Latest Posts from Namangan IIB | Rasmiy kanal (@namanganiibuz) on Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal Telegram Posts

Namangan IIB | Rasmiy kanal
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/@namanganiibuz
8,303 Subscribers
35,561 Photos
5,989 Videos
Last Updated 06.03.2025 06:19

The latest content shared by Namangan IIB | Rasmiy kanal on Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal

06 Mar, 05:29

565

Xonadonida qimorxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi
©️ "O'zbekiston 24" telekanali "Vaziyat 24" koʻrsatuvi


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

06 Mar, 03:59

1,063

Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Tuman IIB boshlig‘i tomonidan “Qo‘rg‘oncha”, “Bo‘ston” mahallalari yettiligi, hamda "Uchqo‘rg‘on" o‘tkazish punktiga tutash hududlarda Jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan IIO xodimlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida "Xavfsiz ko‘cha" tamoyili asosida tungi vaqtlarda ko‘chalarni yoritish, kuzatuv kameralari bilan jihozlash va profilaktika inspektori xizmat xonasiga integratsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 16:41

2,027

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida Prezidentning 03.01.2025 yildagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi o‘rganilmoqda.

Jumladan, ishchi guruh tomonidan Davlatobod tumanidagi “To‘quvchi” mahallasida tashkil etilgan zamonaviy huquq tartibot maskani faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, yettilik aʼzolariga o‘z sohalari bo‘yicha mahallalarda ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqqoniyligini o‘rganish va kunlik nazoratni qatʼiy taʼminlab borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bugungi kunda Qaror ijrosi doirasida tibbiy yordamga muhtoj probatsiya hisobida turuvchi 31 nafar shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lgan 18 nafar shaxslarga dastlabki ijtimoiy yordam paketlari ajratilishi taʼminlandi.

Davlatobod tumanida mazkur Qaror ijrosi yuzasidan prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, mahalla, nuroniy, xotin-qizlar, bandlik, yoshlar va boshqa mutasaddi idoralar masʼullarining hisobotlari eshitilib, qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor taʼkidlanib, faoliyatni yanada jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 15:05

2,045

Bozorlarda o'rganishlar olib borildi
©️ "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 13:02

2,164

To‘raqo‘rg‘on tumanida Namangan viloyati IIB tomonidan 2000 tupdan iborat yashil makon tashkil etildi
©️Namangan TRK "Mobil xabarlari" informatsion dasturi


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 11:59

2,119

Sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan eʼtibor, ularning orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, yoshlar bandligini taʼminlash, mavjud muammolarga ijobiy yechim berish sohaga aloqador rahbarlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.

Bugun, Kosonsoy tumanidagi 54-sonli umumtaʼlim maktabida sektor rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari ham tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini taʼminlash va hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashlariga ko‘mak berish maqsadida zaruriy choralar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 10:59

2,049

Raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil qilindi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

05 Mar, 10:00

2,132

Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar ijtimoiy hayotga moslashmoqda

Norin tuman Maʼnaviyat va yoshlar markazining majlislar zalida muqaddam jinoyat sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan va hozirgi kunda tuman IIB probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari va tuman IIb probatsiya bo‘limi boshlig‘i ishtirok etib,

Muloqot davomida probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy-huquqiy muammolari ham o‘rganildi. Ularga kelgusida jinoyat ko‘chasiga kirib qolmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda nazorat ostidagi shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

02 Mar, 13:01

895

TO'XTANG! FAYLNI OCHA KO'RMANG

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

02 Mar, 10:02

1,320

To‘raqo‘rg‘on tumanida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumanida idoralararo muvofiqlashtirish shtabi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga tuman prokurori, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va shtab rahbari boshchilik qildi. Unda mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va bu borada ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tuman shtabi aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, ayrim toifadagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar ham tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida qaror ijrosini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilishi haqida qatʼiy ogohlantirish berildi. Shuningdek, shtab aʼzolariga o‘z faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube