O‘zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik litseyida buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiyni bilasizmi?” nomli ko’rik-tanlov o’tkazildi.
Ushbu tadbirda Namangan viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari hamda litsey jamoasi va o'quvchilar ishtirok etdilar. Ko'rik tanlov davomida A.Navoiyning g‘azal va ruboiylari o‘quvchilar tomonidan ijro etildi.
Ko’rik-tanlov 4 bosqichda bo’lib, o’quvchilar “Tezkor savol-javob”, “Bo’shliqni to’ldir”, “Ifodali o’qish” hamda “Krossword” kabi shartlarda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.
Tadbir so‘ngida tanlov g’oliblari litsey maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube