Nurobod yoshlari

@nuryoshlar


Nurobod tumanidagi yoshlarga oid barcha yangiliklarni ushbu kanalda kuzatib boring.

Nurobod yoshlari

23 Oct, 13:44


Go'zal va latofatli xonanda, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Afruza o'zining eng sara ijod namunalari bilan yig'ilgan tomoshabinlarga haqiqiy bayram shukuhini ulashmoqda.

©️ @nur_press

Nurobod yoshlari

23 Oct, 13:44


Ayni vaqtda Nurobod tumanining Arabota mahallasida Gala-konsert dasturi bo'lib o'tmoqda.

Dastur sahnasida elimiz suygan san'atkor, O'zbekiston, Qoraqalpog'iston va Boshqirdiston xalq artisti Jenisbek Piyazov o'z ijodiy chiqishlarini boshladi.


©️ @nur_press

Nurobod yoshlari

22 Oct, 02:29


Ҳаётда йиқилишинг мумкин, воз кечилишинг мумкин, қўлингдаги ҳамма нарсангни йўқотишинг мумкин. Ҳатто, ўзингни энг омадсиз инсондек ҳис қилишинг мумкин.

Aммо, унутмаки, ҳеч ким мақсадига хатоларсиз ва йўқотишларсиз эришмаган. Ҳеч ким бир неча бор йиқилмасдан кўзлаганига етмаган.

Ҳаётнинг ҳар бир зарбалари сени янада кучли бўлишингга ундайди. Йўлга чиқдингми, тўхтама. Курашишда давом эт...

@Samarqand_live

Nurobod yoshlari

22 Oct, 02:29


Ҳатто Африкадаги дўстларимиз ҳам сайловга чиқинглар деяпти. Энди ҳам сайловга бормасак уят бўладиёв.

@Samarqand_live

Nurobod yoshlari

21 Oct, 15:36


Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini ushbu qutlug' ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida "Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va o'zbek tili rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan bir guruh o'qituvchi va faollarga tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

O'quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiq va raqslar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat va ko'tarinkilik ulashdi.

©️ @nur_press

Nurobod yoshlari

21 Oct, 13:28


Nurobod tumani 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida til bayramiga bag‘ishlab tayyorlagan sahna ko‘rinishi.

Nurobod yoshlari

21 Oct, 11:12


NUROBODDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Nurobod tumanida 28 ta davlat, 145 ta oilaviy, 7 ta davlat xususiy-sherikchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud. Ularda 9155 nafarga yaqin maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadi.

Yaqinda viloyat hokimligi ishchi guruhi hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, ish hujjatlarining yuritilishi, ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Bugun Nurobod tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari H.To’xtayev, tuman hokimi S.Berdiqulov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Jo‘rayev hamda ta’lim sohasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimligi ishchi guruhining xulosalari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yilida 6 yoshli bolalarning qamrovini tashkil etish bo‘yicha ishlar ahvoli, oilaviy nodavlat MTTlariga metodik ko‘maklashish,“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida guruhlashni tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

©️ @nur_press