Последний контент, опубликованный в Namangan IIB | Rasmiy kanal на Telegram
Namangan IIB | Rasmiy kanal
30 Jan, 07:31
661
Tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar tomonidan jamoat va yo‘l-harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida kuchaytirilgan reyd va targ‘ibot tadbirlari olib borildi
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
30 Jan, 07:21
751
Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazildi
Bugun Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Xamidulla Mamatov, viloyat prokurori o‘rinbosari Xurshid Adilovlar rahbarligida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tuman sektor rahbarlari ishtirokida mazkur hududlarga tungi xizmatga jalb etilgan hamkor idoralar xodimlariga yo‘riqnoma tashkil etilib, tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga xizmat davomida shaxsiy xavfsizlikka rioya etgan holda olib borishlari, shu bilan birga hudud osoyishtaligi, fuqarolar tinchligi, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transportlarining raqamlashtirish jarayoni bilan tanishilib, kelgusida yo‘l-transport hodisalari va mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida barcha jamoat transportlarini zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlash bo‘yicha masʼul xodimlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Bundan tashqari, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarning faoliyati ham o‘rganilib, ularga xizmatni namunali tarzda tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Milliy gvardiya boshqarmasida tashkil etilgan patrul-post va milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan qo‘shma reydlar hamda boshqa jamoat tartibini saqlashga qaratilgan tadbirlarni nazorat qiluvchi situatsion markaz faoliyati ko‘zdan kechirilib, ushbu markazdan jinoyatchilikni oldini olishda samarali foydalanish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
22 Jan, 07:45
634
Namangan viloyati IIB binosida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Raxmatovning fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi
Qabul davomida 12 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
22 Jan, 06:04
1,238
Uchqo'rg'ontumani IIBtergov bo‘limi xodimlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Uchqo'rg'on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida kiberjinoyatlar, firibgarlik va o‘g‘irliklarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga kiberfiribgarlikning zamonaviy usullari, ular orqali qanday zarar yetkazilishi va undan himoyalanish yo‘llari to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi. Fuqarolar o‘z maʼlumotlarini begonalarga oshkor qilmaslik, shubhali takliflarga eʼtibor bermaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirildi.
Bundan tashqari, fuqarolarning mavzuga doir murojaatlari tinglanib, huquqiy maslahatlar berilib aholini ogohlikka chorlovchi bukletlar tarqatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
22 Jan, 04:01
1,549
Hududlarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan tuman xududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Unda fuqarolar bilan talonchilik, mulkiy turdagi jinoyatlar hamda kiberjinoyat qurboni bo‘lib qolishlarini oldini olish maqsadida mahallabay ish tashkil qilgan xolda Aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari fuqarolarga bilan mahalla markazlari va savdo shoxobchalarini kuzatuv kameralari bilan jihozlash to‘g‘risida tavsiyalar berib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
21 Jan, 19:01
2,271
Ахborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorni imzoladi
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
21 Jan, 16:05
2,133
Chust tumani 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib o‘tdi
Chust tumani 3-sektor rahbari “Do‘stlik” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar, qo‘shimcha transformator o‘rnatish, ishga joylashishda yordam, kontrakt to‘loviga ko‘maklashish va boshqa masalalarda murojaatlarini bildirishdi.
Mazkur murojaatlar belgilangan tartibda mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
19 Jan, 13:04
1,503
Nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD boshlig‘i o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan, Namangan viloyati IIB JXX probatsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatning barcha shahar-tumanlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan joriy yilning 16 yanvar kuni To‘raqo‘rg‘on tumani IIB probatsiya guruhiga tashrif buyurilib, nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi va ularning yig‘ma jildlari o‘rganildi. Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazib kelinmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal
19 Jan, 11:04
1,746
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida tezkor xizmat xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi
Joriy yilning 18-yanvar kuni polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida viloyat IIB va quyi tizimlarida xizmat qilayotgan tezkor xizmat xodimlarining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklar xususida muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda soha xodimlarining yil davomida olib borilgan ishlari atroflicha tahlil etilib, joriy yilda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan belgilangan tegishli chora tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda tezkor xizmatning tegishli sohalarini ustuvor vazifalari belgilab berilib, o‘tgan davr mobaynida hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati