIO

15. “Ulug‘bek xazinasi” romani (Odil Yoqubov)
AUDIO

16. “Diyonat” romani (Odil Yoqubov)
AUDIO

17. “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat)
AUDIO

18. “Jimjitlik” roman (Said Ahmad)
AUDIO

19. “Ufq” trilogiyasi (Said Ahmad)
AUDIO

20. “Lolazor” romani (Murod Muhammad Do‘st)
AUDIO

21. “Chinor” romani (Asqad Muxtor)
AUDIO

22. “Otamdan qolgan dalalar” romani (Tog‘ay Murod)
AUDIO

23. “Jaziramadagi odamlar” romani (Luqmon Bo‘rixon)
AUDIO

24. “Abulfayzxon” dramasi (Abdurauf Fitrat)
AUDIO

25. “Sohibqiron” dramasi (Abdulla Oripov)
AUDIO

26. “Temir xotin” komediyasi (Sharof Boshbekov)
AUDIO

27. “Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov)
AUDIO

28. “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov)
AUDIO

29. “Oq kema” qissasi (Chingiz Aytmatov)
AUDIO

30. “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim)
AUDIO

31. “Molxona” qissasi (Jorj Oruell)
AUDIO

32. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi (Tog‘ay Murod)
AUDIO

33. “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasi (Erkin A’zam)
AUDIO

34. “Qorako‘z majnun” AUDIO ,  “Qoplon” AUDIO ,  “Sobiq” hikoyalari (Said Ahmad)

35. “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “O‘g‘ri”, “Bemor” “O‘jar”, “San’atkor”, 
“Adabiyot muallimi” hikoyalari (Abdulla Qahhor)
Ab/AUDIO,  Mbj/ AUDIO, O‘/AUDIO, B/AUDIO, O‘j/AUDIO, S/AUDIO, Adm/AUDIO

36. “O‘zbeklar” AUDIO ,
“Ot egasi” AUDIO hikoyalari (Shukur Xolmirzayev)

37. “Hayotga muhabbat” hikoyasi (Jek London)
AUDIO

38. “Hellados” hikoyasi (Nodar Dumbadze)
AUDIO

39. “Garov” hikoyasi (Anton km Chexov)
AUDIO

40. “Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov)
AUDIO

Ona tili va adabiyot fanlaridan oʻtkaziladigan har qanday imtihon ( milliy sertifikat, attestatsiya, majburiy, ...) ga biz bilan tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin.

@onatilivaadabiyot_1


@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

02 Jan, 12:43


Toʻldirish:

Soʻnggi MS imtihonlarida tushgan asarlarga moslashtirilib reja tuzildi.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

02 Jan, 12:26


BADIIY ASARLAR BOʻYICHA MAXSUS KURS

Ona tili va adabiyot fanidan aprelda boʻlib oʻtadigan MS imtihoniga tayyorgarlik koʻrayotganlar badiiy asarlarni oʻqishga va sifatli testlarini topishga qiynalyapsizmi?

🤩Biz sizga ajoyib yechim bera olamiz.

Imtihonga qadar maxsus dastur asosida (rasmda koʻrsatilgan) badiiy asarlarni oʻqib tahlil qilishingiz mumkin.

📚 Asarlar tartib bilan oʻqitiladi va maxsus BBA darajasidagi testlar beriladi. Testlar tahlil qilinib, umumiy asar boʻyicha izohlar beriladi.

📌 Dastlabki vazifalar 12-yanvardan berila boshlaydi.

Dastur maxsus yopiq guruhda amalga oshiriladi. Guruhga bir martalik toʻlov asosida qoʻshilishingiz mumkin.

Dastur narxi - 80 ming

❗️Katta ehtimol bilan aprel imtihoni uchun badiiy asarlar roʻyxati oʻzgartirilmaydi. Agar oʻzgartirilsa, yangi asarlar oʻqitiladi.

Biz sizga badiiy asarlardan eng sara testlarni berishga harakat qilamiz.

Murojaat uchun: @Sherzod_Abduxalimov

Bizning kanal: @onatili_sam
Bizning guruh: @badiiyasarlar_MS

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Jan, 11:06


#Diqqat

Rasman B+, A va A+ darajaga ega bo'lgan ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari 50 % ustama olishni boshlaydi.

2025-yil 1-yanvardan


@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Jan, 11:06


🧨Majburiy Matematika Onlayn kursiga marhamat

Yuqoridagi rasmda siz kursda nimalarga ega boʻlishingiz reja asosida tuzilgan 👆

Kursimiz 30 ta darsdan iborat
👉 20 ta mavzu
👉 3 ta sinov test
👉 7 ta Blok Test

🎊Bundan tashqari 25 ta Blok test yechimi kanaliga bepul ulanishingiz mumkin .

🎉Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang . Hoziroq biz bilan bogʻlaning. Bularning barchasi bir martalik toʻlov atiga - 100 ming soʻm

📩Murojaat uchun :
@Rajabov_Bekzod

Kanalimiz : @majburiy_matematika_test

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Jan, 08:35


❄️Barchaga rahmat.

Yangi yilda sizga eng yaxshilarini ulashishga harakat qilamiz.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Jan, 05:12


Samarqandlik abituriyent va ustozlarni ushbu offline darslarimizga taklif etamiz.

Har bir boʻlim bilan alohida-alohida ishlanadi. Esse boʻyicha maxsus darslar tashkil qilinadi. Esse haqida darsga kelsangiz, toʻliqroq maʼlumot beraman. Har oyda 2 marta MOCK (45 talik) test ishlaysiz. Badiiy asarlardan eng sara testlar beriladi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanib qoling.

Dastlabki dars 5-yanvardan boshlanadi. Kurs imtihon vaqtigacha davom etadi. Oxirgi 20 kun har kunlik darsga oʻtkaziladi.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Jan, 05:12


🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

⚡️Ona tili va adabiyot fanidan yangi kursga (offline) qabul boshlanmoqda.

Tezkor tayyorgarlik;
Maxsus dastur;
MS imtihon testlari;


Ushbu kursimizda ona tili fanidan boshlangʻich tushunchaga ega boʻlgan asosiy va majburiy fan sifatida oʻqiyotgan abituriyentlar qabul qilinadi. Agar bizning tavsiyalarimizga amal qilib, qatʼiy oʻqisangiz, darajaga, albatta, erisha olasiz!

Darajaga erishmoqchi boʻlganlar, biz sizga oson yoʻlni koʻrsatamiz.

❗️Darslar yanvar oyidan boshlanadi. Maxsus dastur boʻyicha dars beriladi.

🧑🏼‍🏫 O'qituvchi: Sherzod Abduxalimov

📞+998905052125 | @Sherzod_Abduxalimov

📍Manzil: Samarqand shahar, Gelion chorrahadan Motrid tomonga 50 metr, "Humo Akademiyasi" oʻquv markazi (yangi markaz)

👉Markaz lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/4nhXE4eM4roDcsi38

✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

31 Dec, 19:01


2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

Ona tili va Adabiyot Samarqand

31 Dec, 12:51


🎄YANGI YILINGIZ QUTLUG' BO'LSIN!

❄️ Barcha filolog pedagoglarimiz, abituriyent va talabalarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz.

❄️2025-yil barcha uchun omadli va barakotli yil boʻlib kelsin! Ustozlarimiz ustamalarga, abituriyentlarimiz talabalikka, talabalarimiz eng kuchli bilimlarga ega boʻlsin!

Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin!!!

@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

29 Dec, 12:43


Ona tili va adabiyotdan eng muhim darslar. Albatta, tanishib chiqing!

Fe'l so'z turkumi
Punktuatsiya (37-savol uchun 10 ta gap)
Morfologik, sintaktik va punktuatsion tahlil
Ilmiy matn qanday tahlil qilinadi?
Hikoya matni qanday tahlil qilinadi?
G'azal qanday tahlil qilinadi? ["G'uncha"]
G'azal qanday tahlil qilinadi? [Sayfi Saroyidan]
Qit'a qanday tahlil qilinadi?
Aruz va barmoq vazni
She'riy san'atlar [1]
She'riy san'atlar [2]
Milliy sertifikat testi (namuna)
Milliy sertifikat testi tahlili
Esse yozish texnikasi

📝 Bahorda bo'ladigan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanmoqchimisiz? Eng kuchli natijalarni havola etayotgan ustozlar: A.Boymirzayev, S.Nazirov, R.Davlatova, Sh.Abduxalimovlarning yangi darsi haqida mana bu yerda ma'lumot berilgan.

✳️ Biz halol va ishonchli bilim tarafdorimiz!


Asosiy kanal: https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA
Asosiy guruh:
https://t.me/nazirov_sertifikat

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Dec, 07:46


Onlayn kurslarimiz uchun tayyorlayotgan testlarimizdan namunalar.

Tuzuvchi:
Sherzod Abduxalimov

⚡️Testlar saviyasidan ham ko'p narsani anglash mumkin.

Avvalgi namunalarni ham yechib ko'ring👇

namuna1

@onatili_sam
@nazirov_sertifikat

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Dec, 07:43


@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Dec, 07:43


@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Dec, 07:43


@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Dec, 05:35


@nazirov_sertifikat

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Dec, 05:35


Onlayn kurslarimiz uchun tayyorlayotgan testlarimizdan namunalar.

Tuzuvchi:
@Salimbek_Nazirov

⚡️Testlar saviyasidan ham ko'p narsani anglash mumkin.

Avvalgi namunalarni ham yechib ko'ring👇

namuna1
namuna2

@nazirov_sertifikat

Ona tili va Adabiyot Samarqand

05 Dec, 08:06


Xabaringiz bor, MS imtihonida 44-savol qit'alar tahlilidan (yoki aruz) tushadi.

Ushbu fayda Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" devonidan 50 ta qit'a saralab olinib ularning bosh g‘oyasi berilmoqda. Tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan qit’alar ajratib olindi
.

Muallifining kimligini bilolmadik. Muallifidan Alloh rozi bo'lsin!
(bilganlar izohda yozib qoldirsin)

Milliy sertifikat kanaliga a'zo bo‘lish manzili
👇👇👇👇👇👇

https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_BMBA/1821

Ona tili va Adabiyot Samarqand

04 Dec, 19:09


III bosqich 11-sinf ona tili va adabiyot fanidan oʻtkazilgan olimpiada test savolari.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

04 Dec, 15:44


DEKABR MS IMTIHONI (21-22 DEK.) UCHUN TEZKOR GURUH-4 REJASI

Assalomu alaykum!
Ustozlar: A.Boymirzayev, S.Nazirov, R.Davlatovalarning yangi onlayn kursini kutayotganlar qani?

21-22 -dekabrda MSga topshiradiganlar uchun super taklif! 👆 Yuqoridagi reja bilan tanishing va kuchli natija uchun bizning jamoamizga qo'shiling.

TO'LOV: 200 MING SO'M (AVVALDAN)
QABUL BIR KUN: 4-DEKABR
TO'LOV: 9860120160312654 (S.Nazirov)

❗️To'lov chek (screenshot)ini @Salimbek_Nazirov lichkasiga tashlang. Shuningdek, ism-familiya, telefon raqam qoldiring. To'lovni hozirdan qilish mumkin.
4-dekabr kechki payt Salimbek Nazirovning testi ulashiladi, 5-dekabrda tahlil qilinadi. Ulguring!

❗️Menimcha, tushunmovchilik mavjud emas! To'lov chekini jo'natgan biror kishi qolib ketmaydi, xavotir olmang!

Test tahlilida milliy sertifikat tipidagi namunaviy testlar, shuningdek, ayrim mavzuli testlar tahlil qilinadi.

NATIJALAR KATTA GURUHDA

TESTIMIZDAN NAMUNA.
DARSIMIZDAN
NAMUNA.

ENG YANGI NAMUNADAGI TESTLAR ASOSIDA TAYYORLANING!

Ona tili va Adabiyot Samarqand

04 Dec, 05:48


Bilimni baholash agentligining yozma ish (esse) ni baholash yo'riqnomasi.

@onatili_sam
@onatili_sam
@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

02 Dec, 10:41


III bosqich 9-sinf ona tili va adabiyot fanidan oʻtkazilgan olimpiada test savolari.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

02 Dec, 07:44


📌Plastik idishlarning foydali va zararli tomonlari.

Ona tili va adabiyot fanidan 9-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan olimpiada viloyat bosqichida tushgan esse mavzusi.

@onatili_sam
@onatili_sam
@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

02 Dec, 07:38


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Dec, 19:32


Test namunasi bilan tanishib chiqdim. Test yuqori saviyada tuzilgan.

Jamshid va Sardor ustozlarga omad.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Dec, 12:29


⚡️BUGUN NASHRDAN CHIQDI!!!

📌 "Ona tili va adabiyot: "NAMUNAVIY TESTLAR" kitobi 30 ta mukammal, bir-birini takrorlamaydigan  variantlardan tuzilgan bo'lib, BMBA namunaviy test topshiriqlariga yaqinlashtirilgan holda tuzildi.

❗️Ushbu to'plamdagi test topshiriqlari BMBA namunaviy test savollari ketma-ketligi asosida shakllantirilgan.

⁉️Kitob qanday shakllangan:

Orfografik va leksik topshiriqlar;
Grammatik va uslubiy topshiriqlar;
Diagrammali topshiriqlar;
Sxematik topshiriqlar;
Infografikali topshiriqlar;
Hikmatlar (30 ta);
G'azal matni (30 ta);
Ilmiy-ommabop matn (30 ta);
Badiiy, rasmiy matn (30 ta)

Ushbu variantlar to'plami siz uchun mukammal qo'llanma bo'lishiga ishonamiz.

Kitobdan namuna

Murojaat uchun:
☎️
940811020
☎️
940821020

📱Telegram:
👨‍💻 Bog'lanish
👨‍💻
Bog'lanish

Ona tili va Adabiyot Samarqand

29 Nov, 17:19


#asardan_parcha

Oyim bir seskandi, ammo ko‘zini ochmadi.
- O‘g‘liim! - dedi ojiz ingrab. Ko‘zlaridan ikki
tomchi zahardek achchiq yosh sizib chiqdi-da, ko‘karib ketgan yuzidan oqib, labining chetida turib qoldi. Kechadan buyon butun bardoshini to ‘plab, Kimsan akamning oldida yig‘lamagani haqqi ichida ummon bo‘lib yotgan alam endi shu ikki tomchiga aylanib toshib chiqqanini his etdim-u yuragim sanchib ketdi.



"Ikki eshik orasi" romani.

✈️@onatili_sam
✈️@onatili_sam
✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

29 Nov, 10:03


⚡️ Qurbonova Muharram ustozimiz B+ darajani qo'lga kiritdi.

Tabriklaymiz! Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin!

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 16:36


#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 2–3-noyabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 15:33


⚡️ Axatova Shahzoda o'quvchimiz B+ darajani qo'lga kiritdi. Oldindan 30/29,5 hal qilindi.
A darajaga 1 ball yetmabdi-ya

Tabriklaymiz! Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin!

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 15:32


Esse nima deyapti?👏

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 15:22


⚡️ Abdurasulova Rayhona o'quvchimiz B darajani qo'lga kiritdi. Oldindan 30/27 hal qilindi.

Tabriklaymiz! Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin!

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 15:19


Assalomu aleykum domla men Samarova Mohidilni ayasiman sizga katta raxmat baraka toping martabangiz doim uluģ bòlsin bugungi yutuģ sizning mehnatingiz ilohim hamma shogirdlaringiz yuzingizni yoruģ qilsin ishlaringizning rivojini bersin

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 15:14


⚡️ Asadova Ro'zigul ustozimiz B+ darajani qo'lga kiritdi.

Tabriklaymiz! Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin!

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 15:05


⚡️ Samarova Mohidil o'quvchimiz A darajani qo'lga kiritdi. Oldindan 30/30 hal qilindi.

Tabriklaymiz! Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin!


✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 15:03


⚡️ Kenjayeva Go'zal ustozimiz A darajani qo'lga kiritdi.

Tabriklaymiz! Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin!


✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Nov, 12:18


⚡️Milliy sertifikat natijalari chiqa boshladi.

✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

27 Nov, 09:34


Kecha Akbar Otaboyev (@AkbarOtaboyev) hamda Bozirgon Rahimboyev ustozlar bilan ko'rishdik.

Samimiy suhbat uchun ushbu ustozlarimizga rahmat aytamiz. Sizlarni Samarqandga yana taklif qilib qolamiz.


