Nur Ismoilov @nurismoilov Channel on Telegram

Nur Ismoilov

@nurismoilov


Islomiy moliya va oddiy moliya asoslari haqida qiziqarli va kerakli ma'lumotlar. Halol investitsiya va treyding sir-asrorlari.

Admin:

Tel: 91-788-21-21 (10:00-18:00)

Barcha havolalar shu yerda: https://linktr.ee/nurismoilov

Nur Ismoilov (Uzbek)

Sizga Islomiy moliya va oddiy moliya asoslari haqida qiziqarli va kerakli ma'lumotlarni taqdim etamiz! Nur Ismoilov Telegram kanalimizga xush kelibsiz. Kanalimizda halol investitsiya va treyding sir-asrorlari haqida yangiliklar, maslahatlar va tavsilotlar mavjud

Ushbu kanalda Islomiy moliya sohasidagi eng so'nggi yangiliklarni topishingiz mumkin. Admin bilan bog'lanish uchun 91-788-21-21 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin (10:00-18:00 soatlar oralig'ida)

Qo'shimcha ma'lumotlar va boshqa ko'rsatmalar uchun bizni Instagramda kuzatib boring: https://www.instagram.com/nur.ismoilov

Nur Ismoilov

23 Jan, 08:04


Do’stlar, barcha platformalarda faol bo’lishni boshlayman!

Bilasiz, Instagram, Telegram, YouTube platformalarida sizlar uchun foydali kontentlar berib boraman. Oxirgi vaqt ishlar ko’paygani sabab kontentlar chiqarishda passiv bo’lib qolgan edim.

Endi yana doimiy foydali kontentlarni berib bormoqchiman. Bu uchun sizning ham yordamingiz kerak bo’ladi.

Qanday yordam beraman? - deb o’ylayotgan bo’lsangiz, pastda so’rovnoma uchun havola qoldirilgan. Ushbu so’rovnomada o’zingiz haqingizdagi bir nechta savollarga javob berishingiz kerak. Sizlardan kelgan javoblar orqali sizga qanday kontentlar ko’proq foyda berishini aniqlab olamiz.

So’rovnomada qatnashing va mendan yaqin kunlar ichida foydali kontentlarni qabul qilasiz.

👉 So'rovnoma uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeOrwB4QnBKj48EypxICrGjBxHKmRejgP6aJ45rwnPvITfn5A/viewform?usp=header

Nur Ismoilov

20 Jan, 09:50


Tasodifan ko‘zim tushib qoldi ) va Islomiy moliya sohasidagi "ko‘r nuqtalarimiz" haqida o‘ylab qoldim.

Xuddi biz deyarli sodir bo‘lmaydigan narsadan (akula yeb ketishidan) qo‘rqib, har yili o‘zimiz yo‘q qilayotgan millionlab akulalarni e’tibordan chetda qoldirganimizdek, Islomiy moliyada ham ko‘pincha islom moliya qoida va tamoillarini bilish va to‘g‘ri halol savdo ahamiyatini e’tiborsiz qoldiramiz. Lekin biznesimizda faqat baraka va sof foyda bo‘lishini xohlaymiz.

@chiroylimoliya bizning "ko‘r nuqtalarimiz"

Nur Ismoilov

09 Jan, 18:54


Ko’plari ishongan mutaxassislarim, marafon bepul va maqsad orqasidan kurs sotish emas ekan.

Xolis tavsiya, reklama emas!


Marafonni o’tkazib yubormaslik uchun pastdagi link orqali kanalga obuna bo’ling👇

https://t.me/Insan_Jobs

Nur Ismoilov

09 Jan, 18:53


Atiga 1 kun qoldi...

Sizlarni marafonimiz spikerlari bilan tanishtiramiz!

1. Bobur Musaboyev - biznesni tizimlashtirish va boshqaruv bo'yicha ekspert.

2. Hasan Mamasaidov - Sotuv va Marketing bo’yicha mutaxasis, MFaktor Biznes Maktabi loyihasi asoschisi - 25 yillik ustoz tadbirkor.

3. Alisher Rustamov - servis bo’yicha yevropa tajribalarini ko’rgan va tadbirkorlarga dars berib kelayotgan ekspert.

4. Islambek Ibragimov - O'zbekistondagi eng kuchli sotuv operatorlarini tayyorlash maktabi rahbari.

5. Nodirbek Qurbonaliyev - Chet elning TOP sotuv spikerlaridan ta'lim olgan Insan Biznes Akademiyasi loyiha rahbari.

6. Davron Abdurashid - "Mijozlar e'tiroziga 230 ta tayyor javob" kitobi muallifi, kuchli sotuv eksperti.

Ura! 🥳 10 kunlik online marafonda aynan shu ustozlardan o’rganasiz! Jonli efirlarni o’tkazib yubormang!

Kimda qanaqa emotsiyalar?!

Marafonga tayyorlanyapsizmi?👇

Nur Ismoilov

08 Jan, 19:15


shaxsan o'zim o'qidim va tavsiya qilaman....

Nur Ismoilov

08 Jan, 19:15


#Сотувда
Миллионер Саҳобалар

Ушбу китобда кўплари йўқчиликни кўрган ва бирмунча вақтдан сўнг бойликка эришган саҳобалар ҳаёти кўрсатиб берилади. Китобдаги маълумотлар саҳобаларнинг бой бўлгандан кейинги даврига тегишли бўлиб, улар бойликни қандай сарф қилганлари ва нималарга эътиборли бўлганларини изоҳлаб беради.

Китоб Муҳаммад Шоҳ Иброҳим ва Комил Умар томонидан нашрга тайёрланган.

👉Нарх: 120,000

Бойликни қандай тасарруф қилиш лозимлигини билиш учун мутолаа қилинг.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

📎Murojaat uchun telegram:
📲@sayyidmasudkhon .
📎Murojaat uchun telefon raqam:
📞+998909600262 

@irshodbooks

❗️ "Kitob ulashing, va savobga ega bo'ling".

Nur Ismoilov

26 Dec, 17:45


💬 "Bu to'g'risini aytaman, super natija", Nurmuhammad Ismoilov

Investitsiyalar va treyding bo‘yicha mutaxassis Nurmuhammad Ismoilov o‘zining YouTube kanalida Xalqchil IPO doirasida taklif qilingan UZEX aksiyalari bo‘yicha obunachilariga o‘z fikrini bildirdi:

"SPO-da qatnashganlar 30% lik natija qildi va adashmasam 2025-yil martda har bitta aksiyasi uchun 426 mi, 428 so'mdan dividend olishadi. Va bu umumiy hisoblaganimda taxminan yarim yilda 50% natija degani. Bu so'mda tushuntirib beradigan bo'lsam, 1 million tikkan odam 1.5 million pul qilib olyapti yarim yilda. Bitta kompaniyaga investitsiya kiritish orqali. Bu to'g'risini aytaman, super natija. Misol uchun bankda ham omonatga bunaqa darajada foiz bermaydi. Bu yarim yilda aytayotgan natija."

Xalqchil IPO kanaliga obuna bo‘ling va navbatdagi Xalqchil IPOdan xabardor turing!

🌐 To‘liq videoga havola: https://www.youtube.com/live/0C4VY7jazB4?si=MyjmUgkZ3FxNQveP

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook

Nur Ismoilov

05 Dec, 20:18


Kirilar gaplashamiz....😊

https://www.youtube.com/live/0C4VY7jazB4?si=MyjmUgkZ3FxNQveP

Nur Ismoilov

02 Dec, 14:38


Kutganmidiz?

https://youtu.be/CNkhC5U1Sw8

Agar kutib yurgan bosez 🔥, kutmagan bosez 👍 qoldiring.

Nur Ismoilov

29 Nov, 17:08


Ko’pchilik treyder soliq tolamidi deb reklama qiladi.
Lekn qonunlar o’zgardi do’stlar….

Treyder soliq to'laydi va buni ko'rishingiz kerak
https://youtu.be/xToo6DfKfA8

Nur Ismoilov

25 Nov, 16:58


YouTubeda 10 mln ko'rishlar soni bo'libdi.....

Nur Ismoilov

19 Nov, 15:34


https://youtu.be/p_G-0C4Ssfc

Nur Ismoilov

12 Nov, 21:34


Hozr hamma dollar sinadimi, krizis bolyabdi degan mavzularda videolar qivotti Youtubeda. Lekin shular 1 yil avval qayerda edi xali hech kim deyarli bu mavzuni obchiqmaganda. Odamlar qo'rqqan mavzuda video qilib ichiga reklama qoyib, dollar orniga bunga investitsiya qililar deb yotibdi.

Mana 1 yil avval Aprelda yozilgan videoyim, montajiga 2 oy ketib Iyulda chiqqan. Lekin ichidagi gaplar faktlar asosida, kelajakdagi tahlillarni qarelar, kerak bosa yozib olib daftarga tahlil qib chiqing. Deyarli tahlillarini ko'pi sodir boldi, yani 1 yil avval gapirilgan gaplar natijasi chiqdi. https://youtu.be/V57WQznkIq0?si=p2rVp2vXC_pnC5hW

Boshqalarni videolarida kopi oldi qochdi gap, dollar sinadi yo sinmedi degan gapiga fakt deyarli yoq.

