Mirzayev's Mind @odilbekmirzayev Channel on Telegram

Mirzayev's Mind

@odilbekmirzayev


CVO at PDP EcoSystem

▪️ Entrepreneur
▪️ Visioner

Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fate Favors the Brave!

Murojaat uchun: @Odilbek_Mirzayev_aloqabot

Mirzayev's Mind (English)

Welcome to 'Mirzayev's Mind' - a Telegram channel curated by Odilbek Mirzayev, the CVO at PDP EcoSystem, an entrepreneur, and a visionary. With a passion for sharing knowledge and inspiring others, Mirzayev brings you a unique perspective on various topics that aim to stimulate your mind and broaden your horizons. Whether you are looking for motivation, business insights, or simply an interesting read, 'Mirzayev's Mind' has something for everyone. Join us on this journey of exploration and enlightenment as we delve into the depths of the human mind and uncover the secrets to success. Don't miss out on this opportunity to connect with like-minded individuals and be a part of a community that values growth and self-improvement. Follow us today and let 'Mirzayev's Mind' guide you towards a brighter future. For inquiries, feel free to contact us at @Odilbek_Mirzayev_aloqabot.

Mirzayev's Mind

03 Feb, 09:24


Mazza qilib ishlaydigan kunlar kelayapti ...

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

03 Feb, 08:26


Kutilayotgan imkoniyatlar taqdim etmoqda ..

https://youtu.be/YkCDVn3_wiw

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

03 Feb, 08:25


"Raqobat mahsulotlarda eng yaxshisini, insonlarda esa eng yomonini yuzaga chiqaradi."
Devid Sarnoff

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

29 Jan, 08:24


🤖 ChatGPT o1 Pro tajribasi!

🚀ChatGPT o1 Pro'dan faol foydalanayapman. Javob berish vaqti o‘rtacha 2 daqiqa, lekin sifat ancha yuqori.

Yaqin kelajakda bu texnologiya tezroq, arzonroq va ommaboproq bo‘lishi aniq. AI'ning rivojlanishi hayotimizni yanada qulay qilishda davom etmoqda.

💬 Siz ham sinab ko‘rdingizmi? Fikringiz qanday? Izohlarda bo‘lishing!

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

28 Jan, 16:28


DeepSeek is busy:)

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

23 Jan, 07:48


📚 Managementni zamonaviy menejmentning otasi – Peter F. Druckerdan o‘rganmoqchiman!

Peter F. Drucker – menimcha, zamonaviy menejmentning otasi. Uning falsafasi va yondashuvlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Drucker menejmentni faqat biznesga oid tizim deb emas, balki har bir inson hayotiga va jamiyatga ta’sir qiluvchi kuch sifatida qaraydi.

Ushbu kitobda Drucker rahbarlar uchun muhim bo‘lgan uch asosiy tamoyilni yoritadi:
1️⃣ To‘g‘ri ishni tanlash.
2️⃣ Samaradorlikni qanday oshirish mumkin?
3️⃣ Vaqtni samarali boshqarish san’ati.

Druckerning fikricha, samarali rahbar bo‘lish bu tug‘ma iste’dod emas, balki o‘rganiladigan va rivojlantiriladigan ko‘nikma.

Bu kitob nafaqat rahbarlar, balki rivojlanishni istagan har bir inson uchun foydali bo‘lishiga ishonaman.

💡 Kitobdan muhim fikrlar va tajribalarimni bo‘lishib boraman.

Kitobni yuqori sifatda yetkazib bergan, qadriyatli kompaniya Asaxiy Books'ga rahmat.


📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

22 Jan, 11:34


🌟 Kun tartibidan — kompaniyaning strategik rejalashtirishgacha! 🌟

Ko‘pchilik yangi ish boshlashdan oldin uning murakkabligi yoki hajmidan cho‘chiydi. Ammo haqiqiy rivojlanish mukammallik bilan emas, balki kichik va izchil qadamlar bilan boshlanadi.

Men ham oddiy kun tartibimni yaxshilashdan boshladim. Oradan bir necha oy o‘tib, bu kichik g‘oya kompaniyamiz uchun muhim strategik tizimga aylandi. Ushbu video orqali o‘z tajribam va o‘y-xayollarimni siz bilan baham ko‘rmoqchiman. Balki bu siz uchun ham yangi imkoniyatlarning eshigini ochar.