✈️@onatili_sam
✈️@onatili_sam
✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

21 Nov, 06:25


Ustoz darsda gʻazal tahlilini oʻrgatganidan keyin oʻzim bajarib koʻrsam.

Kimda boʻlgan?😁

Ona tili va Adabiyot Samarqand

20 Nov, 15:19


To'g'ri javoblar:

1.b 2.c 3.c 4.b 5.d 6.a 7.b 8.d 9.b 10.c

Ona tili va Adabiyot Samarqand

19 Nov, 09:33


⚡️Tez orada MS testlar doirasida so'zlarning bog'lanishidan maxsus test kanalga joylanadi.

Tayyor turing!

✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

16 Nov, 14:45


Fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichi uchun ona tili va adabiyoti fanidan namunaviy test topshiriqlari - 2024

✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

14 Nov, 18:31


Hakam: "Akalar, Qatar gol urmaguncha o'yinni tugatolmasdim, tushuninglar".

Ushbu gapni sintaktik tahlil qiling.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

14 Nov, 18:01


Goooooool!!!

Abbboooosss!!!

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Nov, 17:26


Assalomu alaykum, ustozlar, abituriyentlar, sizlarga o'zim va jamoamiz nomidan chin dildan omad tilayman. Alloh o'zi oson qilsin, xayrli qilsin, oladigan sertifikatlaringizni ham o'zingizga, ham odamlarga manfaatli qilsin. Doimo o'zingizga, bilimingizga ishoning, oddiy bir test, oddiy bir sinov, ortiqcha hayajonlanmang, bersa himmat bermasa, hikmat. Nasibangizni olasiz, bu uchun ortiqcha tashvish qilish kerak emas. Eng muhim narsa bilasizmi nima? Tayyorgarliklar davomida olingan bilim, ertaga shu olgan, ulashgan bilimingiz sizga savob olib kelib turadi. Ilohim, hamma yuqori darajada sertifikatlar olib, odamlarga foydali ilm ulashsin. Har narsaning zakoti bo'lganidek, ilmning ham zakoti bor: bu uni insonlarga ulashmoqdir. O'rganing, o'rgating, yaxshiliklarga sababchi bo'ling.

O'quvchilar, hamkasblar va yaqinlarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lsin, ilohim. 😊


@nazirov_sertifikat

✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

01 Nov, 13:35


❗️Ertaga ertalabki smenada imtihonga kiradiganlar bormi, abetdan keyingi smenaga-chi?

Ona tili va Adabiyot Samarqand

30 Oct, 17:06


Ayrimlar oʻrtacha ish vaqti uzoq boʻlgan mamlakatlar iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli ekanligini taʼkidlashadi, baʼzilar esa bu holat koʻpincha salbiy oqibatlarga olib kelishini aytishadi.

Har bir ish bilan taʼminlaydigan korxona yoki tashkilotda belgilangan ish vaqt mavjud. Bir guruh insonlar ish vaqti uzoq boʻlgan davlatlar iqtisodiy tomondan ancha oldinda ekanligini aytishayapti bir paytda, boshqalar esa bu jarayon koʻpincha ijobiy oqibatlarga olib kelmasligini taʼkidlashadi. Bu esseda har ikki tomon fikrlarini mushohada qilamiz.
Maʼlumki, ish vaqti deganda biz ishxonada oʻtkaziladigan ish faoliyat vaqtni tushunamiz. Ana shu soatlarda ishchilar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajaradi. "Mehnat kodeksi" da koʻrsatilganidek, ishchi xodimlar uchun bu muddat 8 soatdan iborat. Ish vaqti davomiyligi ish haftasiga koʻra ham belgilanadi. Shu holatlar barchaga birdek ayon boʻlishiga qaramasdan ayrim rivojlangan mamlakatlarda oʻrtacha ish vaqti uzoq. Shuning uchun iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatga erishmoqda. Sababi shundaki, ishchi xodimlar oʻziga yuklatilgan vazifalarni ortigʻi bilan bajarish uchun belgilangan vaqtdan koʻproq muddat ishlaydi. Xususan, Yaponiya mehnatkash xalqi bilan tanilgan va bu yerda ham ish vaqti ancha uzun. Hukumat ortiqcha ishlashni kamaytirish choralarini koʻrsa-da, uzoq ish vaqti hali ham mavjud, chunki bu mamlakatda uzoq ishlash milliy qadriyat sifatida qaraladi. Bundan tashqari, daromad past boʻlgan mamlakatlarda ishchilar koʻproq ishlashga majbur boʻlishadi, chunki qisqa vaqt ishlash ularning ehtiyojlarini qondira olmaydi. Masalan, Hindiston, Indoneziya, Bangladesh kabi davlatlarda daromad darajasi past. Sababi, koʻplab ishchilar kuniga uzoq soatlar davomida, koʻpincha kam haq toʻlanadigan sharoitlarda ishlaydi. Turmush sharoitlarini yaxshilash uchun qoʻshimcha ish vaqtini tanlash odatiy hol.
Biroq "Har toʻkisda bir ayb" deganlaridek, ish vaqtidan tashqari mehnat qilish zarar. Agar mehnat uning davomiyligi bilan oʻlchansa, iqtisodiy jihatdan boy boʻlgan davlatlarning koʻpchiligi 4 kunlik ish kuniga oʻtmas edi. Xususan, Belgiya xodimlariga bu imkoniyatni bergan davlat hisoblanadi. Bunda ish hajmi va maosh qisqarmaydi, lekin eplay olgan xodim, ya'ni oʻziga yuklatilgan ishni bajarishga ulgurgan, ish kunini qisqartirishi mumkin. Bu tajriba boshqa davlatlarda ham sinovdan oʻtkazilmoqda, chunki ortiqcha ishlash charchoq hosil qiladi va bu holat ish samarasini tushishiga sabab boʻladi. Misol uchun, Yaponiya koʻpincha charchoq "karoshi" (ishdan oʻlim) kabi holatlarga olib kelgan. Natijada, xodimlarning diqqatni jamlay olmasligi va jiddiy fikrlash qobiliyatining pasayish kuzatiladi, bu esa ish sifati va samaradorligini tushuradi. Demak, iqtisodiyotning ravnaq topishi uchun ish unumdorligining samarali boʻlishi muhim.
"Har meva oʻz vaqtida pishar, har narsa vaqtida yarashar" deganlaridek, osh vaqti tartib-qoidalariga barcha barobar amal qilishi kerak deb oʻylayman. Imkon qadar kam ishlab, koʻp narsaga erishishga harakat qilishimiz kerak. Bu jarayon "aqlli ishlash" deb ataladi. Ya'nikim, kundalik ishlarni rivojlantirish orqali muhim va ustuvor vazifalarni aniqlash mumkin. 80/20 qoidasi (Pareto printsipi) ga koʻra, natijaning 80% ishning 20% dan kelib chiqadi. Shuning uchun yuqori samarali va natija keltiradigan vazifalarga e'tibor qaratish kerak.
Xulosa qilib aytganda, ish vaqtining qancha boʻlishiga emas, mehnatimiz samaradorligiga e'tiborni kuchaytirish kerak. Aks holda, foydamizdan zararimiz koʻp boʻlishi aniq.


📝Rahmatova Bahora

✈️@onatili_sam

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Oct, 18:04


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Oct, 10:52


🔰 12 ta baholash mezoni bo'yicha baholanmoqda.

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Oct, 10:51


✔️ Esse tahlili

"Sun'iy intellekt" mavzusidagi esse namunasi

🟢Ba'zi o'rinlarda izchillik yo'qolgan.
🟢Ayrim o'rinlarda gap qurilishida va mantiqiy izchillikka e'tibor berish kerak.
🟢Xulosa qismnida ba'zi o'rinlarda tinish belgilarini qo'llash bo'yicha xatolik bor.
🟢so'z qo'llash bo'yicha

Esse umumiy yaxshi yozilgan, tomonlar va shaxsiy fikr yaxshi yoritilgan.

Umumiy ball: 75/64 ball

Ona tili va Adabiyot Samarqand

28 Oct, 04:00


Oxirgi vaqtlarda koʻplab vatandoshlarimiz davlat tashkilotlarida yoshi katta mutaxassislardan koʻra yoshlarning koʻproq boʻlishi kerak ekanligini aytishmoqda. Boshqa bir guruh insonlar esa bunga qarshi chiqib, tajriba muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashadi. Davlat tashkilotlarida kim ustuvor: yoshlar yoki tajribali kadrlar?
Maʼlumki, soʻnggi yillarida davlat tashkilotlarida yosh kadrlarning rolini oshirishga oid fikrlar tobora ommalashib bormoqda. Avvalo, yoshlar kuch va energiya bilan toʻla boʻlib, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechishga yangicha yondashuvlar bilan kirishishlari mumkin. Sababi shundaki, ular texnalogiyalarni yaxshi bilish bilan birga zamonaviy muhit jarayonlariga tez va oson moslasha oladi. Ikkinchidan, yosh kadrlar biror bir ishni boshlashdan va tavakkal qilishdan qoʻrqishmaydi, shuning uchun ular bildirgan fikrlar va gʻoyalar ommaga taqdim etilsa koʻp hollarda muvaffaq qozonadi. bu esa ulardagi samarali oʻzgarish va rivojlanishni ragʻbatlantirishga imkon beradi. Misol uchun, endi universitetni bitirgan kadrlarni katta mansabdagi ishlarga olib boʻlmaydi, ammo ularni shu mansabdagi ishlarga tayyorlash, gʻoya va takliflarini qoʻllab-quvvatlash ularni kelajakda oʻz sohasining eng yetuk mutaxassisi boʻlishiga yordam beradi.
Biroq, tajribaning ahamiyatini inkor etish mumkin emas. Tajribali kadrlar koʻp yillar davomida toʻplangan bilimlariga, muammolarni hal qilish usullariga va muvaffaqiyatli strategiyalarga ega, chunki ular oʻzlarining tajribalari asosida toʻgʻri qarorlar qabul qilishga va boshqalarni oʻz bilimlari bilan boyitishga qodir. Bundan tashqari, davlat tashkilotlaridagi yuqori lavozimlarda ishlaydigan katta xodimlar koʻpincha oʻz faoliyatlarida olib boriladigan jarayonlar va muammolarni chuqur tushunadilar. Ular tarixiy tajribalarning taʼsirini, qonunchilikning oʻzgarishlarini va jamiyatdagi qatnashuvchilar bilan oʻzaro munosabatlarini biladilar. 20 yillik tajribaga ega boʻlgan viloyat yoki tuman hokimi endigina oʻz faoliyatini boshlagan kadrlarga nisbatan anchayin tajribaliroq boʻladi. ular xalq dardini tinglaydi va qanday yechimlar berishni oʻz tajribasiga tayanib amalga oshirishi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Fikrimcha, yosh kadrlar ham oʻzlarini koʻrsatishga va yuqori davlat tashkilotlarida ishlashga haqli. Garchand, " Bir sinalgan tajriba, yetti kitobdan afzal" degan gaplar boʻlasa-da, yosh kadrlarni tajribasiz deb ishga olmaslik bu davlatning inqiroziga olib keladi, ular tajribani ish faoliyatlari davomida toʻplashadi, ammo tashkilotlar yosh kadrlarni "yosh ekan" deb ishga olishmasa, ular qanday yetuk kadr boʻla olishi mumkin?! Shuning uchun ularga ham yoshi katta mutaxassislar oʻz oʻrinlarini ishonib topshirishlari kerak.
Xulosa qilib aytganda, yosh va tajriba oʻrtasidagi muvozanatni har bir davlat tashkilotining muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega. Yoshlar energiya va innovatsion gʻoyalar olib kelsalar, tajribali mutaxassislar aqlli qarorlar qabul qiladilar. Shu sababli, tashkilotlar har ikkala tomonning manfaatlarini taʼminlashlari lozim.

🖋 Raxmatova Bahora

Rash model boʻyicha - 66 ball

Ona tili va Adabiyot Samarqand

27 Oct, 12:56


To'g'ri javoblar:
1. d   2. c   3. b   4. d   5. c   6. b   7. d   8. b   9. a   10. a   11. a   12. d   13. c   14. a   15. c   16. a   17. b   18. c   19. d   20. d   21. c   22. c   23. a   24. c   25. c   26. d   27. c   28. b   29. b   30. d

Ona tili va Adabiyot Samarqand

26 Oct, 13:57


Nima bo'larkin?😁