Agar Youtubega kirib videoni ko'rsez kommentda "2024 yil" deb yozib qo'ying, hozr ham mavzu sizga aktualligini sezaman. Xudo xoxlasa shu yil oxirigacha shu mavzuni keyngi 3-qismini tayyorliman, ha bu video 2-qism, 1-qism ham kanailmda bor.

Silar aktiv boselar man ham aktiv bolaman 🔥

Nur Ismoilov

11 Nov, 18:48


Meni qiynayotgan hayollar borda:

-Nimaga ko’pchilik “halol aksiya”da ishlovchi yangi treyderlar kriptoga o’tib ketvotti…..?! Yo kripto osonligini tushunib yetib aksiyadan chiqib ketvottimikin…..
-o’zi kriptoda dunyo tan olgan olimlar chiqib fatvo berdimi yo faqat “moliya” mutaxassislarmi……
- shu o’tirib o’ylanib qoldim “ba’zi” odamlarimizga nomi shu halol desa boldimikin undan bunga sakrab yuribdi, yoki ozi “halol aksiya” yonalishiga shu faqat nomi uchun kirganmikin…..
- hozr bu mavzu ixtilofli lekin kelajakda ruxsat beriladi deyishlik bu xuddi hozr yurvotgan qizimi babr ertaga olaman degande va’daga oxshidi… bollar shunaqa deb qancha qizlarni hayoti buzildi (afsus)

“Eng qiziq top hayol”
- “halol” savdo qilamiz, biz bunaqa biz unaqa deydiganlar bor (ko’pi erkak 80-90%), lekin nimagadur boshqalarni shaxsiyatini chaynashdan boshqa ishi yoq, g’iybat, fitna tarqatish. Shularga savol bergim keladi, “halol” savdo yo daromad qildim degani bu faqat luqma toza boldi degani (balki) lekn boshqa amallar ham sanaladi, bu “yomon” amallar bonusiga kechirilib yuvorilmidi shuni bilassimi deb….

Xudoga shukur bu atrofdagi narsalar menga ruhiy, moddiy yo ma’naviy zarar bermidi. Gapirishdan maqsad shular orasida fitrati tozalar bor, shularga eslatma.

Men kurashadigan eng qiyin narsa bor: bu inson o’z-o’zini bila turib aldashi, eng daxshatlisi shu. Shu xolatga tushishdan saqlanaman, ustozlarni suhbatini olaman yo tanqidni eshitib turaman, ancha yordam beradi. Lekin babr ba’zan o’zimi yaxshi odam bo’sam kerak deb o’yliman. Hayol yomon narsada….)

Shu o’tirsam shunaqa shaxsiy fikrlar yozib qo’yaman.

Nur Ismoilov

05 Nov, 16:32


Vadani bajardim do'stlar....

shu videoda etgan vadam bo'yicha yangi video joyladim, kirib ko'rishilar mumkin.

Shu hovalaga kiring: https://youtu.be/2E1yw2ih1mU

Nur Ismoilov

01 Nov, 15:25


https://youtu.be/--9rhycLXPY?si=4OHVT5Z-W-yyOICD

Nur Ismoilov

26 Oct, 13:33


https://www.youtube.com/watch?v=upVKZ9aoVgU

Nur Ismoilov

30 Sep, 16:41


🟢 Nurinvestda vakansiya !

Moliyaviy analitik

Talablar:
- moliyaviy yoki iqtisodiy bilimi bolishi (bakalavr, magister)
- Xorijiy til bilishi (ingliz tili yoki rus tili)
- Microsoft Office dasturlarini bilishi (Excel, Word, PowerPoint va boshqalar)
- muloqot qilish qobiliyati, korporativ etika

Vazfialar:
- fond bozorini tahlil qilish
- iqtisodiy yangiliklarni kuzatish, analiz qilish
- kompaniya fundamental tahlili
- risklarni o'rganish

Ish vaqti:
- asosan 9:00 - 18:00 gacha
lekin xolatga qarab kelishinadi

Faoliyat turi:
-to'liq stavkada ish grafigi
-amaliyotchi sifatida yarim stavka

Ish haqqi:
- faoliyat turiga qarab va tajribaga qarab kelishinadi

Talabalar ishga olinadi, faqat tepadagi talablarga javob bersa. Biz kutayotgan kandidatlar asosan xalqaro universitet talabalari, lekin sizni jamoaga olishga kuchli sabab bo'lsa albatta aloqaga chiqing.