🎯 Asosiy mavzular:
🔍 Strategik rejalashtirishning boshlang‘ich nuqtasi.
🛠 Kichik qadamlarni katta ta’sirga aylantirish usullari.
🌟 O‘zgarishlarni qabul qilish va rivojlanish tamoyillari.

🎥 Videoni tomosha qiling, fikringizni qoldiring va o‘zgarishlar sari ilk qadamni qo‘ying:
Instagramda ko‘rish

Mirzayev's Mind

21 Jan, 13:06


📣 PDP Junior'da nimalar bo'lyapti?

🏢 Avval xabar berganimizdek, endilikda robototexnika va IT bilimlarini yoshlar orasida keng yoyish maqsadida maktablarga ekskursiyalar tashkil qilmoqdamiz.

📍 Ko'plab talab va iltimoslarga binoan navbatdagi tanishtiruv Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan 322-maktab o'quvchilari bilan bo'lib o'tdi.

😎 O'quvchilarning texnologiyalar bilan ilk tanishuvlari ularning hayotlariga qay darajada katta ta'sir ko'rsatganini ko'rmoqchi bo'lsangiz, videoni albatta tomosha qiling!

🔜 Keyingi manzilimiz sizning maktabingiz bo'lishini xohlaysizmi? Maktab raqamingizni izohlarda yozib qoldiring!

Ma’lumot uchun:
📞 | +998787777477

1️⃣ @PDPJunior

Mirzayev's Mind

21 Jan, 10:10


🎉 PDP Junior taqdimot tadbiridan so‘ng ota-onalarning ko‘zlarida farzandlaridan faxr tuyg‘usini ko‘rish — bu bizning eng katta mukofotimiz! Ular oldidagi va’damizni amalda bajarayotganimizni his qilish haqiqatan ham maroqli va ilhomlantiruvchi.

📹 Video lavha: YouTube
📌 Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

21 Jan, 09:05


Ochiq va shaffoflik

“OKR'lar tashkilot bo‘ylab ochiq va shaffof bo‘lishi kerak. Shaffoflik mas'uliyatni oshiradi. Har bir inson boshqalarining maqsadlarini ko‘rganda, bu umumiy maqsad hissini yaratadi va odamlarni o‘z majburiyatlariga nisbatan ko‘proq javobgar qiladi."

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

13 Jan, 13:36


Aslida kitobning 1-bobidan juda ko'p insightlar mavjud. Hammasi ham yetkazishga vaqt yetmaydi.

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

13 Jan, 13:32


📖 "Measure What Matters" kitobidan yana bir qiziqarli bobni o‘qib chiqdim – "The Father of OKRs". Andy Grove aytganidek:

"Ko‘p odamlar juda qattiq ishlaydi, ammo juda oz natijaga erishadi."

💡 Men uchun muhim xulosa:
Muhandislik fikrlashining kuchi nafaqat texnik sohalarda, balki biznes va menejmentda ham samarali yondashuvlar yaratishda yordam beradi. OKRning samaradorligi ham shunda – har bir maqsad va natijani aniq belgilash va ularga tizimli erishish.

🌱 O‘qish davomida yana ko‘plab qiziqarli xulosalarni blogimda bo‘lishaman!

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

11 Jan, 17:35


📌 "Measure What Matters" kitobidan yana bir chuqur fikr bilan bo‘lishmoqchiman:

"Ideas are easy. Execution is everything."

Men bu jumlani quyidagicha talqin qilaman: G'oyalar va fikrlar quruq gap. Bajarilishi esa hamma narsa!

G‘oyalaringizning haqiqiy qiymati ularni qanday amalga oshirishingizda!

💡 Ushbu jumladan bir savol tug‘iladi:
Sizning hozirgi g‘oyangizni amalga oshirishda qanday tizimlar va yondashuvlar yordam beryapti? Ularning samaradorligini qanday oshirishingiz mumkin?

Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

11 Jan, 17:25


📖 Yangi o‘qishni boshlagan kitobim – "Measure What Matters". Kitobning ilk bo‘limidayoq Yogi Berraning chuqur mazmunli so‘zi meni o‘ziga tortdi:

"Agar qayerga borishni bilmasangiz, u yerga yetib bormasligingiz mumkin."

– Yogi Berra

Bu jumla oddiy va biroz yumorli, ammo nihoyatda muhim haqiqat: aniq maqsad va natijalarni belgilamasdan, o‘sishga va rivojlanishga erishish qiyin.

🔑 Ushbu kitobda OKR (Objectives and Key Results) tizimining samaradorligi haqida so‘z boradi. Ayniqsa, Google kabi gigant kompaniya muvaffaqiyatida OKR tizimining o‘rni katta ekanligi kitobdagilarni qo'llashga undaydi.

Blogim: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

11 Jan, 17:13


Assalomu alaykum. Xayrli kech!

🌟 Endilikda blogimda hozirda o'qiyotgan kitoblarimdan insightlar ham berib boraman!

Blog: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

29 Dec, 12:46


🌟 Baxt nimada?

Baxt – har birimiz intiladigan, ammo ko‘pincha turlicha ta’riflanadigan keng tushuncha. Bugungi dunyoqarashim va fikrlash tarzim bilan his qilganim shuki, Baxt – bu Seni tushunishlarida!

🎗 Ushbu hissiyotga erishishda katta hissa qo‘shgan, jamoaga liderlik qilayotgan PDP EcoSystem CEO'si, Jiemurat Polatbayevichga va barcha jamoa a’zolaridan minnatdorman. Shuningdek, bu fikrni ilgari surgan PDP EcoSystem COO'si, Timurbek Ulug'bekovichga alohida minnatdorlik bildiraman.

📊 Strategic Session 2025 Egypt nafaqat ulkan rejalar, balki ajoyib tuyg‘ular va jamoaning hamjihatligi bilan ham esda qoldi. Bu jarayon men uchun o‘zini anglash va baxt tushunchasini yana bir bor qayta kashf qilish imkonini berdi.

Alhamdulillah. 😊

Odilbek Mirzayev

Sizningcha, baxt nima?
Izohlarda fikringizni bo‘lishishingiz mumkin!


1️⃣ @pdpecosystem

Mirzayev's Mind

24 Oct, 15:23


Assalomu alaykum. Xayrli kech.

Ustozimiz Azizjon Gapparov o'z kanallarida jonli suhbat o'tkazayaptilar. Kuzatib borishni tavsiya qilaman.

👉 https://t.me/azizjongapparov?livestream

Mirzayev's Mind

03 Oct, 09:02


❗️Ta'lim sohasining davlat va jamiyat rivojidagi o'rni qanchalik salmoqli ekanligi barchaga ma'lum. Millat ravnaqiga daxldor bo'lgan bu tizimni yetaklovchi asosiy kuch bu pedagoglar hisoblanadi. Malakali va bilimli o'qituvchilar jamiyat uchun haqiqiy xazinadir.

🎗PDP EcoSystem'da jamoa tarkibidagi ustozlar faoliyatini e'tirof etish maqsadida maxsus tadbir tashkil etildi. Fidoyi murabbiylarga tashakkurnomalar taqdim etildi va katta davra suhbati o'tkazildi.

⚡️Biz o'qituvchi va murabbiylarimiz mehnatini qadrlaymiz va doimiy ravishda e'tirof etamiz hamda kelajak kadrlarini yetishtirishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

1️⃣ @pdpecosystem

Mirzayev's Mind

06 Sep, 17:38


1️⃣ PDP EcoSystem'da mavsumning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan an'anaviy "Big day" bo'lib o'tdi.

📉 Mazkur tadbir davomida, kompaniyada amalga oshirilishi ko'zda kutilayotgan hamda hayotga tadbiq etilgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi.

📝Yaqin oylar davomida rejalashtrilgan bir qator takliflar qayta o'rganib chiqildi. Qizg'in munozara davomida kelgusida amalga oshiriladigan dasturlar aniq belgilandi va tegishli topshiriqlar berildi.

1️⃣@pdpecosystem

Mirzayev's Mind

16 Aug, 11:26


Qadrli maslahatlar natijasi.

Ish faoliyatimda talabalarimizga aniq feedbacklar va foydali maslahatlar berish har doim asosiy vazifalarimdan biri bo'lib kelgan. Har bir talaba bilan suhbatlashganimda, ularning maqsadlariga erishish yo'lidagi harakatlariga yordam berishga intilaman. Besh kun avval, talabamiz Xushnudbek Ravshanov mendan qanday qilib ko'proq energiya olish va vaqtini samarali boshqarish haqida savollar berdi. Bu mavzularda unga kitob tavsiya qildim.

Bugun, Xushnudbek kitobni o'qib, olgan bilimlarini men bilan bo'lishdi. Shuni aytishim mumkinki, unga ajratgan vaqtim va energiyam samara berayotganini his qildim. U o'z oldiga qo'ygan katta maqsadlarni amalga oshirish yo'lida bor kuchi bilan harakat qilmoqda va men bu yo'lda uni qo'llab-quvvatlayman.

Xushnudbekning o'z ustida ishlashi, maqsadga erishish uchun intilishi nafaqat uning, balki barcha talabalarimiz uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi. In shaa Alloh, u yuksak marralarga erisha oladi.

Blog: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

14 Aug, 09:08


❗️Kuni kecha PDP EcoSystem jamoasi uchun mehmonimiz Shuhrat Xoltayev ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etildi.

📈 Bir necha soat davom etgan jarayon mobaynida, qadriyatlarga asoslangan kompaniya yaratish va shu orqali yuqori natijalarga ko'tarilish, to’g’ri jamoa shakllantirish borasida bir qator muhim mavzular muhokama qilindi.

🌐 AQSHning eng yirik kompaniyalarida faoliyat olib borgan, ko'p yillik tajribaga ega mehmonimiz bilan tashkil etilgan mazkur treningda qatnashchilar o'z qarashlarida yangi burilish yasadi deyish mumkin.

🤝️️️️️️ Tashrif uchun Shuhrat Xoltayevga PDP EcoSystem jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

1️⃣ @pdpecosystem

Mirzayev's Mind

08 Aug, 10:01


🤩Mahallalarda ham mana shunday fidoiy mutaxassislar ishlayotgani quvontiradi. Bu loyihaga samimiy beg'araz yordam berayotgan barcha insonlardan Alloh rozi bo'lsin.

Blog: @OdilbekMirzayev

Mirzayev's Mind

05 Aug, 16:35


📑 Yana bir sermahsul oy yakunlangani munosabati bilan PDP EcoSystem jamoasi keng ko‘lamdagi “Mothly meeting"ga yig‘ildi.

📌 2-avgust kuni iyul oyi hisobotlari bo‘yicha tahlil o'tkazish va yangi loyihalar muhokamasi uchun oylik yig'ilish tashkil etildi. Bu yig'ilishda PDP EcoSystemning barcha TOP menejerlari ishtirok etishdi va bir qator muhim masalalar yuzasidan qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.

🤝 PDP EcoSystem jamoasining har bir qabul qilayotgan qarorlari hozirgi vaqtda o’qib turgan va kelajakda bizning loyihalarimizda ta’lim oladigan minglab yoshlarning hayotlarini yaxshi tomonga o’zgartirishga sababchi bo’lishiga aniq ishonamiz.

1️⃣ @pdpecosystem

Mirzayev's Mind

22 Jul, 16:24


🪫Kontraktni to'lay olmayman, moddiy imkoniyatim yetarli emas, lekin IT sohasini o'rganmoqchiman!

💡Ko’p yoshlarimiz shu gapni aytishadi. Endi shunday IT sohasiga qizigan, lekin moddiy imkoniyati yetali bo’lmagan abituriyentlar ham Grant asosida PDP talabasiga aylanishlari mumkin.

❗️Unicorn granti bu - Yetakchi kompaniyalar tomonida ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uchun ajratilgan grant hisoblanadi.

Grant haqida batafsil Unicorn.pdp.uz saytida ma’lumot olishingiz mumkin.

2️⃣ @pdpunicorn

Mirzayev's Mind

15 Jul, 13:59


🔋Unicorn loyihasi sabab ta'limni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan talabalar.

👉To'liq videoni you tube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
https://linktw.in/FriOSUG

Mirzayev's Mind

13 Jul, 15:27


Odilbek Mirzayev bilan jonli efir boshlandi 🔥

Marafonga qo’shilish uchun havolaga bosing: https://www.youtube.com/watch?v=4Z_Tal68UEE

Mirzayev's Mind

12 Jul, 15:35


JONLI EFIR BOSHLANDI🔥️️️️️️

Havolaga bosing: https://www.youtube.com/live/yyuCVYm3K6g

Mirzayev's Mind

11 Jul, 15:33


TA’LIM MARAFONIMIZ BOSHLANDI 🔥

Hoziroq quyidagi link orqali jonli efirga qo’shiling👇🏻

Havolaga bosing: https://www.youtube.com/live/l4RbXfhxTPA