Kandidatlar o'z rezyumesini quyidagi emailga yuvorishi mumkin: [email protected]

⚠️Eslatma: Rezyume qo'shilmagan xabarga javob berilmidi, va kandidat sifatida ko'rib chiqilmaydi.

Nur Ismoilov

24 Sep, 19:04


Bugun jonli efirda qatnashganlar uchun, seminarga yozilish anketasi. Iltimos jonli efirni korganlar toldirsin, bomasa mavzuni tushunmasdan qolasiz.

https://forms.gle/m8ASGfG68sW9raL57

Nur Ismoilov

24 Sep, 16:29


https://youtube.com/live/4brzPR0sEyE?feature=share

Nur Ismoilov

24 Sep, 16:02


Bugungi jonli efirni 21:30 da qilamiz. Jonli efir YouTubeda bo’lib o’tadi.

Nur Ismoilov

23 Sep, 16:37


Ertaga Xudo xoxlasa youtubeda jonli efir !

Mavzu: Bozorda oson investitsiya qilish

Ayniqsa chet davlatda yurganlar uchun zo’r mavzu bo’ladi.

Nur Ismoilov

21 Sep, 17:20


Nurinvestda vakansiya !

Bizga quyidagi o'rinlarda ish ochiq:

- SMM mutaxassisi
Agar sizda tajriba va bilim bo'lsa, va o'z ishingizda Nurinvest bilan birga rivojlanishni xoxlasangiz, marhamat ishga taklif qilamiz.

- Trader mentor
Treyding bilimiga ega, insonlar bilan yaxshi chiqishuvchan va bilim berishga chanqoq inson bo'lsangiz. Yangi g'oyalar ustida ishlash, rivojlanish va til ko'nikmangiz bo'lsa sizni birga ishlashga chaqirib qolaman.

Iltimos o'zingiz haqingizda adminga rezyume yuvoring, va siz bilan tez orada bog'lanamiz.

@nurismoilov_admin

Nur Ismoilov

18 Sep, 05:44


Alhamdulillah 200.000 ta bo’ldik Youtubeda. Qo’llab quvvatlagan barchaga rahmat.
Inshallah bundanda zo’rroq foydaliroq kontentlar chiqishda davom etadi.

Nur Ismoilov

12 Sep, 05:03


Assalomu alaykum do'stlar !

Sizga yangiligim bor...

Nur Ismoilov

12 Sep, 05:01


Investitsiya qilish bo’yicha adminga qongiroq qiling yoki anketani to’ldiring:
Havola ustiga bosing.

Nur Ismoilov

11 Sep, 17:27


#янгилик

🎉 «Миллионер саҳобалар» китоби нашрдан чиқди


📚 Муҳаммад Шоҳ Иброҳим ва Комил Умарлар томонидан нашрга тайёрланган «Миллионер саҳобалар» китоби нашр қилиниб, сотувга чиқди.

Ушбу китобда кўплари йўқчилик ва очликни тотиб кўрган, лекин Аллоҳ таолонинг инояти ила вақт ўтиши билан бойликка эришган бой саҳобаларнинг ҳаётлари ёритиб берилади.

Мазкур китобдаги саҳобаларнинг ҳаётлари ҳақидаги маълумотлар улар бой бўлгандан кейинги даврларга тегишлидир. Бу даврни ўрганиш бугун фаровонликда яшаётган мусулмонлар ўз бойликларини қандай тасарруф қилишлари жиҳатидан муҳим ҳисобланади.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

📎Murojaat uchun telegram:
📲@sayyidmasudkhon .
📎Murojaat uchun telefon raqam:
📞+998909600262 

@irshodbooks

❗️ Yaqinlarga ulashishni yoki sotib olib hadya qilishni unutmang, Aziz dindoshlar.

Nur Ismoilov

03 Sep, 15:07


https://youtu.be/zsUzsXsbiyU?si=3SISFcT_kYhbsCKT

Nur Ismoilov

31 Aug, 20:59


Tez kunda !

JP Morganda 10 yildan beri ishlab kelayotgan O'zbek yurtdoshimiz bilan suhbat.

Super motivatsiya olasiz, suhbat juda zo'r bo'ldi. O'zim mazza qildim, ko'p narsa o'rgandim.

Yaqinlarga jo'natib qo'yamiz....